6-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja


Zararsizlantirish ishlari turlari va ularni o‘tkazish



Download 37,13 Kb.
bet11/11
Sana05.04.2023
Hajmi37,13 Kb.
#925191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja

9. Zararsizlantirish ishlari turlari va ularni o‘tkazish
Ommaviy qirg‘in qurollarining qo‘llanishi yoki ayrim texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatida insonlar, atrof-muhit, suv, oziq-ovqatlar, texnika, transport vositalari va inshoatlar radioaktiv zarrachalar, zaxarli kimyoviy yoki bakterial moddalar bilan zararlanishi mumkin. Aholini shu kabi zararlanishlardan himoya qilish maqsadida maxsus ishlov berish tadbirlari amalga oshiriladi.
Maxsus ishlov berish – ommaviy qirg‘in qurollari talofatlarini yo‘qotish jarayonining asosiy qismini tashkil etib u qutqaruv va tiklash ishlarini olib borishda kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Maxsus ishlov berish omili to‘liq va qisman ishlov berish turlariga bo‘linadi To‘liq ishlov berish omili deyilganda qo‘yilgan vazifalarni bajarishda hech qanday ximoya vositalarisiz amalga oshirish ya’ni xavfsiz sharoit yaratish tushuniladi. Qisman ishlov berish omillarida esa qo‘yilgan vazifalarni faqat terini ximoyalovchi vositalarsiz amalga oshirish sharoiti tushuniladi.
Maxsus ishlov berish omili - atrof muxitni zararsizlantirish va fuqarolarni sanitar qayta ishlov berishdan tashkil topgan.
Fuqarolarni sanitar ishlovdan o‘tkazish xammom, dushxona va boshqa maxsus yuvinish joylarida amalga oshiriladi. Texnika hamda transport vositalarini zararsizlantirish avtoservis va boshqa tamirlovchi korxonalarda amalga oshiriladi.
Zararsizlantirish omiliga asosan dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya jarayonlari kiradi.
Dezaktivatsiya - zararlangan vositalar (kiyim-kechak, ximoya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) va inshoatlardagi radioaktiv moddalarning faolligini yo‘qotish tadbirlaridir. Dezaktivatsiyaning to‘liq va qisman turlari mavjud bo‘lib u asosan mexanik va fizik-kimyoviy usul bilan amalga oshiriladi. Mexanik usulda radioaktiv moddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish orqali, fizik-kimyoviy usulda esa turli xildagi kimyoviy modda eritmalari bilan yuvish orqali amalga oshiriladi. Dezaktivatsiyada asosan suv ishlatilib radioaktiv moddalarning yuviluvchanligini oshirishda turli kislotalar va ishqorlar ishlatiladi. Masalan, SF-2, OR-7, OR-10, Na3RO4 trilon V, shavel, limon kislotalari va uning tuzlari.
Degazatsiya – kimyoviy zaxarlovchi moddalarni parchalab, zararsiz moddalar xosil qilish va ularning miqdorini kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Degazatsiya omili maxsus texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Degazatsiya qiluvchi moddalarga kimyoviy moddalar, ularni oksidlovchi xlorli birikmalar (gipoxloridlar, xloramin) va ishqorli birikmalar (NaON) soda, ammiak, ammiakli tuzlar) kiradi. Bu birikmalarning hammasi eritma holida ishlatiladi.
Kimyoviy qurollar bilan zararlangan atrof muhit kimyoviy yoki mexanik usulda degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usul bo‘yicha yuqorida aytilganidek, degazatsiyalovchi modda eritmalari bilan qayta ishlanadi. Mexanik usulda esa zararlangan joylarning ustki qisimlari (7-8 sm qalinlikda) olib tashlanadi yoki o‘sha joyning ustini qalin somon, taxtalar bilan berkitilib, ximoya qilinadi.
Dezaktivatsiya va degazatsiya omillarining tozaligi dozimetrik va kimyoviy nazorat asboblar bilan tekshiriladi.
Dezinfeksiya - biologik shikastlanish o‘chog‘ida olib boriladigan zararsizlantirish tadbirlari hisoblanadi. Dezinfeksiya o‘tkazishda maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar fenol, krezol, lizol va boshqa degazatsiyalovchi ishqorlar ham ishlatiladi. Dezinfeksiya omillarining tozaligi bakteriologik usul orqali nazorat qilinadi.
Dezinseksiya bu xashoratlarga qarshi kurash va ularni yuqotish, qirish ishlaridir. Bu ishlarda mexanik, kimiyoviy, fizikaviy, biologik va tabiy usullardan foydalaniladi.
Derratizatsiyakemiruvchilarga qarshi kurash.
Sanitar qayta ishlash maxsus qayta ishlov berish usulining asosini tashkil etib, u fuqarolarni radioaktiv, kimyoviy va bakterialogik moddalar bilan zararlanishining oldini olishda qo‘llaniladigan omillardan tashkil topgan.
Sanitar qayta ishlash qisman va to‘liq turlarga bo‘linadi. Qisman sanitar qayta ishlash - barcha kiyim-kechak, shaxsiy ximoya vositalari, terining ochiq qolgan qismlarini mexanik usulda tozalash xisoblanadi.
To‘liq sanitar qayta ishlash deganda tana a’zolarini zararsizlantiruvchi usullarni qo‘llash (yuvish dezinfeksiya qilish) tushuniladi. Bu barcha tana a’zolarimizni, kiyim-kechak, ximoya vositalari va boshqalarni zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul bo‘yicha shikastlangan xududdan chiqqan fuqarolar, ishchi-xizmatchilar, tuzilmalar jalb qilinadi.
To‘liq sanitar qayta ishlash omili maxsus qurilgan yuvinish shaxobchalarida amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar bir tomondan kirib, kiyim-kechak, ximoya vositalarini yechib, yuvinib, og‘iz, ko‘z ichlarini zararsizlantirib, ikkinchi tomondan dozimetrik, kimyoviy tekshiruvdan o‘tib, so‘ngra toza kiyim-kechak kiyishadi va ikkinchi dozimetrik ko‘rikdan o‘tishadi.
Zararlangan kiyimlar, ximoya vositalari, maxsus usullar yordamida zararsizlantiriladi. Shikastlangan xududdan chiqishda yuqorida aytilgan muolajalar yuqori saviyada o‘tkazilsa, zararlanish ko‘lami shuncha kichik va talofatlar ko‘payishining oldi olingan bo‘ladi.
Download 37,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish