Zamonga mos bo`lmagan insonlar
Bir nechta zerikarli vazifalarni masalan, kirlaringizni yuvayotganingizni, mashina yo`lidagi qorni kurashni yoki daromad solig’i anketasini to`ldirishni ko`z oldingizga keltiring. Quyidagi savollarni ko`rib chiqamiz.
1. Siz bu vazifani hozir bajarish uchun 50 daqiqa sarflashni (A) tanlaysizmi yoki vazi-fani ertaga bajarish uchun 60 daqiqa sarflashni (B) tanlaysizmi?
2. Siz bu vazifani 90 kunda 50 daqiqa sarflab bajarishni (A) tanlaysizmi yoki 91 kunda 60 daqiqa sarflab bajarishni (B) tanlaysizmi?
Ko`pchilik insonlar bunday savollar berilganda, 1-savol uchun B javobni, 2- savol uchun A javobni tanlashadi. 2-savoldagidek agar kelajakka nazar tashlasak, insonlar ze-rikarli vazifani bajarishga ketadigan vaqtni minimallashtiradi. Lekin 1- savol kabi mashqni zudlik bilan qilishga to`g’ri kelsa, ular buni orqaga surishni tanlashadi. O`ylab ko`rsak, bu harakat ajablanarli emas. Har kim vaqtnni orqaga suradi. Lekin ratsional in-son nazariyasidan kelib chiqsak, quyidagi jumboqni yuzaga keltiradi va oy’lantirib qo`-yadi: masalan, 1-savolga bir inson 90 kun ichida 50 minut sarflashni tanladi desak, ke-yin 90-kun kelsa va unga o`z fikrini o`zgartirishga imkon bersak. Natijada u 1-savol bi-lan to`qnashadi va u vazifani keying kunga qoldirishga qaror qiladi. Lekin nega vaqt-ning arzimagan o`zgarishi uning qarorlariga ta’sir qilyapti?
Hayotining ko`p qismida odamlar o`zlari uchun rejalar tuzishadi lekin keyin unga mos ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Sigareta chekuvchilar o`zlariga chekish-ni tashahni va’da berishadi lekin o`zlarining oxirgi sigaretasini chakayotgan so`nggi damlarda u yana chakishni xohlaydi va va’dasini buzadi.
Ortiqcha vazndan qutilmoqchi bo`lgan insonlar boshqa desert yemaslikka va’da be-rishadi lekin ofitsant desert arvachasini olib kelganida u va’dasi haqida unutadi. Ikkala holatda ham bir zumlik rohat bo`lgan istak oldingi qarorlarni unitishga sabab bo`ladi.
Ba’zi iqtisodchilar iste’molni tejashni odamlarning davr bilan hamnafas emaslikla-rini namoyon etishdagi yaqqol misol ekanligiga ishonishadi. Jamg’arish bu sigaretani yoki desertni tashlashga o`xshaydi va uzoq kelajak mukofoti uchun hozirda qurbonlik qilish. Va ko`pchilik chekuvchilar kabi chekishni tashlashni xohlashadi va ko`pchilik ortiqcha vazn egalari kamroq ovqatlanishga harakat qilishadi, ko`pchilik xaridorlar foy-dasini ko`proq qismini tejashga harakat qilishadi. Bir tekshiruvga ko`ra, 76% amerika-liklar nafaqa uchun yetarlicha pul jamg’armaganini aytishgan.
Sigareta chekuvchi sigaretani uloqtirib yuborish orqali chekishni tashlashi mumkin va diyetadagi inson muzlatgichga qulf osib qo`yishi mumkin. Judayam kam tejaydigan inson nima qilishi mumkin? U pullarini ishlatishdan avval ularni qulflashni yo`lini to-pishi lozim. Ba’zi 401(k) kabi pensiya schotlarida aynan shunday qilinadi. Ishchi u hali ko`rmagan to`lov qog’ozidan pul olishlariga rozi bo`lishi mumkin. Hisob raqamiga qo`-yilgan mablag’dan nafaqaga chiqishdan avval faqatgina jarima to`lab foydalanish mum-kin. Balkim bu nafaqa hisob fondi mashhurligining bir sababidir. Ular odamlarni ular-ning ikkilamchi ehtiyojlaridan himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |