6 Mavzu. Keys stadi texnologiyasi, Keysni tarix ta'limi jarayoniga joriy etish (2 soat) Reja



Download 115,5 Kb.
bet7/12
Sana12.07.2022
Hajmi115,5 Kb.
#780026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6 mavzu (keyingi

O`quv keyslari

O`quv muammoli vaziyat (o`quv keysi) tashkil etishning maqsadi guruh xonasida aniq muammoli vaziyatni mavjud imkoniyatlar va tavakallikni hisobga olgan holda muqobil yechimlarini muhokama qilish orqali qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iboratdir.
Keys usulini samarali qo`llash o`quv guruhiga muammoli vaziyatni muhokama qilish imkoniyatini berish orqali talabalarning anglashini faollashtiradi, o`z bilimi va g`oyasini mujassamlashtirish, muhokama jarayoni va mazmunini kuzatish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki, o`qitishning dastlabki bosqichlarida talabalar juda ham faol bo`lmasdan o`z fikrlarini ochiq bayon etishga qodir bo`lmaydi. Bunday to`siq talaba uchun qarashlari va fikrlarini guruh yoki o`qituvchi tomonidan tanqidga uchrashishi mumkinligidan xavfsiragan holda ma’lum qiyinchiliklar tug`diradi.
Ko`pincha shunday hollar bo`ladiki, o`qituvchi vaqtning tig`izligi tufayli talabalar bilan suhbat-muloqot yoki to`liq savol-javob o`tkaza olmaydi. Ana shunday hollarda zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan biri bo`lgan keys usulidan foydalanish mumkin.

  • yechilishi zarur bo`lgan muammoni qamrab olgan haqiqiy vaziyat ifodasi;

  • tinglovchilar tomonidan muhokama qilinishi mumkin bo`lgan va odatda, qaror qabul qiluvchi menejer nuqtai nazaridan bayon etilgan vaziyat;

  • auditoriyada mavjud imkoniyatlar va tavakkalni hisobga olgan vaziyat bo`yicha qaror qabul qilish muhitini tashkil qilish;

  • kelgusida aniq tadqiqotlar o`tkazish uchun manba.

Keyslardan foydalanish usullari:
1. Yakka holda namoyish qilish.
2. Jamoa tomonidan namoyish etish.
3. Guruhlarda muhokama qilish va so`ngra guruhda munozara o`tkazish.
4. Ishbilarmonlik o`yini.
Keys muhokamasi tartibi:
Keys muhokama qilishni quyidagi ketma-ketlikda o`tkazish lozim:
1. Keys mazmuni bilan shaxsan tanishish.
2. Kichik guruhlarda muhokama qilish («Sindikat» usuli).
3. Guruhda umumiy muhokama o`tkazish.
Keys muhokamasida e’tiborni quyidagilarga qaratish tavsiya etiladi:

  • qaralayotgan keysning asosiy maqsadini aniqlash;

  • keysdagi vaziyatni haqiqiy holatlar bilan taqqoslash imkoniyatini ko`rib chiqish;

  • mumkin bo`lgan «tuzoqlar»ni aniqlash ya’ni ikkinchi darajali masalalarni muhokama qilish, noto`g`ri qarorlar qabul qilish va h.k;

  • o`quvchi-talabalar uchun tushunarsiz ma’lumotlarni aniqlash;

  • keysda bayon etilgan muammoni yechishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan ma’lumotni aniqlash;

  • keysdagi muammoni yechish uchun oraliq qadamlarni ilg`ab olish;

  • muammoning hal etish muqobil yo`llarini belgilash;

  • munozarani tugatish tartibini belgilash;

  • yakuniy izohlash va munozara natijasini xulosalash.

Yuqorida keltirilgan usullar bilan bir qatorda faol o`qitish metodlari sarasiga kiruvchi «Ishbilarmonlik», yoki «Boshqaruv» deb yuritiluvchi o`yinlar bilim va ko`nikmalar hosil qilishda o`z samarasini ko`rsatadi.
«Ishbilarmonlik o`yinlari – faol o`qitish metodlaridan biri bo`lib u real «o`rganilayotgan obektni to`g`ri anglash maqsadida tahsil oluvchining u yoki bu vaziyatini o`yin holida talqin qilishga qaratilgan usuldir».
«Kompyuterli «ishbilarmonlik» o`yinlari ham o`z mohiyati bo`yicha muayyan faoliyat motivi, unda aqliy operatsiyalarning ishtiroki va hissiy ko`rinishi jihatidan muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga mo`ljallanadi. «Kompyuterli ishbilarmonlik» o`yinlari quyidagi maqsadlarga yo`naltirilgan bo`ladi:

  • o`quv maqsadlariga, ya’ni o`quv jarayonida mutaxassislarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash va bilimlar tizimini o`zlashtirishga;

  • ilmiy-izlanuv, boshqaruv tajribasini tahlil qilishga;

  • ijodiy faoliyat natijasida vujudga keladigan muammolarni va ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo`ljallangan real axborot materialiga tayanishga va h.k..».

  • Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan innovatsion yangicha usullar orqali talabalarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi holatlarda ijobiy kechadi:

  • birinchidan: muammoli vaziyatlarni mashg`ulot boshlanishida talabalarga taklif etish yoki predmet mavzusini ifoda eta oladigan maxsus muammoli topshiriqlar berish;

  • ikkinchidan: muammoli vaziyatlar orqali talabaning qiyinchiliklarni engish, innovatsion usul va harakatlarni izlab topishni talab qilish;

  • uchinchidan: talabalarning motivasion doirasiga ta’sir o`tkazish, ya’ni ichki harakatlanuvchi kuchini yuzaga keltirish, fanga bo`lgan qiziqishini orttirish;

  • to`rtinchidan: talabalarning kreativ (noyob, standartli bo`lmagan) qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • beshinchidan: talabalarni mustaqil fikrlab, to`g`ri xulosa chiqarishga tayyorlash.

Bu metodlar talabalarda jahon andozasiga mos bilimlarni egallashlariga imkon beradi va albatta, ta’lim samaradorligiga erishga olib keladi.

Download 115,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish