6 – laboratoriya ishi «O’tuvchi va qaytuvchi oq yorug’likda nyuton xalqalarini o’rghanish» Ishning maqsadi



Download 0,87 Mb.
Sana01.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#421729
Bog'liq
6 - Лаборатория иши


6 – laboratoriya ishi
«O’TUVCHI VA QAYTUVCHI OQ YORUG’LIKDA NYUTON XALQALARINI O’RGHANISH»
Ishning maqsadi: monoxromatik yorug’lik manbai yordamida Nyuton xalqalarini kizatish.
Qisqa nazariy ma’lumot
Teng qalinlikdagi interferentsion chiziqlarning klassik ko’rinishi Nyuton xalqalaridir. Bu chiziqlar bir – biriga tegib turgan yassi parallel qalin shisha plastinka bilan egrilik radiusi katta bo’lgan yassi-qavariq linzadan qaytishida hosil bo’ladi (1-rasm) (tajribada sostema egrilik radiusi katta va yassi-qavariq bo’lmagan ikkita linzadan tashkil topishi ham mumkin). Sirtidan kogerent nurlar qaytuvchi yupqa plyonka vazifasini plastina va linza orasidagi havo qatlami bajaradi (yoki ikkita linza orasidagi havo qatlami). Linza va plastinaning qalinligi va yorug’lik manbaining kogerentlik darajasi katta bo’lmaganligi sababli boshqa sirtlardan qaytgan nurlarda interferentsion tasvirlar hosil bo’lmaydi. Qalinligiga teng yorug’likning normal tushishi natijasida chiziqlar konsentrik aylanalar ko’rinishida, burchak ostida tushsa – ellips ko’rinishida bo’ladi.

1-rasm
Sirtlar orasida (birinchisi yassi, ikkinchisi katta egrilik radiusiga ega) Nyuton xalqalarining vujudga kelish sabablari quyidagicha: linzaga monoxromatik nurlarning parallel dastasi tushadi; bu holda havo qatlamining yuqori va pastki chegaralardan qaytgan yorug’lik to’lqinlari kogerentdir (to’lqin uzunligi bir xil va fazalar farqi o’zgarmas). Natijada, radiusi kattalashib boradigan konsentrik xalqalar ko’rinishida interferentsion tasvirkuzatiladi (Nyuton xalqalari). Nyuton xalqalari yordamida to’lqin uzunligini quyidagi formula bilan aniqlash mukmin:

bu yerda d(l,2)- xalqalar diametri, R – linzaning egrilik radiusi, m(l,2)- xalqalarning tartib raqami.
O’tuvchi va qaytuvchi nurlardagi tasvirlar farqi shundaki, o’tuvchi nurdagiga nisbatan qaytuvchi nurda tasvir aniqroq ko’rinadi.

Qutilma

2-rasm. Qurilmaning umumiy ko’rinishi.
1 – shakalali ekran, 2 – elementlarni tutgich, 3 – yarimo’tkazgichli lazer

Bajarish tartibi

  1. 2-rasmdagidek qurilmani yig’ing.

  2. Yorug’lik manbaidan 2-3 sm uzoqlikda tutgichlar yordamida linzani o’rnating.

  3. Nyutor xalqalarini linzadan 12-15 mm masofada magnitli tutgichga o’rnating.

  4. Nyuton xalqalarini qaytgan nurda kuzatish uchun shkalali ekranni optik rels oldidagi shatativga mahkamlang.

  5. Nyuton xalqalarini optik o’qqa nisbatan shtativdagi ekran tomon 450 ga buring.

  6. Yorug’lik manbaini yoqib, Nyuton xalqalarini kuzating.

  7. Nyuton xalqalarini o’tuvchi nurda kuzatish uchun optik relsga shkalali ekranni o’rnating. Elementlarni surib, tasvirni aniqlashtiring.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish