4-variant – topshiriq. Test savollariga javob bering



Download 39,09 Kb.
bet6/8
Sana21.01.2022
Hajmi39,09 Kb.
#396022
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-варинт оралик саволи

Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlari mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.

Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.

Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.

Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.

Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.

Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.



2.Taʼlim sifati monitoringi.

Ta’lim sifati monitoringini olib borishdan ko’zlangan maqsad o’quvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlari talablarining bajarish dinamikasini tizimli kuzatish, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillarni aniqlash, ta’lim muassasalari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining faoliyatini baholab, rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, keyingi holatni bashoratlash natijasida ta’lim sifatini oshirishdan iborat.

Ta'lim sifati o'quvchilarni bilimga boyitish va ularning ongida statistik tuzilmasini shakllantirish bilan emas, balki ijtimoiy va kasbiy faoliyatda ular hayotini organik dinamika bilan ta'minlash orqali tavsiflanadi. Bilim lardan konkret muammolarni hal qilishda foydalanish, bilimlarni doimiy ravishda to'ldirib borish bo'yicha rivojlangan qobiliyat va intellektual rivojlanishning amaldagi rag'batlari zarur (I. G. Leonov).

Ta'lim sifatini boshqarishda ta'lim muassasasi rahbarlarining asosiy e'tibori pedagoglar va o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish funktsiyalarini kuchaytirishga emas, balki kamchiliklar paydo bo'lishining oldini olish ham da ularning vujudga kelish manbalari va sabablarini tahiil qilishga qaratiladi. Bularning hammasi boshqaruv kadrlaridan ilmiy-pedagogik tadqiqotlam ing metod va usullarini egallash, nazariy qoidalami amaliyotda qo'llash mahoratini taiab qiladi. Boshqacha aytganda, ular boshqaruvda xilma—xil - intuitiv, empirik, tajriba, formal va ilmiy mantiqiy yondashuvlardan foydalanishlari darkor (М. M. Potashnik).

Ta'lim sifatini boshqarish ushbu jarayonga ta'lim jarayonining barcha qatnashchilarini kiritishni ko'zda tutadi. Faqat sharti shuki, tashkiliy tuzilm a pedagogik jarayon qatnashchilari o'rtasidagi qat'iy «vertikal» 156 aloqalardan «vertikal» bilan «gorizontal» aloqalarni bir—biriga uyg'un holda qovushtirishga o'tsagina shunday bo'ladi. Masalan, quyida keltirilgan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sifatini boshqarish modelida bu - kollej ichki boshqaruv tuzilmasining markaziy-simmetrik modeli hisoblanadi. Bunday tashkiliy tuzilmada rahbarlarning ham, pedagoglarning ham ongi «istisnosiz barcha bo'linmalarni pirovard maqsadga erishishga yo'naltirish» foydasiga o'zgaradi (K.Bereznyak). Bunda direktor va uning o'rinbosarlarining funktsional vazifalari ham o'zgaradi. Ta'lim sifatini boshqarish tizimli metodlardan foydalanishni ko'zda tutadi, bunda boshqaruv ob'ekti boshqacha xususiyatga ega bo'ladi: ... ta'limni innovatsion tashkil etishda faoliyatning ikki (ta'lim beruvchi bilan o'quvbilish) turi emas, balki yaxlit holdagi o'quv-kasbiy vaziyat boshqaruv birligi hisoblanadi (I. Bogachek). Bir guruh olimlar (O. G. Xomeiki, М. M. Potashnik, A. V. Lorentsev) taklif qilgan metoddan foydalangan holda ta'lim sifatini boshqarish jarayonining tasnifini ko'rib chiqamiz. Innovatsiyalar ko'lamliligiga qarab belgilanadi. Bunda ta'lim sifatini kollej ichki yoki maktab ichki doirasida boshqarish butun ta'lim muassasasini qamrab oladigan tizimli yangilik hisoblanadi. Yangiliklarni o'zlashtirish jarayoni salohiyat darajasiga qarab belgilanadi. Ta'lim muassasasi doirasidagi ichki boshqaruv innovatsiyaning kombinatorli tipidan iborat, ya'ni ilgari ma'lum bo'lmagan elementlarning tashkiliy tuzilmaning yangi modeli asosida yangicha konstruktiv qo'shilishi hamda ilgari bunday qo'shib foydalanilmagan printsiplarning amalga oshirilishi sodir bo'ladi. Yangilikning o'z o'tmishdoshiga munosabati ularning quyidagi toifasini tavsiflaydi.

Ta'lim muassasasi darajasida sifatni boshqarishga nisbatan olganda aytish mumkinki, u boshqaruv faoliyatining shu paytgacha amal qilib kelgan mohiyatini o'zgartiradi va to'ldiradi. Bu jarayon ikki bosqichdan iborat: birinchisi - bitiruvchilarni tayyorlash darajasiga qo'yiladigan nominal, normativ talablarning bajarilishiga qat'iy va to'liq yo'naltirish mavjud bo'lgan sharoitda ta'lim muassasasining faoliyati sifatini boshqarish. Boshqaruv nazariy as ida bunday yondashuv konservativ yondashuv hisoblanadi (N. A. Selezneva); ikkinchi bosqich - rivojlanish sifatini boshqarish. Bunda o'zgartiruvchi-ijodiy, tadqiqot xususiyatiga ega faoliyatni amalga oshirish, yangiliklarni o'zlashtirish, o'z ilg'or pedagogik texnologiyalarini yaratish ko'zda tutiladi.

Ta'lim muassasasi barcha xodimlarining birgalikda harakat ishi bir— biriga muvofiq bo'lishiga erishish va tashkiliy madaniyat bunday boshqaruv samaradorligining zarur sharti bo'lib qolishi kerak. Innovatsion 157 jarayon bo'lgan ta'lim sifatini boshqarish quyidagi belgilarga ega: Birinchi belgi. Faoliyatning yangi usuli mavjudligi.

Ta'lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan foydalanishni ko'zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jum ladan, kvalim etriya asoslarini, ya'ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo'llash orqali ta'lim sifatining boshlang'ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim bo'ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv faoliyatining baholash ob'ekti to'g'risida qadriyat borasidagi m ulohazalam i shakllantirishga qaratilgan funks iyasining alohida tipiga kiritiladi.

Ta'lim sifatini o'lchash sifat o'lchovini belgilash va uning qiymatini maxsus algoritm lar yordamida olishni ko'zda tutadi. Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini qo'llash orqali ta'minlanadi. Bu baholanayotgan ob'ektning sifat ko'rsatkichlari qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog'liqdir. Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi ko'plab om illar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois boshqaruv tarkibi ta'lim sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo'llay bilishi kerak. Ikkinchi belgi. Rivojlangan tashkiliy m adaniyatning mavjudligi.

Jamoada me'yorlar tizimlarini, qadriyatlarni, urf-odatlar va an'analarni yuqori darajada shakllantirm asdan turib, ta'lim sifatini boshqarib bo'lmaydi. Bularning hammasi ta'lim jarayonining barcha qatnashchilari o'rtasida uyg'un o'zaro munosabatni vujudga keltirish imkonini beradi. Tashkiliy madaniyat ta'lim muassasasining eng muhim quyidagi vazifalarini funktsional jihatdan hal qilishda yordam beradi: muvofiqlashtirish - belgilangan jarayonlar va xatti-harakat qoidalari yordamida amalga oshiriladi, bu jam oa barcha a'zolarining kelishilgan holda harakat qilishi imkonini beradi; motivatsiya - bajarilayotgan ish mazmuni ta'lim muassasasi rahbari tomonidan tushuntirib berilishini ko'zda tutadi; ixtisoslashtirish - ta'lim muassasasining shunga o'xshash ta'lim muassasalaridan xarakterli farqqa ega bo'lishi demakdir; kadrlarni jalb qilish - ta'lim muassasasining boshqalaridan afzalligini targ'ib qilish, pedagoglarning ishlashi uchun maqbul shart-sharoit yaratish orqali hal qilinadi va h. к. (K. Shol’ts).

Uchinchi belgi. Ta'lim muassasasi rahbarlarida innovatsion m adaniyatning shakllanganligi. Bu ularning yangi bilimlar va faoliyat turlarini egallashga, o'zgarishlarga, xavf-xatarga va javobgarlikka tayyorgarligini bildiradi. Boshqarish sohasidagi turli mutaxassislaming filav-mulohazalarini tahlil qilish yangi tipdagi menejer shaxsining eng muhim sifatlarini, xususan, mehnat jamoasi bilan maqbul munosabatda bo'la bilish mahoratini ajratish imkonini beradi. Yangi tipdagi boshqaruv kadrlarining asosiy vazifasi - «Yangiliklar kiritishga yo'naltirilgan boshqaruv munosabatlarining mos tizimini yaratish»dan iboratdir (YU. Krasovskiy). Ta'lim muassasasi rahbarlari tomonidan yangi tashkiliy— psixologik madaniyat ma'nosidagi kasbiy mahoratni oshirib borishning quyidagi ob'ektiv davrlarining o'zlashtirilishini ham shunga kiritish mumkin: o'z imkoniyatlari bilan jam oa imkoniyatlarini o'rganish; o'z muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari orqali jamoa imkoniyatlarini bilish; jam oa imkoniyatlaridan o'z kasbiy mahoratini oshirib borish uchun foydalanish; jam oa imkoniyatlarini o'zida va o'zi orqali ro'yobga chiqarish.

Boshqaruv kadrlarining pedagoglar va o'quvchilarning har qanday foydali tashabbusini qo'llab-quvvatlashga va o'zlari ham shu ishga qo'shilishga qodirliklarini ham innovatsion belgi deb hisoblash mumkin. Tavakkalchilik va mas'uliyat ta'lim sifatini boshqarishda boshqaruv kadrlarining, ayniqsa, yetakchining muhim xususiyatlaridandir.



3. STEAM taʼlim (STEAM EDUCATION).

STEAM – inglizcha qisqartma bo’lib, S – Science, T – tech, E – engineering, A – art va M – mathematics so`zlari o`zbek tilida «tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijodkorlik, matematika» degan ma’noni anglatadi. Aynan mana shu fanlar zamonaviy ta’limda eng dolzarb fanlar bo’lib kelmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda STEAM ta’lim tizimi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi fanlararo va amaliy yondashuvdan foydalanishga hamda beshta fanni yagona o’qitish sxemasi uyg`unlashuviga asoslangan.

STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida toʻrtta –fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir.STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash tushuniladi.

Prezident maktablarida “STEAM” taʼlim dasturi asosida oʻqish tashkil qilinishi, 9-11-sinflarda oʻquvchilar oʻzlarining qiziqishiga qarab ayrim fanlarni tanlash orqali individual bilim olish imkoniyatiga ham ega boʻlishi bilan umumtaʼlim maktablaridan tubdan farq qiladi. Chunki Prezident maktablarining asosiy vazifalaridan biri –tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻqitish, oʻquvchilarning innovatsion bilimlarni oʻzlashtirishi, ularning intellektual, ilmiy-ijodiy salohiyatlarini ochib berish va rivojlantirishdan iborat.STEAM yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press shu jumladan Oxford University Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan chop etilgan. Cambridge taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy afzalligi jahon mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, oʻquvchilarda tegishli zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga urgʻu berishdir.Oʻquvchilarga mazkur fanlarni oʻqitishda malakali mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda, xorijlik oʻqituvchilar ham hamkorlikda saboq beradilar. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga yollashda mazkur yoʻnalishda koʻp yillik tajribaga ega “Teachaway” (Kanada) va “TIC Recruitment” (Buyuk Britaniya) rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.9-11-sinf oʻquvchilarining qiziqishlari va xususiyatlariga qarab, Prezident maktabida taʼlim oʻquv jarayonini individualizatsiya qilingan holda olib boriladi.Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro nufuzli oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik koʻrishadi.STEAMta`lim texnologiyasi asosida o’rganiladigan barcha narsalar zamonaviy hayotimizda o’z aksini topgan. Bu odatdagi ta’limdan farqli o’laroq bilimlarni alohida emas, o’zaro mutanosib holda beradi. Bola o’zida nostandart muammolarni yechish, imkoniyatlar yaratish va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiradi va bu kelgusida uning hayotida juda qo’l keladi.


Download 39,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish