6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Insonnning bioijtimoiy mohiyati



Download 270,96 Kb.
bet39/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
6- Mavzu

Insonnning bioijtimoiy mohiyati. Falsafiy antropologiya echadigan muhim muammolar orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin egallaydi. Inson jonli tabiatning bir qismi, shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi hozirgi zamon tabiatshunosligi fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma’rifatli odamlarning keng doirasi uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalilga aylandi. Har bir inson o‘z biologik xususiyatlari: genetik kodi, vazni, bo‘yi, mijozi, terisi va sochining rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‘ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson ijtimoiy mavjudot ekanligi, uning o‘ziga xosligi va betakrorligi odamzotning ijtimoiy tabiati, u kamol topgan, ta’lim-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy qadriyatlar va mo‘ljallarni o‘zlashtirgan ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham shak-shubhasizdir .Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, insonning kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi.
Insonni tushunishda dualizm va monizm. Odamlar o‘rtasidagi biologik va ijtimoiy farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini tushunishga nisbatan ikki muhim yondashuv: dualistik va monistik yondashuvlar kelib chiqadi.
Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan iboratki, odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – mustaqil mohiyat sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan tashkil topgan mavjudot sifatida qaraladi. Bu yondashuv, masalan, boqiy g‘oyalar dunyosida yashaydigan o‘lmas jon inson tug‘ilayotgan paytda uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib o‘rnashadi, uning o‘limidan keyin esa vujudni tark etib, yana g‘oyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan Platon falsafasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi SHarq falsafiy an’anasiga ham xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan o‘zganarsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun etarli dalillar mavjud emas, shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q.
SHunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat biologik mavjudotmi yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi. U, hech shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir. Ammo bu ikki asosning o‘zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan ustunroqmi va inson mohiyatini nima belgilaydi – bu qizg‘in bahs-munozaralar predmetidir. Mazkur masalalar hanuzgacha o‘zining uzil-kesil echimini topgani yo‘q, hozirda mavjud turli biologik, psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
YUqorida zikr etilgan muammoning echimiga nisbatan mavjud yondashuvlar orasida insonning bioijtimoiy tabiatini tushunishga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar ifodasi sanalgan biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari alohida o‘rin egallaydi. Bunda ularning har biri boshqasini butunlay rad etmaydi, ammo insonning muayyan bir (biologik yoki ijtimoiy) tabiatini ustunroq qo‘yadi yoki hatto mutlaqlashtiradi.
Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari insonni uning tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi. XVIII asr oxirida jamiyat hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy o‘rinish deb hisoblash mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari esa faqat arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish vositalari sifatida qaraydi.
Demografik muammolarning echilmagani, shuningdek ular XX asrda yanada keskinroq tus olishi shunga sabab bo‘ldiki, Maltus g‘oyalari neomaltuzchilar deb nomlangan o‘z davomchilarini topdi va topishda davom etmoqda.
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy tanlanish haqidagi ta’limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi, balki uning mohiyatini, pirovard natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar tabiatini tushuntirishga harakat qilgan sotsial-darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi zamonda bu yo‘nalishni odamlarga ham, hayvonlarga ham teng darajada xos bo‘lgan irsiyatga urg‘u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda.
Sotsiobiologlar fikriga ko‘ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy omillar bilan belgilanadi va hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon - engishga qodir emas. Inson tabiati xususida shunga o‘xshash qarashlarga ayrim odamlarningboshqa odamlardan ustunligini faqat ularning «oliy» yoki «past» irqqa mansublik belgisiga ko‘ra e’lon qiluvchi irqchilik konsepsiyalarida ham duch kelish mumkin. Bu, xususan, «irqiy tozalik» uchun kurash olib borgan va «irqiy tanlanish»ni amalga oshirish g‘oyasini faol ilgari surgan fashistik mafkurada ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Irqiy tanlanish g‘oyalari zamirida asosan XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keng tarqalgan «inson irsiyatining oliy sifati»ga qanday vositalar bilan va qay tarzda erishish mumkinligi haqidagi ta’limot – evgenika yotadi.
XX asr boshlarida bu ta’limot shu darajada keng tarqaldiki, ayrim mamlakat-larda davlat siyosati bilan uzviy bog‘landi. Xususan, 1920-1930-yillarda Daniya, SHvetsiya va Norvegiyada jamiyatda tabiiy tanlanishni ijtimoiy mustahkamlovchi irqiy qonunlar qabul qilindi. Sotsiologizatorlik konsepsiyalari inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga harakat qiladilar. Bunda ular ba’zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki so‘nggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shubois jiddiy e’tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy e’tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratiladi. Pirovardda ijtimoiy asos individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta’limotlarga, xususan, Platon falsafasiga ayniqsa xosdir. Umuman olganda, bu individualizm v akollektivizm muammosidir.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish