6-variant Jamiyat hayotida sotsial institutlarning o’rni va roli. Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut belgilari. Sotsial institutning asosiy vazifalari. Sotsial institut turlari



Download 29,62 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi29,62 Kb.
#254621
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sotsiologiya oraliq

3.Sotsial taraqqiyot shakllari.

Ijtimoiy taraqqiyot haqidagi nazariyalar. Ijtimoiy taraqqiyotning mazmun va mohiyatini anglab etish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Ijtimoiy taraqqiyot ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqealar majmui sifatida namoyon bo‘lgan. Ijtimoiy taraqqiyot tavsifi ancha to‘liq bo‘lgan, ba’zan bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning qarashlari ijtimoiy taraqqiyot haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Bu narrativ ijtimoiy taraqqiyotdir (ijtimoiy taraqqiyotchining talqini, interpretatsiyasi). Qadimgi falsafa va diniy dunyoqarashda “progress” emas, balki, aksincha, “regress” tushunchasi afzalroq mavkega ega bo‘lgan. Bu, qadimgi falsafa va diniy ta’limotlarning esxatologik322 g‘oyalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu g‘oyalarga ko‘ra insoniyat jamiyati umuman olganda inqiroz sari harakatlanadi va bu inqiroz pirovardda “qiyomat”bilan yakunlanadi. Ko‘pchilik qadimgi yunon mutafakkirlari, masalan Gesiod, Seneka nuqtai nazarlariga ko‘ra ham insoniyat tarixi undagi holatlarning regressiv tarzda almashinuvidan iboratdir. Aflotun va Aristotelning qarashlariga ko‘ra esa tarix progress va regress sikllining navbat bilan o‘rin almashinuvi jarayonidan iborat bo‘lib, unda progress va regress siklik xarakterga ega.

Keyinchalik qadimgi faylasuflar ijtimoiy taraqqiyotni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, “abadiy ortga qaytish” (F.Nitsshe) sifatida tasavvur qilganlar.

Diniy an’ana ijtimoiy taraqqiyotning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O‘rta asrlarda ilohiy taqdir (providensializm) asosiy ijtimoiy taraqqiyot kuch sifatida e’tirof etildi. Ijtimoiy taraqqiyot voqealarning ichki mantig‘i alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat ijtimoiy taraqqiyot jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig‘ bo‘lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Avreliy Avgustin o‘zining “Ilohiy shahar haqida” asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to‘g‘risida so‘z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan. Ijtimoiy taraqqiyotning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo‘ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir.

Ibn Xaldun ijtimoiy taraqqiyotning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, ijtimoiy taraqqiyot tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, ijtimoiy taraqqiyotning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib so‘z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Ijtimoiy taraqqiyotning harakatida Ibn Xaldun ob’ektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi.

Fan taraqqiyotiga nisbatan “progress” tushunchasi XVII asrlarda dastlab F.Bekon, R.Dekart tomonidan ishlatilgan edi. Tarixning hamisha ilgarilama va chiziqli harakati ma’nosidagi “progress” g‘oyasi esa ijtimoiy munosabatlar sohasiga XVIII asr oxirlarida G‘arb ma’rifatparvarlari A.R.J.Tyurgo, M.J.A.N. Kondorselar tomonidan tatbiq etildi va keyinchalik (XIX asr o‘rtalaridan boshlab) markscha ta’limotda ancha keng oldinga surilgan edi.

Tafakkurning tantanasi g‘oyasi insoniyat ijtimoiy taraqqiyotining mazmuni sifatida Gegel tomonidan ham asoslangan. U ijtimoiy taraqqiyotga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida yondashgan. Gegel fikriga ko‘ra, mazkur taraqqiyot o‘zining alohida vazifasini ado etishi lozim bo‘lgan ayrim xalqlar ruhi orqali amalga oshadi. Uning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot jarayoni “aqlga muvofiq”, ya’ni tasodiflardan yoki ayrim shaxslarning o‘zboshimchaligidan qat’iy nazar o‘ziga yo‘l ochadigan ob’ektiv qonuniyatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy taraqqiyotning mazmuni mutlaq ruh o‘zini o‘zi anglab etishidadir, deb qayd etadi Gegel.

Gegelning fikricha, ma’naviy madaniyat “jahoniy aql” (“mutlaq ruh”) muqarrar va to‘xtovsiz ravishda amal qiladi.

Gegel faqat ma’naviy madaniyatgina jamiyatning bir butun sistema sifatida rivojlanishi uchun imkon beradi, deb hisobladi. U ayniqsa o‘ziga zamondosh bo‘lgan G‘arbiy Yevropa madaniyatiga alohida e’tibor berdi. U ana shu madaniyatning keng yoyilishi, barcha qit’a va mamlakatlarniyg jipslashuviga, jahon hamjamiyatining qaror topishiga olib keladi, deb ta’kidladi.

Ijtimoiy taraqqiyotda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‘rta asrlar falsafasi ilk bor ta’riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g‘oyasi ancha yashovchan bo‘lib chiqdi: u turli yo‘nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta’limotlar nuqtai nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Masalan, Ma’rifatchilik davrida barcha ijtimoiy taraqqiyot voqealarga oqilonalik mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko‘rinishda D.Didro tashabbusi bilan yaratilgan “Ensiklopediya”ning faol ishtirokchilaridan biri, fransuz ma’rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o‘z aksini topgan. U o‘zining “Inson tafakkuri taraqqiyotining ijtimoiy taraqqiyot manzarasiga chizgilari” deb nomlangan risolasida kishilik jamiyatining barcha jabhalariga tafakkurning kirishi g‘oyasini mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi.

XIX asrda falsafadan sotsiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni tushunishga nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda o‘z predmeti va tadqiqot metodlariga ega.

Kontning pozitiv ijtimoiy falsafasida jamiyat rivojlanishining bosh negizi va uning qonuniy xarakterga ega ekanligi muammosi muhim o‘rin tutadi. Kont insoniyatning intelektual evolyusiyasini “uch bosqich qonuni” orqali tushuntirishga harakat qildi. Bu qonunga muvofiq insoniyatni bilish faoliyati uning ijtimoiy ongi butun insoniyat tarixi o‘z taraqqiyotida quyidagi uch bosqichni:

teologik-iloxiy rivojlanish;

metafizik bosqich;

pozitiv yuksalish bosqichlarini kechiradi.

Teologik rivojlanishda diniy-mifologik ong ustun edi. Teologik ong kishining tashqi olamga o‘z munosabatlarini belgilashi, axloq normalarini shakllantirishlari, kundalik muammolarni hal etishlariga imkon bergan.

Metafizik ong bosqichida kishilar diniy tasavvurlarga emas, balki falsafiy tushunchalarga asoslanadilar. Tushunchalar esa inson hayotining real jarayonlarini aks etiradi, real hayotdan kelib chiqadi. Lekin bu bosqichda kishilarning bilimi ancha past bo‘lgan. Metafizik metod teologik qarashning mavqeini pasaytirgan.

Inson ongining pozitiv bosqichida kishilar olamni bilish va ilmiy kuzatishlar asosida olib boradilar. Bu davrda teologik (diniy-mifologik) qarash va metafizik mavhum qarashlar o‘z ahamiyatini yo‘qotib, olamni bilishda ilmiy tushuncha va qonunlarga tayanishning ahamiyati kuchayadi. Rivojlanish qonuniyatlarini bilish, tabiiy qonunlarning avvaldan ko‘rish, sezish, o‘rganishning ahamiyati ortyb bordi.

K.Marks (1818-1883) va F.Engels (1820-1895) jamiyatni o‘z-o‘zidan rivojlanadigan, iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichidagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan o‘ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan barcha tarkibiy qismlari moddiy ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mazkur munosabatlar majmui bazisni, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. SHu asosda jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-ijtimoiy taraqqiyot tipi shakllanadi. Jamiyatning umumiy iqtisodiy asosda shakllanadigan va “alohida, o‘ziga xos xususiyat”ga ega bo‘lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deb belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga Marks pirovard natijada ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining dialektikasi bilan belgilanadigan qonuniy, tabiiy-ijtimoiy taraqqiyot jarayon sifatida qaraydi.

Karl Marks ijtimoiy hayotning fundamental asosini iqtisodiy munosabatlarda ko‘rdi. U ijtimoiy hayot realliklaridan kelib chiqdi: sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan inson tabiatni faol o‘zlashtiruvchi va o‘zgartiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ldi. Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarishning keng tarmoqlarini vujudga keltirdi.

Ishlab chiqarish rivojlana boshladi, iqtisodiy munosabatlar ijtimoiy hayotning zarur sohalaridan biri bo‘lib qoldi. Marks ingliz iqtisodchilari: A.Smit va D. Rikardoning “iqtisodiy inson” g‘oyasini bir yoqlama rivojlantirdi. Inson hamisha iqtisodiy manfaat, foydani ko‘zlar ekan, barcha ijtimoiy munosabatlar asosida iqtisodiy munosabat hal qiluvchi rol o‘ynaydi, deb hisobladi.

G.Spenser sotsiologiyada organik yo‘nalish asoschisi Gerbert Spenser jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning fikricha, mazkur individlarning rivojlanishidagi farqlar jamiyat evolyusiyasining dastlabki shartlari hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser ularning qobiliyatlari rivojlanish darajasining pastligi bilan tushuntiradi. Eng moslashuvchan jamiyatlarning yashash uchun kurashini ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni deb hisoblaydi. U iqlim, tabiiy sharoitning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini o‘rgangan. Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni, Spenser fikricha, eng moslashuvchan jamiyatlarning kurashidir.





1


2


3


Download 29,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish