5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun


Chet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha



Download 0,59 Mb.
bet27/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

5.2. Chet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha
Chet elda patentlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi.

Patentlashtiruvchi tashkilot, sanoat mulklarini chet elda patentlash to’g’risida qaror qabul qilsa, agar konvensiyaviy ustuvorlik talabnomasi uchun yoki boshqa vaziyatlarga ko’ra bundan ko’ra istisno va talab etilmasa, sanoat mulk tavsifini (uning tushuntiruvchi chizmasini) tayyorlaydi. Sanoat mulklarini patentlashga mo’ljallanayotgan mamlakatning patent qonunchiligi o’sayotgan talablarga muvofiq tavsif o’zbek va tegishli chet tilida tayyorlanadi. Bu tavsif etarli nusxada ko’paytiriladi va jo’natishdan oldin O’zbekiston Respublikasining Patent idorasida sanoat mulkini tavsifi va chizmalari chet elda patentlash xizmati bilan kelishib olinadi.

Sanoat mulk tavsifi aniq bo’lishi, unda sanoat mulkining mohiyati etarlicha to’liq ochib berilishi, zarur holda, chizmaga va zarur miqdorda misollarni o’z ichiga olishi kerak.

Chet elda patentlash uchun talabnoma materiallarini tayyorlash va rasmiylashtirishda qiyinchilik sezgan tashkilotlarga zudlik bilan Patent idorasiga murojaat etish tavsiya etiladi.

U uch oylik muddatda bu ishlarni zarur hollarda, mutaxassislarni shuningdek patentlashtiruvchi tashkilot vakillari (sanoat mulk mualliflar) ni jalb iladi. Agar chet elda patentlash uchun tavsiya tayyorlashda unga ilgari patentlashga tavsiya etilmagan patentni ilova qilish zarurati yuzaga kelsa, unda mamlakat Sanoat mulklarini chet elda patentlash tartibi to’g’risidagi ko’rsatmalarga muvofiq bu sanoat mulklariga ilovalar taqdim etilishi kerak.

Texnika ob’ektlarining patentga loyiqligini va patent sofligini aniqlash tartibi.

Sanoat mulklarini patentlash bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasining chet davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalari rivojlanishi munosabati bilan patent tavsifidagi boshqa masalalar ham yuzaga keladi. Shulardan biri, O’zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotlari (mashina, qurilmalar) ning, shuningdek texnologiya jarayonining patent sofligini aniqlash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi korxonalari chiqarayotgan buyumlar uchun patent sofligini ta’minlash zarurati mamlakat uskunalarini eksport qilish bilan bog’liq tarzda yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari chel elda korxonalar qurilishiga texnikaviy hamkorlik qilish va chel el firma hamda tashkilotlarining O’zbekiston Respublikasiga beradigan patentlari sonining ko’payishi tufayli ham shunday zarurat paydo bo’lmoqda. Patent sofligi - patent egasining huquqiy ob’ekti bilan bog’liq tushuncha. Patent egasi huquqining buzilishi bir qator mamlakatlarda tovarlarni ushlab olish, jarima solish, ba’zan esa jamoa olishgacha olib keladi. Patent egasi, shunday qoidabuzarlik tufayli ko’rgan zararini qoplashni talab etishi mumkin.

Qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish usullari yoki qandaydir boshqa ob’ektlar qaysi mamlakatda amal qilayotgan patentga xilof bo’lmasa, shu mamlakatda patent sof hisoblanadi.

Patent sofligi tushunchasini patentga loyiq tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim. O’rtadagi farq avvalo shundan iboratki, "patent sofligi" atamasini moddiy ob’ektlar (mashina, qurilmalar va h.k.) ga taalluqli, "patentga loyiq" atamasi esa texnikaviy echimga tegishli. Patent sofligi deganda, muayyan buyum begona patent ta’siri ostiga tushib qolmasligi nazarda tutiladi.

Patent sofligiga ega buyum boshqa mamlakatlarda mavjud bo’lgan patentlarga xilof bo’lmaydi, shuning uchun unga nisbatan boshqa patent egalari tomonidan xech bir da’vo bo’lmaydi. Agar buyumdagi texnikaviy echimga patent olish mumkin bo’lsa, unda bu echim patentga loyiq hisoblanadi.

Patent sofligi va patentga loyiqlik masalasi bir vaqtda yuzaga kelishi mumkin, lekin ularning mohiyati har xil. Shunday qilib, patent sofligi texnika ob’ektining huquqiy xossasi bo’lib, u mazkur mamlakatlarda amal qiluvchi patentlar mutlaq huquqi uchinchi shaxsga taalluqli degan xavfdan holi, erkin foydalanish mumkinligidan iboratdir. Patent sofligi qandaydir bir mamlakatga nisbatan yoki bir necha mamlakatlarga nisbatan ta’minlanishi mumkin. Sanoat mulklariga bo’lgan huquqning hududiy tavsifiga ko’ra, qandaydir texnika ob’ekti (buyum) patenti, masalan, AQShda berilgan patent ta’siri ostida bo’lishi mumkin, shu bilan birga Hindistonga nisbatan patent sofligiga ega bo’lishi mumkin. Patent sofligini aniqlash, u yoki bu mamlakatda berilgan patentning amal qilish muddati bilan ham bog’liq. Buyumlar patent sofligiga ega bo’ladi, garchi ular muddati o’tgan patent ta’siri ostida bo’lsa ham. Patent sofligiga ega bo’lmagan mahsulot, hujjatlarni berish O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari o’z zimmasiga olgan majburiyat buzilishigagina emas, balki moddiy zarar ko’rishga, ayrim jiddiy hollarda tashqi savdo shartnomalari buzilishiga ham olib keladi. Eksportchi mamlakatda sanoat namunasi patenti ta’siri ostida buyum ham patent sofligiga ega bo’lmaydi. Patent sofligini korxonalar—mahsulot ishlab chiqaruvchilar, loyihalash va konstruktorlik tashkilotlari tomonidan maxsus ekspertiza o’tkazib aniqlanadi. Patent sofligi ekspertizasi (patent soflishni tekshirish) mazkur ob’ekti muayyan mamlakatga (yoki bir necha mamlakatga) sotish (foydalanish) mumkinligini aniqlaydi va bunday sotishni uchinchi shaxs patentga xilof emasligini ta’minlash choralarini belgilaydi. Bu mazkur mamlakatda amal qiluvchi barcha mutlaq huquqni ob’ektga aloqasi bo’lgan patentlarni izlash, ularni tahlil qilish, shuningdek, mazkur ob’ektni tegishli mamlakatga to’sqinsiz sotishga imkon beruvchi vaziyatlarni o’rganishdan iboratdir.

Patent sofligi patent (yangicha nomi aqliy mulk) bo’limlari xodimlarining uslubiy yordamida mazkur ob’ektni bevosita ishlab chiquvchi va uning barcha o’ziga xosliklarini yaxshi biluvchi konstruktorlar, loyihachilar, texnologlar tomonidan tekshiriladi.

Patent sofligiga tekshirish haqidagi xulosani o’z vaqtida tuzish korxona va tashkilotlarning majburiyatlaridan hisoblanadi. Ana shu xulosalar va boshqa materiallar asosida vazirlik eksportni amalga oshiruvchi tashqi savdo tashkilotlari, shuningdek, asosiy etkazib beruvchilar e’tiboriga, eng avvalo, patent sofligiga ega bo’lmagan mashinalar, uskunalar, jihozlar, hujjatlar va h.k.lar haqidagi ma’lumotni etkazadi. Vazirlik shunday ob’ektlarni etkazib berish mumkinligi, haqida o’z taklifini bildiradi. Biroq, u yoki bu buyumni u yoki bu mamlakatga etkazib berish mumkinligi haqidagi masalani hal etish mutlaqo tashqi savdo tashkilotlar zimmasidadir, ular bu masalani etkazib berishni muayyan shartlari (etkazib berish hajmi, tijorat kon’yukturasi va boshqa shartlar) ga bog’liq holda hal etadilar.

Chet elga texnika ob’ektini etkazib berish uchun, buyurtma tashqi savdo birlashmalari yoki bosh etkazib beruvchi, patent sofligiga ega bo’lmagan shunday ob’ektni oluvchi mamlakatga, etkazib berish haqidagi qarorni qabul qiladi va mazkur holda chet elda mazkur ob’ektni sotishda uchinchi shaxs patentiga xiloflik mumkinligi bilan bog’liq oqibat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan barcha mahsulotlarga nisbatan tekshiruv va patent sofligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni xorijlik talabnomachilarga beriladigan mamlakatimizda amal qiluvchi patentlar miqdori oshganligi, O’zbekiston Respublikasida patent egalari foydalanadigan huquqlar bilangina emas, balki O’zbekiston Respublikasida foydalanish uchun mo’ljallangan mahsulot ob’ekti bilan ham tushuntirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi patent egasining huquqi buzilgan taqdirda uning da’vosi ko’lami chiqarilgan mahsulot hajmi va qiymatiga bog’liq bo’ladi.

Patent sofligining ekspertiza uslubiga eng umumiy tarzda to’xtalib o’tamiz. Odatda, ob’ektlarning patent sofligini aniqlash ekspertizasi bo’yicha barcha ishlar uch bosqichga bo’linadi: birinchisi, bo’lajak ekspertiza rejasini shakllantirish; ikkinchisi, patentlarni izlash, ularni o’rganish va taxlil qilish; uchinchisi, taxlil asosida xulosa chiqarish va tavsiyalar beriluvchi yakuniy bosqich.

Ekspertizaning birinchi bosqichi quyidagi sakkiz qismdan iborat:

1. Shartni baholash va mazkur ob’ektni samarali tekshirish uslubini tanlash. Buning uchun avvalo quyidagilar aniqlanadi:

• tekshiruv ob’ekti o’zi nimadan iborat;

• agar gap eksport haqida yoki texnikaviy yordam ko’rsatish va boshqa xususida bo’lsa barcha, bitim-shartlari qanday bo’ladi;

2. Qaysi mamlakatga nisbatan tekshiruv o’tkazilayotgan bo’lsa, o’sha mamlakat patent qonunchiligining o’ziga xos tomonlarini o’rganish. Tegishli mamlakatda qanday qonun amaldaligi, bu mamlakatda qanday ob’ektga patent berilmaydi, yangilikka qanday talab qo’yiladi, patent amal qilish muddati aniqlanadi.

3. Patent sofligiga tekshiriladigan texnikaviy echimni tanlash. Patent fondi bo’yicha qanday echim tekshirishni talab etadi, qanday, ob’ekt uchun ahamiyatliligiga qaramay, o’zlariga ma’lum bo’lgani tufayli tekshiruvga ehtiyoj yo’qligini aniqlash lozim.

4. Patent sofligiga tekshirish lozim bo’lgan butlovchi buyumlarni tanlash.

5. Tekshiruvchi ob’ekt uchun texnikaviy xujjatlarni saralash.

6. Tasnif ruknlarini belgilash. Patent qidiruvi o’tkazilishi lozim bo’lgan xalqaro va milliy sanoat mulklarini tasnif tizimining ruknlari ro’yxatini tuzish zarur.

7. Patent xujjatlarini tanlash. Tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli barcha amaldagi patentlar bilan tanishish imkonini beruvchi patent hujjatlar turini belgilash.

8. Ekspertiza dasturini shakllantirish va kelishish. Ob’ekt tavsiyasiga bog’liq tarzda hamma ko’rib chiqilgan bosqichlar ham tekshirilavermaydi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish