42 – sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotining 2021 – 2022 o’quv yili yakunlari bo’yicha xisoboti



Download 11,91 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi11,91 Kb.
#702125
Bog'liq
2 5300973319623807099



O’zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim Vazirligi
Qashqadaryo viloyati Qarhi shahri
Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli
42 – sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotining
2021 – 2022 o’quv yili yakunlari bo’yicha
XISOBOTI
Qarshi shahar 42 – sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to’grisida”gi qonuniga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Respublika hukumatining qarorlari, O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim to’grisida”gi qonuniga, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartlariga, O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi boshqa me’yoriy hujjatlariga va tashkilot Ustaviga amal qilgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda tashkilotda 3 ta guruh faoliyat olib bormoqda, ularda jami 60 nafar bola jalb qilingan. Tashkilotda 1 ta kichik, 1ta katta , 1 ta tayyorlov guruhlari faoliyat yuritadi.
MTTda MTTning yillik ish rejasi bo’yicha barcha tadbirlar, maktab, mahalla va oila hamkorlik ishlari yil davomida muntazam ravishda olib borildi. MTTda tarbiyachi – pedagoglarning malaka oshirish istiqbol rejasi mavjud bo’lib muntazam bajarilib kelinmoqda. MTTda tarbiyachi – pedagoglarning faoliyatlarini ommalashtirish rejasi metod birlashma ish hujjatida ishlab chiqilgan va ijrosi oyma – oy ta’minlangan. MTTda pedagogik kengashlar o’z vaqtida o’tkizilgan va undagi masalalarga alohida yondashilgan. MTT pedagoglarining ish hujjatlari mtt rahbari va mtt metadisti tomonidan doimiy nazorat tekshiruvlarida bo’lgan. MTTda haftaning shanba kunlari metodik kun , juma kunlari esa ma’naviyat kunlari sifatida belgilanib reja asosida turli tadbirlar, metodik soatlar o’tkazildi.
2021- 2022 o’quv yili davomida Ilk qadam o’quv dasturi bo’yicha samarali ishlar olib borildi. Shuningdek , ta’lim - tarbiyaviy jarayonni sifatli tashkil etish maqsadida guruhlarda 5 ta markaz bo’yicha dasturga asoslangan xolda burchaklar sifatli tashkil etildi. Bolaning rivojlanish sohalari kompetentsiyalari bo’yicha metadist, tarbiyachi hamda ota – onalar bilan hamkorlik ishlari olib borildi. Tayorlov guruh tarbiyachilari tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan ‘’5 tashabbus’’ loyihasi bo’yicha tadbir tashkil etildi. Tadbirda iqtidorli bolalar o’z iqtidorlarini san’at, sport, rassomlik qobiliyatlarini namayon etdilar va tashkilot tomonidan taqdirlandilar.
Bolalarda Milliy - madaniy an’analar qadriyatini oshirish , O’zbek millliy madaniyatini hurmat qilish , buyuk siymolar va ularning ijodi bilan tanishtirish va ularga nisbatan hurmat hissini uygotish maqsadida tashkilotda Konstitutsiya bayrami , Vatan himoyachilari kuni , A.Navoiy va Z.M.Bobur tavallud kunlari o’tkazildi. Tashkilotda bolalarni jismoniy rivojlanishiga qo’yilgan talablar asosida guruhlar o’rtasida sport musobaqalari o’kazildi.
Yil davomida tarbiyachi pedagoglar o’quv dasturi bo’yicha guruhlarda ochiq mashgulotlar olib borishdi. MTT da reja bo’yicha pedagogik kengashlar o’z vaqtida o’tkizildi, tashkil etilgan pedagogik kengashlarda Maktabgacha ta’limga oid qabul qilingan qaror va farmonlar o’rganib borildi , shuningdek ,’’ Maktabgacha ta’lim metodikasi’’ jurnalidagi ilgor tajribalar o’rganildi. Ilk qadam o’quv dasturi bo’yicha guruhlar 5 ta markazga asosan jihozlangan va o’quv qo’llanmalar ilk qadam va 5 tashabbus loyihasi bo’yicha joriy etilgan holda yil davomida ta’lim - tarbiya jarayonlari olib borildi. Shu bilan birga Ustoz – shogird an’anasi bo’yicha ishlar yaxshi yo’lga qo’yilgan, ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan tarbiyachilar yosh tarbiyachilar shogird qilib boglangan. Umumiy ota – onalar yigilishlari reja asosida o’z vaqtida o’tkazildi.
MTTning oila , mahalla va maktab bilan hamkorlik ishlari keng yo’lga qo’yilgan hamda amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlangan. Shuningdek, mahalla bilan obodanlashtirish ishlari, bolalarni mttga qamrab olish, qisqa muddatli guruhlari ustida ishlash va maktab ta’limiga tayyorlash hamkorlik ishlari va tadbirlari olib borildi.
Ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’grisida PQ – 4307 ijrosini ta’minlash maqsadida, MTTda va guruh xonalarida “ Ma’naviyat va ma’rifat” burchaklari tashkil etildi ma’naviyatga oid qaror va buyruqlar o’rganildi, 2021 – 2022 o’quv yili uchun ma’naviy tadbirlar “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi va ijrosi ta’minlanib kelinmoqda. Xaftaning har juma kuni “Ma’naviyat” kuni deb e’lon qilindi. Shu kuni ma’naviyat soatlari o’tkizildi. MTTda yil davomida musiqa rahbarlari hamda tarbiyachilar hamkorligida

  • Til bayrami

  • Hosil bayrami

  • Konstitutsiya bayrami

  • Yangi – yil bayrami

  • Vatan himoyachilari kuni

  • Buyuk siymolar tavallud kunlari

  • Onajonlar bayrami

  • Navruz bayrami

  • Xotira va qadrlash kuni

  • Xayr bogcham ertaligi

  • Bolalar kuni bayram ertaliklari o’z vaqtida o’tkizildi.

Shuningdek , mtt metadisti tomonidan o’quv semenarlari va metodik maslahat soatlari olib borildi.
Maktabgacha ta’lim Vazirligi tomonidan bepul taqdim etilgan ko’rgazmali qurollar, didaktik va rivojlantiruvchi o’yinlar, kartatekalar, dastur mavzulariga oid ko’rgazma , rasmlardan foydalanish hamda ularni saqlash bo’yicha “MTTda didaktik o’yinlar va tarqatma materiallardan foydalanish “ mavzusida mtt pedagog xodimlari ishtirokida o’quv semenari tashkil etildi.
Yil yakunida mttda “Xayr bogcham” bayram tadbiri , “ Soglomjon – polvonjon” sport musobaqalari va 1 – iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagishlangan bayram tadbirlari ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
MTTda yozgi soglomlashtirish oyligini munosib o’tkazish maqsadida mtt rahbariyati , tarbiyachi – pedagoglar va barcha xodimlar tomonidan jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borildi, metadist va tarbiyachilar hamkorligida sog’lomlashtirish ishchi dasturlarni va chora-tadbirlarni ishlab chiqildi. MTT direktori tomonidan tasdiqlandi va foydalanishga topshirildi.
MTT pedagog – tarbiyachilari reja bo’yicha malaka oshirishga jalb etildi, malaka oshirib qaytgan pedagoglarni ilgor ish tajribalari o’rganildi. Ayni damda mttda , 6 nafar tarbiyachilar shulardan 2 nafari oliy ma’lumotli 5 nafari o’rta maxsus pedagoglar faoliyat yuritadi. 2021 – 2022 – yil o’quv yili davomida 2 nafar tarbiyachi malaka oshirishga jalb etildi. Shuningdek, yil davomida Pedagog va xodimlarning mehnat ta’tillari ko’rib chiqildi va belgilandi. 2021 – 2022 o’quv yili yakuni bo’yicha pedagog - tarbiyachilardan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yillik xisobotlar tayyorlandi va tasdiqlandi.

MTT Metadisti G.Rahmatova
Download 11,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish