7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari



Download 129,68 Kb.
bet9/19
Sana22.07.2022
Hajmi129,68 Kb.
#838709
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
huquq

Adabiyotlar
l.O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining tashkil qilish va uning faoliyati to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil. 4 martdagi 114-sonli Qarori.

  1. “O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qarori.

  2. O’zbekiston RespublikasiVazirlar Maxkamasining “Davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 2000 yil 13 martdagi Qarori.

  3. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 1997 yil 15 aprel O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining axborotnomasi 1999 y.124 modda.

  1. O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasi to’g’risidagi axborotnomasi 1997 y. 2-son 36-modda.

  2. Davlat boji to’g’risida Qonun 1992 y. 9 dekabr.

  3. Mirinskiy B.A. Raxmonqulov A.X. Chinniboev X.J. O’zbekiston Respublikasi xuquqini muxofaza organlari . Toshkent 2005 y.

  1. mavzy OLIYMAJLISNINGINSONHUQUQLARIBO'YICHA

VAKILI (OMBUDSMAN)
Reia

  1. Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakili instityti tushunchasi va

uning tashkil etilishi.

  1. Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakilining huquq va

majburiyatlari.

  1. Inson xuquqlari bo’yicha vakil faoliyatining asosiy yo’nalishlari.

  1. Oliy Mailisning inson xuquqlari bo’yicha vakili instityti tushunchasi

va uning tashkil etilishi.
2004 yii 27 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to'g'risida»gi qonunning I- moddasiga binoan, inson huquqlari bo'yicha vakil mansabdor shaxs bo'lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta'minlash vakolatlari berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari va vositalarini to'ldiradi. Vakil O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ulami xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko'maklashadi.
U o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, O'zbekiston Respubiikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum c'tirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi.
Vakil o'z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo'lmagan tarzda amalga oshiradi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Vakil O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Vakil lavozimiga nomzodni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Vakilni saylash to'g'risidagi qarori palatalarning majlislarida ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Saylanish kuni yigirma besh yoshga to'lgan, kamida besh yil O'zbekiston hududida muhim yashayotgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi Vakil lavozimiga saylanishi mumkin.
Vakil o'zinlng vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylangunga qadar o'z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Vakilning belgilangan taitibda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylanadigan o'rinbosari bo'ladi. Vakil o'z lavozimidan muddatidan oldin ozod qilingan taqdirda Vakil o'rinbosari uning vazifasini yangi Vakil saylangunga qadar bajarib turadi va Vakil uning belgilangan kafolatlariga ega bo'ladi.
Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, bar bir inson uchun ochiqlikdir.
U bar yili Oliy Majlisga o'z faoiiyati to'g'risida hisobot taqdim etadi va bu hisobot O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasida e'lon qilinadi. U inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan O'zbekiston Respublikasining yitlik ma'ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
Vakil vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga a'zotikni yoki unda ishtirok etishni to'xtatib turishi yoxud butunlay to'xtatishi sharL Vakil haq to'lanadigan biror-bir boshqa lavozimni egallashi, tadbirkorlik faoiiyati bilan shug'ullanishi mumkin emas. O'qituvchilik, ilmiy va ijodiy faoliyat bundan mustasno.
Vakil Oliy Majlis tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan muddatidan oldin ozod qilinishi mumkin:

  • o'z vakolatlarini zimmasidan soqil qih'sh to'g'risida ariza berganida;

  • salomatligi jiddiy ravishda buzilgan va bu tibbiyot guvohnomasi bilan tnsdiqlanganda;

  • i qonunga ko'ra Vakil faoliyatiga nomuvofiq bo'lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;

  • sudning unga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda. Vakil O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O'zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko'rib chiqadi va o'z tekshiruvini o'tkazish huquqiga ega.

U uchinchi shaxslar, shu jumladan, jamoat birlashmalarining aniq bir kishi yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko'rib chiqish uchun qabul qiladi, buning uchun ulaniing roziligi bo'lishi shart. Lekin u sudning vakolatiga taalluqli bo'lgan masalalarni ko'rib chiqmaydi.
Vakil arizachining o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ma'lum bo'lib qolgan paytdan boshlab yoki agar arizachi o'z huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa vositalaridan t'oydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qoniqmagan bo'lsa, o'z shikoyati bo'yicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan boshlab, bir yil davomida bergan shikoyatlarini ko'rib chiqadi.
Vakilga berilgan shikoyatda arizachining familiyasi, ismi, otasining israi, arizachining manzili, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilishi, arizachining fikricha uning huquqlari buzihshiga olib kelgan harakatlar yoki harakatsizlik mohiyati bayon etilishi zarur.
Shikoyatga arizachining talablarini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa dalillar ilova qilinadi. Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji olinmaydi.


  1. Download 129,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish