7- mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatninng madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi



Download 353,12 Kb.
bet1/8
Sana20.01.2022
Hajmi353,12 Kb.
#393781
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu.


7- mavzu.Tarixiy jarayonda jamiyatninng madaniy va ma’naviy qadriyatlari.

Jamiyat va tarix falsafasi

1. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.

2. Jamiyatning asosiy sohalari va ularning o‘zaro aloqadorligi.

3. Madaniyat va sivilizatsiya.Sivilizatsiya rivojining asosiy bosqichlari

va dinamikasi.

Tayanch iboralar:

Jamiyat, madaniyat, sivilizatsiya, moddiy va ma’naviy madaniyat, qadriyat, ijtimoiy hayot sohalari, davlat, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, modernizatsiya.

Jamiyat – bu insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning yaxlit o‘z–o‘zini tashkil etuvchi tizimi. Jamiyatning asosini insonning muayyan maqsadga muvofiq ravishda atrof muhitni qayta qurishga yo‘naltirilgan faoliyati tashkil etadi. Jamiyat doimo rivojlanuvchi tizim bo‘lib, ijtimoiy hayotini harakatga solib turuvchi bosh omil insonning ehtiyojlaridir. Muayyan sharoitda inson ehtiyojlarini qondirishning optimal usullari va vositalari "manfaatlar" deyiladi va ular tarixiy taraqqiyot davomida doimo o‘zgarib boradi. Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatiningiasosiy sababidir. Shaxs manfaatlari asosida uning maqsadi shakllanadi. Maqsad inson faoliyati natijasining ideal shakli, faoliyat predmetining sub’ektiv timsolidir. Inson ehtiyojlari va manfaatlari o‘sib borgani sari jamiyat ham rivojlanib boradi (Ilova 7.1).



Faoliyat – insonning o‘zini o‘rab turgan olamga faol muno­sa­bati shakli bo‘lib, uning mazmunini maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgar­tirish va qayta qurish bilan bog‘liq xatti-harakatlar tashkil etadi. Inson faoliyati xilma-xil bo‘lib, ularni takror ishlab chiqarishga asoslangan, ya’ni reproduktiv va ijodiy faoliyat, ya’ni produktiv faoliyatga ajratish mumkin. Shu bilan birga, faoliyat sub’ektning iroda va istaklaridan mustaqil ob’ektiv-real jarayonlar hamda sub’ektning iroda va istaklariga bog‘liq sub’ektiv maqsadlar, vazifa, baho va boshqa shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin (Ilova 7.2). Bundan tashqari, faoliyat muayyan ijtimoiy ob’ektlar doirasida insonlar o‘rtasida amalga oshadigan munosabatlar tizimi sifatida ham mavjud bo‘ladi. Bunda inson faoliyati jamiyatdagi turli sohalar doirasiga qarab ajratiladi (Ilova 7.3).

Ijtimoiy falsafa – jamiyatni rivojlanuvchi yaxlit tizim sifatida o‘rga­­nuv­­­chi falsafaning alohida sohasi, bo‘lib, jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy bilishning eng umumiy qonunlari to‘g’risida bahs yuritadigan fandir. Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya fanlari bir-biridan farqlanadi. Xususan, ijtimoiy falsafa jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, tamoyillarini o‘rgansa, sotsiologiyaning diqqat markazida asosan muayyan jamiyat, undagi ijtimoiy munosabatlarga oid muammolar turadi. Ijtimoiy falsafa sotsiologiya uchun umumnazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun jamiyatning mohiyatini, taraqqiyotining ichki qonuniyatlarini bilmay turib, muayyan jamiyat va undagi ijtimoiy munosabatlarni to‘g’ri tushunish mumkin emas.

Sharq va G‘arb falsafasi tarixida jamiyatning vujudga kelishi, rivojlanish omillari va qonunlari, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligiga oid ko‘plab qarashlar mavjud. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk alloma olimlar Abu Nasr Forobiy(873-950), Abu Ali Ibn Sino(980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048) asarlarida jamiyat muammosi chuqur falsafiy tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy Platon va Aristotel asarlariga tayanib, jamiyatning kelib chiqishi asosida tabiiy ehtiyojlarni qondirish yotadi degan g’oyani ilgari surgan. Tabiiy ehtiyoj kishilarni birlashishga, jamoaga uyushuviga olib kelgan. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro yordam jamiyatni keltirib chiqargan. Insoniyat jamiyati turli xalqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, malakalari, xususiyatlari bilan farqla­nadilar.

Qadimgi yunon faylasufi Aflotun ilk bor ideal davlat nazariyasini yaratgan. Forobiy Aflotun ta’limotini rivojlantirib, davlatlarni fozil va johillarga ajratgan. Fozil shahar (davlat) yuksak axloqli va ma’rifatli kishi tomonidan boshqariladi, bunday davlat shahar aholisining o‘zaro hamkorlikka, bir-biriga yordam berishga asoslanadi.

Abu Ali Ibn Sino «Ishorat va tanbihot» asarida inson o‘z shaxsiy ehtiyojlari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan o‘zaro hamkor bo‘libgina, ularni (ya’ni ehtiyoj larini) qondirishi mumkin deb hisoblagan. U insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga ko‘ra 3 guruhga ajratadi. Bular: 1) davlat idoralarida xizmat qiluvchi va jamiyatni boshqarish ishi bilan shug’ullanuvchilar; 2) xom-ashyo va zaruriy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar; 3) davlatni qo‘riqlash, uni turli tashqi hujumlardan saqlashni ta’minlaydigan harbiylar.

Shunday qilib, Ibn Sino ham jamiyatning shakllanishiga kishilarning birdamlikda yashashga bo‘lgan tabiiy ehtiyojini asos qilib olgan. Abu Rayhon Beruniy esa jamiyatni idora qilish va boshqarishning mohiyatini – aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo‘lida o‘z tinchligini yo‘qotishidan iborat, deb bilgan.

Tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma konsepsiyasining asoslari ingliz faylasufi Tomas Gobbs (1588-1679) tomonidan ishlab chiqilgan. «Leviafan» asarida T.Gobbsning davlat to‘g‘risidagi qarashlari bayon qilingan. Uning fikricha, kishilik jamiyatining ikki xil holati mavjud: tabiiy va fuqarolik. Tabiiylik – bu insoniyatning dastlabki holati. Bunda kishilar shaxsiy manfaat, o‘z-o‘zini saqlash yo‘lida tabiatda bo‘lgani kabi bir-birini yo‘q qilishga harakat qiladi: kuchli inson yengadi, kuchsiz – yengiladi, boshqacha aytganda, kishi kishiga bo‘ri bo‘lib, barcha-barchaga qarshi urushadi, yashash uchun kurashadi. Bunday vahshiylikning oldini olish uchun insonlar o‘z ixtiyorlari bilan tinchlik va havfsizlikni ta’minlash maqsadida davlat tuzadilar. Davlat shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatga bo‘ysundiradi va tartibsizlikka yo‘l qo‘ymaydi. Demak, davlat jamiyat a’zolarini bir maqsadga yo‘naltiruvchi, ular o‘rtasida tinchlikni saqlab turuvchi, umumiy manfaatni ta’minlovchi vosita hisoblanadi.1

Fransuz ma’rifatparvar faylasufi Jan-Jak Russo (1712-1778) bir vaqtlar inson­lar tenglikda yashagan ideal jamiyat bo‘lganini, unda hamma narsa barchaniki bo‘lganini, bunday jamiyat ortda qolganini afsuslanib yozadi. Kishilar o‘rtasidagi tengsizlik sababini xususiy mulkda deb biladi. Ibtidoiy odam alohida bir joyni o‘rab olib, uni «bu meniki» degan tushunchasining shakllanishi, Russo fikricha, xususiy mulkning vujudga kelishiga asosiy sabab bo‘lgan. «Ijtimoiy shartnoma» asarida J.J.Russo erkinlik va yuridik huquqlar tengligi, xalq va davlat o‘z vazifalari va burchlarini ko‘rsatgan holda bitim tuzishi to‘g‘risida fikr yurit­gan.2 Faylasuflar tomonidan tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi, tabiiy muhit va uning jamiyat rivojlanishiga ta’sirini isbotlab berilgan. Jamiyat hayotida tabiatning roli haqida Lao-szi, Konfusiy, Demokrit, Gippokrat, Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Xaldun, Jan Boden, Sharl Monteskyo (1689-1755) kabi faylasuflar alohida e’tibor qaratganlar. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Lao-szi olamda tabiiy dao qonuning hukmronlik qilishini, insonning uni o‘zgartirishga qaratilgan har qanday harakati tabiat, jamiyat va inson uchun halokatli ekanligini ta’kidlagan.

Abu Rayhon Beruniy birinchilardan bo‘lib sivilizasiyalarning paydo bo‘lishida tabiiy-geografik muhitning tutgan o‘rni masalasini ko‘targan. Geografik determinizm nazariy asoslarining vujudga kelishiga fransuz faylasufi Sharl Monteskyo fikricha, iqlim, yer relefi va tuproqning holati xalq ruhiyati va jamiyat rivojlanishining xususiyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Bugungi kunda falsafada tabiat va jamiyatga avvalgi yondoshuvlardan farqli tizimli yondoshuv shakllangan. Unga ko‘ra, tabiiy muhit jamiyat rivojlanishini zaruriy sharti, belgilovchi omillardan biridir. «Tabiat» tushunchasini keng va tor ma’nolarda talqin etish mumkin. Birinchi holda bu tushuncha bizni o‘rab turgan jamiki borliqni, butun dunyoni uning barcha voqea va hodisalari bilan: eng mayda elementar zarrachalardan tortib kosmik tizim va hayvonot olami hamda ijtimoiy hayotni o‘ziga qamrab oladi. Bunday qarashda inson ham, jamiyat ham tabiatning bir bo‘lagi hisoblanadi.

«Tabiat» tushunchasini tor ma’noda talqin etilganda, u inson va jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit, geografik muhitni anglatadi. Ularga: 1) iqlim; 2) joyning relefi; 3) suv resurslari, 4) yerning hosildorlik darajasi; 4) o‘simlik va hayvonlar dunyosi; 5) foydali qazilmalar va boshqa xom ashyo manbalarining mavjudligi va boshqalar kiradi. (Ilova 7.4.)

Darhaqiqat jamiyatning o‘ziga xosligi, unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlar xususiyatlari, avvalo, u mavjud bo‘lgan tabiiy muhitga bog‘liq, lekin faqat u bilangina belgilanmaydi. Shu bilan birga, bugungi kunga kelib, tabiat-jamiyat-inson o‘zaro aloqador bo‘lgan yaxlit tizim sifatida qaralib, jamiyatning keyingi rivojiga sof tabiiy muhit emas, balki aynan shu tizimning holati kuchli ta’sir qilishiga e’tibor qaratil­moqda.

Ma’lumki, biosfera Yerning hayot mavjud qatlami, degan ma’noni anglatib, insoniyat evolyusiyasi ma’lum bir vaqtgacha biosfera doirasida amalga oshgan. Lekin, inson tafakkuri rivojlanib borishi va insonning tabiatga ta’siri natijasida uni bevosita o‘rab turgan olam sifat jihatdan o‘zgarib borgan. Bunday holat mutaxassislar tomonidan noosfera, deb ataladi. «Noosfera» tushunchasi yunon tilidan olingan - noos «aql» degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, etimologik jihatdan noosfera – aql doirasiga oid tushunchadir. Bu tushuncha fransuz faylasufi Eduard Lerua (1870-1954) va Per Teyyar de Sharden (1881-1955)lar tomonidan XX asrning 20 - yillarida ilmiy muloqotga kiritilgan. Rus faylasufi V.I.Vernadskiy (1863-1945) tadqiqotlarida u yanada rivojlantirildi. Noosfera konsepsiyasi taraqqiyotining muhim ilmiy-falsafiy natijasi sifatida tabiat va jamiyatning koevolyusiya, ya’ni o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanish nazariyasi shakllangan. Texnik taraq­qiyot natijasida ekologik inqirozning vujudga kelganligi tabiat va jamiyatning o‘zaro uzviy aloqadorligining yorqin timsolidir. Bunday inqiroz jamiyat hayoti va insoniyat kelajagi uchun jiddiy tahdid hisoblanib, uni bartaraf etish global, umumbashariy muammolar qatoriga kiradi.

Download 353,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish