7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi



Download 83,5 Kb.
bet12/19
Sana04.11.2022
Hajmi83,5 Kb.
#860155
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
7-мавзу. Жамият ва инсон фалсафаси

4-savol bayoni: Falsafiy qiziqishlari markazida tabiat va inson mohiyati to‘g‘risidagi masala turuvchi fan «Falsafiy antropologiya» deb ataladi. Yunoncha sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – ta’limot so‘zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy ta’limotni anglatadi. Falsafiy antropologiya insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va mavjudligining o‘ziga xos xususiyatlari, inson hayotining mazmuni, odam zotining jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy aloqalari, shaxs kamoloti, ma’naviyatiga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi. Falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida falsafiy antropologiya ijtimoiy falsafa, axloq, sotsiologiya va psixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bilan birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi.
Hozirgi zamon G‘arb falsafasining yo‘nalishi sifatidagi falsafiy antropologiya XX asrning 20-yillarida dastlab nemis faylasufi va sotsiologi M.Sheler (1874-1928) asarlarida ishlab chiqilgan va germaniyalik faylasuf X.Plesner (1892-1985), nemis mutafakkuri A.Gelen (1904-1976) asarlarida rivojlantirilgan.
Insonnning bioijtimoiy mohiyati. Falsafiy antropologiya yechadigan muhim muammolar orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin egallaydi. Inson jonli tabiatning bir qismi, shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi hozirgi zamon tabiatshunosligi fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma’rifatli odamlarning keng doirasi uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalilga aylandi. Har bir inson o‘z biologik xususiyatlari: genetik kodi, vazni, bo‘yi, mijozi, terisi va sochining rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‘ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson ijtimoiy mavjudot ekanligi, uning o‘ziga xosligi va betakrorligi odamzotning ijtimoiy tabiati, u kamol topgan, ta’lim-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy qadriyatlar va mo‘ljallarni o‘zlashtirgan ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham shak-shubhasizdir. Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, insonning kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi. Hozirgi zamon falsafasi va fani insonni o‘rganishda uning yaxlit ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi talqinidan kelib chiqadi.
Inson to‘g‘risidagi turli yondashuvlardan kelib chiqib unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Inson – ijtimoiy-tarixiy jarayonning, moddiy va ma’naviy madaniyat taraqqiyotining sub’ekti bo‘lib, hayotning boshqa sohalari bilan genetik bog‘langan, ammo o‘zining mehnat qurollari yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati, til va ongga egaligi tufayli ajralib turadigan bioijtimoiy mavjudotdir.
«Shaxs» tushunchasi inson o‘z harakatlari va hissiyotlarining mas’ul sub’ekti sifatida amal qilishi mumkinligini, u o‘zi idrok etayotgan narsalarni anglashi va o‘z tashabbuslarining ahamiyatini tushunishini anglatadi. Hozirgi zamon falsafasining yo‘nalishlaridan biri – personalizm shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutug‘ini va uning asosiy ma’nosini ko‘radi. Shaxs dunyoni o‘zlashtiruvchi o‘ziga xos betakror sub’ektivlikdir. U butun vujudi bilan barkamollikka intiladi va har tomonlama uyg‘un shaxslar jamiyatida yashashga haqlidir.
Falsafiy ma’noda shaxs – deganda o‘zining ijtimoiy shart-sharoitiga bog‘liq bo‘lgan va individual tarzda namoyon bo‘ladigan intellektual, emotsional va irodaviy sifatlariga ega bo‘lgan, o‘z hatti-harakati va faoliyatini anglay va boshqara oladigan konkret inson, alohida ijtimoiy individ tushuniladi. Shaxsni falsafiy tushunish inson mohiyatini ijtimoiy munosabatlar majmui deb ta’riflashga asoslanadi. Bundan, birinchidan, shaxs ijtimoiy munosabatlar tizimidagina shakllanadi, ikkinchidan, shaxsga xos sifatlar jamiyatning tarixan mavjud tuzumi bilan belgilanadi, degan xulosa kelib chiqadi.
Erkinlik va zaruriyat falsafiy kategoriyalar sifatida kishilarning faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifodalaydi. Bu kategoriyalarning ilmiy izohi birinchi marta gollandiyalik mutafakkir B.Spinoza tomonidan tahlil qilingan. Spinoza fikricha, erkinlik – anglab olingan zaruriyatdir. Zaruriyat esa tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlardir. Shunga ko‘ra, tarixiy zaruriyat tushunchasi tarixiy jarayonning ichki ob’ektiv qonuniyatini, jamiyatga xos ob’ektiv real tabiiy shart-sharoitlarni, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni, moddiy-texnikaviy vositalarni anglatadi. Erkinlik esa ana shu tarixiy zaruriyatning kishilar, shaxs tomonidan anglab olinishi va o‘z faoliyatlarining maqsad va yo‘nalishini belgilab olish jarayonini anglatadi.

Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish