6-mavzu : turizm bozori va segmenti fan o’qituvchisi: G. M. Turdiyeva


Ayni damda ularning daromadlari ularning kelgisuidagi va hozirga tanlovlariga va bozor subyektlarining olib boradigan amaliyotlariga mutlaqo ta’sir ko’rsatadi



Download 1,07 Mb.
bet5/6
Sana25.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#508774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5303061202010641897

Ayni damda ularning daromadlari ularning kelgisuidagi va hozirga tanlovlariga va bozor subyektlarining olib boradigan amaliyotlariga mutlaqo ta’sir ko’rsatadi
Asosiy tamoyil — o‘z pullari hisobiga hamma narsaga to‘liq ega bo‘lish (erishish). Yuqori darajaga ega bo‘lmagan mehmonxonalarga joylashib, turli xildagi ko'ngil ochish, tungi klublar, barlar, diskotekalarga katta qiziqish bildiradilar. O‘rganish (anglash) maqsadi sayohatlarining asosiy motivi bo‘lmasligiga qaramay, ular baribir turli sayohatlar bilan qiziqishlari mumkinki, ular sayohat to‘g‘risida do‘stlari, qarindoshlari va tanishlariga aytib berish chog‘ida sayohatlarini yanada obro‘liroq qilib ko‘rsatadilar. Suvenirlar bunday turistlar uchun amalga oshirilgan sayohatning moddiy isboti bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun har bir turist albatta o‘zi bilan qandaydir qimmat bo‘lmagan suvenirni olib ketishga harakat qiladi. Xalqaro turistik almashinuvda turistik bozorning bunday segmenti turistik yondashuvning asosiy ommasini tashkil etuvchi eng ko‘p sonli bo‘ladi, bu yaqin masofalar, asosan eng yaqin dengizgacha bo‘lgan sayohatdir. Turistik bozorning ikkinchi segmentiga, o‘rtachadan yuqoriroq darajada daromad oluvchi shaxslar kiradi. Ko‘pincha bunday turistlar oliy m a’lumotga, ba’zan o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Turistik bozorning bu segmenti unchalik katta emas, biroq u keyingi yillarda jadal sur’atlarda o‘sdi va o‘sishga intiluvchilikka ega. Marketing maqsadlarini belgilashda reklama tadbirlarini o‘tkazish uchun motivlar, iste’molchi xarajatlari tarkibida turizm ning aham iyat darajasi, turistning turistik markazda o ‘zini tutish stereotiplari kabi belgilar kom binatsiyasidan foydalanilgan segm entlash qo‘llaniladi. Misol tariqasida g‘arbiy germaniyalik tadqiqotchi G.Ganning tasnifi keltiriladiki, unda turistlarning besh turi:
— W—1
    • — W—2

— S
    • — F
    • - A

— W—1 (nemischa Wald-und wanderorientier — «o‘rmonda sayr qilish va sayohatlar ishqibozi») — faol dam olish, piyoda sayrlar va boshqalarni afzal ko‘ruvchi sayohatchi. Uning kredosi — ob-havodan qat’i nazar toza havodagi jismoniy faollik, dam olish jarayonida o‘zining jismoniy holatini yaxshilab olishga harakat qiladi, lekin sport bilan professional darajada shug‘ullanmaydi
. — W—2 ishqibozdan ko‘ra ko‘proq sportsmen, uzoq muddatli, kuchli, hattoki, ekstremal darajadagi zo‘riqishlarga bardosh beradi. Tur va turistik markazni tanlashda «xobbi» bilan shug‘ullanish imkoniyatlarining borligi eng muhim mezon bo‘ladi, «landshaft, madaniyat, tarix» kabi tanlash mezonlari ikkinchi darajali (masalan, ashaddiy alpinist, havaskor uchuvchiboshqalar)dir.
— S (nemischa Sonne, Sand, See — «Quyosh, qumli plyaj, dengiz») kurortlarda passiv dam olishni, xotirjamlikni afzal ko‘ruvchi sayohatchi; dam olish jarayonida har qanday shovqin-suronlardan qochadi, biroq yoqimli shaxslar bilan aloqa qilishni olqishlaydi.
— F (nemischa ferner-und flirtorientierter, Erlebnisurlauber— «uzoq masofalarga sayohat qilish va sarguzashtlarni afzal ko‘ruvchi sayohatchi) — uzoq m asofalarga sayohat qilishni, taassurot va sarguzashtlarning tez almashinib turishini afzal ko'ruvchi turist, u o‘z ta’tilini faqat biror-bir hodisa yuz berayotgan joyda o ‘tkazadi, chunki oila davrasi yoki yakka tartib bilan plyajda quyosh nurlari ostida toblanib yotish; bunday turistning kredosi — jam oa, lazzat, taassurotlar almashinishi.
— A (nemischa Abenteure — «sarguzasht») — sarguzashtlar ishqibozi. Bu turdagi turistning sayohat maqsadini tanlashi tavakkal (xavfxatar), yangi hissiyotlar, o‘z kuchini kutilmagan vaziyatlarda sinab ko‘rish belgilab beradi.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish