581 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbir bayoni №9 fevral 2022 yil Denov tumani



Download 391,82 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi391,82 Kb.
#671678
Bog'liq
Алишер Навоий 581 йиллиги


Denov Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida A.Navoiy tavalludining
581 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbir
BAYONI №
9 fevral 2022 yil Denov tumani

2022 yil 9 fevral kuni texnikumida Buyuk mutafakkir g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Buyuk mutafakkir ijodi va asarlarini o‘rganamiz” shiori ostida ma’naviy –ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda texnikum direktori X.SH.Qosimov, o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.SHamuradov, ishlab chikarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.T.Jalilova, texnikum “Yoshlar ittifoqi” etakchisi Yangiboev M, texnikum psixologi D.Hayitova hamda texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirni texnikum direktori X.SH.Qosimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va kelajagimiz egalari bo‘lmish o‘quvchi-Yoshlar qalbiga go‘zal fazilatlarni singdirishda Alisher Navoiyning inson tarbiyasi haqidagi axloqiy-ta’limiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlari chinakam ta’lim-tarbiya manbai hisoblanishi, so‘z mulkining sultoni, odamiylik ilmidan saboq beruvchi ustoz – Alisher Navoiyning 581 yilligini nishonlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchilarga axloq-odob, himmat va saxiylik, kamtarlik, insonlar bilan munosabat, muomala odobi, vafo va sadoqat, qanoat va mehnatsevarlik, hamjihatlik, ilm olish, hunar o‘rganish, elga foyda keltirish kabi ibratli fazilatlarni singdirish, farzandlarning ustoz, ota-ona oldidagi burchlarini, ularning xizmatini doim bajo keltirishlari zarurligini, o‘zidan yoshi kattalarni hurmat qila bilishlarini uqtirishdan iborat deb ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda o‘quv va tarbiyaviyishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.SHamuradov so‘zga chiqib, jahon manaviyatiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning boy ijodi va o‘lmas asarlari bebaho ekanligini, Alisher Navoiy biz uchun, eng avvalo, turkiy tilni she’riyat osmoniga ko‘targan, uning mislsiz qudrati, tengsiz boyligi, nafis tovlanishini o‘z asarlarida dohiyona iste’dod bilan namoyish eta olgan, turkona she’riyatni umuminsoniyat uchun bebaho javohirotga aylantirib ketgan buyuk vatanparvar sifatida qadrlidir. Tarixda shoirlar ko‘p o‘tgan, ammo Alisher Navoiydek, so‘zni inson qalbining hikmat va donishmandlik chirog‘iga aylantira olganlari juda sanoqli. Uning har bir misra va baytini o‘qib, olam-olam ma’no olamiz, uning beqiyos zakovatidan hayratga tushamiz deb uqtirib o‘tdi.
Navoiy insonni sharaflaydi, ulug‘laydi, uni baxtli bo‘lishga, ma’noli hayot kechirishga, bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullanishga, hamisha o‘zidan yaxshi nom qoldirishga harakat qilishga chorlaydi. SHoir xalq manfaati uchun mehnat qiladigan, xalq baxti yo‘lida fidoiylik bilan kurashadigan, pok odamlarni haqiqiy inson deb biladi.
Odamiy ersang demagil odami,
Oniki, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami –
bayti ulug‘ shoirning hayotiy shiori va butun ijodiy faoliyatining mazmuni bo‘lib qoldi.



Insoniylik ilmining ustozi iymon-e’tiqod, ijtimoiy adolat, do‘stlik, mehnatsevarlik, vafodorlik, vatanparvarlik singari qadriyatlarni targ‘ib etishga katta ahamiyat berdi. Alisher Navoiy kishilarni halol mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirdi:


Umrni zoe etma mehnat qil,
Mehnatni saodatning kalidi bil.
Tadbirda Alisher Navoiyning hayoti, boy ijodi va o‘lmas asarlari haqida ma’lumotlar berildi, ruboiiy va g‘azallaridan namunalar o‘qildi hamda Navoiy ijodiga bag‘ishlab sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Jahon manaviyatiga ulkan hissa qo‘shgan Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining boy ijodi va o‘lmas asarlari bilan O‘zbek tili va adabiyotini yuksak cho‘qqilarga ko‘targan allomadir.
Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda - Amir Temurning o‘g‘li SHohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug‘ildi. Xondamirning “Makorimul-axloq” asarida ma’lumot berilishicha, shoirning tug‘ilgan sanasi hijriy 844 yil ramazon oyining 17 kunida bo‘lib, tovuq yiliga to‘g‘ri keladi. Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, onasi Qobul amirzodalaridan SHayx Abu Said CHangning qizi bo‘lgan. Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’i sa’dayn” va Mirxondning “Ravzatus-safo” asarlarida keltirilishicha, Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan. Navoiy “Vaqfiya” asarida o‘z ota-bobolarining temuriylar saroyida yuqori mavqeda bo‘lganliklari haqida shunday yozadi: “...bu xokisorning ota-bobosi ul hazratning bobo va ajdodi xizmatlarida... ulug‘ marotibqa sazovor va biyik manosibqa komgor bo‘lg‘on erdilar”.



Alisher bolaligida o‘z davrining shoiru fozillari Xoja Ahmad Mustavfiy, Mavlono YAhyo Sebak, Darvesh Mansur, Hofiz Ali Jomiy, Xoja Mahmud, Mavlono Nomiylar bilan tanishadi, Darvesh Mansurdan aruz ilmini o‘rganadi. Sa’diy SHeroziyning “Guliston”, “Bo‘ston” asarlarini o‘qiydi, Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” dostonini yod oladi. Bu haqda keyinchalik “Lisonut-tayr” dostonida shunday yozadi:


Istabon tashxisi xotir ustod,


Nazm o‘quturkim ravon bo‘lsun savod.
Nasrdin ba’zi o‘qur ham doston,
Bu “Guliston” yanglig‘u ul “Bo‘ston”.
Menga ul holatda tab’i bulhavas
“Mantiqu-t-tayr” aylab erdi multamas.
Topti sokin-sokin ul takrordin,
Soda ko‘nglum bahra ul guftordin.

Alisher Navoiy insonga uning insoniy sifatlari naqadar katta davlat ekanini uqtiradi; uning inson bo‘lib tug‘ilgani o‘zi bir ajab saodatdir. Insonga yana ko‘rar ko‘z, eshitar quloq, aytur til va sezuvchi dimog‘ ham ato qilingan. Ular odamga tabiatning barcha latofatidan bahramand bo‘lishga imkon beradi: Kishining taomni tutuvchi qo‘l, yuradigan oyoq egasi ekanligi ham bir baxtidir.


Berdi ko‘rar ko‘zu eshitur qulog‘,


Aytur til, atrni anglar dimog‘.
Andoq ilik dog‘iki, tutgay taom,
Andoq ayoq dog‘iki, qilgay xirom.
Ammo inson uchun bag‘ishlangan eng oliy ne’mat, eng ulug‘ boylik aqli, tafakkuridir.
Bu bari in’omu ato bir taraf;
Javhari aql o‘ldi yana bir taraf.
Kim bu sifat gavhari raxshandani,
Qaysi guhar, durri duraxshandani,
Durji vujudingga nihon aylabon,
Durjni ul naqd ila kon aylabon.
Barcha jahondin qilib ashraf seni,
Ayladi roziga musharraf seni.

Tadbir so‘ngida texnikum ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilariga o‘zlarining faxriy yorliqlari va sovg‘alarini berishdilar. Tadbir qizg‘in va mazmunli o‘tdi.


Texnikum direktori: X.SH.Qosimov
Texnikum Yoshlar etakchisi : M Yangiboev
Download 391,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish