5-Mavzu: ertaklar va uning turlari



Download 1,28 Mb.
bet58/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Bolalar folklori haqida
Bolalar folklori xalq og‘zaki ijodining ajralmas turi hisoblanib, rang - barang janrlardan tarkib topgan. Kattalar tomonidan yaratilgan, shuningdek, bolalarning o‘zlari to‘qigan og‘zaki ijod namunalarini qamrab olgan bolalar folklorini mazmuniga ko‘ra uch yirik turkumga ajratish mumkin: 1.CHaqaloqlarni tinchlantirish, ovutish va erkalash maqsadida kattalar tomonidan ijod qilingan onalarning erkalovchi qo‘shiqlari. 2. Dastlab kattalar og‘zaki ijodida mavjud bo‘lgan, so‘ngra bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan mavsum - morosim qo‘shiqlari. 3. Bolalar­ning o‘yin jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtda aytiladigan bolalar qo‘shiqlari.

Bolalar og‘zaki ijodi haqidagi dastlabki ma’lumotlar Mahmud Qashqariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydi. Jumladan, asarda «Kuchirma o‘yin», «Ut bandal», «Un to‘rt»2, «Qorag‘uni», kabi o‘yinlar haqida ma’lumot berilib, ularda aytiladigan qo‘shiq turlaridan namunalar keltiriladi. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr birinchi choragiga qadar bo‘lgan davrda A.Borovkov, E. Peshcherova, A. Vamberi kabi sharqshunos olimlar o‘zbek bolalar folklori namunalarini to‘plab ma’lum ishlarni amalga oshirganlar. SHo‘rolar davrida H.Zarifov, O.Safarov, F.Jahongirov bolalar folkloriga oid materiallarni nashr qilishda, ularni ilmiy o‘rganishda sermahsul ijod qildilar. Olimning olib borgan izlanishlari universitet va institut talabalari uchun mo‘ljallangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida aks etgan.

Xalq og‘zaki ijodi badiiy tafakkur taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaratilgan eng ilg‘or va hayotbahsh an’analarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy sarchashmasidir. Ana shu ma’naviy merosning eng qadimiy qatlamiga xos qadriyatlar tizimida o‘zbek bolalar marosim folklori an’analari alohida o‘rin tutadi.

O‘zbek bolalar marosim folklori namunalari faqat o‘yin jarayonida ijro etiladi, shuning uchun ham u o‘yinning tarkibiy qismi bo‘lib, shu o‘yin uchun zamin tayyorlaydi, yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, ishtirokchilar faoliyatini kuchaytiradi, qiziqarli harakatlarni yuzaga keltiradi. Bunday folklor namunalari kichkintoylarni ijtimoiy kamol toptirish, ulardagi topqirlik, epchillik kabi hislatlarni o‘stirishga katta yordam beradi. Eng muhimi, bolalarning ham jismoniy, ham ma’naviy kamolotida bunday folklor asarlarining o‘rni benihoya.

O‘zbek bolalar marosim folklorining asosiy tarkibini o‘yin qo‘shiqlari tashkil etadi. Bolalar qo‘shiqlarining ko‘plari yil fasllari bilan bog‘liq. «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «Chittigul», «Laylak keldi, yoz bo‘ldi», «Qurbaqa», «Qaldirg‘och» kabi qo‘shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko‘chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg‘ir yog‘ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog‘liq. «Bu bog‘chada olicha», «Zuv-zuv borag‘on», «Chamandagul», «Oq sholi, ko‘k sholi» va boshqa qo‘shiqlar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog‘liq mehnat jarayonlari, kattalar hatti-harakatlariga taqlid aks etadi. O‘yinlar ham, qo‘shiqlar ham, bolalarning aqliy va jismoniy kamolotiga etishiga yordam beradi, ularda zavq uyg‘otadi. O‘yinlar bolalar folklorining murakkab turi bo‘lib, unda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. O‘yinlarni kichik yoshdagi bolalar «Choriy chambar», «Hakkalakam» kabi sanama o‘yinidan, katta bolalar «Qushim boshi» degan topishmoqdan boshlaydi. Bolalar bog‘chalari, maktablardan o‘yindan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qat’iyatli, qiyinchiliklarni engishga, o‘rtoqlariga yordam berishga tayyor bo‘lish singari yaxshi sifatlarga ega bo‘lib o‘sishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va o‘qish kitoblariga kiritilgan.

O‘zbek bolalar marosim folklorining juda ko‘pchilik namunalari, xususan, bolalar qo‘shiqlari an’anaviy xalq kalendari va vaqt hisobi – yil fasllari bilan bog‘liq holda yaratiladi va ijro etiladi. Masalan, «Boychechak», «Oftob chiqdli olamga», «Chittigul», «Laylak keldi, yoz bo‘ldi», «Qurbaqa», «Qaldirg‘och» kabi qo‘shiqlarni bolalar goh tom boshida, goh dalalarda, qishloq ko‘chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg‘ir yog‘ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak (boychechak), birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog‘liq. «Bu bog‘chada olicha», «Zuv-zuv borag‘on», «Chamandagul», «Oq sholi, ko‘k sholi» va boshqa qo‘shiqlar turli davrlarda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog‘liq mehnat jarayonlari, kattalar hatti-harakatlariga taqlid aks etadi.

Ko‘ramizki, o‘zbek bolalar marosim folklorining talaygina, namunalari kichkintoylarning yil mavsumlari, tabiat hodisalari, turli xarakterdagi marosimlarga munosabatlarini tasvirlovchi asarlar tashkil etadiki, ular o‘z navbatida muayyan turkumlar va janrlarga birlashadilar. Ularni bolalarning mavsum va marosim qo‘shiqlari deb atash mumkin, shuning uchun ham ularni shartli ravishda quyidagicha guruhlashtirish maqsadga muvofiq:

a) Bahor taronalarini ifodalovchi va shu faslda ijro etiladigan bolalarning o‘yin qo‘shiqlari. («Navro‘z», «Boychechak», «Lola», «Binafsha», «Chittigul», «Varrak uchirish» kabilar).

b) Yoz va kuz taronalarini madh etuvchi va shu fasllarda ijro etiladigan bolalarning o‘yin qo‘shiqlari («Ho kishma», «Mehmon-mehmon», «Quvlashmachoq», «Darvozadan o‘tar», «Xo‘p qo‘shig‘i» va boshqalar).

v) Qish taronalarini madh etuvchi va shu faslda ijro etiladigan bolalarning o‘yin qo‘shiqlari («Laylak qor», «Qor qiz», «Qorbobo-qorbobo», «Topishmoqlar bayrami», «Ertak bilan uchrashuv» kabilar).

g) Bolalarning quyosh, oy, kamalak, shamol, yomg‘ir va tabiatning boshqa hodisalarga munosabatlarini ifodalovchi yalinchoq qo‘shiqlari, shuningdek, qadimgi ajdodlarimizning totemistik e’tiqodlariga daxldor har xil hayvonlar, qushla rva hasharotlar bilan bog‘liq hukmlagich qo‘shiqlari ham bolalarning mavsum-marosim qo‘shiqlariga taalluqlidir («Oftob chiqdi olamga», «Ho Haydar», «Kamalakjon, kamalak», «Shamol, shamol», «Xoll, kal», «Beshiktervatar» kabilar).

2.Xalq qo‘shiqlarida rasm-rusmlar rang-barang. Hammasi o‘rinli va zarur. Masalan, qizaloqning sochini yuvib-taraganda aytiladigan qo‘shiqlarni oladigan bo‘lsak, bunday qo‘shiqlarda sochning uzunligi, qalinligi, katta-kichikning havasini keltiradigan darajada ko‘rkamligi obdon maqtaladi. Baquvvat sochning uzunligi cho‘zsa oy va quyoshga ham etib borishi quvnoq misralarda ifodalanadi:

Oyda - quloch

Kunda – tutam.

Senga – kuyov,

Menga – palov.

«Chittigul»da mavzu nihoyatda rang-barang va juda jozibali. Chunonchi;

Oq sholiga ko‘k sholi,

Oq sholini oqlaylik,

Ko‘k sholini ko‘klaylik

Yaxshi kunga saqlaylik,

Hayu, chittigul.

Hayu, chittigul singari misralariga nazar soladigan bo‘lsak, bu qo‘shiqda asosan g‘alla-sholi to‘g‘risida gap ketadi. Sholining turi, rangini eslatish orqali uning juda mo‘l bo‘lganligini; bu mo‘l-ko‘l sholini pala-partish qilib eb-tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tejamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Qarang, bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida bolalarga ko‘p gapiramiz.

Yuqoridagi qo‘shiqdan ayon bo‘lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani tejab-tergab ishlatishni o‘z farzandlariga qattiq o‘rgatib kelishgan.

Qadimda ota-bobolarimiz shamol yordami bilan tegirmon yurgizishgan, shamol yordami bilan g‘allalarini tozalashgan.

Ramazon qo‘shiqlari ham dillarga huzur bag‘ishlaydi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, qo‘shiqlar bolalarning nafosatini o‘stirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, do‘stlik, qahramonlik, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi.

Bolalar folklorida yana bir turkum qo‘shiq va she’rlar borki, ular asosan bolalarning o‘zlari tomonidan ijod qilingan. Ularni umumiy nom bilan bolalar qo‘shiqlari deb nomladik. Bu qo‘shiq va she’rlar bolalarning o‘yin jarayonida yoki o‘yindan tashqari holatda ijro etiladiMustaqillik davrida bolalar o‘yin folkloriga oid ma’lum izlanishlar qilinmokda. Jumladan, tadqiqotchi SHa­mil Galievning 1998 yili «O‘zbek bolalar o‘yin folklorining tasnifi va poetikasi» mavzuida yoqlangan nomzodlik ishi e’tiborga loyiqdir. SH.Galiev sharqshunos A.K. Borovkov3 maqolalari asosida o‘zbek bolalarining XX asr boshlarida o‘ynalgan «Pakitak», «Juki - juki», «Besh tosh», «CHaqqon», «Halgimchak», «Bilgish toy», «Quloq cho‘zma» kabi o‘yinlarda aytiladigan aytim va qo‘shiqlar xaqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. SH.Galievning o‘zbek bolalar o‘yin folklori tizimida bolalar so‘zlashuv tilida bo‘g‘inlarning joyini o‘zgartirib, yoki bo‘g‘inlar o‘nli tovushdan keyin «b», «z» kabi o‘ndoshlarning orttirilishidan hosil bo‘ladigan «Tarabar tili»ning saqlanib qolmaganligi haqidagi fikri bahstalab. Samarqand viloyati tumanlarida yashovchi o‘zbek bolalari orasida bunday til iste’molda mavjud va u haqdagi ma’lumot folklor amaliyoti materiallarida uchraydi.

Bolalar o‘yinlarida aytiladigan qo‘shiqlar o‘yinlar xilma - xilligi bilan hamohang. Bolalar o‘yin folklorini chorlamalar, sanamalar, matashmachoqlar2 boshlab beradi.




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish