5-mavzu. Yorug‘likning xususiyatlari tekshirish uchun savollar: Issiqlik nurlanishi nima tufayli vujudga keladi va u qanday xususiyatlarga ega? 2



Download 58,23 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi58,23 Kb.
#240469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fizika amaliy esap

26. Absolyut qora jism temperaturasi 1% ga organda uning nisbiy nurlanish qobiliyati

 Re/Re ni olishi topilsin.



27. Absolyut qora jismning qobiliyati ikki marotaba ortishi uchun uning termodinamik temperaturasini necha barobar oshirish kerak?

28. Agar isitgich, yuzasi S=1 m2 bo‘lgan tirqishdan quvvati N=34.6 Vt ga teng energiya nurlasa, uning temperaturasi topilsin. Nurlanishni absolyut qora jism nurlanishiga yaqin deb hisoblansin.

29. Berilgan temperaturada qotayotgan qo‘rg‘oshinning energetik yorituvchanligini absolyut qora jismning energetik yorituvchanligiga nisbati K=0,6 ga teng. qo‘rg‘oshinning energetik yorituvchanligi topilsin.

30. Quvvati 25vatt bo‘lgan elektr lampochka spiralining temperaturasi T=2450oK. Berilgan temperaturada uning energetik yorituvchanligini absolyut qora jismning energetik yorituvchanligiga nisbati K=0.3. Spiralning nurlovchi yuzasi aniqlansin.

31. Radiasion pirometr orqali o‘lchanganda qizil volôram lentasini temperaturasi Trad=2.5 kK bo‘lgan. Volframning yutish qobiliyati chastotaga bog‘liq bo‘lmasdan At=0.36 ga teng. Uning haqiqiy temperaturasi topilsin.

32. Yorqin qizg‘ish arktur yulduzining energetik yorituvchanligini spektral zichligi makismumi o=580 nm to‘lqin uzunlikka keladi. Yulduz absolyut qora jism kabi nur chiqaradi deb hisoblab sirtning temperaturasi topilsin.

33. Absolyut qora jism temperaturasi o‘zgarishi natijasida, uning energetik yorituvchanligini spektral zichligi maksimumi R1=2400 nm dan R2=800 nm ga siljiydi. Jismning energetik yorituvchanligi va energetik yorituvchanligining maksimal spektral zichligi qanday va qanchaga o‘zgaradi?

34. Yorug‘lik kuchi etolonining temperaturasi qolayotgan platinani temperaturasi 1063oS ga teng va u tezlik (hamma to‘lqin uzunlikdagi to‘lqinlarni nurlovchi) nurlatgich bo‘lib, yuzasi S=0.5305 mm2 ga teng. Nurlatgichning quvvat N topilsin.

35. Atmosfera quyoshdan kelayotgan nurli energiyani 10% yutadi. Yer sirtida S=0.5 ga yuza qabul qilayotgan energiya miqdori topilsin. Quyosh gorizont bilan =30o burchak hosil qiladi. Quyosh nurlanishini absolyut jism nurlanishi deb qaralsin.

36. Temperaturasi odam tanasining temperaturasi t=37oS ga teng bo‘lgan absolyut qora jismni energetik yoritilganligini spektral zichligi maksimumi qanday to‘lqin  uzunlikga to‘g‘ri keladi?

37. Jism sirti T=103 K temperaturagacha qizitilgan. So‘ngra, shu sirtni bir yarmi T=100 K ga qizdiriladi, ikkinchi yarmi esa T=100 K ga sovutiladi. Shu jism sirtining energetik yoritilganligini Re necha marta o‘zgaradi?

38. Qoraytirilgan sharcha T1=300 K dan T2=293 K gacha soviydi. Uning energetik yoritilganlik spektri zichligini maksimumiga to‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunlik qanchaga o‘zgaradi?

39. Nurlanish tufayli bir yil davomida quyoshning massasi qanchaga kamayadi. Qanday vaqt davomida quyosh massasi ikki marta kamayadi? Quyosh sirtining temperaturasi T=5800 K. quyosh nurlanishini o‘zgarmas deb hisoblang.

40. Radiusi R=2 sm bo‘lgan qoraytirilgan sharchani temperaturasini atrofdagi muxit temperaturasidan T=27 K ga yuqori ushlab turish unga qanday N quvvat sarflash kerak. Atrofdagi muhitning temperaturasi T=293 K. Issiqlik faqat nurlanishga sarflanadi deb hisoblang.

41. Absolyut qora jism T1=2900 K temperaturaga ega. Jismni sovushi natijasida energetik yoritilganlik spektral zichligini maksimum to‘lqin uzunligi =9 mkm ga o‘zgaradi. Jismni T2 temperaturasi topilsin.

42. Yuzasi S=2 sm2 bo‘lgan qurum sirtidan T=400 K. Haroratda t=5 min vaqt davomida W=83 J energiya nurlanmoqda. Qurumning qoralik koeffitsiyenti topilsin.

43. Mufel isitgich N=1 kVt Quvvat sarflaydi. S=25 sm2 yuzali tirq ish ochiq paytida uning ichki sirtining harorati T=1.2 kK. Isitgichning tirqish absolyut qora jism kabi nurlaydi deb hisoblab, quvvatning qanday devor orqali sochiladi.

44. Yer harorat T=280 k bo‘lgan kulrang jism kabi nurlaydi deb hisoblash mumkin. Agar Yer sirtining nurlanilishi Re=325 kJ sm2 soat bo‘lsa, uning qoralik koeffitsiyenti topilsin.

45. Biror bir haroratda radiusi R=10 sm bo‘lgan sharning nurlanishini quvvati N=1 kVt. Sharni qoralik koeffitsiyenti a=0.25 ga teng kulrang jism deb hisoblab, uning harorati T topilsin.

46. Sirt yuzasi S=200 sm2 bo‘lgan kulrang jism bir sekundda W=836 J energiya nurlaydi. Jismni monoxromatik yutish koeffitsiyenti a=0.73. Jism harorati topilsin. jism kulrang deyiladi, agar hamma to‘lqin uzunliklar uchun uning monoxromatik yutish koeffitsiyenti bir xil bo‘lsa.

47. Yer atmosferasi chegarasida quyosh nurlariga perpendikulyar ravishda joylashgan SQ1 sm2 yuza, quyoshdan 1 min. davomida 8.36 J energiya qabul qiladi. quyosh radiusi Yerdan =15o burchak ostida ko‘rinmoqda. Nurlanishi o‘z spektral tarkibi bo‘yicha absolyut nurlanishni integral intensivligi aniqlansin.

48. Absolyut qora jism harorati T=1000 K. Aniqlang: 1) monoxromatik nurlanish intensivligining maksimumi qanday to‘lqin uzunlikga to‘g‘ri keladi? 2) monoxromatik nurlanishning maksimal intensivligini, 3) integral nurlanishning intensivligini.

49. Elektr lampochkaning volôram spiralini diametri d=0.3 mm, uzunligi l=5 sm. Kuchlanishi U=127 V bo‘lgan tarmoqqa ulanganda, lampochka orqali I=0.31 A tok o‘tadi. Spiral harorati aniqlansin. Muvozanat o‘rnatilgandan so‘ng, spiralda ajralayotgan hamma issiqlik nurlanish orqali yo‘qoladi. Berilgan haroratda volôram va absolyut qora jismning energetik yorug‘lik sochaolish qobiliyatlarini nisbati k=0.31.

50. Qizigan metall sirtining nurlanish quvvati N=0.67 kVt. Sirt harorati T=2500 K, yuzasi S=10 sm2. Agar bu sirt absolyut qora bo‘lganda, u qanday nurlanish quvvatiga ega bo‘lardi?

51. Biror bir metall uchun fotoeffektning qizil chegarasiga mos keluvchi yorug‘lik to‘lqin uzunligi =275 nm. Fotoeffektni vujudga keltiruvchi fotonning eng kichik energiyasi topilsin.

52. U=3 V potensiallar ayirmasi to‘liq to‘xtatadigan elektronlarni metalldan urib chiQish mumkin bo‘lgan yorug‘lik chastotasi topilsin. fotoeffekt yorug‘likni o=6.1014 Gs chastotasida boshlanadi. Elektronni metalldan chiqish ishi topilsin.


Download 58,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish