6-mavzu : turizm bozori va segmenti fan o’qituvchisi: G. M. Turdiyeva



Download 1,07 Mb.
bet3/6
Sana25.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#508774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5303061202010641897

Segmentlash me’zonlari
1
Segmentlash turizm bozrida umuman olganda , har qanday yo’nalishdagi bozorda asosiy o’rinni egallaydi . Turistik korxona murakkab bozor sharoitlarida faoliyat yuritayotib kimga, qanday xizmat ko‘rsatish kerakligini aniq bilishi shart. Gap shundaki, marketing nuqtayi nazaridan, har bir bozor bir-biridan ta’bi, istaklari, ehtiyojlari bilan farq qiladigan va turistik xizmatlarning turli motivlaridan kelib chiqib, xarid qiladigan iste’molchilardan iborat. Shu sababli muvaffaqiyatli marketing faoliyatining amalga oshirilishi iste’molchilarning turli guruhlarining o‘zlariga xos afzalliklarini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Aynan shu bozorni segmentlashning asosini tashkil etadi. Segmentatsiya (segmentlash) yordam ida potensial iste’molchilarning umumiy miqdoridan turistik mahsulotga u yoki bu darajada bir xil talablarga ega bo‘lgan aniq turlar (bozor segmentlari) tanlab olinadi
Turistik bozorni segmentlash — potensial xaridorlar talablarining sifatiy va miqdoriy o‘ziga xosliklariga mos ravishda turkumlash sifatida ta’riflanadi. Korxona segmentlashni amalga oshirayotib bozorni mijozlaming alohida guruhlariga bo’ladiki, ularning har biri uchun bir xil yoki o‘xshagan xizmat turlari talab etilishi mumkin bo‘ladi.
Segmentlashning asosiy maqsadi — turistik mahsulotga yo‘nalish berish bo‘lib, u barcha iste’molchilarning talablariga javob bera olmaydi. Uning vositasida marketingning asosiy tam oyili — iste’molchiga mo‘ljallanish amalga oshiriladi. Bunda turistik korxona o‘z kuchlanishlarini to‘rt tarafga tarqatmay, balki «asosiy zarba yo‘nalishida» (u uchun eng istiqbolli bo‘lgan bozor segmentlariga) markazlashtiradi. Shuning bilan savdo, reklama, sotuvlarni rag‘batlantirishning boshqa shakl va uslublari qo‘llanilish samaradorligining oshirilishiga olib keladi
Turizmdagi marketing amaliyoti shunga kafolat beradiki, bozorni segmentlash:
  • o‘z maqsadiga ega istiqbolli bozorni tanlash vositasidir;
  • mijozlarni eng ko‘p (maksimal) darajada qoniqtirish imkonini beradi;
  • optimal marketing strategiyasini tanlashga yordam beradisug‘urta mukofoti
  • erishib bo‘ladigan va aniq maqsadlarning qo‘yilishiga
  • qabul qilinayotgan qarorlar darajasini, ularning asoslanishini iste’molchilarning bozordagi xatti harakatlari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab amalga oshirish imkonini beradi;
  • ham taklif etilayotgan xizmatlarning, ham umuman olganda korxona raqobatbardoshligining oshirilishini ta’minlab beradi;
  • turistik korxona marketing xarajatlarining optimallashtirilishini ko‘zda tutadi;
  • raqobat kurashini chetlab o ‘tish yoki egallanmagan segmentni o‘zlashtirish yo‘li bilan uning darajasini pasaytirish imkonini beradi.

Bozorni segmentlash — so‘zsiz, turizmdagi marketingning eng muhi dasturlaridan biri. Raqobat kurashidagi muvafTaqiyat uning qanchalik to‘g‘ri amalga oshirilganligiga bog‘liq bo'ladi. Samarali bo'lishi uchun segmentlash alohida belgilar bo‘yicha olib borilishi shart.
Belgi — bozorda berilgan segmentni belgilash usuli. Turli mualliflar tomonidan taklif etilayotgan va turistik faoliyat amaliyotida foydalanilayotgan bozorni segmentlash belgilari, ko‘p jihatdan nihoyat darajada o‘zaro o'xshashdirlar. Shu yerda qayd etib o‘tish kerakki, segmentlashga bo‘lgan biror-bir universal yondashuv mavjud emas. Shu sababli belgilangan bozorda talab va taklifning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda bir necha belgilar asosida (bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha) segmentlash variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Geografik
Demografik
Ijtimoiy iqtisodiy
Psixografik
Xulqiy
Turizmda segmentlashning asosiy belgilari:
5
Bozorni geografik belgilar bo'yicha segm entlayotganda iste’molchilarning u yoki bu hududda yashashlari bilan belgilanadigan bir xil yoki o‘xshash afzalliklarini ko‘zda tutmoq lozim bo‘ladi. Geografik segment sifatida qandaydir tarixiy, siyosiy, milliy yoki diniy birlikka ega bo‘lgan butun bir mamlakat, mamlakat guruhlari ko‘rib chiqilishi mumkin.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish