Dunyo jadallik bilan rivojlanayotgan bugungi sharoitda insonlarda jamiyatda mavjud barcha voqelik va hodisalarga nisbatan qiziqish uyg`onadi. Bu esa ularni о`rganishni, tadqiq etishni talab etadi



Download 241 Kb.
bet1/13
Sana06.06.2022
Hajmi241 Kb.
#641453
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
davlat va huquq nazariaysi faninin


Mundarija:
I.Kirish
1.1. Davlat va huquq nazariyasining о`ziga xos xususiyatlari.
1.2. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti va metodlari.
II.Asosiy qism.
2.1. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy fanlar tizimidagi о`rni.
2.2. Davlat va huquq nazariyasi fanining funksiyalari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Dunyo jadallik bilan rivojlanayotgan bugungi sharoitda insonlarda jamiyatda mavjud barcha voqelik va hodisalarga nisbatan qiziqish uyg`onadi. Bu esa ularni о`rganishni, tadqiq etishni talab etadi. Shunday muhim ijtimoiy hodisalar, insonlarni qiziqtirib kelayotgan masalalar qatorida davlat va huquq aloxida о`rin egallaydi.
Inson о`zi tug`ilgan zaminni, diyorni, mamlakatni о`ziga xos xususiyatlarini, dunyo davlatlari о`rtasidagi mavqeini о`rganishga, shu yurtda istiqomat qilish jarayonida unga berilgan huquq va erkinliklar hamda ularning mohiyatini tadqid etishga xarakat qiladi. Binobarin, davlat va huquq masalasi xar vaqt insonlar diqqat markazida bо`ladi.
Xar bir ijtimoiy xodisani tadqid etish muayyan ilmiy yо`nalishda, ma`lum bir fan orqali amalga oshiriladi. Davlat va huquq masalasi - Davlat va huquq nazariyasi fani yordamida о`rganiladi.
Davlat va huquq nazariyasi asosiy yuridik о`quv fani sifatida:
birinchidan, о`zining muayyan predmetiga ega;
ikkinchidan, davlat va huquq haqida yaxlit bilim beradi, davlat va huquqning mohiyatini, taraqqiyot bosqichlari va qonuniyatlarini ochib beradi;
uchinchidan, davlat va huquq sohasida tо`plangan bilimlar sifatida «davlat», «huquq» va boshqa kategoriyalarni ifoda etadi;
tо`rtinchidan, davlat va huquqning ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanishidagi obyektiv jarayonlarni va taraqqiyot qonuniyatlarini aks ettiradi.
Xullas, davlat va xuquq nazariyasi yuridik ta`lim tizimidagi о`quv fanlari orasida markaziy о`rin egallaydi. Bu fan bо`lajak huquqshunoslarda huquqiy tafakkur va dunyoqarashni, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Davlat va huquq nazariyasini xukuqshunoslik alifbosi deyish mumkin.
Ushbu fanning о`ziga xos xususiyatlari quyidagi omillarda о`z ifodasini topadi:

  • Davlat va huquq nazariyasi jamiyatdagi muhim ijtimoiy xodisa davlat va huquqni о`rganadi;

  • Davlat va huquq inson hayotining asosiy mezoni xisoblanadi;

  • Davlat va huquq bir necha asrlik tarixiy davrni о`z ichiga oladi;

  • Inson о`zi istiqomat qilayotgan zaminga, ya`ni davlatga xamisha qiziqish bilan qaraydi;

  • Inson о`z faoliyati davomida muayyan qoida, norma, ya`ni huquqqa amal qilish barobarida uning mohiyatini anglashga ehtiyoj sezadi;

  • Davlat va huquq dunyo rivoji, jamiyat taraqqiyoti bilan aloqadorlikda rivojlanib boradi.

Turli tarixiy davrda, muayyan makonda istiqomat qilgan insonlar о`sha davrning siyosiy tuzumi, mafkuraviy-g`oyaviy jixatlari, boshqaruv xususiyatlari, ijtimoiy ongning taraqqiyotidan kelib chiqqan holda, davlat va huquqqa munosabat bildiradi. Mamlakatimiz о`z mustaqilligini qо`lga kiritganidan sо`ng jamiyat hayotining barcha jabhalarida bо`lgani kabi davlat va huquqqa ham yangicha qarash, yangicha yondoshuv paydo bо`ldi. Mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibiga kirgan vaqtda davlatga iqtisodiy xukmron sinflarning tashkiloti, huquqqa esa ijtimoiy tartibga solishning zо`rlik quroli sifatida munosabat bildirilgan.
Bugungi kunga kelib, ya`ni demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zо`rlik va bostirish yо`li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta`biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanmoqda. Zamonaviy huquqqa esa, ijtimoiy hamjixatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida yondoshilmoqda.
Davlat va huquq nazariyasi ham о`z mazmun-mohiyatiga kо`ra taraqqiy etmoqda. Unga yangicha zamonaviy qarash, yondoshuv shakllanmoqda. Ayniqsa, О`zbekiston Respublikasi о`z oldiga demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdek buyuk maqsad qо`yar ekan, davlat va huquqqa, uni о`rganishga, tadqiq etishga ehtiyoj sezila boshladi. Huquqiy davlatda qonun ustuvorligi eng asosiy tamoyil sifatida e`tirof etilsa, fuqarolik jamiyatining zaruriy sharti, unda yashayotgan fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va madaniyati, huquqlardan habardorlik darajasi hamda huquqqa nisbatan chuqur hurmatda ifodalanadi. Bu tushunchalar albatta, davlat va huquq nazariyasining obyekti xisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat va huquq nazariyasi zamonaviy, dunyo taraqqiyoti, sivilizatsiya bilan hamohang harakatlanuvchi muhim ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi.
Davlat va huquq nazariyasi nafaqat mamlakatimizda, balki jahon hamjamiyatida yangilanish va yuksalishni о`z boshidan kechirmoqda. Chunki, dunyo jadallik bilan rivojlanmoqda. Davlatga munosabatni, davlatni boshqarishni, davlat mohiyatining anglashni zamonaviy kо`rinishlarini vujudga kelayotganligi muhim ijtimoiy hodisa xisoblangan - davlatning rivojlanayotganligi bildiradi. Davlat va huquqning paydo bо`lishi va rivojlanishidagi umumiylik, о`zaro aloqadorlik о`z navbatida davlat bilan bir qatorda huquq ham jadallik bilan takomillashib borayotganligidan dalolat beradi. Huquqqa liberal yondoshuv, uning insonlar hayotiga yanada yaqinlashayotgani, ularning manfaatlarini yanada mukammal aks ettirayotganligina namoyon etmoqda.
Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisa kabi davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlat ham, huquq ham inson uchun, uning manfaati uchun mavjudligi va faoliyat olib borishi fuqarolar tomonidan e`tirof etilmoqda. Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli guruhlar, ayrim tabaqalar yoki alohida shaxslarning manfaatining ximoyachisi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni bostirish quroli sifatida foydalanilgan bо`lsa, bugunga kelib ular inson hayotidagi farovon hayotni ta`minlish mezoni sifatida maydonga chiqadi.
Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondoshuv, huquqiy davlatning mazmun-mohiyati, fuqarolik jamiyati barpo etishni, inson huquq va erkinliklarini ta`minlashning eng asosiy yо`nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va huquq nazariyasining vazifasidir. Bu о`z navbatida fanning xususiyatlarini ochib berish bilan bir qatorda, bugungi kundagi uning ijtimoiy ahamiyatini, naqadar dolzarbligini namoyon etadi.



Download 241 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish