6-mavzu. Xalqaro korporatsiyalar Xorijiy mamlakatlarda moliya tizimi sub’ekti sifatida Reja


Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot uchun afzalliklari



Download 59,15 Kb.
bet3/5
Sana20.01.2022
Hajmi59,15 Kb.
#393548
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Xal.korpor.

Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot uchun afzalliklari

Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining kuchayib borishida transmilliy korporatsiyalar muhim o’rin tutadi, ya’ni aynan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch sifatida qaraladi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar filiallarining dunyo mamlakatlari bo’ylab tarqalishi, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida ishlab chiqarishni rivojlanishiga hamda eksport hajmining oshishiga olib keladi. Eksport-import operatsiyalarining rivojlanishi esa, o’z navbatida mamlakatlar iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlaydi.

Transmilliy korporatsiyalarda kapitalining harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo’layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda sodir bo’ladi.

Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiya va yuqori malakali mutaxasislarni talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tendentsiyasi ro’y bermoqda.

Transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo’naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo’lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Bu holat o’z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Transmilliy korporatsiyalar Xorijiy mamlakatlarda moliya tizimi rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Chunki, aynan transmilliy korporatsiyalarning faoliyati orqali butun dunyo bo’ylab investitsiyalar oqimi harakat qiladi. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham keyingi yillarda dunyodagi etakchi transmilliy korporatsiyalar tomonidan investitsiyalar jalb etilmoqda. Bunday transmilliy korporatsiyalar jumlasiga, Coca Cola, Jeneral Motors, Mitsui, Hyundai, Nestle, Samsung va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo’jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, Xorijiy mamlakatlarda moliya tizimi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o’zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o’zining ta’sirini o’tkazadi. Mazkur munosabatlarning barchasini Xorijiy mamlakatlarda moliya tizimi o’zida mujassam etadi.

Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko’lamda bir joyga to’planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi kunda milliy va jahon iqtisodiyotining muhim sub’ektlari bo’lib hisoblanadi. Biroq ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga ko’rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bo’lishi mumkin. TMKlar quyidagi afzalliklarga ega:



  • o’z tuzilmasida ta’minot, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, taqsimlash va sotish korxonalarini birlashtirgan barcha yirik kompaniyalar uchun muhim hisoblangan raqobatbardoshlikni kuchaytirish va samaradorlikni oshirish imkoniyati;

  • aktivlarni samarali boshqarish imkoniyati;

  • xorijiy mamlakatlarning resurslaridan foydalanish (qabul qiluvchi mamlakatlarning moliyaviy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot salohiyati, xom ashyo resurslari hamda yuqori malakali ishchi kuchlaridan foydalanish) yo’li bilan raqobatbardoshlik kuchaytirish va samaradorlikni oshirishning qo’shimcha imkoniyatlari;

  • qabul qiluvchi mamlakatlardagi raqobatchilarning salohiyati, bozorlarning istiqboli haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati hamda xorijiy bo’linmalar mahsulotlarining iste’molchilarga yaqinligi. Shuningdek, TMKlar bo’linmalari asosiy kompaniya va bo’linmalarning boshqaruv va ilmiy-texnik salohiyatining yuqoriligi natijasida qabul qiluvchi mamlakatlardagi korxonlarga qaraganda muhim afzalliklarga ega bo’ladi.

  • mamlakatlar bozorlariga kirishdagi turli xildagi protektsionistik to’siqlarni tovarlar eksportini kapital eksportiga (jumladan, xorijiy filiallarni tashkil etish) almashtirish yo’li bilan olini olish imkoniyati;

  • xorijiy bo’linmalarning ishlab chiqarish faoliyatiga asosiy kompaniya tomonidan yaratilgan yuqori texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning doimiy ravishda joriy etilishi;

  • dunyoning turli mamlakatlariga o’zining ishlab chiqarishlarini joylashtirish orqali ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga keladigan risklarni kamaytirish imkoniyati.

Korporatsiyalarning yirik kapitalning afzalliklari bilan bog’liq bo’lgan ijobiy tomonlari iqtisodiy adabiyotlarda etarli darajada o’rganilgan.

TMKlarning milliy iqtisodiyot uchun quyidagi ijobiy tomonlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin:



  • aholi va sanoat uchun keng ko’lamda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish imkoniyati;

  • milliy iqtisodiyotga yangi fan-texnika yutuqlarining kirib kelishi;

  • iqtisodiyotning turli tarmoqlarida barqaror rivojlanishni ta’minlash;

  • mamlakat mintaqalarida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash;

  • yangi ish o’rinlarini yaratish;

  • kadrlar malakasining oshishi;

  • resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga kelishi;

  • milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimotiga qo’shilishini ta’minlash;

  • investitsion faollikni oshirish;

  • yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati va boshqalar.

TMKlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga ko’rsatadigan salbiy ta’siri ular afzalliklarining davom etishi bo’lib, asosan, ularning juda yirik o’lchamdagi moliyaviy resurslarni to’plashi ularga butun tarmoqlarni va alohida mintaqalarni nazorat qilish imkonini berishi, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga ta’sir qilishi bilan bog’liq. Shuningdek, TMKlarning milliy iqtisodiyot holatiga salbiy ta’sirlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • milliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarini cheklab qo’yilishi;

  • investitsion va ishlab chiqarish jarayonlari rivojlanishida risklarning oshishi;

  • monopollashuv holatining yuzaga kelishi;

  • TMK tomonidan ichki narxlarning qo’llanilishi tufayli byudjet daromadlarini qisqarishi;

  • milliy iqtisodiyotning birmuncha istiqbolli va rivojlangan tarmoqlarini TMKlar tomonidan egallanishi tufayli milliy korxonalar faoliyatining sustlashuvi.

Shuningdek, qabul qiluvchi, kapitalni xorijga chiqaruvchi mamlakatlar hamda butun jahon iqtisodiyoti uchun TMKlar faoliyatining ayrim oqibatlarini quyidagi jadval ma’lumotlarida ko’rishimiz mumkin.

Korporatsiyalar uchun faoliyatning transmilliylashuvi iqtisodiy risklarni pasaytiradi, lekin qabul qiluvchi mamlakatlar uchun bu holat aksincha bo’ladi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarni tark etgan holda o’z kapitalini mamlakat o’rtasida ko’chirishi mumkin. Tabiiy ravishda, bunday sharoitlarda transmilliy korporatsiya kapitali chiqib ketgan mamlakatdagi holat yanada yomonlashishi, ishsizlik darajasining oshishi va iqtisodiyot uchun boshqa salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Raqobat kurashida o’z o’rnini saqlashi uchun har bir TMK doimiy ravishda nazoratidagi kapital hajmini va faoliyat ko’lamini oshirgan holda rivojlanib boradi hamda muayyan bosqichda uning faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi, chunki, davlat manfaatlari bilan alohida tuzilmalarning manfaatlari doimo bir-biriga mos kelavermaydi. Yuzaga keluvchi muammolarni oldini olish uchun qanday sharoitlarda TMKlarning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligini aniqlash hamda ularning faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.



    1. Download 59,15 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish