6-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja


 Fuqaro muhofazasi rejasi va unga qo’yiladigan talablar



Download 37,13 Kb.
bet5/11
Sana05.04.2023
Hajmi37,13 Kb.
#925191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja

4. Fuqaro muhofazasi rejasi va unga qo’yiladigan talablar
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi va “Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunlarni amalda qo’llanilishi va fuqaro muhofazasining asosiy vazifalarini bajarilishini ta’minlash, fuqaro muhofazasi rejasi bilan uzviy bog’liqdir.
Rejalashtirishdan asosiy maqsad favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, shuningdek tabiiy ofat, yirik avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro muhofazasi tadbirlarining hajmi va o‘tkazish tartibini aniqlash hisoblanadi.
Fuqaro muhofazasi rejasi – qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradigan muhofaza tadbirlarining majmuasi hisoblanadi. Bunday tadbirlarga: favqulodda vaziyatlarni oldini olish, aholi va hududlarni muhofaza qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish, qutqaruv va tiklov ishlarini o’tkazishga kuch va vositalarni tayyorlash hamda ko’riladigan zarar va talofatlarnining miqyosini kamaytirish yuzasidan bajariladigan vazifalar kiradi.
Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosida ishlab chiqiladi. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari oldindan tuzilib, ular respulika miqyosidan tortib, to ob’ekt darajasigacha alohida tuziladi. Rejalashtirish har qanday favqulodda vaziyat uchun (tinchlik yoki harbiy davr) alohida ishlab chiqiladi.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida harakat qilishning respublika va idoraviy rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek FVDTning barcha darajalarida o‘zaro birgalikda harakat qilish rejalari ishlab chiqiladi.
FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi.
Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi rejalari respublika miqyosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan, hududlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqish hamda ijtimoiy ob’ektlarni muhofaza qilish rejalari esa korxona, tashkilot va muassasalarning boshliqlari tomonidan tuziladi.
Fuqaro muhofazasi rejalariga qo’yiladigan talablar:
1. To’liq, mukammal ishlangan bo’lishi;
2. Mazmuni qisqa va lo’nda bo’lishi;
3. Vaqtning har tomonlama qat’iy hisobga olinishi;
4. Aniq va real bajariladigan bo’lishi;
5. Iqtisodiy tomondan maqbul bo’lishi kerak.
Tinchlik davrida kuzatiladigan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasi – favqulodda vaziyatlar yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilish, atrof-muhitga yetkazilgan moddiy zararlar miqdorini kamaytirish, shikastlangan hududlarni halqaga olish va bu hududlarda xavfli omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan qutqarish va tiklash ishlari majmuasidan tarkib topadi.
Reja ikki bo’limdan va ilovadan iborat bo’ladi:
Birinchi bo’limda- ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar va tabiiy ofat ro’y berganda muayyan hududda yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarga baho beriladi Ro’y bergan favqulodda vaziyatlar holatidan kelib chiqib, qo’yidagi tadbirlar rejalashtiriladi:
- boshqaruv, xabarlashish va aloqani tashkil etish;
- razvedkani, kuzatishni va nazoratni tashkil etish;
- fuqaro muhofazasi kuchlarini tashkil etish;
- moddiy va moliyaviy ta’minotni tashkil etish. favqulodda vaziyatlarni tugatishni tashkil etish.
Rejaning ikkinchi bo’limi ikki qismdan tashkil topib, bu bo’limda ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar va tabiiy ofatlar sodir bo’lishi xavfida va sodir bo’lganda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
1. Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lish xavfida boshqaruv organlarini, ishchilar va xizmatchilarni va aholini ogohlantirish tartibi;
2. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish yoki ularni ta’sirini kamaytirish tadbirlari, amalga oshirish muddatlari va tartibi, jalb qilinadigan kuch va vositalar;
3. Fuqaro muhofazasi kuchlari, muhofaza inshootlarini shay holatga keltirish;
4. Shaxsiy muhofaza vositalarini ishchi va xizmatchilarga berish;
5. Odamlarni evakuatsiya qilish va ko’chirish uchun transportlarni va xavfsiz hududlarni tayyor holga keltirish;
6. Aholini tibbiy va epidemiyaga qarshi muhofaza qilish tadbirlarini o’tkazish;
7. Yong’indan saqlash tadbirlarini o’tkazish va ishlab chiqarishni avariyasiz ishlashga tayyorlash.
Fuqaro muhofazasi rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Fuqaro muhofazasi boshlig’ining favqulodda vaziyatlarni tugatish bo’yicha qarori;
2. Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarni falokat va halokatda hamda tibiiy ofatlar xavfi bo’lganda yoki sodir bo’lganda bajariladigan tadbirlarning kalendar rejasi;
3. Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarni falokat va halokatda hamda tibiiy ofatlar xavfi bo’lganda yoki sodir bo’lganda tadbirlarni boshqaruvchi kuch va vositalari hisobi (har bir tadbir xususida umumiy ma’lumotlar keltiriladi);
4. Avariya, halokat va tabiiy ofatlar xavfi tug’ilganda boshqaruvni, xabar berishni va aloqani tashkil qilish sxemasi.
Reja ob’ekt fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (bo‘limi) bilan kelishilinadi. Reja har yilning 1 yanvar holatiga muntazam aniqlashtirib boriladi.



Download 37,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish