5-bilеt pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati



Download 102 Kb.
bet1/6
Sana29.12.2021
Hajmi102 Kb.
#74725
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eshbayeva Feruza


5-BILЕT

  1. Pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul

qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini awalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb eion qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimina-siga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to'g'risidagi Qarorida "Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit—qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora—tadbirlarni amalga oshirish"" muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarni bekamu ko'st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda awalo, bo'lajak o'qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning echimini topishda "Pedagogik mahorat" fanini chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egalJash uchun

nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensik!opediya,'da ta'rif quyidagicha izohlangan: "O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta ola-digan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan muta-xassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushuncbasi mazmunini shunday izohlash mumkin:

1.Madaniyatning yuqori darajask bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi. 2.O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.

  1. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.

  2. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.

Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat:

  1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.

  2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda muka- mmal bilish.

  3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.

  4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.

Barcha kasblar orasida. o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijti-moiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamoioti-ning me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat

uchun muhim bo'lgan ijfimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat

o'qituvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'am-xo'rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy - metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish loziin.

Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'-risida ma'lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo'llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi.

Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijod-korlik, pedagogik texnika, ta'lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi. muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy - ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkii etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivoj-lantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida ma'lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilaming pedagogik faoliyati zami-rida takomillashib boradi.

Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyoilash uchun jamiyat oldida. davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya beri-shda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. BoTajak o'qituvchilar o'z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim;


  1. A.Komenskiy, A. Disterverg, K.D. Ushinskiy va boshqalarining o’qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi hamda pedagogik mahoratining ta’lim-tarbiya rivojidagi aloxida o’rni borasidagi qarashlari.

O'qituvchilaming kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to'g'ri-sidagi muammolar evropa olimlari Ya. A. Komenskiy, Djon Lokk, G. Pestalotssi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida o'z ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A. Komenskiy o'qituvchining eng muhim xususiyatlari qatoriga bolalarni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.

Yan Amos Komenskiy o'z davrida o'qituvchilaming bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o'qituvchilik «yer yuzidagi har qanday kasbdan ko'ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta'kidlaydi. Muallifning fikricha, o'qituvchi o'z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o'z qadr-qimmatini toia baholay bilishi zarur. Ya.A. Komenskiy o'qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shax-s;da quyidagi fazilatlar namoyon bo'lishi maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o 'z ishini sevuvchi, o 'quv-chilarga mehr bilan muomala qituvchi, ularda bilimga havas uyg'otiivchi, o 'quvchilarni o 'z ortidan ergashtiruvchi va diniy e 'tiqodni shakl-lantiruvchi.

I.G.Pestalotssi o'qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan uning xalq ta'lirai tarmog'ini takomillashtirishdagi rob hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to'xtallb o'tadi.

A. Disterverg o'qituvchining ta'limdagi roliga yuqori baho be-rib, u o'z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o'quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O'qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixoiogik bilim-larga ham ega bo'lishi kerakligini takidlab o'tgan.

Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o'qituvchi kasbi-ga oid ilmiy mulohazalarida hech bir Qonun yoki Programma, ta'lim-tarbiya to'g'risidagi metod yoki tamoyillar o'qituvchi shaxsi-ning pedagogik faoliyatdagi mahorati o'rnini bosa olmaydi deb hisob-laydi.

K.D.Ushinskiy o'qituvchi ma'naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda tako-millashtirib borish maqsadga muvofiq

ekanligi to'g'risidagi g'oyani ilgari suradi. Mazkur g'oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim -o'qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar tizimini tashkil etishni u ilk bor asoslab bergan.

K.D.Ushinskiy o'qituvchining mashaqqatli mehnatini ta'riflab shunday deydi: "Hali etilmagan va fikri xayoli tarqoq bo'lgan o'tiiz yoki qirqta o 'quvchining ongini butun dors davomida mashg 'ul qilib turish uchun o 'qituvchi o 'z so 'zlari va bergan masalalari to 'g 'risida ko p bosh qotirishi, serdiqqat bo 'lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo 'Igan har bir kishi o 'qituvchi bo 'lishga layoqatli bo Javermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham etarlicha ta 'rif qi/inmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo V matonat va mahorat talab qilinadi".

K.D.Ushinskiyning ta'kidlashicha, o'qituvchi qalbining bolalarga nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning tarbiyaviy kuchini va qobiliyatini ko'rsatadigan ma'naviy oyinasi ijtimoiy qimmatga ega bo'lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda namoyon bo'iadi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim tarkibiy qismi o'qituvchining xapakteri va his-tuyg'ularida, uning o'quvchilar bilan muloqotga kirishish usulida namoyon bo'luvchi pedagogik-psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo'llashdir. Uning fikricha psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning barcha jabhalarida g'oyatda keng qo'llaniladigan faoliyat turi, shuning uchun ushbu taktiarga ega boimasdan, odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyattning o'zi ham bo'lishi mumkin emas, deb ta'kidlaydi.




  1. Download 102 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish