5- ma’ruza: IX-XII asrlarda Movarounnahrda fan va madaniyat. So‘fiylik ta’limoti Reja


IX-XII asrlarda islom dini va so‘fiylik. Me’morchilik va sa’nat



Download 461,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.06.2022
Hajmi461,08 Kb.
#677499
1   2   3   4   5   6   7
IX-XII asrlarda islom dini va so‘fiylik. Me’morchilik va sa’nat. 
Me’morchilik va san’at. IX-XIII asr boshlarida Movarounnahr va Xorazmda 
me’morchilik va san’at yangi rivojlanish bosqichida bo‘ldi. Awalambor, o‘rta asr 
jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu 
sohasiga ham kuchli ta’sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o‘zgardi. 
Qolaversa, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi natijasida uning yangi yo‘nalishda 
ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. VIII asrda yuz bergan 
tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodlashadi. Asrlar davomida to‘plangan 
va avloddan-avlodga an’ana ravishda o‘tib, tobora boyib kelgan me’morchilik 
yuqori darajada rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va Marv 
kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va 
karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Nomozgoh, Minorai 
Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari va ko‘pgina boshqa binolar o‘sha davr 
me’morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar IX-XII asrlarda 
Movarourmahrda o‘ziga xos me’morchilikning g‘oyat rivoj topganligidan dalolat 
beradi. Bu davrda monumental me’moriy binolardan tashqari yo‘nilgan tosh, pishiq 
g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv 
omborlari - bandlar, novlar, ko ‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Qizig‘i 
shundaki, bunday inshootlarning o‘lchamlari matematika nuqtai nazaridan g‘oyat 
puxta ishlangan. Masalan, X asrda Nurota tizmalaridagi Past tog‘ darasi to‘silib, 
barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to‘plangan. 
To‘g‘on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. 
Xonbandining yechimlaridan ma’lum bo‘lishicha, uni bino qilishda X asr 
uhandislari ovuzga to‘planadigan suvning vertikal hamda gorizontal ag‘daruvchi 
kuchJarigina emas, balki bu hududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning 
silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz 
fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan qonun 
kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum 
ekanligidan dalolat beradi. 
X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch 
va qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib, ustunlari-yu sarroflari va 
to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom 
g‘isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish 
hozirgacha saqlanib keladi. 


Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan 
turar joy qoldiqlaridan ma’lum bo‘lishicha, X-XI asrlarda ham paxsa va xom 
g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni tutgan. 
IX- XII asr boshlarida me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik 
san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini 
bo‘yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu davrga kelib 
naqqoshlik va tasviriy san’at o‘zgacha tus oladi. Endilikda jonli mavjudotlarni 
tasvirlashdan murakkab geometrik va naqshlar ishlashga o‘tiladi. 
Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, miskarlik va 
zargarlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa 
shaharlar kulolchilik, miskarlik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. XI-XII 
asrlarda, ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi. Bu 
davrda xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Turli 
uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham 
hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. 
Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli 
mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. Shunday qilib, XIII asr boshi me’morchiligi 
va unda ishlatilgan me’moriy naqsh uslublari o‘z navbatida mehnatkash aholining 
did-nafosat va binokorlik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘langan xalq me’morlari 
- bannolarining sermazmun ijodini namoyish etadi. 
Musiqa san’ati. IX-XIII sr boshlarida musiqa san’ati ham g‘oyat taraqqiy 
qiladi. Bayramlar, to‘ylar, xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz kuy va 
qo‘shiqsiz o‘tmas edi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» kitobida 
keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng 
tarqalgan. Bu davrda sozandalar ud, tanbur, q’o‘biz, rubob, nay, surnay, karnay, 
qo‘shnay va qonun kabi g‘oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u 
asboblaridan keng foydalanganlar. 
Bu davrda xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining 
mumtoz kuyi «Shashmaqom» uchun poydevor bo‘lgan «Rost», «Xusravoniy», 
«Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», 
«Tamna» kabi yangi-yangi kuylar ijod etiladi. Bu soz va kuylarning ko‘pi o‘zbek va 
qardosh xalqlaming madaniy merosi tarzida hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. 
Musiqa san’ati shubhasiz she’riyat hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy 
bog‘langan holda taraqqiy etadi. Forobiy va Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ olimlar 
musiqa va musiqashunoslikka katta e’tibor beradilar va nodir asarlar yaratadilar. 
Din va tasavvuf. IX-XIII asr ma’naviy hayotida islom dini muhim o‘rin 
egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha 
ko‘tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Arab 
xalifaligining fotihlik siyosati natijasida o‘zining barcha haq-huquqlaridan ajralib, 
madaniyati oyoq osti qilingan Movarounnahr aholisi o‘z e’tiqodi va xat-savodidan 
mahrum bo‘lib, islom dinini qabul qilishga, shariat ahkomlarini bajarishga, 
shuningdek arab tili va yozuvini o‘rganishga majbur bo‘ldi. Ko‘p vaqt o‘tmay 
e’tiqodli xalq o‘ziga yod bo‘lgan arab imlosida xat-savod chiqarishga kirishdi. 
Movarounnahr aholisining murakkab arab imlosini o‘zlashtirib, xat-savodli bo‘lishi 
uchun arabiy tilni mukammal o‘rganib, bu o‘zga tilda asarlar yarata oladigan olim 


va mutafakkirlarning yerli xalq orasidan yetishib chiqishi uchun qariyb bir yarim asr 
islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Imom al-Buxoriy, lso Termiziy va 
Mahmud Zamaxshariy kabi aqoid ulamolarni kamolotga yetkazdi. 
Movarounnahr va Xurosonda xalifalik hukmronligi tugatilib, mustaqil 
Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlati 
qaror topgach, islom ta’limoti, shariat ahkomlari va ilmu ma’rifatga yanada e’tibor 
kuchaydi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko‘tardi. 
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, dastlabki madrasa Buxoroda X asrda shaharning 
Kovushdo‘zlar timi yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. XII 
asrda esa Buxoroning Darvoza mahallasida hatto qonunshunoslar uchun maxsus 
«Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan islom dini 
ta’limotining asosiy manbalari: Qur’oni Karim, Hadisi sharif va arab tilini 
mukammal o‘rganishga katta e’tibor bergan.
Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ‘ibotining kengayishida, ayniqsa 
Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko‘p yetuk 
fiqhshunos olimlar, odil qozilar, zohid imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan 
Buxoro IX asrdan boshlab «Qubbat ul-islom»- «Islom dinining gumbazi» nomi bilan 
shuhrat topadi. 
Biroq hukmdor tabaqa mamlakatni idora qilishda imkoni boricha islom dinidan 
mafkuraviy qurol sifatida foydalanadi. Mafkuraning barcha sohalari islomga tobe 
qilinib, zardushtiylik e’tiqodi qoldiqlariga qarshi shafqatsiz kurash olib boriladi. 
Mehnatkash aholi ustidan jabr-zulm zo‘rayib, har qanday hurfikrlilik ta’qib ostiga 
olinadi. Buning oqibatida zahmatkash xalqning tashvish va azobi ortib, hayoti g‘oyat 
og‘irlashadi, uning noroziligi bo‘rtib, tug‘yoni kuch oladi. Mana shunday g‘oyat 
mushkul sharoitda jabrdiyda xalq o‘z dardu alamiga malhamni tasawufdan axtaradi. 
Tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Unda 
kishining har bir nafasida ong, aql-idrok bo‘lmog‘i, bosgan har bir qadamida diqqat-
ye’tibor sezmog‘i, u Vatan ishqi bilan band bo‘lmog‘i, xalq bilan aloqada birga 
hayot kechirmog‘i kerak deb uqtiriladi. 
Tasavvufning tariqat yo‘llari g‘oyat keng bo‘lib, turli davrlarda Turkiston va 
Movarounnahming turli o‘lkalarida uning turli xildagi yo‘nalishlari paydo bo‘ladi. 
Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda Kubraviya, XIV asrda 
Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. XII asrda Movarounnahrda 
keng yoyilgan tasawuf Yassaviya tariqati bo‘lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. 
Tasawufning asoslari Yassaviyning mashhur «Hikmat» asarida bayon etiladi. 
Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz 
haqiqat bo‘la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. 
Bu kamolot yo‘li sari to‘rt bosqich bo‘lib, inson hayoti va faoliyatining asl 
mohiyatini tashkil etadi. 
Yassaviy sulukida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo‘lida bo‘lmog‘i 
hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsa-da, ammo inson zoti sharif darajasida 
ulug‘lanadi, uning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi. 
Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmuddin Kubro (1145-
1221) edi. U Xorazmda sufiylik maktabini ochib, «Kubraviya» sulukiga asos soladi. 


Yassaviy ta’limotidan farqli o‘laroq, Kubraviya ta’limoti tarkidunyochilikni 
rad etadi. Kamolot yo‘lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo 
noz-ne’matlaridan bahramand bo‘lishning joizligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubraviya 
ta’limotida xalqqa va Vatanga bo‘lgan muhabbat nihoyatda kuchli bo‘lib, har 
qanday og‘ir damlarda ham omma bilan birga bo‘lish, Vatanni mudofaa qilish va 
uning mustaqilligi uchun kurashga da’vat etiladi. Bunday g‘oya yo‘lida Najmuddin 
Kubro 1221-yilda jasorat ko‘rsatib, Chingizxon boshliq mo‘ng‘ul bosqinchilari 
bilan jangda shahid bo‘ladi. 
Tasawuf XIV asrda Naqshbandiya ta’limotida yanada rivoj topadi. Unga 
Bahouddin Naqshband asos soladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinida qasri Hinduvon 
qishlog‘ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. 
Yoshligida o‘qish va ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta 
o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan, so‘ngra o‘z kasbida mahoratga erishib, 
dovruq qozongan. Ayni zamonda o‘z davrining atoqli shayxlari Xoja Muhammad 
Boboyi Samosiy, Amir Sayyid Kulol va boshqalardan odob-tariqatdan ta’lim oladi. 
Xoja Bahouddin «Hayotnoma» va «Dalil ul-oshiqin» nomli asarlar yozib, o‘z 
tariqatini yaratadi. Tarixda bu suluk «Naqshbandiya» nomi bilan shuhrat topadi. U 
tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ‘ib etadi. 
Naqshbandiya ta’limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon 
Jomiy, Xo‘ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo‘shadilar. 
Shunday qilib, tasawuf Movarounnahr aholisining ma’naviy hayoti bilan 
chambarchas bog‘langan ta’limot bo‘lib, o‘rta asrning xalqparvar adib va 
mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga ziyo va ma’rifat tarqatishga 
intilganlar.

Download 461,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish