5-amaliy Betonning deformativ xususiyatlari



Download 185,77 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2023
Hajmi185,77 Kb.
#919536
  1   2
Bog'liq
5-amaliy 6-s


5-amaliy Betonning deformativ xususiyatlari

Tayyorlash, qotish, foydalanish va sinash davomida turli sabablar
ta’siri bilan betonda hajmiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, material
deformatsiyalanadi. Uning qay miqdorda sodir bo‘lishi betonning strukturasi, tarkibidagi moddalar xususiyati, texnologiyasini o‘ziga xosligi va bir qancha boshqa omillarga bog‘liqdir. Konstruksiyalarni loyihalashda betonning deformatsiyalanish xususiyatlari etiborga olinadi. Sababi, bu holat beton va temirbeton konstruksiyalarning sifati va ishlash muddatiga ta’sir etadi. Shartli ravishda beton deformatsisini quyidagi turlarga bo‘lib chiqish mumkin: betonda bo‘laѐtgan fizik va kimyoviy jarayonlar ta’sirida ro‘y beradigan beton qorishmasining o‘z deformatsiyasi (betonning birinchi cho‘kishi) va betonning deformatsiyasi (cho‘kishi va kengayishi); mexanik yuklar ta’sirida deformatsiyalanishi, bu yerda qisqa muddatli yuklar va uzoq muddatli yuklar (betonni o‘ziga cho‘ziluvchanligi) ta’siridagi deformatsiyalarni ajratish lozim bo‘ladi; betonning harorat ta’sirida deformatsiyalanishi.

Beton qorishmasi yotqizilgandan so‘ng qattiq donalarning sedimentatsion cho‘kishi va asta-sekin zichlashuvi yuz berishi mumkin. Bu
jaraѐn ayniqsa plastik va quyma qorishmalarda aniqroq namoѐn bo‘ladi. Bu
holatda qorishmaning ustiga suv chiqib qolishi va aralashmaning hajmi
o‘zgarishi mumkin. Buyum baland bo‘lganda uning cho‘kkanligini qarab ham
bilish mumkin. Chunki beton deformatsiyasi ko‘p bo‘ladi va qotgan oddiy beton
odatdagi cho‘kishidan o‘n martalab ko‘proq bo‘ladi. 2.9-rasmda birlamchi cho‘kishning borishi ko‘rsatilgan. Beton yotqizilib zichlanganidan so‘ng deformatsiya jarayoni juda tez boradi va 30-90 daqiqalardan so‘ng sekin to‘xtaydi. Agar quyma qorishmalar ishlatilaѐtgan bo‘lsa dastlabki davrda beton ustida suv paydo bo‘ladi. Suv ajaralishi 10-20 daqiqalardan so‘ng maksimal darajaga etib, so‘ng, jadal o‘tadigan sementhamirini kontraksiyasi jarayoni sababli suv sekin betonga shimib olinadi. Birlamchi cho‘kishning miqdori beton qorishmasining tarkibi va ishlatilgan materiallarning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘ir betonlar
birlamchi cho‘kish hajmi plastik, ayniqsa quyma betonlarga qaraganda kamroq
bo‘ladi. Birlamchi cho‘kish quyidagi hollarda kam bo‘ladi: beton qorishmasida suv yoki sement hamiri sarfi kam bo‘lganda; suvni yaxshi tutib turuvchi
maydalangan qo‘shimchalar (trepel, diatomit va h. k) qo‘shilganda; beton
qorishmasining asosi qattiq bo‘lishini ta’minlaydigan yirik to‘ldiruvchilar bo‘lganda. jadvalda granit to‘ldiruvchili oddiy beton qorishmaning balandligi 300 mm va diametri 100 mm bo‘lgan plastmassali maxsus silindr qolipda sinab ko‘rilganda olingan birlamchi cho‘kish ma’lumotlari ko‘rsatilgan.


Download 185,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish