5-6 yoshli bolalarni jamoaga moslashuvi to’g’risida psoxolog maslaxati



Download 38,3 Kb.
Sana22.08.2021
Hajmi38,3 Kb.
#153297
Bog'liq
5-6 yoshli bolalarni jamoaga moslashuvi


5-6 yoshli bolalarni jamoaga moslashuvi to’g’risida psoxolog maslaxati
Bolani jamiyatda qabul qilingan qonunlarga, tartib-qoidalarga va axloqiy normalarga rioya qilishga o’rgatish avvalo oiladan boshlanadi. Farzandning axloq-odobi, xulq atvori dastavval oilada shakllanadi, undagi insoniylikning ilk xislatlari ota-ona bergan tarbiya orqali vujudga keladi. Oilada ota-ona, mahallada qo’ni-qo’shni va tarbiyachilarning doimiy nazorati ostida bo’lgan bolada axloqiy rivojlanish jarayoni ravon kechadi. Bolaning oilada olgan tarbiyasini rivojlantirishda ayniqsa MTMgacha ta’lim alohida o’rin tutadi. MTM bolaning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va unga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berishda ota-onalar bilan faol hamkorlik qilishi zarur. MTM va ota-onalarning tarbiyaviy maqsadlardagi hamkorligini mustahkamlash, farzand tarbiyasi bo’yicha ota-onalarga pedagogik-uslubiy yordam ko’rsatish borasida «Ota-onalar majlisi»ning o’rni muhim hisoblanadi.

O’quv yili boshlanishidan oldin o’tkaziladigan majlisda ota-onalar MTMning ichki-tartib qoidalari bilan tanishtirilib, tarbiyalanuvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish jarayonida MTM jamoasi bilan amaliy hamkorligi borasidagi majburiyatlari (shartnoma asosida) belgilab beriladi. O’quv yili yakuni bo’yicha o’tkaziladigan majlislarda tarbiyalanuvchilarning o’zlashtirishi, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari, tarbiya jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlar muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko’riladi. B) Umumiy ota-onalar majlisi – o’quv yili boshi va oxirida o’tkazilib, unda ota-onalar MTM hayoti, o’quv yili davomida olib boriladigan hamda amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari bilan tanishtiriladi. o’quv yili boshida o’tkaziladigan MTM ota-onalar majlisining umumiy mavzusi tarbiyalanuvchilarga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlarni (hamkorlikda)yaratishga qaratilishi lozim. o’quv yili oxirida o’tkaziladigan MTM ota-onalar majlisi esa hisobot shaklida tashkil etilib, unda rahbariyat tomonidan ota-onalarga o’quv yili davomida amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari to’g’risida axborot beriladi va MTM «Vasiylik kengashi»ning hisoboti eshitiladi.



  1. Guruh ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi: guruh rahbari tomonidan MTM ma’muriyati bilan kelishgan holda guruh ota-onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanadi (bunda ota-onalar majlisining umumiy mavzusi tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiyasi borasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilishi lozim). guruhdagi barcha tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga yig’ilish o’tkaziladigan kun, vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi. ota-onalar majlisiga kelgan soha mutaxassislari va ishtirokchilar yo’qlama qilinib, yig’ilish boshlanadi (yig’ilish boshlanishidan oldin tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan qisqa muddatli badiiy dastur tashkil etilishi, ota-onalarga ta’lim sohasidagi islohotlar bo’yicha (slayd yordamida) ma’lumotlar berilishi mumkin). yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan mavzular hayotiy misollar, tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyat va hadislar orqali qiziqarli tarzda ochib beriladi hamda ota-onalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi. guruh rahbari tomonidan har bir tarbiyalanuvchining o’zlashtirishi va xulqi bo’yicha ota-onalarga umumiy ma’lumot berilib, yuzaga kelgan munozarali vaziyatlar tahlili asosida oilada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan pedagogik, uslubiy yordam ko’rsatiladi. shuningdek, har oy yakunlari bo’yicha e’lon qilingan «Eng faol tarbiyalanuvchi» hamda «Eng faol guruh»lar to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, guruh yoki MTM miqyosida g’olib bo’lgan tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma topshiriladi. Qolgan ota-onalarga kelgusida farzandlari ham ushbu mavqeni egallashlariga amaliy yordam ko’rsatishlari bo’yicha tavsiyalar beriladi. yig’ilish kun tartibiga rejadan tashqari kiritilgan turli masalalar o’rnatilgan tartibda muhokama qilinadi (bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinishaga yo’l qo’yilmaydi). yig’ilishning samaradorligini baholash va kelgusi yig’ilishlarda qamrab olinishi lozim bo’lgan dolzarb mavzularni aniqlash maqsadida ota-onalarning fikrlari yozma ravishda olinadi. yig’ilish yakunlanganligi e’lon qilinib, farzandining ta’lim-tarbiyasi yuzasidan alohida axborot olishni xohlagan ota-onalarga yig’ilishdan so’ng suhbatlashish uchun qolishlari mumkinligi eslatiladi.

  2. Ota-onalar bilan o’tkaziladigan ilk suhbat chog’ida ota-onalarning farzandlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash borasidagi faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin. So’rovnomalar farzandining ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va tarbiyalanuvchilik madaniyatini shakllantirishga nisbatan ota-onalarning shaxsiy munosabatlarini aniqlashga qaratilishi lozim. Shu o’rinda «Siz qanday ota-onasiz?» deb nomlangan namunaviy test savollari ilova qilinadi.

  3. Umumiy ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi: MTM rahbariyati tomonidan «Ota-onalar qo’mitasi» va «Vasiylik kengashi» bilan kelishgan holda umumMTM ota-onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanib, barcha tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga yig’ilish vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi. MTMda bir oiladan ikki yoki undan ortiq bola ta’lim olayotgan bo’lsa, ular uchun bir nafar ota yoki ona ishtirok etishi etarli hisoblanadi. umumiy ota-onalar majlisi ta’lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqib, barcha ota-onalar uchun bir vaqtda yoki 1-4-guruh va 5-9-guruh tarbiyalanuvchilarining ota-onalari uchun alohida vaqtlarda tashkil etilishi mumkin. umumiy ota-onalar majlisiga MTM hududidagi mahalla raislari, ularning diniy-ma’rifat va axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha maslahatchilari, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha profilaktika inspektorlari taklif etiladi. majlisga taklif etilgan mutaxassislar va ishtirokchilar yo’qlama qilinib, yig’ilish boshlanadi. Unda ota-onalarga yurtimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, uzluksiz ta’lim sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, bitiruvchilar uchun yaratilgan shart sharoitlar to’g’risida ko’rgazmali ma’lumotlar beriladi. kun tartibidan o’rin olgan ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy mavzular bilan birga el-yurt hurmatiga sazavor bo’lgan, farzandlarini munosib tarbiyalab kamolga etkazgan kishilarning bu boradagi tajribalari haqida yig’ilganlarga tavsiyalar berishi maqsadga muvofiq. yil yakuni bo’yicha o’tkazilayotgan umumiy ota-onalar majlisida namunali xulqi va a’lo o’qishlari bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lgan tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga MTM ma’muriyatining tashakkurnomalari va nominatsiyalar («Eng namunali ota-ona», «Eng faol ota-ona», «Eng fidoiy ota-ona» va hakozo) bo’yicha faxriy yorliqlari topshiriladi. shuningdek, o’quv yili davomida e’lon qilingan «Eng faol tarbiyalanuvchi» hamda «Eng faol guruh»lar to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, MTM miqyosida g’olib bo’lgan barcha tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga hamda guruhlarning ota-onalar qo’mitasi raislariga tashakkurnoma topshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson umri davomida qabul qiladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom, bilimli bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta’lim-tarbiya alohida ahamiyatga ega. Pedagogika fani yosh avlodning axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta’limni muhim omil deb hisoblaydi. Shu davrda ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiya ta’sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6–7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo‘ladigan munosabatlarda egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ularga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish maqsadga muofiq.
Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish lozim. Ularga quyidagi tushunchalar ilk yoshidanoq tushuntirib boriladi: bola buni anglay olmaydi, deb hisoblash noo‘rin. Yiqilib tushgan bolani o‘rnidan turishga yordam berish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy berish, eng muhimi, boshqalarga ko‘rsatilgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish lozim.
Kamtarlik, to‘g‘rilik, halollik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. Bu xususiyatlar har tomonlama sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Kamtarlik har bir kishining eng muhim va oliyjanob fazilatlaridan biridir. Bu, asosan, maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zini boshqa bolalardan ustun qo‘yishga urinadi. Ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanishni xush ko‘radi. Bunday holatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ishlar olib borish, har bir kasbning zarur va muhimligi to‘g‘risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqalarni kamsitsa, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish kerakligini, o‘z-o‘zini maqtash yarashmasligini anglatishi darkor. Sofdillik va rostgo‘ylikni tarbiyalash, yolg‘onchilik va vijdonsizlik paydo bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog‘liqdir.
Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat – eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar tomonidan ularning ruhiy taraqqiyoti va tafakkurining aniq hamda obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan shakllantirib boriladi. Shuning uchun bu ularga yaqin va tanish bo‘lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tushuntirib boriladi.
Baynalmilal tarbiya. Maktabgacha yoshdagi bolalarda baynalmilalchilik – xalqlar do‘stligi hislarini tarbiyalab borish muhim. Buning asosida ularda boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Maxsus mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar ko‘rsatish, mavzu yo‘nalishida filmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to‘g‘risida hikoyalar o‘qib berish foydali bo‘ladi.

Bolalar jamoasining shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar:


– MTM xodimlarining ahil jamoasi mavjud bo‘lishi;
– bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etish;
– o‘yinchoqlarning bolalar yoshi va qiziqishiga mos kelishi;
– bolalarda o‘zaro ahillik, g‘amxo‘rlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar;
– qiziqarli faoliyat turlarini tashkil etib borish;
– oila bilan mustahkam aloqa o‘rnatish;
– bolalar muassasalarida ijobiy xayrxohlik muhitini yaratish.
Bolalar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:
a) kundalik faoliyat an’analari (mashg‘ulot, sayr, mehnat va o‘yinlar);
b) bayram an’analari (turli voqea-hodisalar bilan bog‘liq sanalar –“Navro‘z”, “Mustaqillik” bayramlari va boshqalari).
An’anaviy bayramlar MTMlarda turlicha o‘tkaziladi. Bolalar an’analar mohiyatini anglasa, uning ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Bularning barchasi jamoa mustahkamligi, a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishda yetakchi vazifani o‘taydi.

Nargiza QAYUMOVA, Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi v.b. dotsent,


Aziza ARTIKBAYEVA, “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabasi
Download 38,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish