5-Laboratoriya ishi O’zgarmas tok potensiomtri yordamida har-xil kattaliklarni o’lchash



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana22.12.2022
Hajmi0,8 Mb.
#894423
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-laboratoriya

M = M
a
dan topiladi va u umumiy holda 
quyidagicha ifodalanadi:
 
W • F (X , a ) (2.16) 
bu holatni 2.8-rasmda ko‘rsatilgan grafikdan ham kuzatish mumkin
 
 
 

Asbob 
dinamik rejimda ishlaganida, boshqacha aytganda asbob ko‘rsatkichi joyidan 


qo‘zg‘alayotganida (surilishida), yuqorida aytilgan aylantiruvchi va aks ta’sir 
etuvchi momentlardan tashqari boshqa momentlar ham hosil bo‘ladi. Bu 
momentlar qo‘zg‘aluvchan qismning inersiya momenti, tashqi muhit qarshiligi va 
metall elementlari bo‘lgan holda hosil bo‘ladigan uyurma tok va hokazolardan 
vujudga keladi. Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanganida vujudga 
keladigan va uning harakatini tinchlantirishga intiluvchi moment tinchlantiruvchi 
moment deyiladi: 
M t = R(d
a
/d
t
).
(2.17) Bu moment tinchlantirish koeffitsiyenti 
R
ga va qo‘zg‘aluvchan qismning burchakli tezligi da/dt ga proporsionaldir. 
Tinchlantiruvchi moment ma’lum darajada asbobning muhim ekspluatatsion 
parametrlaridan biri — tinchlanish vaqtini belgilaydi.Elektromagnit o‘lchash 
asboblari. Ularning ishlash prinsipi ferromagnit materialdan qilingan o ‘zak bilan 
o‘lchanayotgan kattalik proporsional magnit maydon ta’sirlashuviga 
asoslangan.Elektromagnit asboblarning asosiy elementi elektromagnittizimda 
o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokda o‘lchanayotgan kattalikni o‘zgartiruvchi 
o‘lchash sxemasidir (2.10-rasm).
 
Elektromagnit tizimi g‘altagida elektr toki g‘altak bo‘yicha o‘tuvchi tok 
kuchiga proporsional kvadratda o ‘qning aylanish
 


 
 
2.10-rasm. Elektromagnit asboblarining asosiy elementlari: 
1 — g‘altak; 2 — o ‘zak; 3 — o ‘q; 4 — strelka; 5 — shkala; 6 — prujina.
 
momenti yuzaga kelib, o‘zak g‘altakdan oqib o‘tuvchi elektromagnit maydonni hosil 
qiladi. O‘qning harakati natijasida o‘qning aylanishiga proporsional va prujinada 
aylanish momentiga teskari ta’sir qiluvchi momentni yaratadi. O‘q momenti 
ta’sirida va unga bog‘langan strelka o‘lchanayotgan kattalik kvadratiga proporsional 
holda burchakka aylanadi. Momentlar tenglashganda strelka to‘xtaydi. O‘zgarmas 
tok zanjirida 50 Hz chastotada olchash uchun elektromagnit ampermetrlar va 
voltmetrlar 
ishlab 
chiqariladi. 
Tokni 
o‘lchash zanjiriga elektromagnit 
ampermetrlarning o‘lchash mexanizmining g‘altagi ketma-ket va voltmetrlarda 
parallel holda ulanadi. Shuningdek, elektromagnit o‘lchash mexanizmlari 
logometrlarda ham qo‘llaniladi. Aniqlik sinfi 1,5 va 2,5 bo‘lgan asboblardan keng 
foydalaniladi. Shuningdek, 800 Hz chastotada ishlovchi, aniqlik sinfi 0,5 va hattoki, 
0,1 bo‘lgan asboblar ham mavjud. Bu asboblarning bir qator afzalliklari mavjud: 
ham o‘zgaruvchan, ham o‘zgarmas tok zanjirlarida ishlatiladi; bevosita katta 
qiymatdagi toklarni o‘lchashi mumkin; konstruksiyasi nisbatan sodda. Shuningdek, 
ayrim kamchiliklarga ega: shkalasi notekis (kvadratik) darajalanadi; o‘lchash 
xatoligi biroz katta (magnitoelektrikka nisbatan); sezgirligi yuqori emas. 
Elektrodinamik o‘lchash asboblari. Ularning ishlash prinsipi ikki o‘tkazgich va 
ulardan elektr toki o‘tishi natijasida o‘zaro mexanik ta’sirlashishga asoslangan. 
Elektrodinamik asboblar o‘lchanayotgan kattalikni o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas 
tokka o ‘zgartiruvchi o‘lchash o ‘zgartkichi va elektrodinamik tizimlarning o‘lchash 
mexanizmidan iborat (2.11-rasm) Harakatlanadigan g‘altak ichiga o‘q bilan strelka 
birgalikda joylashtirilgan harakatlanuvchi g‘altakli elektrodinamikli asboblar keng 
qo‘llaniladi. G‘altak o‘ramlaridagi toklar 1 va 2 hamda bu toklarning haqiqiy 
qiymati ko‘paytmasi o‘zaro proporsional ta’siri natijasida o‘qni aylantiruvchi 
moment hosil bo‘ladi. O‘qqa bog‘langan prujina tenglashtiruvchi moment hosil 
qiladi va bu tenglik natijasida strelka harakatdan to‘xtaydi. Elektrodinamik asboblar 


o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlarida tok va kuchlanishning haqiqiy qiymatini 
aniqlash uchun eng aniq asboblardan bo‘lib hisoblanadi. G‘altak o‘ramini ketmaket 
ulashda strelkaning aylanish burchagi o‘lchanayotgan kattalikning kvadratiga 
proporsional bo‘ladi. O‘ramlarni bunday holatda ulash tok kuchi va kuchlanishini 
o‘lchash uchun (ampermetrlar va volmetrlar) qo‘llaniladi. Elektrodinamik o‘lchash 
mexanizmlaridan quvvatni o‘lchash (vattmetrlar) uchun ham foydalaniladi. Bunda 
o‘lchanayotgan zanjirdagi proporsional kuchlanish harakatlanmaydigan g‘altak 
orqali tok o‘tkazib, proporsional tok keyin harakatlanuvchi orqali o ‘tkaziladi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish