4-seminar mashg’ulot oav va rasmiy –idoraviy hujjat matnlarining til xususiyatlari



Download 342,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2022
Hajmi342,25 Kb.
#580581
Bog'liq
4-seminar mashgulot



4-seminar mashg’ulot 
OAV va rasmiy –idoraviy hujjat matnlarining til xususiyatlari 
Davlatimiz 
siyosatining 
mazmun-mohiyatini, 
yurtimizda 
kechayotgan 
islohotlar jarayonini xolis va ayni paytda xalqimizga tezkor yetkazishda
jamoatchilik fikrini shakllantirishda, odamlarning axborotga bo’lgan ehtiyojini 
qondirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki 
ommaviy axborot vositalari (qisqartmasi: OAV) keng ommaga axborot 
yetkazuvchi vosita hisoblanadi. Ikkinchidan, jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar 
o’zbek tili leksikasini taraqqiy etishiga sabab bo’ladi va bu o’zgarishlar, eng 
avvalo, ommaviy axborot vositalarida o’z aksini topadi. 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga 
ega bo’lgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va 
boshqalar) yoki elektron tarzda (tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, 
umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda 
kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy 
axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositalari deb 
yuritiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining yozma shakliga bosma tarzda 
chop etiladigan gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar kirsa, og’zaki 
yoki elektron tarzdagi shakllarga televideniye va radio dasturlari kiradi. 
Uchinchidan, ommaviy axborot vositalarining bosma shakllarini matbuot deb
yuritiladi. Bugungi kunda davriy matbuotning paydo bo’lishi va rivojlanishini 
o’rganish, axborot almashinuvi jarayoniga matbuotning o’rni va uning jamiyat 
hayotiga ta’sirini tahlil qilish, ularga doir ilmiy qarashlarni o’rganib, matbuotda 
tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilish muhim vazifalardan 
sanaladi. To’rtinchidan, gazeta materiallari uslubi va ifodasi jihatidan farqlanadi. 
Xabar, bosh maqola, korrespondensiya, hisobot, sharh kabilar sof adabiy tilda 
yozilsa, lavha, ocherk, ochiq xat, reportaj, tanqidiy maqola, felyeton kabilarda 
badiiy uslubga xos elementlardan keng foydalaniladi. Bu janrlarda ba’zan o’z
o’rni bilan sheva elementlari ham ishlatiladi.
Gazeta tili badiiy, publitsistik, so’zlashuv uslublari tiliga yaqin turadi, ilmiy, 
rasmiy uslublar tilidan farq qiladi. Shu bois, mazkur ishda gazeta tili va unda
tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlarini bayon etildi. 


Beshinchidan, gazetalardagi sarlavhalarni tuzilishiga ko’ra sodda va murakkab 
sarlavhalarga bo’lish mumkin. Sodda sarlavhalar bir so’z bilan ifodalansa, 
murakkab sarlavhalar so’z birikmalari, kengaygan birikmalar yoki gaplar bilan 
ifodalanishi mumkin. “Kafedra”, “Kamolot malikalari”, “Til- millatning qiyofasi” 
kabi.Oltinchidan, mustaqillikdan so’ng tilimiz turli davlatlar bilan ijtimoiy
ma’naviy-madaniy, iqtisodiy soha hamkorligi natijasida mavjud tillarning so’zlari 
hisobiga kengaydi. Masalan: Amaliy filologiya bakalavrining professional 
kompetensiyasi, global til korpusi, lingvistik ekspertiza, xolerik temperamentli 
shaxsning nutqi, kasbiy kommunikatsiya asoslari, korpus lingvistikasi, magistr, 
annotatsiya, referat, reklama matnlari. 
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga 
tatbiqi samarasi o’laroq, qabul qilingan yangi davlat ta’lim stardartlarida ona tilini 
umumiy o’rta, o’rta maxsus, oliy ta’limda o’qitish mana shu yo’nalishning tubdan 
isloh qilinishiga sabab bo’ldi. Buning natijasi o’laroq, tilimizga kollej, reyting 
bakalavr, magistr, kompyuter va boshqa so’zlar kirib keldi va bunday so’zlar 
OAVda ham ishlatila boshlandi. Yettinchidan, boshqa tillardan kirib kelgan 
so’zlarning aksariyat qismi matbuot matnlarida shakliy tamoyil asosida 
yozilmoqda. Masalan: DAEWOO, Twitter, Windows, Whatsapp, Google, You 
Cam Perfect kabi so’zlar. Bu so’zlardagi W, C kabi harflar o’zbek imlosida 
mavjud bo’lmaganligi va bunday holatlarga oid ko’rsatmalar berilmaganligi 
sababli mazkur so’zlar shakliy tamoyil asosida berilmoqda.
1-topshiriq 
Ijodiy ish.
“O’zbekiston matbuoti” jurnali yoki “Farg’ona haqiqati” gazetasi bilan 
tanishib chiqing. Undan o’rganilayotgan masalalarga oid fikrlarni toping. 
2-topshiriq 
 Kartochkalar bilan ishlash.
Savol kartochkalar tarqatiladi.Talabalarning 
javoblariga izohlar beriladi va ular umumlashtirilib, mashg’ulot yakunlanadi. 
Mashg’ulotda faol qatnashgan talabalarga reyting ballari qo’yiladi.
 
 


Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Qanday nutqni biz aniq nutq deymiz?
2. Nutqning mantiqiyligi deganda nimani tushunasiz?
3. Nutqning tozaligi deganda nimani tushunasiz? 
4. Uyda yozib kelgan OAVlarida uchraydigan g’aliz jumlalarni o’qing va tahlil 
qiling.

Download 342,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish