6-mavzu: Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotida shaxs ma’naviyati Reja



Download 313,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi313,77 Kb.
#931076
1   2   3   4
Bog'liq
маънавият маъруза-6

Ilmiy tadqiqot – bu, 
avvalo, o‘rganilayotgan narsa va hodislar to‘g‘risida xolis va haqqoniy axborotni 
to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirishdir.
Ikkinchidan, o‘rganilayotgan narsa va 
hodisalarning boshqa narsa va hodisalar, tabiiy va ijtimoiy muhit bilan aloqalari, 
o‘zaro ta’siri, bu ta’sir ostida ularning o‘zgarishi, evrilishi, tadriji, ya’ni o‘zaro 
axborot almashuvi, birgalikdagi tadriji (koevolyusiyasi), yangi sifatlarga o‘tishi 
to‘g‘risida axborot to‘playdi, xulosalar chiqaradi, rivojlanish xususiyatlari va 
qonuniyatlarini aniqlaydi. Demak, ilmiy tadqiq etishga, umuman bilish jarayoniga 


axborotlashish metodologiyasidan kelib chiqib yondashish mumkin va joizdir. 
Axborot yondashuvi (informatsion yondashuv) zamonaviy ilmiy metodologiyaning 
istiqbolli usullaridan biriga aylanib boryotir. 
Narsa va hodisalarning o‘zaro ta’sirini mexanik, fizikaviy, kimyoviy, biologik, 
ijtimoiy axborot almashuv shakllariga bo‘lish mumkin. O‘simlikka vegetatsiya 
davrida quyosh energiyasi, tuproq va uning tarkibidagi mineral va organik moddalar, 
namlik, havo (atmosfera) mo‘tadil va o‘simlik uchun optimal ta’sir ko‘rsat-sa, u 
yaxshi rivojlanadi va, aksincha, harorat haddan oshib ketsa, namlik etishmasa, u 
qurib qolishi mumkin. Chunki uning tashqi muhitdan, tabiatdan olgan axboroti 
undagi yashash genlari faoliyatini to‘xtatib, o‘lim, halok bo‘lish genlarini harakatga 
keltiradi. Kuz kelib, havo harorati va bosimi o‘zgarishi, quyosh radiatsiyasi 
kamayishi, kunlar qisqarib daraxtlarning tanasidagi shiraning shox va tanadan ildiz 
tomon harakat qilib, ildizda to‘planishiga olib keladi. Daraxt tabiatdan olgan 
axborotiga binoan barglarini to‘kadi, tanasidagi namlikni minimallashtiradi. Aks 
holda qattiq sovuq tushsa, daraxt tanasidagi namlik (suv) muzlab, to‘qimalarini uzib, 
parchalab yuboradi, daraxt halok bo‘ladi. 
Informatsion yondashuv ayniqsa murakkab tabiiy va ijtimoiy hodisalarni bus-
butunlik va tizim sifatida o‘rganishda yaxshi samara beradi. Bus-butunlik va uning 
qismlari, tizim va uning tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va ta’sirlarni 
o‘rganishda, qismlarning bus-butunlik doirasida, tuzilmalarning tizim (sistema) 
doirasida bir-biriga ta’siri, birgalikda harakat qilishi, ma’lum funksiyalarni bajarishi, 
umumiy funksiyaning u yoki vazifalarining qismlar, tuzilmalar o‘rtasida 
“taqsimlanishi”, ya’ni o‘ziga xos ular o‘rtasida “mehnat taqsimoti”ni to‘laroq va 
teranroq bilib olishda informatsion yondashuv katta ahamiyat kasb etadi. Yana 
axborotlashuv evolyusiyasiga qaytamiz.
Qog‘ozning kashf etilishi va kitobot san’atining vujudga kelishi barcha 
bilimlarni, jumladan ilmiy bilimlarni to‘plash va avloddan-avlodga uzatish borasida 
inqilob yasadi. Dastlab kitoblar qo‘lyozma shaklida edi. Kitob bosishning kashf 
etilishi, matbaachilikning vujudga kelishi yana bir inqilobga sabab bo‘ldi. Uch-to‘rt 
nusxada qo‘lda ko‘chiriladigan, zarurat tug‘ilsa, yana ko‘chiriladigan, shu bois juda 


cheklangan miqdorda va cheklangan darajada ma’lum - mashhur bo‘lgan ilmiy 
bilimlar, endi matbaachilik tufayli ulkan adadlarda chop etilish va ulardan 
dunyoning istagan mintaqasiga olib borib, foydalanish imkoni paydo bo‘ldi. Ilmiy 
bilimlarning to‘planishi, mujassamlanishi, o‘zlashtirilishi natijasida ilm-fanning tez 
rivojlanishi uning yangi tarmoqlari va yo‘nalishlarining vujudga kelishi tufayli 
ijtimoiy taraqqiyotga axborotning ta’siri yildan-yil kuchaya boshladi. XIX asr yozuv 
mashikasining, XX asrda teletayp va kompyuterlarning ixtiro qilinishi, maxsus 
ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy, ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnallar 
qatorida sof ilmiy, ilmiy-referativ jurnallarning, nashrlarning paydo bo‘lishi mazkur 
jarayonni yanada jadallashtirdi.
Axborot sohasida “portlash” yuz berdi. An’anaviy usullarda to‘plangan, chop 
etilgan kerakli mavzulardagi mavjud ilmiy informatsiyani izlab topishning, tahlil 
etishning o‘zi qiyin muammoga aylandi. Zarur ilmiy ma’lumotni topishdan qayta 
kashf etish ba’zan osonroq bo‘lib qoldi. Ilm-fanda takrorlanishlar, parallelizm, hal 
qilingan muammolarni, kashf qilingan ixtirolarni qayta hal etish, qayta kashf qilish 
hollari qo‘paydi. Ilmiy tarqoqlik, takrorlanishlar olimlarning, ilmiy markazlarning 
bir-birining tadqiqotlari natijalaridan yetarlicha xabardor emasligi tufayli (maxfiy, 
texnologiyalar va sh.k.lar bilan bog‘liq alohida tadqiqotlar – boshqa gap ) yuz 
bermoqda. 
Masalan, ayrim mavzularga, aytaylik, Amir Temur, Yu.Sezar, Napoleon kabi 
buyuk tarixiy shaxslar, yozuvchilar, olimlar hayotiga, faoliyatiga, ijodiga, alohida 
olingan asarlariga bag‘ishlangan turli tillardagi tadqiqotlar, kitoblar soni keyingi ikki 
asrda har biri bo‘yicha 3-5 ming va undan ortiq raqamni tashkil etadi. Yangi 
tadqiqotchi ularning hammasini, birinchidan, topolmaydi, bir joyga yig‘olmaydi, 
ikkinchidan, tahlil qilish u yoqda tursin, hatto to‘liq o‘qib chiqishga ulgurmaydi. 
Shu sababdan barcha ilmiy bilimlarni (boshqa turdagilarni – tarixiy hujjatlarni, 
badiiy adabiyotni ham) axborotlashtirish, kompakt disklarga ko‘chirish, internet 
tarmog‘iga joylashtirish, elektron kutubxonalar tashkil etish, alifbo tartibida va 
tematik jihatdan tizimlashtirish dolzarb muammolardan biridir. Ushbu yo‘nalishda 
butun dunyoda izlanishlar va amaliy ishlar jadal olib borilmoqda. 


Ilmiy bilimlarni (boshqa turdagi bilimlarni ham) axborotlashtirish ularning 
faqat elektron variantlarga o‘tkazilishinigina anglatmaydi. Shuningdek, ularni 
mavzularga, muammolarga bo‘lib tizimlashtirishni va zarur ilmiy axborotni izlab 
topishning qulay saytlarini, portallarni, kodlarini, nusxa ko‘chirish, o‘qish, 
foydalanish usullarini yaratishni ham bildiradi. Hech bir olim, tadqiqotchi o‘ziga 
kerakli ilmiy axborotni aks ettiruvchi barcha tillarni bilmaydi. Bu esa ularni 
jahonning keng tarqalgan asosiy tillariga o‘girish, yoki texnik vositalar yordamida 
tarjima qilish zaruratini tug‘diradi. Ilmiy axborotni tarjima qilish, fan sohalari 
bo‘yicha referativ jurnallar (yangi tadqiqot natijalarini kengaytirilgan annotatsiyasi, 
bayoni) chop etish va elektron variantda ham aks ettirish axborotlashtirishning yana 
bir shaklidir. Axborotlashtirish elektron tarjimalar, ikki va ko‘pjildli lug‘atlar 
yaratish bilan muvoziy olib borilmoqda. Bundan tashqari, axborotlashtirish elektron 
kitoblarni, maqolalar va ma’lumotlarni vizual olish qatorida “ovozli” olish, ya’ni 
eshitishga mo‘ljallanishi kerak. Chunki displeydagi, ekrandagi yozuvni o‘qish kishi 
ko‘zini tez toliqtiradi. 
Fanni axborotlashtirish ilmiy bilimlarni axborotlashtirishga nisbatan kengroq 
tushuncha. U yuqorida aytilganlardan tashqari, fanning o‘zini, tadqiqot vositalarini, 
ilmiy qurilmalar, laborotoriyalar, markazlarni axborot texnologiyalariga asoslangan 
kompyuter dasturlari (umuman raqamli, dasturiy axborot) bilan ta’minlashni 
nazarda 
tutadi. 
sentrofugalardagi, 
sinxrofazotronlardagi, 
kollayderlardagi, 
elementar zarrachalarni tezlashtiruvchi boshqa qurilmalardagi jarayonlarni ko‘z 
bilan ko‘rib kuzatish, hisoblab borish, tadqiq qilish jismonan imkonsiz va havfli. 
Buning uchun elektron hisoblash uskunalari, jarayonlarni kuzatib, qayd qilib 
boradigan, eslab qoladigan, xavfsiz ekranlarga onlayn rejimida va aks ettiradigan 
keyineslab qoladigan, keyin ularni sekinlashtirib ekranlarda ko‘rsata oladigan 
“aqlli” mashinalar – kompyuterlar kerak. Zamonaviy fizikaviy, kimyoviy, 
biotexnologik eksperimentlarni, aniq hisob-kitoblarga, matematik modellashtirishga 
asoslangan nazariy tadqiqotlarni axborot texnologiyalari va kompyuter dasturisiz 
bugun amalga oshirish mumkin emas.


Axborotlashtirish 
hattoki 
yangi 
texnika 
jihozlari, 
asbob-uskunalar, 
mashinalardan tortib to maishiy ro‘zg‘or buyumlarining konstruksiyalarini 
yasashgacha, ularni sinovdan o‘tkazishgacha kirib keldi. Tegishli dasturlar bilan 
ta’minlangan 3D printerlari bunday buyumlar namunalarini yasab bermoqda. 
Biotexnologiyalarni, g‘arovli hujayralardan tananing kerakli organini o‘stirib, 
ishdan chiqqanlarini yangilashni, genetik modifikatsiyalashgan oranizmlarni va 
sh.k. kashfiyotlarni fanning tegishli sohalarini axborotlashtirmasdan, unga axborot 
texnologiyalarini joriy qilmasdan, umuman rivojlantirib bo‘lmaydi.
Axborotlashtirish bilish jarayonini osonlashtirish qatorida o‘rganilayotgan 
narsa va hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytiradi va teranlashtiradi. Dastlab inson 
o‘rganilayotgan ob’ektning shakli, tuzilishi o‘lchovlari va boshqa miqdoriy 
ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Ularni narsa va hodisalarning voqe bo‘lishi, tashqi 
axborot deyish mumkin. Keyin uning xossalari, turli sharoitda bu xossaning 
o‘zgarishi, rivojlanishi kabi ichki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi, ichki axborotlarni 
umumlashtiradi. Bilish jarayonida tashqi muhit va unga moslashish tufayli narsa va 
hodisalarda hosil bo‘layotgan yangi axborot, yoki ilgari “o‘qitilmagan”, 
aniqlanmagan axborot to‘planib boraveradi. Natijada bilimlarning kengayishi va 
chuqurlashuvi yuz beradi. Bu jarayon davom etaveradi, to‘xtab qolmaydi. 

Download 313,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish