4-tajriba ishi. Portlandsementning egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamligini aniqlash



Download 302,35 Kb.
Sana19.03.2022
Hajmi302,35 Kb.
#500892
Bog'liq
4-tajriba ishi. Sementning mustahkamligini aniqlash.


4-tajriba ishi. Portlandsementning egilishga va siqilishga bo‘lgan
mustahkamligini aniqlash

  • Asbob va uskunalar. Sement namuna, qolip, shibbalagich, lineyka, qorishtirgich; MII-100 asbobi, silkituvchi stol, kesik konus, suvda saqlash uchun idish, mashina moyi, tarozi toshlari.

  • Ishlash tartibi. 500 g sement va 1500 g qum olinadi. Bu materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayyor qorishma aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin silkituvchi stolcha va konus shaklidagi metall qolipdan foydalanib, qorishmaning quyuqligi aniqlanadi.

1-rasm

Silkitish stolchasi
Silkituvchi stolcha cho‘yan stanina (1) dan iborat, val (2) dagi mushtcha (3) o‘q (4) ni ko‘taradi, o‘q bilan birga yotiq disk (5) va uning yuziga qoplangan 300 mm diametrli toshoyna (6) ko‘tariladi. Maxovikni aylantirganda o‘q bilan birga yotiq disk valdagi mushtcha yordamida goh ko‘tariladi, goh tushadi. O‘q shu tarzda harakatlanganda stolcha 10 mm ko‘tarilib, qolip (7) ni silkitadi.
Qorishmani konussimon qolipga joylashdan oldin qolipning ichki yuzasini va shisha diskning yuzini salgina xo‘llash kerak. Qorishma qolipga ikki qatlam qilib joylanadi (qatlamlarning qalinligi bir xil bo‘lishi kerak). Har bir qatlam metall shibbalagich bilan zichlanadi. Pastki qatlam 15 marta va ustki qatlam 10 marta shibbalanishi lozim. Qorishmani joylayotganda va shibbalab zichlayotganda qolipni (konusni) shisha diskka bosib turish kerak. Qorishmaning ortiqchasi pichoq tig‘i bilan sidirib tashlanadi-da, qolip asta-sekin ko‘tariladi. So‘ngra g‘ildirakni dastasidan ushlab aylantirib turgan holda stolcha 30 sekund davomida 30 marta silkitiladi, shunda sement konus yoyiladi.

2-rasm. Tayoqcha shakldagi namunalar tayyorlash uchun qolip.
Qorishmani joylashda qulaylik tug‘dirish uchun unga o‘rnatilgan nasadkaga mashina moyi yoki solidol suriladi. Qorishma solishga tayyorlangan qolip va nasadka titratgich vibratorga mahkam o‘rnatiladi. Titratgich konstruksiyasi har xil bo‘lsada, ammo ularning tik yo‘nalish bo‘yicha amplitudasi 0,35mm, titrash davri esa 3000 titr/min bo‘lishi kerak.
Titratgich ichiga tushirmasdan oldin qolipning uchchala ko‘zi 1sm aniqlikda sement qorishmasi bilan to‘lg‘aziladi, keyin avvalgi 2min davomida qorishma solib turiladi va qolip 3min titratiladi. Qolip va unga o‘rnatilgan nasadka titratgichdan olinadi va ho‘llangan pichoq bilan namuna sirti qolip qirrasi bo‘ylab tekislanadi, so‘ng har bir namuna bo‘yoq bilan nomerlanadi, namuna qolip bilan birgalikda gidravlik qopqoqli vannaga joylashtiriladi va unda 24±2soat saqlanadi. Sement namuna qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan holda suvli vannaga oralari 10-15 mm masofada teriladi. Namuna suvda 27 sutka saqlanadi. Idishdagi suvning hajmi namuna hajmidan 4 marta ko‘p bo‘lishi kerak. Bundan tashqari suvning harorati xona haroratidek bo‘lishi, tarkibida tuz, ishqor yoki kislota bo‘lmasligi kerak. Namuna suvda qotish muddati o‘tgandan keyin ular quruq latta bilan artiladi va 10 minutdan so‘ng sinaladi.

3-rasm. Sement balkachaning egilishga sinash sxemasi.
Egilishga mustahkamlikni o‘rtacha arifmetik hisoblaganimizda sinov ko‘rsatgan 3 natijaning 2 ta ko‘proq ko‘rsatkichi olinadi.Namunaning egilishga sinagandan keyin 6 yarimtalik namuna olinadi, ular har biri alohida sinab sementning siqilishga mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Buning uchun gidravlik pressning quyi 3 va yuqori 1 tagli plita orasiga o‘rnatilgan po‘lat plastinka ustiga namuna qo‘yiladi(3-rasm).
Po‘lat plastinka bir tomon rahi chiqqan bo‘ladi. Namuna o‘rnatilganda uning tekis qirralari plastinka rahiga tegib turishi, hamda namuna tushadigan kuch qorishmaning qolipga joylashish qatlami parallel bo‘lishi lozim. Namuna berilgan kuchning tezligi sekundiga 20±5 kg/sm2 sek oshmasligi kerak. Kuchning ortishi natijasida namuna buziladi va shu vaqtda manometr ko‘rsatgan bosim jadvalga yoziladi. Namuna buzuvchi kuch R ning qiymati manometrdagi ko‘rsatkichni gidravlik press va nasos porshenlarining yuzalarini nisbatiga bo‘lib aniqlanadi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi buzuvchi kuch-R plastinka yuzasi F ga bo‘lib aniqlanadi.

4-rasm. Yarimtali tayoqcha namunani siqilishini sinash.
1-gidravlik pressning yuqori tayanchi, 2-yarimtali namuna, 3-pressning quyi tayanchi, 4-plastinkalar.
Download 302,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish