6-mavzu: Umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishishi. Kesishish shartlari va algoritmi



Download 0,58 Mb.
Sana19.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#562370
Bog'liq
6 (1)

6-mavzu:Umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishishi. Kesishish shartlari va algoritmi.


Reja:
1. Umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishishi.

2. Kesishish shartlari va algoritmi.



To‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishishi


Agar to‘g‘ri chiziq tekislikka parallel yoki tegishli bo‘lmasa bu to‘g‘ri chiziq tekislik bilan kesishadi.
To‘g‘ri chiziq tekislik bilan kesishishi natijasida nuqta hosil bo‘ladi.
Bu nuqtani aniqlash uchun quyidagi yasash algoritmlaridan foydalanadi (4.40-rasm)

  • Berilgan a to‘g‘ri chiziqdan yordamchi S tekislik o‘tkaziladi: a Ì S

  • R va S tekisliklarning kesishish l chizig‘i yasayladi: S Ç R = l

  • a to‘g‘ri chiziqning l bilan kesishgan nuqtasi K = al bo‘ladi.


Demak, K nuqta a to‘g‘ri chiziqqa va R tekislikka tegishli umumiy nuqta bo‘ladi. Odatda, yordamchi S tekislikni proeksiyalovchi vaziyatda o‘tkaziladi.
CHizmada a(a′, a″) to‘g‘ri chiziqning R(RH, RV) tekislik bilan kesishish nuqtasi K ning K′ va K″ proeksiyalarini YUqorida keltirilgan yasash algoritmlari bo‘yicha aniqlaymiz (4.41-rasm). Buning uchun:

  • To‘g‘ri chiziqning a′ proeksiyasidan yordamchi gorizontal proeksiyalovchi S tekislikning SH izini o‘tkaziladi.

  • S va R tekisliklarning kesishuv chizig‘ining l′ va l″ proeksiyalarni yasaladi. Buning uchun tekisliklar izlarining kesishish nuqtalarining proeksiyalari M′, M″ va N′, N″ dan foydalaniladi.

  • a to‘g‘ri chiziqning frontal a″ proeksiyasi S va R tekisliklarning kesishish chizig‘i l ning frontal l″ proeksiyasi bilan kesishib K nuqtaning K″ proeksiyasi aniqlanadi:

K nuqtaning K′ proeksiyasi tekislikning SH iziga, a to‘g‘ri chiziqning a′ proeksiyasiga tegishli bo‘ladi.
YUqoridagi misolni a to‘g‘ri chiziq orqali frontal proeksiyalovchi tekislik o‘tkazish yo‘li bilan ham echish mumkin.
(mÇn) tekislik bilan a to‘g‘ri chiziqning K kesishish nuqtasining proeksiyalari 4.42-rasmdagi chizmada a to‘g‘ri chiziq orqali R(RH) gorizontal proeksiyalovchi tekislik o‘tkazish bilan aniqlangan bo‘lsa, 4.43-rasmdagi chizmada m to‘g‘ri chiziq orqali R(RV) frontal proeksiyalovchi tekislik o‘tkazish yo‘li bilan aniqlangan.

A yrim hollarda to‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishish nuqtasi mazkur tekislikni ifodalovchi chegaralangan ABC tekis shaklning tashqarisida bo‘lishi mumkin (4.44-a, b rasm). Bunday hollarda tekislikni chegaralanmagan geometrik sirt ekanligini esda tutish lozim.



To‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishish nuqtasini yasash algoritmidan foydalanib, turli gemetrik tekis figuralarning o‘zaro kesishish chiziqlarini yasash mumkin. Masalan, 4.45-rasmda ABC (ABC′, ABC″) va DEF (DEF′, DEF″) uchburchaklar bilan berilgan tekisliklarning o‘zaro kesishish chizig‘ining proeksiyalari KL(K′L′, K"L") yasalgan.
d ABC va dDEF tekisliklarning kesishish chizig‘ining yasash uchun ulardan birini, masalan, dDEF ning eF va eD tomonlarining dABC tekislik bilan kesishish K(K′, K″) va L(L′, L") nuqtalarini aniqlanadi.
Xuddi shu tartibda DEF uchburchakning eD tomonning dABC tekislik bilan kesishish nuqtasi K2 ning K2′ va K2" proeksiyalarini yordamchi R(RV) frontal proeksiyalovchi tekislik vositasida aniqlanadi.
C hizmada hosil bo‘lgan K′ bilan K2 va K″ bilan K2" proeksiyalarni o‘zaro tutashtirilsa, uchburchaklar kesishish chizig‘ining proeksiyalari hosil bo‘ladi. Uchburchaklar chegaralangan figuralar bo‘lgani uchun ularning kesishish chizig‘ining proeksiyalari K′L′ va K"L" chegarasida bo‘ladi.
Uchburchaklarning proeksiyalar tekisliklariga nisbatan ko‘rinadigan yoki ko‘rinmaydigan qismlarini aniqlanadi.
Nazorat savollari.
1. Umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishishi qanday bo`ladi?

2. Kesishish shartlari va algoritmini ayting


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish