6- mashg’ulot. Mavzu: dorivor o‘simliklar va ularni muhofazasi bo’yicha chora-tadbirlar bilan tanishish. Reja



Download 270,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.01.2022
Hajmi270,54 Kb.
#413995
  1   2   3
Bog'liq
6-Mashg'ulot.



6- MASHG’ULOT. 
MAVZU: DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNI MUHOFAZASI 
BO’YICHA CHORA-TADBIRLAR BILAN TANISHISH. 
Reja: 
1.
Dorivor o`simliklar haqida nazariy qism
2.
Dorivor o‘simliklar va ularni muhofazasi. 
Ishning maqsadi:
Talabalarniga dorivor o‘simliklar va ularni muhofazasi 
haqida tushuncha berish 
Kerakli material va jihozlar:
Laboratiriya mashg’ulotni dars ishlanmasi, 
ma’ruza matnlari, o`simliklar aniqlagichi, o’quv qo’llanma, albom, rangli qalamlar, 
gerbariy qog`oz.
 
Asosiy tushunchalar va tayanch iboralar: 
dorivor o’simlik mahsuloti, 
fitopreparatlar, biologik faol moddalar, nutrientlar, organik mahsulotlar, 
standartlashtirish 
Nazariy material: 
O’simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari O’zbekiston Respublikasining 
harakatdagi qonunlarida belgilangan. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi 
Kontsitutsiyasida ko’rsatilishicha, o’simlik dunyosi umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir (55-modda). Bundan tashqari 
asosiy qonunimizda fuqarolarning tabiiy atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo’lishlari lozimligi o’rnatilgan. Bu kontsitutsion qoidalar O’simlik dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya qilishning kafolatlari bo’lib 
hisoblanadi. Insonning shifobaxsh o’simliklardan foydalanishi uzok tarixga ega. 
Ibtidoiy davrlarda odamlar uzlarining dardlariga davo izlab, avvalo, 
o’simliklar olamiga murojaat etganlar. Davrlar utishi bilan tabiat yaratib kuygan 
dorivor o’simliklarning ahamiyati oshib boravergan. Miloddan ancha oldin qadimgi 
Misr, Xindiston, Xitoy va Arab davlatlarida o’simliklar bilan davolash keng tus 
olgan va shifobaxsh o’simliklardan foydalanish usullari yozilgan ko’llanmalar 
paydo bo’lgan. Shifobaxsh o’simliklar miloddan 6000 yil avval Osiyoda (hozirgi 
Iroqda) ma’lum bo’lgan. Undan oldin ham o’simliklardan dori sifatida 
foydalanilgan, ularning shifobaxsh xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar ogizdan- 
ogizga o’tib kelgan.
Qadimgi Rim tibbiyotida sezilarli iz koldirgan Asklepiad (miloddan avvalgi 
128-56-yillar), Karneliy Stelslarning (milodning boshida) ham bu soxada xizmatlari 
katta bulgan. Rimning eng mashxur vrachi va tabiat fanlarining bilimdoni K.Galen 
(Jolinus xakim, milodning 130-200-yillarida yashagan) uzining tibbiyot soxasidagi 
barakali xizmatlari bilan tanilgan. K. Galen uzidan avval utgan va u bilan bir davrda 
yashagan yirik olimlarning tibbiy amallaridan atroflicha foydalangan xolda, tibbiyot 


soxasi buyicha 131 ta ilmiy asar yozgan. K. Galen asarlarining fakat 83 tasi bizgacha 
yetib kelgan. U o’z asarlarida 304 ta shifobaxsh o’simlik, 80 ta hayvon maxsulotidan 
tayyorlanadigan hamda 60 ga yaqin moddadan olinadigan dori-darmonlar bilan 
davolash yo`llarini tavsiya etgan.
Shuningdek, ko’xna Rim allomalaridan Katta Pliniy o’z asarlarining 12-jildini 
tibbiyot va dorishunoslikka bashshlagan. Ayniqsa, dorivor va shifobaxsh o’simliklar 
haqidagi bizgacha yetib kelgan ma’lumotlar asosan yunon adabiyotlarida saklanib 
kolingan. Mashxur yunon tabibi Gippokrat (miloddan oldingi 460-377-yillar) 
o’zining “Corpus Hippokraticum” asarida tib ilmiga, shu jumladan dori-
darmonlarga, oid ko’plab ma’lumotlar qoldirgan. Uning asarlarida dorivor 
o’simliklarning 236 tasi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, yunonistonlik 
mashxur olimlardan Aristotel (miloddan oldingi 384-322-yillar) qomusiy olim 
bo’lib, yunon faylasuflari ichida aloxida ajralib turgan. U tibbiyotga ham salmoqli 
xissa qo’shgan. Aristotel shogirdi Teofrast bilan birga, tabiiy fanlar qatori, dorivor 
o’simliklar haqida ham yozib qoldirgan.
Tibbiyot fanining rivojlanishi va shifobaxsh o’simliklardan keng 
foydalanishda qadimiy Osiyo mamlakatlarining xissasi katta. Arab mamlakatlari, 
Xindiston, Tibet va Xitoyda dorivor o’simliklar bilan davolash keng tus olgan. 
“Yajur-veda” (Hayot haqidagi fan) dorivor o’simliklar haqida yozilgan qadimiy xind 
kitobidir. Shifokor Sushruta yozgan mazkur kitobda 700 xil dorivor o’simlik 
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, SHarqning mashxur olimlari 
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Mansur Buxoriy ham 
ko’plab shifobaxsh o’simliklardan tibbiyot fanida keng foydalanganliklarini yozib 
qoldirganlar. Shifobaxsh o`tlarni tibbiyot faniga kiritish va ulardan foydalanishda 
alloma Abu Ali ibn Sinoning jaxonshumul yutuklarini aloxida qayd etish o’rinli. Ibn 
Sino 450 dan ortiq qimmatli asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan 240 ta asaridan 
40 tasi tibbiyotga oiddir. U o’zining “Al-qonuni fit tib” asarida 900 ga yaqin turdagi 
o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlari va ulardan foydalanish yo’llarini 
ko’rsatgan. Ayniqsa, uning eng mashxur asari “Tib qonunlari”da shifobaxsh 
o’simliklarning xususiyatlari, ulardan foydalanish, ularning ahamiyati kabilarga oid 
qimmatli ma’lumotlar bor. Rossiyada ham shifobaxsh o’simliklar qadimdan ishlatib 
kelingan, bu ish bilan asosan shifokorlar shugullanganlar. SHaharlarda aloxida 
“Ko’k do’konlar” ochilib, shifobaxsh o’simliklar va ulardan tayyorlangan dorilar 
sotilgan. Shuningdek, lotin va nemis tilida yozilgan juda ko’p qo’lyozmalarning asl 
nusxalari XVI asr oxirida Rossiyada tarjima qilingan. XVI asrda Moskvada 
shifobaxsh o’simliklardan foydalanishga yordam beradigan “Travnik tamoshnix i 
zdeshnix zemel” degan qo’llanma paydo bulgan. Bu kitob XVI asr oxirigacha 
bemorlarni davolashda qo’llanib kelindi, bir necha marta qayta ko’chirildi, 
yangidan-yangi materiallar bilan boyitildi va mukammallashtirildi. Bu masalaga bir 


necha yuz yillar oldin ham e’tibor berilgan. Masalan, Petr I shifobaxsh o’simliklarni 
yigish to’g’risida farmon chiqargandan keyin, Rossiyada dorivor giyoxlarni 
o’rganish va uni xuquqiy muhofaza qilishga qiziqish yanada oshdi. 1873-yilda Petr 
I buyrugi bilan davlatga qarashli dorixonalar va yirik shaharlardagi gospitallar 
qoshida dorixona tomorqalari tashkil etildi.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Rossiyada shifobaxsh o’simliklarni 
o’rganish, ulardan oqilona foydalanish ishlari yanada rivojlandi. 1912-yilda 
professor R. K. Verlixning “Rus dorivor o’simliklari” degan asari nashr etildi. 
Umuman, birinchi jaxon urushidan keyin ham shifobaxsh o’simliklarga katta e’tibor 
berilgan. Bulardan tashqari, 1930-yilda mamlakatning turli geografik zonalarida 
(jumladan, O’zbekistonda ham) shifobaxsh o’simliklar ostiriladigan maxsus tajriba 
xududlari tashkil qilindi. 1931-yilda bu xududlar Butunittifok shifobaxsh o’simliklar 
ilmiy-tekshirish instituti (VILR) ixtiyoriga o’tdi va bu boradagi butun ilmiy ishlab 
chiqarish ishlarini birlashtirdi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, shifobaxsh 
o’simliklar inson hayoti va uning yashashi uchun katta ahamiyat ega bulib, ular har 
doim inson himoyasiga muxtojdir. 
Shuni ham ta’kidlash zarurki, bu soxada O’zbekistonda yo’qolib borayotgan 
yovvoyi va shifobaxsh o’simliklarning noyob turlarini saqlab qolishga qaratilgan 
chora-tadbirlar ko’rish yuzasidan xali kop ishlar qilinishi lozim. 
Hozirgi vaqtda dorivor o’simliklar deyarli barcha viloyatlarda tayyorlanadi. 
Dorivor o’simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda o’stirish bilan quyidagi 
idoralar shug’ullanadi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida 
“Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 
etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik 
shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini 
buzmasligi shart”, 55- moddasida esa “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va 
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb belgilab qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28 oktyabrdagi 508-
sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni 
O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi 
to’g’risida nizom» qabul qilinganligi munosabati bilan «O’zbekiston 
Respublikasida kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda o’suvchi 
o’simliklar turlarini muhofaza qilish tartibi (18.0227714.26-93-sonli Rahbariy 
hujjat)» o’z ahamiyatini yo’qotdi. 
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28 oktyabrdagi Biologiya resurslaridan 
oqilona foydalanish, ularni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning 
tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to’g’risida 508-son qarori 
O’zbekistonning hayvonot va o’simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va 


ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda ulardan 
foydalanish, ularni respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan 
nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28 oktyabrdagi 
508-son qaroriga 1- ilova bilan “O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni 
O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi 
to’g’risida”gi NIZOM tasdiqlangan.
Mazkur Nizom «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o’simlik dunyosi 
obyektlaridan foydalanish, ularni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning 
tashqarisiga olib chiqish tartibini belgilaydi. Quyidagilar o’simlik dunyosi 
obyektlari hisoblanadi: yovvoyi holda o’suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va 
o’tsimon urug’laydigan o’simliklar, qirqquloqsimonlar, yo’sinsimonlar, suvo’tlar, 
lishayniklar va zamburug’lar o’zining barcha xilma-xil turlari bilan; yovvoyi 
organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o’simlik guruhlari yoki ularning har qanday 
majmui; kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik turlari; yovvoyi 
o’simliklarning mevalari, urug’lari va boshqa qismlari yoki ularning o’sish 
davridagi mahsullari.
O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish quyidagi turlarda amalga 
oshirilishi mumkin: d) yovvoyi o’simliklarning dorivor xom ashyosini g’amlash 
(yig’ish); O’simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish O’simlik dunyosi 
obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo’lishi mumkin. O’simlik dunyosi 
obyektlaridan maxsus foydalanish mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq 
to’lov evaziga, ruxsatnomalar bo’yicha amalga oshiriladi. Dorivor va oziq-ovqat 
o’simliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi o’simliklar texnik xom ashyosini 
g’amlashga kvotalar har-yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan 
kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi 
tomonidan tasdiqlanadi.
Dorivor o’simliklarni yig’ish bilan yana qishloq xo’jalik vazirligi va boshqa 
mahkamalarni tegishli boshqarmalari ham shug’ullanadi. Bu idoralar o’zlariga 
biriktirilgan xududlarda o’sadigan dorivor o’simlik mahsulotlarini yig’adi va 
tegishli korxonalar (farmatsevtika sanoati, dorixonalar boshqarmasi va boshqalar) 
ga topshiradi. Davlatimizda yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarning tabiiy boyligi 
har qancha ko’p bo’lmasin, baribir ularni ham chegarasi bor. Cheksiz miqdorda yer 
yuzida hech qanday boylik bo’lmaganidek, o’simlik dunyosining zahirasi ham 
cheksiz emas. SHuning uchun ham tabiiy holda o’sadigan o’simlik boyliklaridan 
to’g’ri foydalanilmasa bu «cheksiz boyliklar» bir vaqtlar kelib yer yuzida yo’q bo’lib 
ketishi mumkin. 
Dorivor o’simliklar va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan samarali 
foydalanish tegishli qarorlarda o’z ijobiy aksini topdi. Tabiatni, atrof-muhitni 


muhofaza hilish, tabiiy boyliklardan (o’rmon, suv va suv boyliklar, yer osti boyliklar 
va boshqalar) to’g’ri va oqilona foydalangan holda, ularni kelgusi avlodlar uchun 
saqlab qolish zarurligi bizning asosiy qonunimiz - Respublika konstitutsiyasida o’z 
aksini topgan. Yo’qolib ketgan va yo’qolib ketish xavfi bo’lgan o’simliklarni, 
jumladan dorivor o’simliklarni tabiiy o’sish sharoitida saqlab qolishda, ya’ni ularni 
muhofaza qilishda «Qizil kitob»ning ahamiyati juda kattadir. Unda faqat yo’qolib 
ketgan va yo’qolib ketish xavfi bo’lgan o’simliklarning ro’yxati keltirilibgina 
qolmay, shu o’simliklarni tabiiy o’sish sharoitida saqlab qolish va tiklash uchun 
qanday choralar ko’rish lozimligi hamda yo’qolib ketish sabablari keltirilgan. 
O’zbekiston «Qizil kitobi»ga 163 ta o’simlik, shu jumladan 20 tadan oshiq dorivor 
o’simliklar kiritilgan. Ularni turli maqsadlar uchun tayyorlash va yig’ish qat’iy man 
etiladi, zarur bo’lsa plantatsiyalarda o’stirish lozim.
O’zbekiston dorivor o’simliklaridan quyidagilar «Qizil kitob» ga kirgan:
1. Anjir (yovvoyi holda o’sadigani). 
2. Anor (yovvoyi holda o’sadigani).
3. Bozulbang.
4. Viktor qoraqobug’i.
5. Yetmak. 
6. Solab turlari va boshqalar 
Ma’lum xududlarda o’sadigan o’simlik va yashaydigan hayvonlarini tabiiy 
sharoitda saqlab qolish uchun qo’riqxonalar tashkil qilishni ahamiyati kattadir. 
Dorivor o’simliklarni tabiatdagi zahirasini saqlab qolish va har yili ulardan ma’lum 
miqdorda mahsulot tayyorlab turish maqsadida, yuqorida aytib o’tilgan tadbirlardan 
tashqari yana quyidagi qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Dorivor o’simlik mahsulotlarini o’z vaqtida to’g’ri va kerakli miqdorda 
tayyorlash, to’g’ri quritish va saqlash lozim. Bu esa yovvoyi holda o’sadigan dorivor 
o’simliklarni ortiqcha yig’ib, keyinchalik ularni mog’orlatib, chiritib yoki qurtlatib 
tashlashdan saqlaydi. 
2. Dorivor o’simlik mahsulotlarini ilmiy asoslangan reja bo’yicha, ko’p 
o’sadigan joylarni va zahirasini to’g’ri aniqlab bilgan hamda tayyorlanadigan 
joylarini vaqt-vaqtida almashtirib turgan holda yig’ish lozim. Agarda shu keltirilgan 
qoidalarga amal qilinsa, bu dorivor o’simliklarni tabiatda o’sish joyini saqlab qolish 
mumkin. 
3. Ko’p yillik o’simliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi yoki o’t 
qismi) dan dori tayyorlanadigan bo’lsa, ularning ildizi bilan sug’urib olmaslik lozim. 
Bordi-yu, yer ostki organlari (ildizpoya, ildiz, tuganak) kovlanadigan bo’lsa, mevasi 
pishib to’kilgandan so’ng yig’ish kerak. Aks holda shu dorivor o’simliklarni 
keyinchalik o’sha joyida o’sib chiqmasligi mumkin. 


 4. Yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar dori tayyorlash uchun yig’ib 
olingandan so’ng (ayniqsa yer ostki organlari kovlab olingandan so’ng) ularning 
keyinchalik yana o’sib chiqishiga katta ahamiyat berish lozim. Buning uchun bir 
yerdan necha yilgacha o’simlik mahsulotini yig’ish mumkin va necha yil dam berish 
kerakligiga qat’iy rioya qilish kerak.
5. Dorivor o’simliklardan kompleks va hamma qismlaridan to’liq 
foydalanilganda ularni kamroq tayyorlash va natijada tabiiy o’sish joyida 
zahiralarini saqlab qolish mumkin bo’ladi. Agarda dorivor o’simliklar ildizpoyasi, 
ildizi, tuganak yoki piyozi dorivor mahsulot bo’lsa, shu o’simliklarning yer ustki 
qismini kimyoviy va farmakologik jihatdan o’rganib, yer ostki organlari o’rnida 
ishlatishga tavsiya etish, shu o’simlikning tabiiy o’sish joyidagi zahirasini saqlab 
qolishda ahamiyati juda katta. Bu ham dorivor o’simliklarni muhofaza qilishning 
asosiy tadbirlaridan biridir.
Yuqorida keltirilgan dorivor o’simliklar zahirasini tabiatda saqlab qolish 
tadbirlariga bu ishga mutassadi rahbarlar, birinchi galda o’zlari qat’iy rioya qilishlari 
va boshqalardan ham buni talab qilishlari lozim. SHu ishlarning hammasi amalga 
oshirilsa, tabiat boyliklaridan biri bo’lgan dorivor o’simliklar tabiiy o’sish joylarida 
uzoq vaqtlar saqlanib qoladi va bemorlarga ko’p xizmat qiladi.
Dorivor o’simlik mahsulotlarini yig’ish va quritish qoidalari. Farmatsevtika 
sanoati va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har-yili katta miqdorda 
dorivor o’simliklar hom ashyosi tayyorlanadi. Hom ashyolar asosan yovvoyi holda 
o’sadigan dorivor o’simliklardan yig’iladi. Yil sayin dorivor o’simliklar mahsulotiga 
bo’lgan talab oshmoqda. SHuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori 
ham oshmoqda.
Yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklarning zahirasi har qancha ko’p 
bo’lmasin yildan-yilga ko’payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda 
tabiiy sharoitda o’sadigan o’simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig’ishni to’g’ri 
uyushtirilishi kerak. SHuning uchun mahsulotlarni tayyorlashni ilmiy asoslangan 
qat’iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir. 
Dorivor o’simliklarni tayyorlash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. Dorivor o’simliklarni tayyorlashni tashkillashtirish.
2. Hom ashyoni yig’ish.
3. Yig’ilgan hom ashyoni quritish.
4. Yig’ilgan hom ashyoni standart holatiga keltirish. 
5. Hom ashyolarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Hom ashyolarni transport vositalari bilan jo’natish.
7. Dorivor hom ashyolarni saqlash. 
Dorivor o’simliklarni tayyorlashni o’z vaqtida va to’g’ri tashkillashtirish juda katta 
ahamiyatga ega bo’lib, odatda bu ish bilan farmakognost lavozimidagi mutaxassis, 


agarda bunday lavozim bo’lmasa, u holda shu vazifani bajarish yuklangan biror 
boshqa mutaxassis shug’ullanadi. Dorivor o’simliklarni tayyorlashni uyushtirishga 
javobgar mutaxassis quyidagilarni bajaradi va tashkil qiladi: - tuman buyicha 
dorivor o’simliklarning tayyorlash rejasini bilish va uni tumanda yig’ish mumkin 
bo’lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan holda aniqlash; - aholi orasida 
qanday dorivor o’simliklar qachon, qanday qilib, qaerda yig’ilishi, quritilishi, sotib 
olish bahosi hamda qaerda topshirilishi lozimligi to’g’risida to’liq axborot beradigan 
tegishli tushuntirish ishini olib borish; - xuddi shu ko’rsatilgan masalalarni to’liq aks 
ettiradigan varaqalar chop ettirish va uni aholi ko’p yig’iladigan, hammaga yaxshi 
ko’rinadigan yerlarga ilib qo’yish; - dorixona qoshida dorivor o’simliklar 
tayyorlovchilar uchun qisqa muddatli o’qish (tushuntirish) ni tashkil etish; - dorivor 
o’simliklar ko’p o’sadigan joyini va zahirasini aniqlash; - dorivor mahsulotni 
yig’iladigan yerni aniqlash; dorivor mahsulot yig’iladigan joyni tanlaganda iloji 
boricha transport vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan yerdan olis 
bo’lmasligini hisobga olish kerak. Chunki dorivor mahsulotlarni yig’ishga ishdan 
bo’sh bo’lgan yerli aholi, maktab o’quvchilari va nafaqaho’rlar jalb etiladi; - dorivor 
mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish; - yig’ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan 
joyda quritishni tashkil qilish. Agarda mahsulotni yig’ilgan joyida quritishni iloji 
bo’lmasa, u holda uni zudlik bilan quritiladigan yerga transport vositasida yetkazish 
va quritishni tashkil etish. - Dorivor o’simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli, 
vakolatli mahkamalar (Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining 
O’zbionazorat bo’limi) tasdiqlagan qat’iy reja bo’yicha olib boriladi. Bu ishni 
rejalashda dorivor o’simliklarni tabiiy o’sish joyida yo’q bo’lib ketmasligini va 
ularni muhofaza qilishning boshqa tadbirlari hisobga olingan bo’lishi kerak: - 
rejalangan miqdordan ortiqcha xom ashyo tayyorlamaslik; - dorivor o’simlik 
mahsulotini faqat ko’rsatilgan va reja¬langan yerdan yig’ish hamda yig’iladigan 
joyni qoidaga binoan har-yili almashtirib turish; - dorivor mahsulotni yig’ish rejasi 
uning ekspluatatsian zahirasidan ortiqcha bo’lmasligiga rioya qilish; - ko’p-yillik 
o’tli o’simliklarning dorivor mahsulot sifatida yer ustki qismidan foydalaniladigan 
bo’lsa, uni ildizi bilan sug’urib olmaslik, ya’ni bu dorivor o’simlikni tabiiy sharoitda 
yuq bo’lib ketishining oldini olish va boshqalar. 

Download 270,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish