5-Mavzu: ertaklar va uning turlari


Foydalanish uchun adabiyotlar



Download 1,28 Mb.
bet13/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Foydalanish uchun adabiyotlar:



  1. Imomov K. O‘zbek xalq prozasi poetikasi. –T.: “Fan”, 2009.

  2. O‘zbek xalq ertaklari. Ikki jildlik. I-jild.Tuzuvchilar: M.I.Afzalov, H. Rasulov, Z. Husainova. –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1995. –256 b.

  3. Abdurahmonov A. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi. –T.: “Fan”, 2004.

  4. Razzoqov X. va boshqalar. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. –T.: “O‘qituvchi”, 1980.

  5. http: www.ziyo.net.uz.

  6. http: www.pedagog.uz.

Darsning mazmuni

Ertaklarning yaratilishiga ko‘ra yana bir turi – yozma, ya’ni adabiy ertaklar ham mavjudki, u jahon adabiyoti, xususan, o‘zbek yozma adabiyotining katta qismini tashkil etadi.

O‘zbek yozma ertakchiligi ham katta tarixga ega. Alisher Navoiy ham g‘azallaridan birida “cho‘pchak” so‘zini qo‘llaganlar:

Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo‘lg‘ay,

Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kelturur cho‘pchak.

(Baytdagi “cho‘pchak” “Navodirush-shabob”ning 1959-yilgi nashrida “cho‘rchak” shaklida yozilgan. Shuning uchun Alisher Navoiy zamonida “cho‘rchak” yoki “cho‘pchak” atamasi bor edi deb xulosa qilish mumkin bo‘ladi). Ayni paytda baytdagi “uyqu” so‘ziga e’tibor bering. Ma’lum bo‘ladiki, oqshom payti bolalarni uxlatishda ertakning sehrli ta’sir kuchidan bugungi kunda foydalanar ekanmiz, bu an’ana ham bejiz paydo bo‘lmaganini qayd etamiz.

Jadid bobolarimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashid­xonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Siddiqiy-Ajziy o‘zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko‘plab ibratli ertaklar yaratdilar. O‘tgan asr o‘rtalarida Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg‘”, Sulton Jo‘raning “Zangori gilam”, Shukur Sa’dullaning “Ayyor chumchuq”, “No‘xat polvon”, “Laqma it” she’riy ertaklari, “Yoriltosh”, “Afsona yaratgan qiz” ertak-pyesalari, “Kachal polvon” ertak-qissasi mashhur bo‘ldi. Adiblarimizning ertakchilik sohasidagi an’analarini keyinchalik X.To‘xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, O‘.Imonberdiyev kabi ertaknavis mualliflar davom ettirdilar.

Darvoqe, H.Olimjonning 1937-yilda yozgan “Oygul bilan Baxtiyor” ertagini eslashimiz ham o‘rinli:

Bolalik kunlarimda,

Uyqusiz tunlarimda,

Ko‘p ertak eshitgandim,

So‘ylab berardi buvim.

Esimda o‘sha damlar,

O‘zi uchar gilamlar,

Tohir-Zuhra, Yoriltosh,

Oyni uyaltirgan qosh.

Shoir doston boshlanishida (dostonning bosh mazmuni ham “Ozoda chehra” ertagiga asoslanishini ta’kidlash mumkin) xalq ertaklari jozibasini shoirona kashfiyotlar bilan yoritib bergan. Bu misralarda “Tohir va Zuhra”, “Yoriltosh” ertaklarining nomi tilga olinishidan tashqari “o‘zi uchar gilamlar”, “oyni uyaltirgan qosh”lar, “beqanot uchgan otlar”, “so‘ylaguvchi devorlar”, “bola bo‘p qolgan chollar” sanab o‘tiladi. Haqiqatan ham “Oygul bilan Baxtiyor” adabiy ertagini yozishda shoirga xalq ertaklarining sirli olami ilhom bag‘ishlagan va Hamid Olimjon o‘z o‘quvchisiga bu ilhom izohini go‘zal so‘zlar bilan etkazishga harakat qilgan. Yuqorida keltirgan fikrlarimiz xalq ertaklarining haqiqiy so‘z san’ati sifatida qadimdan yashab kelayotganini, xalq hayotida ularda tasvirlangan olam muayyan ahamiyat kasb etganini dalillaydi.

Bolalar qalbini rom etadigan, ularni Oygul kabi mard va jasur kishilar bo‘lib kamol topishga undaydigan “Oygul bilan Baxtiyor”ni shoir xalq og‘zaki ijodi asosida yaratadi. Uzoq yillar xon xizmatini ado etgan qullar haqsizlik, adolatsizlikka qarshi bosh ko‘taradilar. Ko‘p qon to‘kiladi. Lekin u adolatli jangda qo‘zg‘alon ko‘targan qullar mag‘lubiyatga uchraydilar. Ammo xalqning bu ko‘tarilishi hech qachon so‘nmaydi.

Jambil xoni qo‘zg‘alonchilar boshlig‘i Darxonni o‘ldirtiradi shu onda ko‘zi uning sohibjamol qizi Oygulga tushadi va unga uylanmoqchi bo‘ladi. Oygul hech ikkilanmay xonga rad javobini beradi. Dostonda qizning xonga bergan javobi barcha isyonchilarning qalb sadosi sifatida yangraydi:

Taqdirim yor bo‘lsa-yu,

Fursat qulay kelsa-yu,

Seni agar o‘ldirsam,

Taninga hanjar ursam,

Dunyoda eng baxtiyor

Odam bo‘lardim nomdor...

Oygul yosh kitobxon xalq ko‘z o‘ngida xalq himoyachisi, xaloskori va qahramoni sifatida gavdalanadi. Yana Oygulning noyob xislati – insonparvarlikdir. U inson qadrini ulug‘laydi, insonni ta’qirlanishiga, toptalishiga qarshi bosh ko‘taradi. Undagi o‘zlikni anglash va milliy uyg‘onishni Hamid Olimjon muhit va sharoitdan kelib chiqaradi.

Oygul aql-zakovat bilan ish ko‘rib Susambildek bir yurtni obod o‘lkaga aylantiradi. Oygul xarakteri ziddiyatlar, kurashlar jarayonida o‘sib-ulg‘ayadi. Uning qalbini cho‘lg‘ab olgan cho‘g‘ tinchlik bermaydi. Susambildek go‘zal yurtni barpo qilgan bahodir qiz endilikda xon ustiga yurish qiladi. Otasi, besabab qirilgan qullar qasdini oladi. Taxtga qul Tarlonni o‘tkazishadi.

Shoir ijobiy qahramon Oygul xarakterini yuksak mahorat bilan chizadi. U bizning ko‘z o‘ngimizda oddiy, kamtarin, jafokash qizdan voqealar jarayonida afsonaviy qahramon darajasiga ko‘tarila boradi. Masalan, biz uning Jambil o‘lkasiga qilgan yurishini kuzatib ko‘raylik:

Yashnab misoli bir gul, Darvozalar bo‘ladi kul,

Er-ko‘kni ovozasi Har to‘p qo‘ygan chog‘ida

Tutib ketgandi Oygul, Saroylar qulab butkul,

Jambilning darvozasi, Zo‘r qo‘shin kirib bordi.

Ochilmadi. Shunda ul Savalab urib bordi.

Darg‘azab qilich soldi, Jambilni xon beklari

Darhol qaytarib oldi: Quyon bo‘lib qochdilar.

Qulflar sharq-sharq Chuqurlar, g‘orlar sari

O‘ynab ochilib ketdi, Quchog‘ini ochdilar.

Bu kuchli yuksak mahorat namunasidagi tasvir Oygulning shashti, g‘ayrati bilan mos tushadi. Natijada orzu-umidi, kurashning timsoli, el panohi bir butunligicha kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalanadi.

Oygulni el sevadi, ardoqlaydi. Vatan va xalqoldidagi xizmatlari uning ko‘ksini tog‘ qiladi. Bolalar Oygul obrazi mujassamlashgan bu dostonni qayta-qayta o‘qiydilar. Zotan, Hamid Olimjon va uning ijodiy cho‘qqisi bo‘lgan “Oygul bilan Baxtiyor”ning umrboqiyligi ham ana shundadir.

Shoirning “Semurg‘” dostoni ham eng ilhom bilan yozilgan asarlaridan biri hisoblanadi. Dostonda tosvirlanishicha, xon qizi turmushga chiqish uchun shart qo‘yadi, uning shartini oddiy cho‘pon Bunyod bajaradi. Lekin qiz yigitning addiy kishilardan ekanligini bilgach, unga turmushga chiqishni o‘ziga munosib ko‘rmaydi. Bunyodni yo‘qotish niyatida bahodir yigitni inson dushmani bo‘lmish yovuz dev bilan olishishga yuboradi. Devni yengib qaytsa, to‘yga rozi ekanligini aytib, ayyorlik qiladi.

Afsonaviy qahramon Bunyod yaxshilikning ashadiy dushmani, dahshatli devni yo‘qotishga otlanar ekan, bu mushkul ishni muvofaqqiyatli ado etish, zafar bilan qaytish nihoyatda havfli ekanligini juda yaxshi his etadi. Lekin uning ruhida elga baxt bermoq hissi hukmron:

Odamlarga baxt bermoq,

Baxtlilarga gul termoq

Eldan shiorim bo‘ldi,

Nomus va orim bo‘ldi.

Bunyod ana shu yuksak ideali uchun ham kuchli va engilmasdir. Mana shu olihimmat, shu yuksak insonparvarlik unga kuch-qudrat, engilmaslik, qahramonlik, jasorat, zafar bag‘ishlaydi. Bunyod el-yurt uchun qo‘liga qilich olgan, mardlik, jasorat kamarini belga bog‘lagan.

Bunyodning dahshatli dev bilan mardonavor olishishi haqqoniy, adolat kuchlari hamisha qabohat va zulmat kuchlari ustidan muqarrar g‘alaba qozonajagi avj pardalarda kuylanadi. El-yurtni yovuz dushman bosib olganda yigitlar kurashga qanday matonat bilan otlansalar, Bunyod ham dev bilan ana shunday jasorat bilan jang qiladi. Chunki dev qonxo‘r. U insonlarga mudhish ofatlar keltiradi: “Uni ko‘rgan har chaman, tez bo‘lar ekan xazon”.

Dostonda ijobiy qahramon Bunyodni dimog‘dor, o‘ziga ortiqcha oro bergan, mol-mulkka mukkasidan ketgan Parizodning aldashi, riyokorlik ko‘rsatishi haqqoniy tasvirlangan. Xalqda “Teng-tengi bilan” degan gap bor. Bu gapni shoir Parizod tilidan juda o‘rinli va ishonarli qilib bergan. Shoirning ta’rifiga hech qanday izohning hojati yo‘q:

Cho‘ponni sevolmadim, Ko‘nglim tugunda edi...

Hech ko‘ngil qo‘yolmadim. Qancha botir bo‘lsang ham,

G‘urbatga qorganimning Zo‘r bahodir bo‘lsang ham,

Devga yuborganimning To‘shaging xas deb bildim,

Sababi shunda edi. Aslingni past deb bildim.

Adham Rahmatning “Qaldirg‘och, ilon va beshiktervatar” asari juda zavqli. Yosh kitobzon asarni o‘qiy boshlashi bilan sehrlanib, oxiri nima bilan yakunlanishini sabrsizlik bilan kutadi. Asar g‘oyasi juda oddiy va hayotiy. Qushlarning bolasini ilon yaxshi ko‘radi, deydi bobolar. Buni Adham Rahmat masalda juda chiroyli, hayajonli qilib bergan. Ona qaldirg‘och ovqatga ketgan. Vaqtdan foydalanib, ilon xariga yopishib, polaponlarning oldiga chiqadi: oh, onasi kelmasa, ish bo‘ladi ko‘p yomon! Ona qaldirg‘och voqeadan habar topib, do‘sti beshiktervatarni zudlik bilan topib keladi. Beshiktervatar ilonni dodini beradi.

Bolalarni eyman deb

Rostlaganda o‘zini.

Birdan beshiktervatar

O‘yib oldi ko‘zini

Ilon ko‘zdan ayrilib

Tushdi erga yumalab.

Bir teshikka kirdi u

O‘zin zo‘rg‘a amallab.

Shunday qilib qushchalar

Qutilishdi o‘limdan.

Masalda birovga chox qazisang, unga o‘zing yiqilasan, degan fikr ilgari suriladi.

Adham Rahmatning “Botir bola” ertak-dostonini ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar sevib tinglaydilar. Xalq ertagi asosida yozilgan bu ertakda kambag‘al – qashshoq ovchi yigit haqida gap boradi. Ovchi kunlardan bir kun turna-podshoni tutib oladi. U yigitdan meni qo‘yib yubor deb iltijo qiladi. Ovchi ishonuvchan. Bu kambag‘al hayotda hammaga ishonadi, hatto turnaga ham. Yigit qo‘lidan ozod bo‘lgan turna:

Rahm qilding menga sen

- Yaxshi bola ekansan

Ko‘p tortiqlar berurman

Agar borsang senga men, -

deb unga va’da beradi.

Kambag‘al bola yaxshi niyat, katta umidlar bilan turna-podshonikiga boradi. Turna va’dasida turib, bola talab qilgan “Ochil dasturxon”ni beradi. Bu dasturxon oddiy emas, sehrli ekan:

Sevingandan bolajon

Debdi: - ochil dasturxon,

Keng ochilib ketibdi,

Birdan shunda dasturxon.

Turli-tuman ovqatlar

Dasturxonga to‘libdi.

Ona-bola eyishib,

To‘yib xursand bo‘libdi.

Kambag‘alni tuyani ustida it qopibdi, deganlaridek, dasturxonning ta’rifini shu erning podshosi eshitib qolib, uni boladan tortib oladi.

Oddiy ovchi bola endi podshodan qanday bo‘lmasin qasd olish, o‘zi kabi ezilgan, beva-bechoralar uchun jangga kirish o‘y-hayoli bilan yonadi. Bu o‘ylda unga do‘sti turna-podshoning yordam qo‘lini cho‘zishi, qovoqni berishi va bolaning dovyuraklik bilan jangda g‘olib chiqishi asar tinglovchida yaxshi tassurot qoldiradi:

Podsho qarab turamish, Ular zolim podshoning

Bola qo‘yib qovog‘in Askarlarni yiqibdi.

Debdi: - qani chiqinglar! Bola engib podshoni

Podshoning askarlarin Xursand bo‘lib ketibdi.

Chuqurlarga tiqinglar! El-yurti bolani

Shunda qovoq ichidan Quchib, tabrik etibdi.

Behad askar chiqibdi.

Po‘lat Mo‘minning “Alla bilan Jalla”, “Ziyrak fil va ziqna baqqol”, “Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga”, “Unutgan o‘g‘il”, “Oltin nay”, “Dono bola”, “Jalil eshitgan ertak”, “Bilganni qari – bilmaydi pari” singari ertak-dostonlarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli foydalangani ko‘rinib turadi.

Po‘lat Mo‘min o‘zining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar o‘rtasida shuhrat qozondi. Uning “Qovoqvoy va Chanoqvoy”, “Suqatoy - Konfetvoy”, “Ona bolam deydi, bola onam deydi” nomli fantastik ertak-pyesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning quvonchiga-quvon qo‘shib kelayotir.

Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini o‘tkir kulgi ostiga oluvchi va Chanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon do‘stligini ulug‘lovchi “Qovoqvoy va Chanoqvoy” bolalarni yaxshilikka da’vat etadi.

Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pyesasi “Suqatoy - Konfetvoy”da ham ko‘ringan. Tematikasi va g‘oyaviy yo‘nalishi, uslubi jihatidan bu ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, halollik va mehnatsevarlik ulug‘lanadi. Voqea Bilim xola, Aqljon, Odobjon, Chalavoy, Oypopuk bilan Nafasvoy, Yomonjon, Laqma ota, Janjal xola, qurt o‘rtasidagi kurash asosida rivojlanadi.

Shukur Sa’dulla xalq og‘zaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U “No‘xot polvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “Chol bilan bo‘ri” kabi o‘nlab asarlarini ertaklar asosida yaratadi. Xalq ertaklarini jo‘ngina she’rga solib qo‘ya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi. Davrimizga, bolalarning istak-armonlariga moslashtirdi.

Qudrat Hikmatning “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak” ertak-dostonida xalq og‘zaki ijodi yo‘lidan boradi. Bu usulda asar yaratishining katta yutug‘i shundaki, bunda voqealar sarguzashtnamo bo‘ladi, so‘zlar sodda va tushunarli, ayni vaqtda asar o‘ta milliy, xalq hayotiga yaqin bo‘ladi. Bu esa, voqea hodisalarni, g‘oyaviy mazmunni kichiklarga yetqazishda muhim omildir.

O‘tkir Rashid “Ish bilmas va ish qilmas haqida”, “G‘ozcha – mitti”, “Sherali”, “Eng o‘zg‘ir nima?”, “Ravshanjon va ayiqcha” kabi bir nechta ertak-dostonlar ham yozdi. Bu asarlarning deyarli hammasi bog‘cha yoshidagi bolalarga bag‘ishlanganligi bilan e’tiborga loyiqdir. “G‘ozcha - mitti” da o‘rmon to‘g‘risida, qushlar, hayvonlar, yirtqichlar haqida gap boradi. Bu yoshdagi bolalar jonivorlarning turmush tarzlarini uncha yaxshi bilmaydilar. Ular “G‘ozcha - mitti”ni tinglashi, jonivorlarning hayotlarini, yashash sharoitlarnii bir muncha bilib oladilar. Ayniqsa, g‘ozchaning xatti-harakati, dovyurakligi, ishbilarmonligi va tadbirkorligi yaxshi taassurot qoldiradi.

Shoirning mana bu misralariga e’tibor bering, - unda o‘rmonda yashaydigan ko‘pgina jonivorlarning jam bo‘lib yashashlari, ahilu do‘stliklari kimni xursand qilmaydi deysiz:

Keyik, quyon, olmaxon

Kurka, laylak, o‘rdak, g‘oz.

Ahil bo‘lib, do‘st bo‘lib

Yasharkanlar qishu yoz.

Hayotda – o‘rmonda zo‘ravonlik ko‘p. Yovvoiy to‘ng‘iz bulardan ancha kuchli – muttaham va surbit, zo‘ravonlik qilib bularning qishda eyish uchun to‘plab qo‘ygan ovqatlarini eb, har kuni nonushtasi uchun uchta g‘oz berishlarini talab qiladi. Bu ochko‘z battoldan qutilish yo‘llarini qidirishadi. Mittining maslahatiga ko‘ra ayiqpolvon bilan do‘stlashishadi. Ayiqpolvon bilan to‘ng‘iz o‘rtasida jang boshlanadi. Bu jangda uning o‘zi yolg‘iz emas. Hamma jam bo‘lib, birlashib jang qiladilar:

Bosti ayiq to‘ng‘izni

Ustiga tashlab o‘zni.

Mitti, o‘rdak, laylaklar

Cho‘qib oldilar ko‘zni.

Ayiqchalar to‘ng‘izning

Tishlab turdi oyog‘in,

Ona ayiq o‘ldirdi

G‘ajib uning tomog‘in.

Ashaddiy dushman to‘ng‘iz o‘ldi, bu bilan endi dushman yo‘q, rohat-farog‘itda yashaymiz, deyish ham juda erta. Tadbirkor va ishbiliarmon g‘ozcha hammani bir uy qurib, yangi makonda yashashga chaqirdi-ki, bu ko‘pchilikka ma’qul tushadi:

Mitti der: Hali yov bor, Ayiqvoy usta bo‘lib,

Xushyor bo‘lib turaylik, Ish boshladi shu kuni.

Undan saqlanish uchun Kiyiklar daraxt kesdi,

Bir pana joy quraylik. Tashishdi do‘stlar uni.

Ayiqpolvonga Mitti Shunday qilib yog‘ochdan

Dedi: - Amaki, yashang! Qurib oldilar bir uy.

Siz ustasiz bu ishga, Bezadilar bu uyni

Uyni o‘zingiz yasang! Qilgandayin xuddi to‘y.

Do‘stlar ahil bo‘lib hayot kechira boshladilar. Ahillikda, birlikda hikmat ko‘p ekan, kimki do‘st orttirsa, ittifoq bo‘lsa, uni hech qanday dushman enga olmas ekan, deb shod, baxtli yashashlari yosh kitobxonning quvonchiga quvonch ulashadi:

Yashadilar do‘st bo‘lib,

Yo‘qotildi dushman – g‘ov.

Dedilar: “Birlik bo‘lsa,

Yengolmas ekan hech yov”.

Miraziz A’zamning “G‘alati tush”, “Nurxon bilan Burxon”, “Ota bilan bola”, “Bir cho‘ntak yong‘oq”, (Turkum), “Alla”, “Bola va ona”, “Yo‘tal bola” kabi she’r va qo‘shiqlari bog‘cha yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan. “Asror”, “Erk qushi”, “Ona yurt osmonida”, “Antiqa” kabi doston, ertak-dostonlari ham bolalarga katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda.

Shoirning “O‘lmas qush” ertak-dostonida tasvirlanishicha, jodugarlik bilan bahodirlarning yostig‘ini quritgan Chingizxonning go‘zal kanizagi Sayxun bo‘yida yashayotgan Nahang qassobning ham oromini buzadi. Jang maydonida ko‘rgan Nahangning qilichi qo‘lidan tushadi. Qizning makriga uchib, uni sevib qoladi. Uning xotini qazo qilib, O‘lmas va Olmas ismli farzandlari qolgan edi. Biroq ota o‘g‘li va qizidan kechib kanizakka uylanadi. Dostonda epchil qiz Olmosning ukasi O‘lmas uchun otasi va o‘gay onasidan o‘ch olishni ancha qiziqarli va ishonarli tasvirlanadi.

Qambar Ota anchagina “Erka egazaklar”, “Cho‘lga sayohat”, “Baroq mushuk fojeasi”, “Bog‘bon hikoyasi”, “Rabotlar”, “G‘ildiraklar qo‘shig‘i”, “O‘n ikki supa” kabi yirik doston, doston-ertaklar yozgan. Bular orasida “Erka egizaklar” dostoni juda ommalashib ketdi.

Dostonda “Farzand aziz, odobi undan aziz” maqoli atrofida gap boradi. Shoh xudodan tilab-tilab o‘g‘il-qizli bo‘ladi. Shog‘ farzandlar tarbiyasi bilan yaxshi shug‘ullanmaydi. To‘g‘ri, o‘nglab enagayu boshqa tarbiyachilar ular xizmatida. Bolalar juda erka o‘sib ulg‘ayishadi. Erkatoylar otaning xazinasining kulini ko‘kka sovuradilar. Odobsizlik, andishasizlik qilib bolalar shog‘ni vayron qiladilar. Shoir asarga ta’sirli yakun yasaydi. Yomonlardan, odobsizlardan qattiq ranjiydi:

Odob inson ziynati. Ota-o‘g‘il, el qizi.

Yaxshi farzand oshirar O‘g‘il – yurtning posponi,

O‘z yurtining xislatin Qiz – baxtimiz yulduzi.

Yomon ko‘p bo‘lsa elda, Sodiq bo‘lsin vatanga

Xarob bo‘lar bir kuni. Har kim kichik yoshidan.

Narsaga o‘ch ekan xalq Baxt quyoshni manguga

Kiradi g‘aflat tomon Arimasin boshidan!

Hamma bola bo‘lishsin

To‘lan Nizom hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida ertak-doston ijodkori ovoziga ega. “Boychibor” ertak-dostoni uzoq yilardan beri kitobxon bolalar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Bu asar bog‘chalar uchun, maktab, oliy o‘quv yurtlari uchun nashr etilayotgan kshplab darslik, qo‘llanma, majmualarda qayta-qayta chop etilmoqda.

“Boychibor” dostoni orqali shoir bolalarni ona-vatanni sevishga, kerak bo‘lsa uning har bir qarich yeri uchun yeri uchun qon to‘kishga, hayvonlarni, ayniqsa, otlarni sevishga, ularni ehtiyotlab parvarish qilishga o‘rgatadi.

“Olmaxon” ertak-dostonida Sobir ismli bolakayning o‘jarligi, qo‘pol-qo‘rsligi, olmaxonga nisbatan noo‘rin hatti-harakati tanqid qilinadi.

Safo Ochilning “Qarg‘a va bulbul”, “Ilon va tipratikon”, “Tuya bilan kuchuk”, “Tovuq va simob pontomimasi”, “Qurbaqa va sigaret” singari masallari badiiy yuksak mahorat bilan bitilganki, ular bolalarning diqqatini o‘ziga tortadi.

Shoirning “Gavhartosh” ertak dostoni xalq ichida tildan-tilga ko‘chib yurgan afsona bir syujet-voqea asosiga qurilgan bo‘lib, unda ota qadri, uning ma’naviy-axloqiy hikmatlari badiiy ifodasini topgan. Dostonning lirik qahramoni muayyan jamiyatda asrlar osha ahloqiy qonuniyatga aylanib qolgan urf-udum va an’analarga qarshi bosh ko‘taradi.

Farmonigga ming la’nat, ey shoh,

Farmonigdan o‘rgildik, tojdor.

Udumlaring tufayli, evoh,

Nahot bola Otaga ag‘yor!

S.Ochilning “Burgut”, “Nodir pahlavon”, “Temirchi bobo va boyo‘g‘li” kabi ertaklari ham bolalarning ma’naviy-ahloqiy va estetik tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Keyingi ikki-uch yuz yillikda fransuz ertakchisi Shari Peiro (1628-1703), nemis ertaknavislari Ernst Teodor Amadey Gofman (1776-1822), aka-uka Yakob Grimm (1785-1863) va Vilgelm-Karl Grimm (1786-1859)lar, Vilgelm Gauf (1802-1877), daniyalik Hans Kristian Andersen (1805-1875), angliyalik Oskar Uayld (1854-1900), rus ertakchilari A.S. Pushkin (1799-1837) ijodining roppa-rosa o‘n yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar yaratishga bag‘ishlagan L.N. Tolstoy (1828-1910), K.D. Ushinskiy (1824-1870) yozma ertakchilikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar.

Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan-elga, tildan-tilga o‘tib dillarni yashnatib yurgan “Qizil shapkacha” (Sh.Perro), “Robinzon Kruzo” (D.Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J.Svift), “Dyumchaxon” (X Anderson), “Oltin baliq” (A.S.Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado” (M.Tven), “Kapitan Grant bolalari”, “Ostin-ustun” (J.Vern), “Don Kixod” (J.Servantos) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarni jo‘sh urdirib yuboradi.

Janni Rodarini mashhur “Chipollining sarguzashtlari” qissa-ertagi butun dunyoga tanitdi. Chorak asr muqaddam yozilgan “Televizor ichiga kirib qolgan Jip” ertagi bizning kunlarimizda haddat tashqarish zamonaviy jaranglaydi. U butun jahon olimlarini koitonni tinchlik maqsadida o‘zlashtirishda, samoviy urushlarga qarshi kurashda hamkorlik qilishga da’vat etadi. Samovot qa’rida qandayki jamiyat mavjud bo‘lmasin, barqasi bir yoqdan bosh chiqarmog‘i darkor, deb hayqiradi “Yangi yil archalari sayyorasi” ertagi. “Osondagi tort” ertagi voqea-hodisalaning o‘ta xayolparastlarcha yo‘nalish kasb etishiga qaramay (bunda Rim ustida portlagan atom bombasi ulkan tortga aylanib qoladi), barcha kishilarga, hatto bolalarga tinchlik uchun, yadro urushiga qarshi kurashish zarurligi to‘g‘risida gapiriladi.

Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o‘zining “Qizil Shapkacha”, “Zolushka”, va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi.

Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan odin xalq og‘zaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning uchun ham u o‘z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari o‘z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. G‘arazgo‘ylik, maqtanchoqlik, qizg‘anchiqlik o‘rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.

Sharl Perrodan bor yo‘g‘i 11 ta ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligin darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” o‘qimagan yoki ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak. Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag‘onlik bosh masala qilib qo‘yiladi. Boshqa asarlarida bo‘lgani kabi Sh. Perro bu ertakda folklor an’analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni tegirmonchining kenja o‘g‘li Karabas fahm-farosat, aql bilan ish ko‘rib, o‘z murod-maqsadiga etadi, baxtiyor bo‘ladi.




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish