7-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Qurilish sementi ishlab chiqarish texnologik liniyasini hisoblash



Download 44,32 Kb.
Sana04.11.2022
Hajmi44,32 Kb.
#860309
Bog'liq
7-amaliy mashg'ulot


7-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Qurilish sementi ishlab chiqarish texnologik liniyasini hisoblash.

Sement sun’iy bog‘lovchi material sifatida dastlab Angliyada 1824 yili Aspdin tomonidan va Rossiyada 1825 yili Cheliev tomonidan “Portlandsement” nomi bilan kashf etilgshan. O‘z nomini (Portlandsement) Angliyadagi Portlend shaxri yonida qaziladigan tabiiy toshga o‘xshashligidan olgan. Portlandsement tabiiy oxaktosh va tuproqlardan tashkil topgan aralashmalarni to‘liq pishishi natijasida xosil bo‘ladigan klinker, gips va mineral qo‘shimchalarni mayda tuyish natijasida xosil qilinadi.


Zamonaviy qurilishda portlandsement asosiy material sifatida keng qo‘llaniladi. Undan poydevor va zaminlar, tomga yopish plitalari va ko‘taruvchi qurilmalar, turli temirbeton va armobeton maxsulotlari, asbest-sement maxsulotlari va boshqalar olinadi.
Semetning asosiy turlari quyidagilar:
- portlandsement (65,5%)
- shlikoportlandsement (27,6%)
- putsolan sementi (5,1%)
- sementning boshqa turlari (tamponaj, rangli va boshqa) - 1,8%
Portlandsement (GOST 10178-76) mexanik mustaxkamligiga qarab 4 markaga bo‘linadi: 400, 500, 550 va 600. Uning zichligi 3000-3200 kg/m3 teng.
Portlandsementning 400 markasi monolit beton va temirbeton detallar olish uchun ishlatiladi; 500, 550 va 600 markalari yuqori mustahkam yig‘ma oddiy va dastlab zo‘rlangan temir-beton konstruktsiyalar olish uchun ishlatiladi.


Sement yetishtirish usullari
Sement yetishtirish quyidagi texnologik jarayonlardan tashkil topadi: xom-ashyo aralashmasini tayyorlash va uni kuydirish; kuydirilgan maxsulotni kukun qilib tuyish.
Sement yetishtirishda ikkita asosiy usul qo‘llaniladi: xo‘l va quruq usullar. Undan tashqari “Yarim quruq” deb nomlanuvchi usuldan xam foydalanish mumkin.


7.1-rasm 7.2-rasm
7.1 va 7.2- rasmlar sement olishing xo‘l va quruq usullari
7.1-rasmda sement yetishtirishning xo‘l usuli texnologik sxemasi keltirilgan. Bu sul bo‘yicha xom-ashyo aralashmasi suv bilan birga tayyorlanadi va so‘ng ayoanma pechlarda kuydirilib, klinker olinadi. Olingan klinker gips va mineral qo‘shimchalar bilan birga sement tegirmonlarida tuyiladi va tayyor maxsulot-sementga aylantiriladi.
7.2-rasmda sement yetishtirishning quruq usuli texnologik sxemasi keltirilgan. Bu usulda xom-ashyo aralashmasi quruq xolda tayyorlanadi va so‘ng aylanma pechlarda kuydiriladi. Olingan klinkersshng xuddi xo‘l usuldagidek sement tegirmonlarida gips va mineral qo‘shimchalar bilan birga tuyiladi.
Yarim quruq yoki kombinatsiyalangan usul bilan xom-ashyo xuddi xo‘l usuldagidek suv bilan qo‘shilib olinadi (36-43% namlikdagi ishlash ko‘rinishida) va aylanma pechplarda kuydirishdan avval ishlash mexanik usullar yordamida (filptr-presslarda) birlamchi namsizlantiriladi (18-20%) va so‘ng aylanma pechplarga jo‘natiladi. Qolgan jarayonlar yuqorida keltirilgan usullardagidek.
O‘zbekistonda ishlayotgan to‘rtta sement zavodlardan uchtasida (Oxangaron, Quvasoy va Bekobod shaxarlarida) sement yetishtirish xo‘l usulda amalga oshiriladi, Navoiy shaxridagi zavodda quruq usul qo‘llaniladi.
Quruq usulning asosiy afzalligi - klinker yetishtirish uchun yoqilg‘i sarfi kamligida. Masalan, xo‘l usulda 1 kg klinker olish uchun 1500 KKal issiqlik sarflansa, quruq usulda bu ko‘rsatkich 750-900 KKal tashkil etadi.
1978 yildan xo‘l usulda ishlaydigan texnologik liniyalar loyixalanmaydi va faqat mavjud liniyalar ishlatiladi.

Nazorat savollari


1.Sement olishning qanday usullari mavjud?
2.Pech agregatining asosiy vazifasi nima?
3.Maydalagichlar va ularning turlarini ayting?
4.Saralash mashinalari xaqida nimalarni bilasiz?


Amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha talabalar bilimini tekshirish uchun misollar
1.Ko‘ndalang kesim yuzasi 0.25 m2 bo‘lgan notekis sirtga 30KPa bosim kuchi ta’sir qilmoqda. Yuzaga ta’sir qiluvchi kuch va jismning qarshilik momentini aniqlang? Qarshilik koeffisenti 0.4 ga teng
2. Saralash korxonasida urnatilgan g‘alvir mashinasining uzunligi 3m ga teng. Uning tekislikka nisbatan qiyalik burchagi 300 ni tashkil qilgandagi proeksiyasini va ishchi yuzasini aniqlang. G‘alvir mashinaning eni 1m.
Download 44,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish