5-mavzu. Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari. Reja



Download 71,81 Kb.
bet1/8
Sana09.02.2022
Hajmi71,81 Kb.
#438600
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu


5-mavzu. Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari.
Reja:
1.Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari tushunchasi.
2. Ota-onalar va bolalar o’rtasidagi mulkiy munosabatlarning tartibga solinishi.
3.Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulklari va uni tasarruf etish.
Tayanch tushunchalar:bola, voyaga yetmagan, huquq, nomulkiy huquq, mulk, xususiy mulk, majburiyat, konvensiya, deklaratsiya, konstitutsiya, norma, BMT
Ma’lumki, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amxo’rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo’lgan holatlar bundan mustasnodir. Bola o’z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o’z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi bo’lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalnish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi deb O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 65-moddasida belgilab qo’yilgan.
Ma’lumki oila bolaning yashashi, kamol topishi uchun birdan bir makon va tabiiy muhit hisoblanadi. Shuning uchun Oila kodeksimizning 2-moddasida ota-ona zimmasiga oilada, ya’ni bola tug’ilgan va yashab turgan muhitda uning farovon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g’amxo’rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Voyaga yetmagan bolalarning o’z ota-onasi bilan bir oilada yashashi va tarbiyalanishi uchun, u avvalo, o’zining ota-onasini bilishi kerak. Bolalarning o’z ota-onasini bilishga bo’lgan bu huquqi BMT tomonidan 1989- yilda qabul qilingan “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiyada ham mustahkamlab qo’yilgan. Masalan, ushbu Konvensiyaning 7-moddasida “Bola tug’ilgan zahoti ro’yxatga olinadi va tug’ilgan daqiqasidan boshlab ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo’lish, shuningdek, iloji boricha, o’z ota-onasini bilish va ularning g’amxo’rligidan bahramand bo’lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi”, deb qo’yilganligini aytish mumkin.
Bolaning subyekt sifatida alohida e’tibor va himoyaga bo’lgan huquqi huquqiy jihatdan saqlanib rivojlanib bormoqda. Bolaning barcha huquqlari shu bilan birga uning nomulkiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan dastlabki hujjat Birinchi jahon urushi tugagach Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilinganligini e’tirof etish mumkin. 1924-yilda “Bola huquqlari” Jeneva Deklaratsiyasi qabul qilingan bo’lsa, 1959- yil BMT tomonidan dastlab “Bola huquqlari” Deklaratsiyasi, 1989- yil 20- noyabrda esa “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiya qabul qilindi. Konvensiya jami 54 moddadan iborat. Konvensiyada bolaning shaxsiy huquqlaridan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, ularni ta’minlash va himoyalash printsiplari belgilangan. O’zbekiston mazkur Konvensiyaga Oliy Kengashning 1992-yil 9-dekabrdagi Qaroriga muvofiq qo’shilgan hamda 1994- yil 29- iyuldan kuchga kirgan. 2019- yil 17- iyulda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bag’ishlangan tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risidagi Qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorda O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Milliy Axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali Dasturning amalga oshirilishini keng yoritish belgilab berilgangan edi.
Xorijiy davlatlarning oila huquqida ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning o’zaro huquqiy munosabatlarini tartibga solishda qarindoshchilik munosabatlari, oilada bolaning tug’ilishi va uni tarbiyalash, nikoh tugatilgach bolaga aliment to’lash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Xorij davlatlarining oila qonunchiligida bolaning oilada tug’ilishi natijasida aniq huquqiy munosabatlar vujudga kelganini ko’rish mumkin. Ushbu huquqiy munosabatda bolaning tug’ilishi masalasiga ikki xil holatda ro’y bergan. Bu o’zaro nikohda bo’lgan shaxslardan tug’ilgan bola, hamda o’zaro nikohda bo’lmagan shaxslardan tug’ilgan bola. O’zaro nikohda bo’lgan shaxslardan tug’ilgan bolaga vakolatli organ uning tug’ilganligini tasdiqlovchi hujjatni beradi. Agarda bunaqa hujjat bo’lmasa bolani qoniniy tan olishda otalikni ixtiyoriy yoki majburiy belgilash sud tartibida amalga oshiriladi. XX asrning boshlarida evropa davlatlari qonunchiligida nikohsiz tug’ilgan farzandlarga nisbatan jamoaviy hamda huquqiy jihatdan kamsitishlar (diskriminatsiya) holatlari ham uchrab turgan. Masalan, Ahgliya davlatida o’sha vaqtlar bunday bolalar hechkimniki hisoblanmagan va huquqiy jihatdan muhofaza ham etilmagan. Ammo XX asrning 60-70- yillaridan e’tiboran nikohsiz tug’ilgan bolalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi bir qancha huquqiy normalar xorijiy davlatlar oila qonunchiligida, konstitutsiyasida alohida normalar bilan belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga, bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari va opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqiga egaligi qayd etilgan. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohni haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning unda bo’lgan huquqlariga ta’sir qila olmaydi.
Ota-ona alohida yashagan holda ham bola ularning har biri bilan ko’rishish huquqiga ega. Agar ota- ona turli davlatlarda yashayotgan bo’lsa, unda bu holatda bola ular bilan ko’rishish huqiqiga ega. Favqulotda vaziyatlarga tushib qolgan bola ( ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida bo’lish yoki boshqa hollarda) o’z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko’rishish huquqiga ega. Afsuski, hayotda ayrim oilalarda ota yoki ona bolani ular bilan yoki ularning biri bilan ko'rishishga to'sqinlik qiladigan holatlar ham uchrab turadi. Qonun esa bola manfaatini himoya qilib, unga ota-onasi bilan ko’rishish huquqidan hech kim man qilishga haqqi yo’qligini belgilab qo’ygan.
Qonunga binoan bola o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga egadir. Bunda bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi ( ularning o’rnini bosuvchi shaxslar), O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksida nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi. Agar voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to’la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, unda u o’z huquqi va majburiyatlarini, shu jumladan, o’z huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir. Bola o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Bola huquqini himoya qilish deganda, bolaning buzilgan huquqini tiklash, uning huquqlarini amalga oshirishda mavjud bo’lgan to’siqlarning oldini olish, bartaraf qilish tushuniladi. Misol uchun bola ota-ona (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qilinadigan suiste’molliklardan o’zini himoya qilish huquqiga ega. Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiste’mol qilganda bola o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni so’rab vasiylik va homiylik organiga, 14 yoshga to’lgandan keyin esa mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Download 71,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish