5-Mavzu: ertaklar va uning turlari


Foydalanish uchun adabiyotlar



Download 1,28 Mb.
bet49/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Foydalanish uchun adabiyotlar:


  1. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – T.: “O‘qituvchi”, 1990. – b. 91-99.

  2. Husainova Z. Topishmoqlar / O‘zbek folklori ocherklari. 1-jild. –T.: “Fan”, 1988. –B.98-128.

  3. Madayev O., Sobitova T. Xalq og‘zaki poetik ijodi. –T.: “Sharq”, 2003.

  4. Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. –T.: “Aloqachi”, 2008.

  5. Safarov O. Folklor – bebaho boylik. – T.: “Muharrir”, 2010. – B. 231-284.





Darsning mazmuni
Qadim zamonlardanoq hayot tajribasini yetuk olimlardek tahlil qila olgan xalqimiz bolalar folklori asarlarini jahon pedagogikasi talablari asosida yaratishga erishdi. Bu talablarning, eng muhimi, mazkur namunalar tilidagi soddalik, mazmundagi yorqinlik bilan belgilangan. Shuningdek, bu asarlar, albatta, tarbiyaviy ahamiyat kasb etgan

Olimlar fikricha, tez aytishlar bolalar folkloriga nisbatan keyin qo‘shilgan janr hisoblanadi. Ular avval “tutal”, “chalg‘ituv”, “chalish”, “adashish” atamalari bilan mashhur bo‘lgan. “Tez aytish” esa keyin qo‘llangan. Vaqt o‘tgani sari bu janr kattalardan bolalar folkloriga o‘tgan. Qadimgi qoidalarga binoan tez aytishni bir nafas olish bilan aytish talab qilingan. Qadimgi tez aytishlarda esa talaffuz qilish oson bo‘lmagan so‘zlar soni ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ularni avvallari kattalar folkloriga mansub beradilar. Yosh bola ularni bir nafasda ayta olmagan. Hozirgi kunda bunday namunalar bolalardagi ayrim tovushlarni talaffuz qilish qiyin ekaniga ko‘ra tanlanadi. Masalan, “r”, “l”, “s”, “sh”, “ch” tovushlarini aniq aytish mo‘ljallangan tez aytishlardan ko‘proq foydalaniladi:

Charxim chakalak,

Tanobi charxim chakalak,

Charximda gunoh yo‘g‘u.

O‘zim hakalak.

“R” tovushi talaffuziga bag‘ishlangan quyidagi tez aytishga e’tibor bering: “Bir tup tut. Bir tup turp. Bir tup tut, bir tup tutning tagida bir tup turp. Bir tup tut bir tup turpning tomirini turtib turibdi. Bir tup turp bir tup tutning tomirini turtib turibdi. Bir tup tutning tomirini turtib turgan bir tup turpning tomirini bir tup tutning tomiri turtib turibdi.Bir tup turpning tomirini turtib turgan bir tup tutning tomirini bir tup turpning tomiri turtib turibdi”. Biz yuqorida tez aytish kattalar folkloriga mansub bo‘lgan deganimizda ana shu matnni nazarda tutgan edik. Bu janr ko‘proq bolalar o‘rtasida aytiladigan bo‘lganidan so‘ng matn hajmi qisqargan. Xususan, quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan:

Oq choynakka ko‘k qopqoq,

Ko‘k choynakka oq qopqoq.
Qishda kishmish pishmasmish,

Pishsa kishmish, qishmasmish.

Ba’zan tez aytishlarda o‘ziga xos shirin kulgili vaziyatlar ham aks etishi mumkin: “Namanganda bor ekan bir usta Musa puch pistapurush. O‘sha usta Musa puch pistapurushning oltmish qop puch pistasi bor ekan. Oltmish qop puch pistasi bo‘lsa ham o‘sha usta Musa puch pistapurush. Oltmish qop puch pistasi bo‘lmasa ham o‘sha usta Musa puch pistapurush”. Aytish mumkinki, xalq ijodidagi tez aytish shoirlarimizga ham ta’sir qildi. Ko‘p shoirlarning tez aytishlari televideniye, radio, kichik sinflar uchun tuzilgan darslik va qo‘llanmalardan o‘rin olmoqda. Yosh yigit-qizlar o‘rtasida sanamalarni bilmaydiganlar bo‘lmasa kerak. Yoshligimizda o‘ynagan quvlashmachoq, bekinmachoq va boshqa o‘yinlarda kimdir xizmatda qolishi kerak bo‘lgan. Guruh ikkiga bo‘linganda, xolislik talab qilingan. Ana shunday vaziyatlarda sanamalarga murojaat qilganmiz. Sanamalar matnlarida esa biz e’tibor qilmaganimiz holda bir necha maqsadlar nazarda tutilgan. Avvalo, kichikroq yoshda ekanimizda sanashni o‘rganganmiz. Undan tashqari qofiyalar, istioralar, sifatlashlar yodimizda saqlanib qolgan. Olimlarning ma’lumot berishicha, sanamalar turli xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalgan janrdir. Ruslarda “schitalka”, tojiklarda “shumurak”, turkmanlarda “sanavoch”, tatarlarda “sanashu” deb ataladi. Ulardagi umumiylik sanash bilan bog‘liqlikda va matndagi qofiyaga rioya qilishda namoyon bo‘ladi. Bu xususiyat ularni yodlashda qo‘l keladi:

Qovun palak, Guvak otdi. Guvak emas, Chuvak otdi.

Chuvak qovun Shirin ekan,Safdan chiqsin Qo‘lim tekkan.

O‘zbek bolalari folklori tadqiqotchisi O.Safarov ma’lumotiga qaraganda, 800 misraga yaqin hajmda 150 dan ortiq sanamalar aniqlangan. Yuqoridagi raqamlardan o‘zbek folklorining bu turi ham naqadar boy va rang-barang ekani ma’lum bo‘ladi. Bolalar folkloridagi yashirin til janri o‘n-o‘n besh yoshdagi o‘g‘il-qizlarimizning ijod qilish zavqi qanchalar kuchli ekanini dalillaydi. Avvalo, bu yoshda ruhiy jihatdan bolada hayot romantikasi taraqqiy etgan ko‘rinishda bo‘lishini ta’kidlash zarur. Bu davr sirli imo-ishoralarga, sirli sayohatlarga chiqish rejalariga, sirli kelishuvlarga boy bo‘ladi. Shulardan bir ko‘rinishi yoki shakli sifatida sirli tillashuvni esga olish mumkin. Haqiqatan ham, odam o‘ylab ko‘rsa, ikki kishi so‘zlashsa-yu, hech kim ularning suhbatini tushunmasa, qanday maroqli. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanidagi “Kumushning so‘z o‘yini” bobida Otabek bilan Kumush suhbatini sirli parda ostida tasvirlagan. Zaynab Kumushning Otabekka aytgan dil so‘zlarini mutlaqo tushunmaydi. Bu bilan yozuvchi o‘zbek tabiatidagi yana bir go‘zal fazilat haqidagi o‘z tasavvurini kitobxonga yetkazgan edi. O.Safarov tomonidan “Yashirin til” deb shartli ravishda nomlangan janr ham o‘ziga xos kashfiyotlardan biri sifatida baholanishi mumkin. Olimning ta’kidlashicha, yashirin tilning vujudga kelishida 3 yo‘nalish mavjud:

1. Bo‘g‘indan so‘ng bo‘g‘in qo‘shish orqali negizida so‘zni sun’iy ravishda sindirgan holda cho‘zish hisobiga hosil qilingan yashirin tillar.- Mazan Qozodizirnizi o‘zortozog‘izim dezeyaza ozolmazaymazan.- Nezegaza? - Xazabazarkazashlizik qizilazadizi.(- Men Qodirni o‘rtog‘im deya olmayman.- Nega?- Xabarkashlik qiladi).

2. Bo‘g‘in yoki tovush oldidan tovush qo‘shish asosida hosil qilingan yashirin tillar.- Chmen chga chdaf chta chring chni chbe chrib chtur.- Cho‘z chimchga chkerchak.( - Menga daftaringni berib tur.- O‘zimga kerak).

3. So‘zni teskari aytish.- Inamirak imgnidro‘k?- Qo‘y.( - Karimani ko‘rdingmi?- Yo‘q). Yuqorida qayd qilingan asosiy usullar ichki kelishilgan tartib bilan boshqacha qoidalar bilan boyishi natijasida yangi-yangi yashirin til ko‘rinishlarini kasb etishi mumkin. Bolalar folklori haqida avvalgi sahifalarda yuritilgan munosabatlar xalqimizning farzand tarbiyasiga, xalq va yurt kelajagiga o‘ta mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usi qanchalar kuchli ekanini dalillaydi. Ikkinchi tomondan, avlod ham voyaga yetganidan so‘ng ajdodlar xotirasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Chunki xalq qadriyatlarini e’zozlash, tariximizga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish alla ohangi bilan jismimizga singib ketgan. Ertaklar, tez aytish, topishmoq, sanamalar, qo‘shiqlar bilan ovunganmiz. Oxir-oqibat bu asarlar bizning ruhan, tabiatan o‘zbek bo‘lib voyaga yetishimizga xizmat qilgan.

Tez aytishlar ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga, nutqini o‘stirishga, o‘qish sur’atini oshirishga, shu bilan birgalikda ko‘p raqamli sonlarni xotirada mustahkamlashga o‘rgatuvchi janr hisoblanadi. Qadimgi qoidalarga binoan tez aytishni bir nafas olish bilan aytish talab qilingan. Masalan:

1.Tangritog‘ tog‘ining tagida Tursunboyning traktori tirillab turibdi. 2.Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan 9999 ta tulki terisini topdim. 3.Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan topilgan 9999 ta tulki terisidan 9999 ta telpak tiktirdim.

4.Tulki terisidan tikilgan 9999 ta telpakning tepasiga 9999 ta tumor tiktirdim. 5.Tangritog‘ tog‘ining tagida Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan topilgan 9999 ta tulki terisidan tiktirilgan, tepasiga 9999 ta tumor taqilgan telpaklarni Toshkentdagi Toshmat tog‘amga to‘yonaga topshirdim. Ushbu tez aytishlarning mazmuni bir-biri bilan bog‘liq holda bo‘lganligi bois, hammasini birdan ham aytish mumkin. Bu esa bolalarning zehniga qarab talab qilinadi.
Nazorat savollari:

Bolalar folkloriga mansub asarlarning janrlarini ayting.

Tez aytishlarning mazmun va kompozitsiya jihatdan turlarini ko‘rsating.

“Tez aytishlar”, “Sanamalar”, “Yashirin til” janrlarining bir-biriga o’xshash jihatlari haqida ma’lumot bering.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish