6 Adabiyot II qism 2017. p65



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/92
Sana14.07.2021
Hajmi1,46 Mb.
#118601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
adabiyot 2qism 6 uzb

Said AHMAD
(1920–2007)


4
!
mi bo‘lib, 1940-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng uning «Er
yurak» (1942-yil), «Farg‘ona hikoyalari» (1948-yil), «Muhabbat»
(1949-yil) to‘plami, «Qadrdon dalalar» (1949-yil), «Hukm»
(1958-yil) qissalari e’lon qilindi.
Uning ijodida «Ufq» romani alohida o‘rin tutadi.
60-yillarda bu asarning dastlabki ikki kitobi chop
etilgan. Keyinroq uchinchi kitobi ham e’lon qilinib,
trilogiya sifatida adabiyotimiz xazinasini boyitdi.
Bu asar xalqimizning Ikkinchi jahon urushi arafasida, urush
yillari va undan keyingi ilk davrlardagi hayoti, fidokorona meh-
nati, kurashlari, orzu-armonlarini badiiy aks ettiradi. 1988-yili
adibning «Jimjitlik» romani nashrdan chiqadi. Said Ahmad
70–80-yillarda o‘z hikoyalari asosida «Kelinlar qo‘zg‘oloni»,
«Kuyov» nomli pyesalar yozadi. Milliy teatrimizda ilk bor sah-
nalashtirilgan bu spektakllar xalqimiz o‘rtasida juda katta shuhrat
topib, hozirgacha teatrlar sahnasidan tushmay keladi. Bundan
tashqari, yozuvchining o‘nlab hajviy hikoyalari televizion mi-
niatyuralar teatri orqali, «Xandon pista» (1994-yil) va boshqa
kitoblar shaklida xalqimizning ma’naviy mulkiga aylangan.
Said Ahmad keyingi yillarda yana bir qator yangi hikoyalar
va xotiralar to‘plamlarini e’lon qildi. Ayniqsa, Oybek, G‘afur
G‘ulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shuhrat, Saida Zunnunova,
O‘lmas Umarbekov kabi adabiyotimizning zabardast vakillari
haqidagi xotiralari keng e’tirof topdi. Adibning ko‘pgina asarlari
xorijiy tillarga ham tarjima qilingan.
Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda vafot etdi.
QOPLON
(hikoya)
Yangi hovli Tillayevga yoqdi. Yuklarni mashinadan tushi-
rayotganda, Qurbonboy bir gap aytib qoldi:
– Sizga endi it lozim, o‘rtoq Tillayev. It uyning savlati bo‘la-
di. Albatta, it boqing. O‘zim g‘alatisini topib beraman.


5
Tillayevning itga unchalik xushi yo‘q edi, indamay qo‘ya
qoldi. Qurbonboy xotinlarning hayhaylashiga qaramay polni
ham o‘zi yuvdi, gilamni ham o‘zi olib chiqib qoqib keldi.
– Iya, iya, biz turganda siz nega pol yuvarkansiz, opa? O‘zi-
miz qotirib tashlaymiz. Men gilam qoqayin-u, siz tomosha
qiling. Ammo-lekin itning g‘alatisini boqish kerak. Ko‘chadan
kirgan odam kiroyi direktor bo‘lsang, shunaqa it boq deb havas
qiladigan bo‘lsin.
Qurbonboy uyni saranjom qilib bo‘lgandan keyin ham darrov
keta qolmadi. Hovlida ancha aylanib yurdi. It bog‘laydigan joyni
o‘zi belgiladi.
– Yo‘q, o‘rtoq Tillayev, it masalasini bizga qo‘yib beravering.
Mana, itning joyi shu. Kichkinagina, ixchamgina uycha qurib be-
rilsa, itning ham joni kirib qoladi. Xo‘p, biz ketdik.
Qurbonboy ketdi.
– Bu kishi kim bo‘ladilar? – dedi Tillayevning xotini orqasi-
dan eshikni ilgaklab qaytarkan.
– Judayam anig‘ini bilmayman, garajimizda ishlasa kerak.
Ko‘chishga mashina so‘raganimda zavgar qarashib yuboradi, deb
qo‘shib bergan edi, – dedi Tillayev.
– Durust odamga o‘xshaydi. Chaqqongina ekan.
Ertasi Tillayev ishdan qaytib yuvinayotganda, Qurbonboy kat-
takon it yetaklab keldi. U itni ayvonning ustuniga boylab, iljaydi:
Oti Qoplon, Tillayev aka. Odamning yaxshisini darrov
taniydi. Sizga tez o‘rganib ketadi. Ertaga yaxshilab uycha yasab
berib ketaman.
U qo‘lini yuvib kelib, yarim soatcha itning ta’rifini qilib
o‘tirdi.
– It hamma gapni tushunadi, faqat jonivorning tili yo‘q.
Qurbonboy bir so‘zli kishi ekan, aytganini qildi. Tillayev ish-
ga ketganida zambilg‘altakda g‘isht olib kelib itga uycha yasab
beribdi. Tillayev idoradan chiqib, endi mashinaga o‘tiraman deb
turganda, yugurib kelib qog‘ozga o‘rog‘liq narsa uzatdi:
– Xo‘jayin, Qoplonga nasiba. Kabobchi oshnamga tayinlab
qo‘ygan edim suyakni begona qilma deb.


6
– Qurbonboyingiz yaxshi odam ekan, – dedi xotini Tillayev
uyga kelganda, – bechora jonini fido qivoraman deydi-ya. Bola-
chaqali, kamxarj odamga o‘xshaydi. Imoratini yetti yildan beri
bitkazolmasmish. Uncha-munchasiga qarashib yuboring.
Tillayev xotinining gaplariga parvo qilmay choy ichardi.
Tillayev bilan Qurbonboy o‘rtasida yaqinlik paydo bo‘ldi. Bir
kuni gap orasida u ro‘zg‘ordan orttirib uchastkasining tomini
yopolmayotganini aytib qoldi:
– Ayb o‘zimda, yoshligimdan shunaqaman, o‘zimga qara-
mayman, oshna-og‘aynilarning ishi bitsin, deyman. Ha, odam
bolasidan shu qolar ekan. Bo‘lmasa, promkombinatda ham, ray-
poda ham oshnam bor, yuztagina shifer so‘rasam, yo‘q demaydi.
So‘ramayman. Aslo so‘ramayman.
– Nechta shifer yetmayapti? – dedi Tillayev beparvo.
– Yo‘q, xo‘jayin so‘ramang. Siz bilan shu maqsadda oshno
bo‘lmaganman. Bunaqa gapni aytsangiz, uyingizga ikkinchi
qadam bosmay ketaman.
Shu-shu bo‘ldi-yu, Tillayevning unga ixlosi oshib ketdi.
Shundoq odam garajda mashina yuvib o‘tirmasin, deb uni garaj
mudiriga muovin qilib qo‘ydi. Uyiga bir yuz saksonta shifer,
o‘ttizta tunuka tushurib berdi. Qurbonboy ham har kuni tushlikka
kelib, Qoplonni o‘ynatib ketishni tark qilmadi. Bu orada Tilla-
yevning eski bod kasali tutib yotib qoldi. Avvaliga Qurbonboy
kelib uning holidan xabar olib turdi. Doktorlar endi bo‘lmadi,
pensiyaga chiqing, deb maslahat berishgandan keyin Tillayev
ministrlikka ariza yozib, ishdan bo‘shatishlarini so‘radi. Mi-
nistrlik uning talabini qondirib o‘rniga boshqa direktor tayinladi.
Qurbonboy o‘sha kuni kelib, Qoplonni aylantirgani olib chiqib
ketdi-yu, qaytib kelmadi. Tillayev Qoplonga ancha o‘rganib
qolgan ekan, to yarim kechagacha ikki ko‘zi to‘rt bo‘lib itni
poyladi. Yo‘q, Qoplon bedarak ketdi. Qurbonboy ham qorasini
ko‘rsatmay qo‘ydi.
Oradan anchagina vaqt o‘tdi. Tillayev hassaga tayanib ko‘cha
aylangani chiqdi. Bir mahal qarasa, ko‘chaning narigi betida


7
Qurbonboy Qoplonni yetaklab yuribdi. Chaqirsa it qaradi-yu,
Qurbonboy qaramadi. O‘sha kuni yangi direktor o‘g‘lining
tug‘ilgan kuniga o‘tirish qilib berayotgan ekan. Tillayevga
mashina yuboribdi. Er-xotin borishdi. Darvozadan kirishlari bilan
yo‘lakda yotgan Qoplon ularni ko‘rib, dumini likillatib erkalandi.
– Bizning it qalay? – dedi yangi direktor.
– Bu itni taniyman, – dedi Tillayev va nariroqda yangi
direktorning charm to‘nini tuflab artayotgan Qurbonboyga bir
qarab, uyga kirib ketdi.
1. Sizningcha, «Qoplon» hikoyasini yozishga yozuvchini ni-
malar undagan?
2. Hikoya qahramoni Qurbonboy yashash va tirikchilik o‘tka-
zishning qanday yo‘lini o‘zi uchun kasb qilib olgan?
3. Qurbonboyning Qoplon haqidagi «Odamning yaxshisini
darrov taniydi. Sizga tez o‘rganib ketadi» degan ta’rifini
uning o‘ziga nisbatan qanday shaklda ishlatgan bo‘lardingiz?
4. Qurbonboy Tillayevning xotinida o‘zi to‘g‘risida ijobiy taas-
surot qoldirish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lishi mumkin
deb o‘ylaysiz?
5. Hikoyadagi «Bir mahal qarasa, ko‘chaning narigi betida
Qurbonboy Qoplonni yetaklab yuribdi. Chaqirsa it qaradi-yu,
Qurbonboy qaramadi» degan tasvir orqali hikoya qahramoni
va itning qanday xususiyatlari ifoda etilgan?
6. Korxonaga yangi tayinlangan rahbarning qanday odamligi
haqida taassurot beruvchi o‘rinlarni hikoyadan topib o‘qing
va uni izohlashga harakat qiling.
7. « – Bizning it qalay? – dedi yangi direktor.
– Bu itni taniyman, – dedi Tillayev...»
Mazkur suhbat zamirida yotgan ma’nolarni sharhlab bering-chi.
8. Hayotingizda Qurbonboyga o‘xshagan kishilarga duch kel-
ganmisiz? Agar Siz Qurbonboy o‘rnida bo‘lganingizda o‘zi-
ngizga shu holatni ravo ko‘rarmidingiz? Javobingizni izohlang.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish