6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Jamiyatning materialistik talqini



Download 270,96 Kb.
bet6/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Jamiyatning materialistik talqini. XIX asrgacha bo`lgan davrda jamiyatga oid qarashlarda diniy va idealistik qarashlar chambarchas holda hukmron bo`lishiga qaramasdan, Levkipp va Demokritdan tortib to L. Feyerbax va N.G.CHernishevskiygacha bo`lgan, yirik mutafakkirlari qarashlarida ayrim materialistik g`oyalar mavjud edi. Masalan, Demokrit ta`kidlashicha, insonning «qo`li, aqli va idroki» insonning ehtiyojlari ta`siri ostida ijtimoiy qadriyatlarni yaratdi. Lukretsiy Kar jamiyat ham tabiat ham xudolarning irodasi bilan paydo bo`lmaydi va ular orqali boshqarilmaydi degan fikrni ma`qullaydi.
SHarq mutafakkirlarining qarashlarida ham jamiyatni materialistik talqin etishning ayrim elementlari bor. Masalan, Forobiy jamiyat paydo bo`lishining tabiiy sabablarini topishga intiladi. U «moddiy ehtiyojlarni birinchi darajaga olib chiqadi va bu bilan jamiyatning paydo bo`lishi muammosini ko`taradi»10.
YAngi davrda tabiiy fanlarning va mexanik-materialistik g`oyalarning rivojlanishi ham ijtimoiy taraqqiyotni materialistik asosda tushuntirish to`g`risidagi bilimlarning shakllanishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Bu jarayonga XVIII asr fransuz materialistlari katta hissa qo`shdilar. Bu esa, a)jamiyatni idealistik-teologik tushunishni inkor qilish; b)determinizm konsepsiyasini (ijtimoiy hodisalarning paydo bo`lishining sababiyligini) belgilash; v)jamiyatning insonlarning o`zaro munosabatlari va o`zaro ta`sirlari asosida qurilishi; g) rivojlanishning asosi deb amaliy tajriba va qarashlarga ahamiyat berish kerakligini a`kidlash. Masalan, L.Feyerbax o`zining naturalistik konsepsiyasini jamiyatnidiniy va idealistik talqin etishga qarshi qo`yadi. Uning asosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida inson sezgilari ekanligi ta`kidlanadi. Umuman olganda, L.Feyerbax materializmi antropologik xarakterga ega.
Ijtimoiy rivojlanishning materialistik talqini K.Marks va F.Engelslarning «Kapital», «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi», «Nemis mafkurasi», «Falsafa qashshoqligi», «Muqaddas oila» asarlarida keng yoritilgan. Ular «ijtimoiy borliq», «ijtimoiy ong» kabi falsafiy tushunchalarini asoslab berib, birinchisini ikkinchisiga nisbatan birlamchi ekanligini ta`kidladilar. Ijtimoiy rivojlanishning asosini ijtimoiyishlab chiqarish tashkil qilishi tushuntirib berildi. Jamiyat rivojlanishining tarixiy bosqichlarida ma`lum bir moddiy ishlab chiqarish usuli yotishi, bu esa ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida ifodalanib, insoniyat jamiyati tarixi esa formatsiyalarning ketma-ket almashinuvidan iboratdir.
Ijtimoiy rivojlanishni tushuntirishga oid hozirgi zamonaviy materialistik talqinlar etarli darajada ko`p va rang-barangdir. Eng avvalo, «dialektik-gumanistik» oqim nuqtainazaridan jamiyatni ko`proq «insoniylashtirish», gumanizatsiyalashtirish kerak. SHu maqsadda falsafaning quyidagi turli maktablari va yo`nalishlarining g`oyalarini materialistik g`oyalar bilan birlashtirishga harakat qilinadi: neoxegelchilik (Frankfurt maktabi – T. Adorno, T.Maruze, YU.Xabermas va b.); freydizm (freydomarksizm – V.Rayx, E.Fromm va b.;ekzistensializm (J.-P. Sartr, A. Lefevr, M. Merlo-Ponti va b.); fenomenologiya (E. Pachi, P.Pikone va b.), «Hayot falsafasi» (E.Blox) va boshqalar. Masalan, J.-P.Sartr to`g`ridan-to`g`ri «ijtimoiy materiya»ning mavjudligi to`g`risida gapirsa, «frankfurtchilar» esa jamiyatning iqtisodiy tuzilmasi tahliliga o`z e`tiborlarini qaratadilar.
XX asr ijtimoiy falsafasining rivojiga venger faylasufi Derd Lukach (1886-1971), jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Uning g`oyalari nafaqat Vengriyada (A.Xeller. F.Fexer, A.Xegedush), balki boshqa davlatlarda – YUgoslaviya (G.Petrovich, M.Markovich, S.Stoyanovich), Fransiyada (L.Goldman) ham ko`pgina mutafakkirlarning falsafiy qarashlari shakllanishiga asos bo`lib xizmat qildi. Lukach va uning izdoshlari falsafa bus-butunicha jamiyatga yo`naltirilgan, tabiat esa insonning unga nisbatan aqliy-amaliy munosabati orkali qaralishi kerak, deb taxmin qiladilar.
Jamiyat rivojlanishi to`g`risidagi zamonaviy qarashlar rivojining yana bir yo`nalishi «ssientizm» yo`nalishidir. Ular materializmni «tarixdan», «empirizmdan», «mafkuradan» tozalash yo`li bilan «ilmiylashtirish», «yaxshilash» orqali takomillashtirish kerak, deb uqtiradilar. Bu oqimning namoyondalaridan biri fransuz faylasufi Lui Altyusserdir. Aynan u nazariyani empirik, ideologik, sub`ektiv qatlamlardan «tozalab», ilmiy ijtimoiy falsafani yaratish vazifasini ilgari surdi. Altyusserning fikricha, falsafadagi asosiy tushuncha «amaliyot»dir. Amaliyotni iqtisodiy jihatdan tor ma`noda tushunishni bartaraf etish uchun Altyusser amaliyotning uch xil turiga (iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy) oid tushunchani kiritadi. Faylasufning fikricha, «ular bir-birlari bilan o`zaro ta`sirda bo`lgan holda shakllanish va rivojlanishning o`z mantig`iga ega, shu sababli iqtisodiyot siyosat va mafkuraga ta`sir ko`rsatadi va o`z navbatida ular ham iqtisodiyotga ta`sir o`tkazishi mumkin». Altyusserning qarashlari Fransiyada (E. Balibar, D.Lekur, P.Reymon, N. Pulantsas), Buyuk Britaniyada (B.Xindess, P.Xerst), Italiyada (G.Della Volpe va b.), AQSH da (Dj. Eleter, Dj.Remer i b.) keng tarqalgan.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish