5-mavzu. Marketing dasturi



Download 241,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi241,21 Kb.
#922524
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu. Marketing



5-MAVZU. MARKETING DASTURI 
 
1.
Marketing dasturi haqida tushuncha. 
2.
Maqsadli dastur yondoshishi – marketing dasturining uslubiy asosidir. 
3.
Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo’limlari. 
5.1. Marketing dasturi haqida tushuncha 
 
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda 
aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda 
esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, 
rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa 
muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va 
undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus 
faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. 
Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini 
tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror 
qabul qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o’tgan 
davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili 
va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik 
yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini
marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari 
samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha 
nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi. 
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o’z imkoniyatlarini 
baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsada, kompaniyani 
strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining 
zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo’g’ini 
(joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) 
darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing 
dasturini strategik yo’nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o’z holatini 
bog’ligiga qarab o’z ichiga turli variantlarni oladi. 
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum 
va ximoya strategiyalari bo’lishi mumkin. Muddatiga qarab marketing dasturlari 
qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama 
dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar. 
Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha 
funktsiyalarni savollarini yechishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi 
mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini 
rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga 
qaratiladi. 
Ob’ektiga bog’ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo’yicha va ishlab 
chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin. 


Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega: 

tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy 
nomenklaturasini aniqlash; 

innovatsiya bo’yicha qarorni asoslash; 

chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror qabul 
qilish; 

tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish; 

ishlab chiqarishni ustivor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarni umumiy hajmi va 
ularni tuzilishini hisoblash; 

moliyalashtirish manbalarini topish; 

ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash; 

ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash; 

ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish. 
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki 
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan 
ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. SHunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha 
marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatini jami 
ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi. 
Mahsulot bo’yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega: 

mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish; 

mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko’p variantli hisob-kitobini 
o’tkazish; 

yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini 
asoslash; 

chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash; 

iste’molchilarni maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda 
har bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish; 

har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish); 

maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan holda 
har bir tovar bo’yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash. 

Download 241,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish