5-Mavzu: ertaklar va uning turlari



Download 1,28 Mb.
bet65/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
5.Mavzu

Tegishmachoqlar - bolalar so‘zlashuv o‘yiniga oid satirik va yumoristik mazmundagi janr. Tegishmachoqlarning kelib chiqishi kattalarning faoliyatlari bilan bog‘liq. Yoshi ulug‘lar o‘zaro hazillarda bir-birlariga turli laqablar quyishib, ermak qilishgan. Bunday tegishishlar keyinchalik so‘z san’atkorlari tomonidan ijodiy - yumoris­tik tarzda qayta ishlanib, askiya janrining yaralishiga asos bo‘lgan. Bolalar ermaklarni she’riy shaklga solib hozirgi tegishmachoq janrini anglatuvchi she’rlarni yaratishgan. Bunda bolalar laqablardan ustalik bilan foydalanishgan: Safiya-safon, Baxti-baqaloq, Qosim-qotdi, Zokir-zukur, Toji-tajang kabi. Ranjituvchining adabini berib qo’ymoq niyatida bolalar shu kabi tegishmachoqlar ijod qilishgan:

Abulqosim atashka,

Qo‘yingni hayda dashtga.
Qo‘ying qo‘yga qo‘shilsin,

Kalishginang teshilsin.

Gohida bolalar kattalarning nuqsonlarini, loqaydlik va mas’uliyatsizliklarini ham ustalik bilan hajv qilishadi. Bunday tegishmachoqlarning «bosh qahramonlari» asosan, bolalarning o‘z yaqin qarindoshlari, ko‘pincha yangalari, akalari, bobolari bo‘lishadi:



Yangamsan-a, yangamsan.

Kuylak bichar bilmaysan,

Qirk ignani sindirib,

Hech ham xotin bo‘lmaysan.
Yoki:

Tomga chiqib tosh otdim,

Tapichkamni yo‘qotdim.

Uxlab to‘rgan boboyni,

Soqolidan bir tortdim.

Demak, tegishmachoqlar kattalarning o‘zlariga tanqidiy ko‘z bilan qarashga o‘z nuqsonlarini yo‘qotishga o‘ndovchi mazmunga ham ega. Tegishmachoqlar etnografik manba sifatida bolalar psixologiyasi va dunyokarashini belgilashi bi­lan qiziqish uyg‘otsa, badiiy manba sifatida bolalarning so‘z yasash usullaridan foydalanish mahoratini, ijodiy qobiliyatlarini aniqlashga yordam beradi. Tegishmachoqlar yumoristik mazmundagi janr. Ulardan kishini ranjitadigan, ko‘ngilga tegadigan maqsadda foydalanish nojoiz. Umuman olganda satirik-yumoristik she’rlardan ehtiyotkorlik bilan, faqatgina ko‘ngilni xushlovchi, ezgu maqsadlarda foydala­nish maqsadga muvofiq.

O‘zbek bolalar o‘yin folklorini shartli ravishda o’g’il bolalar o’yinlari va qiz bolalar o’ynlariga ajratish mumkin. Qiz bolalar o’ynlariga «Besh tosh», «Choyim-choyim», «Etti tosh», «Biz tayyor», «Chittigul» kabi o‘yinlar kiradi:

«Chittigul» o‘yini. Bu o‘yinda ikkita qiz bir-birlarining qo‘llariga urib qo‘shiq aytishadi. Qaysi qizning qo‘li egri yoki qiyshik kelib urilsa, o‘sha qiz yutqazadi.

Juba, juba, ajuba,

tog‘da lola, qiz bola.

Tezda etib kel,

Tovdan oshib kel.

Ha-yu, chittigul.

Ha-yu, chittigul.

«Taqram - taqram tozi» o‘yini. O‘yinda qizbolalar qo‘l ushlashib doyra hosil qiladilar va quyidagi qo‘shiqni ijro qilishadi. Qo‘shiq tugagach, hamma o‘tirib olishlari kerak. O‘tirishga kechikkan qizbola o‘rtaga chiqadi va ko‘zini yumadi. Atrofida aylanayotgan qizbolalardan biri o‘ning boshiga teginadi. Qizbola ko‘zini ochib tegingan bolaning nomini aytadi. Agar topsa joyini almashadilar, bo‘lmasa, navbatchi bola davrada o‘yinni davom ettiradi. Davrada to‘rt martta «navbatchilik» qilgan bola o‘yin oxirida qo‘shiq aytishi yoki raqs tushishi lozim.

Taqram - taqram tozi,

Bular kimning qizi?

Shunqorbekning qizi,

Shunqorbek qayga ketdi?

Tilla kovushga ketdi,


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish