6-ma’ruza: O’zmaf hujjatlarini hisobga olish. Arxiv jamg’armalarini butlash. Arxivlar va ularning hisobdorligi Reja: Reja



Download 98,5 Kb.
bet2/7
Sana01.04.2022
Hajmi98,5 Kb.
#522532
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-ma\'ruza. Nazariya

Fond yig‘majildi - arxiv fondi tarixini aks ettiruvchi hujjatlar kompleksi.
Fond (jamg‘arma) yig‘majildida fond tashkil qiluvchi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotnoma, fond hujjatlarini tizimlashtirish sxemasi, fondni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi yo‘riqnoma, hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma, yo‘q qilishga ajratilgan hujjatlar to‘g‘risida dalolatnoma, hujjatlarni holati va sonini tekshirish dalolatnomasi, qayta tiklashni imkoni bo‘lmagan hujjatlar to‘g‘risida dalolatnoma, yo‘l ko‘rsatuvchi uchun tuzilgan fondlar tavsifii nusxasi, fond materiallaridan foydalanganlik uchun ma’lumotnoma va boshqalar.
SHunday qilib fond yig‘majildidan qo‘yidagi ma’lumotlarni olish mumkin:
Tashkilotni tashkil qilish sanasi;
Uning qaysi tashkilotga bo‘ysunishi, funksiyalari.
Qayta tashkil qilinishi.
Materiallarni saqlash sharoiti:
Materiallar bilan ishlashni ilmiy-texnik shakllari.
Xar bir fond yig‘majildiga fond raqami va uning nomi beriladi. Fond jildlari ularning tartib raqami bo‘yicha saqlanadi.
Davlat arxivi va tashkilot arxivlarida markazlashgan hisob yuritishni asosiy hujjati tashkilot arxivini pasporti hisoblanib, u arxiv tashkilotiga hujjatlar tarkibini qandayligidan qat’iy nazar tuziladi. Unga hujjatlarni saqlash sharoiti, saqlovdagi hujjatlarnip saqlash sharoiti, saqlovdagi hujjatlar soni va tashkilot arxivlarini yilning 1 dekabriga mutaxassislar bilan ta’minlanganlik xaqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Davlat arxivlarining pasporti yilning yanvar oyida o‘zida sezilarli darajada ko‘rsatgichlarga ega bo‘lib, uni xajmi va tarkibini aniqlovchi qo‘yidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
Arxiv materiallari;
Nusxalarni sug‘urta fondi;
Ilmiy-ma’lumotnoma apparati;
Hujjatni saqlanish sharoiti.
Fond kartochkasi sub’ektni va O‘zarxivni markaziy fond katalogini tashkil qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. U fond-kartochka varog‘idagi yig‘ma ma’lumotnomalarni o‘z ichiga olib, u Davlat va Fanlar Akademiyasi arxivlarida tuziladi. Ular tashkilot va tarmoq arxivlarida tuzilmaydi.
Fondni tarkibi va xajmini o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat arxivlarida xar yilni 1 yanvarida tuziladi. Ular xar bir fondga yil davomida topshirilgan va fonddan chiqib ketgan hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot va arxiv sub’ektlari, Markaziy arxiv fondi kataloglarini fond kartochkasiga o‘zgartirish kiritish uchun mo‘ljallangan. Buning uchun ular O‘zbekiston Respublikasi arxiv boshqaruvini xududiy sub’ektlari va O‘zarxiv Agentligiga jo‘natiladi.
Hujjatlar hisobini yuritish shakli.
Arxivda hujjatlardan foydalanish natijalari taxlili birlamchi hisob yuritishni aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Arxiv ishi bo‘yicha hujjatlarni yagona tizimi RDIdan foydalanishni yagona hisobini yuritish shaklini nazarda tutadi va qo‘yidagilarga bo‘linadi:
-birlamchi;
-umumlashtiruvchi;
-yakuniy hujjatlar.
Bu shaklni yuritish davlat va tashkilot arxivlari uchun ham majburiy hisoblanadi.
Hujjatlardan foydalanishni qayd qilish boshlang‘ich shakli bo‘lim yoki o‘quv zali xodimlari yoki tadqiqotchi tomonidan to‘ldiriladi.
Fuqarolar va tashkilotlarni so‘rovnomalarini bajarish jarayonida foydalanish bo‘limi xodimlari tomonidan kartoteka yoki so‘rovnomalarni ro‘yxatga olish jurnali yuritiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijtimoiy-huquqiy, qabulxona orqali qabul qilingan arizalar uchun aloxida kartoteka yuritilishi mumkin. Kartotekada arizachining ismi, familiyasi, sharifi (tashkilot nomi, yuridik shaxs bo‘lsa) hujjat sanasi va qayd qilish raqami, so‘rov turi (mavzu, shaxsiy, ijtimoiy-huquqiy va x.k).
Mavzu, bajaruvchi, nazorat sanasi, javob mazmuni, arizachiga javob jo‘natilgan sana, javob uchun foydalanilgan fondlar nomeri, javobga ilova va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ruyxatga olish jurnalidan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida so‘rovnomalar ruyxati va tipologiyasini oldindan ishlab chiqish lozim. YOzuvlar jurnalga (kartotekaga) so‘rovnoma olingan vaqti va uni bajarilgandan so‘ng yozib qo‘yiladi. Agar arxiv direktorini ruyxati bilan so‘rovnomani bajarish muddati uzaytirilgan bo‘lsa, bu xaqda jurnalga belgi qo‘yiladi. Birlamchi hisobga olish shakllaridan o‘quv zaliga foydalanish qulay, chunki o‘quvchi o‘quv zalidan foydalanuvchilarni ruyxatga olish jurnali bilan tanishib chiqadi, unda arxivga murojaat qilgan sana, o‘zini familiyasi, ismini ko‘rsatadi va imzo chekadi.
SHundan so‘ng u o‘quv zali xodimiga tashkilot nomidan xatni taqdim qiladi. Xatda arxivda ishlashga ruxsat berish so‘ralgan tadqiqot, mavzu to‘g‘risida iltimosnoma keltiriladi. Agar arxivga murojaat shaxsiy xarakterda bo‘lsa, u holda foydalanuvchi arxiv direktori nomiga mavzu va mashg‘ulot nomini ko‘rsatgan holda shaxsiy ariza yozadi. Tadqiqot mavzuni o‘zgargan taqdirda u yangi ariza yozadi. CHet ellik tadqiqotchilar chet el ilmiy tashkiloti yoki diplomatik vakolatxona xati bo‘yicha qabul qilinishi mumkin. SHundan so‘ng tadqiqotchini o‘quv zali qoidalari bilan tanishtiriladi va tadqiqotchi anketasini tshldirish taklif qilinadi. Anketaga tadqiqotchini familiyasi, tug‘ilgan yili, ish joyi, mansabi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, mavzu va tadqiqot mavzusi, tadqiqot yo‘nalishi va bog‘lanish uchun ma’lumotlar kiritiladi. Anketa so‘ngida tadqiqotchi o‘quv zali qoidalariga rioya qilishni, o‘z ishida arxiv hujjatlaridan foydalanganlikni ko‘rsatib o‘tish va arxivga tadqiqotlar nusxasini taqdim qilish va hujjatlarni arxiv bilan shartnoma tuzmay nashr qilmaslik to‘g‘risida tilxat beradi.
Har bir foydalanuvchi uchun arxivda o‘quvchining shaxsiy yig‘majildi yuritilib, unga qo‘yidagi hujjatlar kiritiladi:
O‘quv zaliga qo‘yilganlik to‘g‘risida direktor rezolyusiyasi qo‘yilgan ariza yoki rasmiy xat, foydalanuvchini hujjatlar bilan, shu bilan birga konfedensial hujjatlar bilan ishlash tartibi, saqlash to‘g‘risidagi majburiyat anketasi, yozuv va ishlarni talabnomasi, hujjatlardan nusxa ko‘chirishga buyurtmalar.
Foydalanuvchini shaxsiy yig‘majildidagi ma’lumotlar yil oxirida foydalanishni hisobini yuritishni qulayligi uchun foydalanuvchilarni hisobga olishni maxsus hisob varag‘iga jamlanadi. Kartochkaga foydalanuvchini tadqiqot mavzusi, foydalanuvchini ismi, familiyasi, shaxsiy jild raqami, ilmiy darajasi uni jo‘natgan tashkilot shug‘ullanish vaqti, maqsadi va u tomonidan foydalanilgan fondlar raqamlari ko‘rsatiladi.
YUqorida aytib o‘tilganidan talab qilingan hujjatlarni olish uchun talabnoma to‘ldiriladi. Talabnoma nafaqat sizni ishingizni qayd qiladigan hujjat, balki u sizni everistika bo‘yicha (fanni raqami va nomi, ro‘yxat, jild, mikrofilm raqami) ishlaringizni qayd qiladigan hujjat hisoblanadi. SHuningdek talabnoma foydalanilgan hujjatlarni hisobga olish formasi hisoblanadi. SHuning uchun talabnomani birinchi qismini-ya’ni foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga e’tibor berish kerak. Hujjatni olishda foydalanuvchi hujjatdan foydalanish varag‘ini to‘ldiradi, foydalanish varag‘ida jildni joyi va arxiv shifri keltirilgan. Hujjatdan foydalanish varag‘i qimmatli tarixiy manba bo‘lib, unda bu mavzu bo‘yicha tadqiqot olib borgan taniqli fan arboblarini maqola, monografiya va boshqa ilmiy ishlari ko‘rsatilgan. Agar foydalanish varag‘i toza bo‘lsa, unda foydalanuvchi ushbu mavzuni tadqiq qiluvchi birinchi shaxs hisoblanadi.

Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish