6-mavzu. Xalqaro korporatsiyalar Xorijiy mamlakatlarda moliya tizimi sub’ekti sifatida Reja


Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining asosiy xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari



Download 59,15 Kb.
bet2/5
Sana20.01.2022
Hajmi59,15 Kb.
#393548
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Xal.korpor.

Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining asosiy xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari

Jahon xo’jaligida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv natijasiga ko’ra vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar o’ziga xos hususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib, uning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojlanishida sezilarli rol o’ynamoqda.

Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari tushuniladi.

Transmilliy korporatsiyalarning quyidagi asosiy xususiyatli belgilarini ajratib ko’rsatish mumkin:



  • TMKlar jahon xo’jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo’lib, aynan ular globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanishadi;

  • milliy chegaralarda sodir bo’layotgan jarayonlardan birmuncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi;

  • dunyoning ko’pgina mamlakatlarida o’zining operatsiyalarini amalga oshirgan holda jahon xo’jaligi munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etishi;

  • TMKlar o’z tarkibiy tuzilmasiga ko’ra, ishlab chiqarish korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkilotlarning xalqaro majmuasi bo’lib, asosiy mamlakatdagi boshqaruv qarorlariga mos holda faoliyat yo’nalishini muvofiqlashtirib boradi;

  • aktsionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta’sis etuvchi mamlakat vakolatiga tegishli bo’ladi;

  • xorijiy bo’linma va sho’’ba korxonalar milliy ishtirok darajasiga ko’ra aralash bo’lishi mumkin;

  • TMK kapitalining harakati korporatsiya joylashgan mamlakatdagi sodir bo’layotgan jarayonlardan erkin bo’ladi;

  • TMKlar asosiy masalalar bo’yicha yagona markazdan boshqariluvchi dunyoning ko’plab mamlakatlarida bo’linmalar, sho’’ba kompaniyalarini joylashtirishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tizimini shakllantirishadi;

  • TMKlar ularga yuqori darajada afzallik beruvchi ko’p millatli aktsionerlik kapitaliga egalik qilishadi;

  • TMKlar dunyoning turli mintaqa va mamlakatlari o’rtasida turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsimlashni samarali tarzda amalga oshiradi;

  • TMKlar ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari, nou-xaular, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish hamda ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish sohalarida uzluksiz faoliyat olib borishadi;

  • mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot va texnologik hamkorlik aloqalarining kengayishiga faol yordam ko’rsatadi;

Korporatsiyalar yuqoridagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan holda transmilliy korporatsiya maqomini oladi. Hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pgina korporatsiyalar mazkur xususiyatli belgilarning barchasini o’zida mujassamlashtirgan.

Zamonaviy jahon iqtisodiyotida transmilliy va oddiy korporatsiyalar o’rtasidagi chegara etarlicha farqlanmaydi, chunki iqtisodiyot globallashuvining rivojlanishi orqali ta’minot bozorlari, ishlab chiqarish hamda mulkchilik munosabatlarida baynalmilallashuv jarayonlari kuchaymoqda. Shuning uchun, tadqiqotchilar tomonidan TMKlarni ajratishda turli miqdoriy mezonlardan foydalaniladi.

Daslab 1960 yillarda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan yillik aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq bo’lgan hamda kamida oltita mamlakatda o’zining filiallariga ega bo’lgan korporatsiyalarni TMKlar jumlasiga kiritildi. Keyinchalik esa TMKlarni ajratishda bir qator mezonlar qo’llanila boshladi. Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan korporatsiyalar TMK jumlasiga kiritiladi:


  • markazlashgan boshqaruv tizimi asosida muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosatni yuritishi;

  • ishlab chiqarish bo’linmalarining majburiyatlar hamda resurslar almashinuvida bir biri bilan faol hamkorligi;

  • yillik savdo hajmi 1 mlrd. dollardan kam bo’lmasligi;

  • umumiy moliyaviy aylanma mablag’larining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha xorijdagi operatsiyalarga to’g’ri kelishi;

  • xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan kam bo’lmasligi;

  • filiallari oltitadan kam bo’lmagan mamlakatlarda mavjud bo’lishi.

Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi hisoblanadi.

Kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi xorijda ko’p sonli bo’linmalariga ega bo’lgan yirik kompaniyalarni tashkil etish va milliy korporatsiyalarning transmilliyga aylanishi orqali xo’jalik aloqalarining ekspansiyasi xususiyatiga ega bo’ladi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko’lamligini ta’minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko’lamda kapital va ishlab chiqarishning bir joyga to’planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi hamda global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi.

TMKlar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajartib ko’rsatish mumkin:

Birinchi bosqich XX asrning boshlariga to’g’ri kelib, bu bosqichda TMKlar tomonidan iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan xorijiy mamlakatlarning xom-ashyo tarmoqlariga investitsiya mablag’lari yo’naltirildi, shuningdek ta’minot va sotuv bo’linmalari tashkil etildi. B upaytda xorijda yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil qilish foyda keltirmasdi. Chunki, bir tomondan qabul qiluvchi mamlakatlarda zaruriy malakali mutaxassislar etishmasdi, texnologiyalar esa hali yuqori darajada avtomatlashgan tizimga ega emasdi. Boshqa tomondan esa, korxonlarga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida ularning joriy ishlab chiqarish holatida yuzaga keladigan vaziyatni hisobga olish lozim edi. Ushbu davrda transmilliylashuv jarayoni turli mamlakatlar firmalarining birlashishi, ular tomonidan ta’minot bozorlarining bo’lib olinishi hamda kelishilgan narx siyosatining yuritilishida namoyon bo’ldi.

TMKlar o’z faoliyati davomida xalqaro ishlab chiqarish bilan jahon savdosini o’zaro birlashtirishga erishdilar. Ular o’zlarining xorijiy bo’linmalari va sho’’ba korxonalari orqali dunyoning o’nlab mamlakatlarida yagona ishlab chiqarish va moliya strategiyasi bo’yicha faoliyat yuritishadi.

Zamonaviy jahon xo’jaligida TMKlar rolini quyidagi ko’rsatkichlar yordamida ko’rish mumkin:


  • TMKlar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi;

  • dunyo sanoat ishlab chiqarishining taxminan 1/2 qismi TMKlar hisobiga to’g’ri keladi;

  • TMKlar bo’linmalarida barcha ish bilan band aholining qariyb 10% faoliyat yuritadi;

  • jahondagi mavjud patent, litsenziya va nou-xaularning deyarli 4/5 qismi TMKlar tomonidan nazorat qilinadi.

TMKlar faoliyati rivojlanishini rag’batlantirishda davlat muhim rol o’ynaydi. Bunda hukumat xalqaro shartnomalar, iqtisodiy va savdo birlashmalari, turli xildagi davlatlararo kelishuvlarni tuzish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ta’minot bozorlari bilan ta’minlash orqali o’z TMKlari faoliyatini rag’batlantiradi.



    1. Download 59,15 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish