64 a va T22guruh talabasi Davronboyev Ilyosbek



Download 232,98 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi232,98 Kb.
#924763
Bog'liq
ILYOSBEK

64 A va T22guruh talabasi Davronboyev Ilyosbek

MAVZU:Dunyo va O’zbekiston bozorlari

O‘zbekiston avtomobil bozoridagi holat: pasaygan bojxona talablari, o‘sayotgan “inomarka” savdosi, talabgir avtomobil rusumi va eng ko‘p mashinaga ega hududlar ro‘yxati haqida

  • O‘zbekiston avtomobil bozoridagi holat: pasaygan bojxona talablari, o‘sayotgan “inomarka” savdosi, talabgir avtomobil rusumi va eng ko‘p mashinaga ega hududlar ro‘yxati haqida
  • O‘zbekiston avtomobil bozoridagi faoliyat baholandi. Savdolarning sezilarli o‘sishi qayd etildi. Bu haqda “Daryo”ga Review xabar berdi.
  • Hozirgi kunda avtomobillarga bo‘lgan talab ancha barqaror bo‘lib, shu yilning yanvar oyida boshlangan faollik o‘sish tendensiyasini davom ettirmoqda.
  • Avgust oyida avtomobil sotib olishga qiziqishning ortishi qayd etildi, bu valyuta kurslarining o‘zgarishi va iste’molchilarning pul mablag‘larini investitsiya qilish istagi ortishi bilan bog‘liq.
  • Joriy yilning avgust oyida sotilgan avtotransport vositalarining umumiy soni 119,3 mingtani tashkil etdi, bu iyul oyiga nisbatan 16 foizga ko‘p.

Yil boshidan buyon mamlakatning barcha hududlarida avtomobil savdosi sezilarli darajada oshdi. Jumladan, eng yuqori o‘sish sur’atlari Namangan — 44 foiz, Qashqadaryo — 34 foiz va Jizzax viloyatlarida — 23 foiz qayd etildi. 2021-yil avgust oyiga nisbatan avtomobil savdosi 2 baravar oshdi (+61,9 ming). Yil boshiga kelib jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillarning umumiy soni 3,1 millionni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 0,28 millionga ko‘p. Shunday qilib, O‘zbekistonning har mingta doimiy aholisiga o‘rtacha 87 ta avtomobil to‘g‘ri keladi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har 12 kishidan biri avtomobilga ega. Eng ko‘p avtomobillar Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan — 525 028 ta. Poytaxtdan keyin eng ko‘p ro‘yxatga olingan avtomobillar Samarqand viloyatida — 392 475 ta, Toshkent viloyatida — 324 154 ta va Farg‘ona viloyatida — 325 009 ta. Hududlar bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli eng kam ro‘yxatga olingan yengil avtomobillar Sirdaryo — 68 278 ta, Jizzax — 90 860 ta va Navoiy viloyatlarida — 97 439 ta qayd etild

Ikkilamchi avtomobil bozori Avgust oyida ikkilamchi bozorda 98 mingta avtomobil sotilgan, bu o‘tgan oyga nisbatan 21 foizga ko‘p. Shu bilan birga, ikkilamchi avtomobil bozori yil davomida 2,2 barobar o‘sdi. Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozori (2021-2022): Mahalliy avtomobillar savdosi Avgust oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarning sotilishi 17 mingtani tashkil etdi va iyul oyiga nisbatan 7,5 foizga kamaydi. Shu bilan birga, 2021-yil avgust oyiga nisbatan savdo hajmi 1,8 baravar oshdi. Xorijiy avtomobillar savdosi Chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalari soni 1,8 mingtani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 38 foizga, o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan esa 1,8 barobarga oshgani qayd etild

O‘zbekistonda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda?

O‘zbekistonda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda?

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—avgust oylarida 187 610 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

“Daryo” hisob-kitoblariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davrida ishlab chiqarilgan avtomobillar soniga nisbatan 66 019 taga ko‘p.

Sakkiz oy ichida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi — 60,6 mingta. Bu rusumda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 65,4 foizga o‘sgan.

Avgustda Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish hajmida o‘sish kuzatilgan — 7,7 mingta. Biroq iyul oyida atigi 3,5 mingta bunday avtomobil ishlab chiqarilgan. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 10 mingdan oshiq bo‘lgan edi.

Yanvar—avgust oylarida yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha Gentra (55,4 ming) ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Damas (46,6 ming) uchinchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, yil boshidan beri 15 680 ta Nexia-3 (o‘tgan yilga nisbatan 7,3 foizga ko‘paydi), 8 657 ta Spark (33,5 foizga oshdi), 12 168 ta maxsus yengil avtomobillar (37,4 foizga oshdi) va 92 dona Tracker ishlab chiqarildi


Download 232,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish