7-mavzu. M ehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan aholining ish bilan bandligi reja



Download 54,74 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi54,74 Kb.
#684644
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu


7-MAVZU. M EHNAT BOZORIDA RAQOBATBARDOSH BO‘LMAGAN AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI


Reja:
7.1. Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan nogiron fuqarolar ish bilan bandligining kafolatlari.
7.2. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish vazifalari.
7.3. Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash.
7.4. «Uyushmagan yoshlar»ni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o‘qitish va ularni ishga joylashtirish


7.1. Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan nogiron fuqarolar ish bilan bandligining kafolatlari

Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan aholi toifalari - keksa yoshdagilar, nogironlar, ayollar mavjud. Ular mehnat qilish huquqining kafolatlari xalqaro hujjatlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan.


O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunida ishsizlar, yoshlar, ayollar, mehnat bozorida ish topishga qiynaladigan shaxslar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalarining ishga joylashtirilishi kafolatlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Hududlarda tashkil etilayotgan yangi ish o‘rinlari, asosan, egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini, ayollar va nogironligi bo’lgan aholining ijtimoiy qoilab-quvvatlashga muhtoj toifalarini ishga joylashtirish uchun ajratiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli bo’lgan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni oilaviy biznes uchun huquqiy kafolatlarni kuchaytirish, ish o‘rinlarini tashkil qilish imkoniyatini yaratadi.
Oilaviy tadbirkorlikda faoliyatni tashkil qilishning boshqa shaklida bo’lmagan ish kuni va mehnat taqsimoti imkoniyati mavjud, bu esa ishlab chiqarishga, boshqa xolatlarda «band bo’lmaganlar» qatorida bo’lgan, yosh bolali ayollarni, o‘quvchilar va aholining mehnat bozorida raqobatbardosh bo’la olmaydigan boshqa toifalarini qisman bo’lsa-da, oddiy sharoitlarda jalb qilish imkonini beradi. Ushbu tashkiliy shakl mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan yoshlarga mehnat faoliyati va tadbirkorlikka kirishishi uchun qulay va ijtimoiy maqbul sharoitni yaratadi.
Mehnat bozorida raqobatbardosh bo’la olmaydigan aholi ijtimoiy muhofazaga muhtoj toifalarining ish bilan bandligini ta’minlash uchun ayollar ko‘plab band bo’lgan sohalarda (yengil, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqalar) ish o‘rinlari tashkil qilishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironligi bo’lganlar huquqlari to‘g‘risidagi 159-sonli konvensiyasida BMTga a’zo davlatlar nogironligi bo‘lganlarning boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish huquqini tan olishi, ularning bu huquqlarini ta’minlashi va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirishlari zarurligi belgilab qo‘yilgan.
Xalqaro mehnat tashkilotining Nogironligi bo‘lganlaming kasbiy reabilitatsiyasi va ish bilan bandligi to‘g’risidagi 159-sonli konvensiyasi ham nogironligi bo‘lganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ko‘maklashish maqsadida ulaming o‘zlariga to‘g’ri keladigan ishga ega bo‘lish va ushbu ish joylarini saqlash huquqlarini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Xalqaro mehnat tashkilotining Oilaviy majburiyatlarga ega mehnatkash erkaklar va ayollar uchun teng muomala va teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi 156-sonli konvensiyasida ana shu toifa shaxslar pul to‘lanadigan ish bilan shug‘ullanish huquqini kamsitilmasdan amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari zarurligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonningamaldagi qonunchiligida ham mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan aholi toifalarining ish bilan bandligi kafolatlari mavjud. «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirishda qo'shimcha kafolatlar berilishi belgilangan:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilariga;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga;

  • nogironligi bo‘lganlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;

  • jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;

  • odam savdosidan jabrlanganlarga, qo‘shimcha kafolatlami ta’minlaydigan barcha fuqarolarga qo‘shimcha kafolatlar belgilangan.

Qo‘shimcha kafolatlar qo‘shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan, nogironligi bo‘lganlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish, korxona, muassasa vatashkilotlarga mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan fuqarolami ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar orqali ta’minlanadi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilaydi va ish bilan band qilib qo‘yadi. Bunda:

  • yolg‘iz ota, yolg‘iz ona va 14 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalari bor ko‘p bolali ota-onalar uchun - bolalami tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo'yicha vazifalami uyg‘unlashtirish imkonini beradigan, o‘zgaruvchan ish jadvaliga ega bo‘lgan;

  • ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun - ulaming kasb bo‘yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan;

  • muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun - ularning kasb bo‘yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan;

  • nogironligi bo’lgan fuqarolar uchun - mehnat sharoitlari bo‘yicha attes- tatsiyadan o‘tkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini to‘sqinliksiz bajarish imkonini (sogliglning ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid ko‘rsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan;

  • aholini ish bilan bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidimvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun - maxsus malakani talab qilmaydigan;

  • jazoni o lash muassasalaridan bo‘shatilgan, jazoni olayotgan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko‘rilgan shaxslar uchun

  • ularning kasb bo‘yicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega bo’lmagan shaxslar uchun esa - maxsus malakani talab qilmaydigan ish o ‘rinlari tayyorlanib, mehnat bilan band qilib qo‘yilishi kerak.

Ish beruvchi ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan mehnat bozorida raqobatbardosh bo’lmagan aholining ayrim toifalarini ishga qabul qilishi shart. Mazkur shaxslami ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
O‘zbekistonda nogironligi bo’lgan fuqarolami kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarida, jumladan, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, shuningdek, nogironligi bo’lgan xodimlar jamoat birlash- malarining korxonalarida ijtimoiy ta’minot muassasalari bilan birgalikda nogironligi bo’lgan xodimlami reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq ta’minlanadi.
Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo’lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo’lganlami ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi.
Nogironligi bo’lgan fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun nogironligi bo’lgan xodimlaming ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxona, tsex va uchastkalar tashkil etiladi. Ko‘zi ojiz nogironligi bo’lgan xodimlar sharoitlari o‘z imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa ega.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar uyda ishlovchi nogironligi bo’lgan fuqarolarga, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironligi bo’lganlarga mazkur faoliyat uchun yashashga moijallanmagan joylar berilishida, xomashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam ko‘rsatadilar.
Nogironligi bo’lganligi tufayli xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironligi bo’lgan xodimlami ularning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘1 qo‘yilmaydi. Nogironligi bo’lgan xodimlar o‘z mehnat qobiliyatini tiklaganlaridan keyin ilgarigi ishiga yoki shunga teng ishga joyiashish huquqiga egadirlar.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni Ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, nogironligi bo’lgan fuqarolar uchun band qilib qo‘yiladigan ish joylari:

  • nogironligi bo’lgan bolalari bor ko‘p bolali ota-onalar uchun - bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo‘yicha vazifalami uyg‘unlashtirish imkonini beradigan, o‘zgaruvchan ish jadvaliga ega bo’lishi;

  • nogironligi bo’lgan fuqarolar uchun - mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini to‘sqinliksiz bajarish imkonini (sogiigining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid ko‘rsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan bo’lishi zarur.

Mehnat bozorida raqobatbardosh bo’lmagan, nogironligi bo’lgan fuqarolarni ish bilan bandligining kafolatlarini O‘zbekistonda davlat tomonidan nazorat qilinadi va bu masalani hech qanday to‘siqsiz ijobiy yechish chora-tadbirlari belgilanadi.

7.2. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish vazifalari


Mamlakatda raqobatbardosh bo’lmagan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ham davlat tomnidan izchil amalga oshirib kelinmoqda. Davlat dasturlarida ayollarni ish bilan ta’minlash oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda.


O‘zbekistonda aholining qariyb 51,0 % dan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, boshqaruv va ishlab chiqarish sohalarida 62,0 % dan ziyod ayollar ishlamoqda. Oxirgi 5 yil ichida ayollar iqtisodiyotning turli sohalarida ish bilan band bo’lganlarning 46,0 % ni, jumladan, sanoatda 52,0 %, savdoda 37,0 %, sogiiqni saqlashda 73,0 %, qishloq xo ‘jaligida 48,0 %, ta’lim tizimida 60,0 %, boshqaruv sohasida 32,0 % ni tashkil qilmoqda.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining 120 mingdan ziyodini, xususan, fermer xo ‘jaliklarining 4 ming 551 nafarini xotin- qizlar boshqarmoqda. So‘nggi 10 yil davomida kichik va xususiy korxonalami boshqarayotgan ayollar soni 1,6 barobarga o‘sdi. Ulaming 40,0 % dan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining rahbarlaridir.
O‘zbekistonda ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro andazalar talablari darajasida yo‘lga qo‘yish, barqaror iqtisodiy o'sishga erishish, iste’mol mollari bozorini sifatli tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, ayniqsa, aholini ish bilan ta’minlashda ham ayollar tadbirkorligining ahamiyati beqiyos hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, ayollarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish O‘zbekiston Xotin- qizlar qo‘mitasining asosiy dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Oila a’zolari o‘z mulkiy javobgarligi ostida tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilish hisobiga daromad (foyda) olish maqsadida oilaviy korxona tashkil etish huquqiga egalar.
Oilaviy korxona:

  • mustaqil ravishda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)ga doir faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tasarruf etish va ularga narx belgilash;

  • mustaqil ravishda o‘z moliyaviy mablagiarini shakllantirish va qarz (kredit) mablag‘larini jalb etish, shu jumladan, dastlabki (boshlang‘ich) kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olish;

  • lizing va sug‘urta xizmatlaridan foydalanish;

  • shartnomalar tuzish, shu jumladan, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish va realizatsiya qilish uchun shartnomalar tuzish;

  • tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqlariga egadir.

Mamlakatda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yish, kreditlar berish, kredit uyushmalarini tashkil etish dasturlari ishlab chiqilgan. Xotin-qizlami va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ham tuzilgan. Fond mablag‘lari hisobidan xotin-qizlarning ish bilan bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlami oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandlikka keng jalb etish choralari ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Bozor tizimini rivojlantirish markazida bevosita xotin-qizlar uchun « O’z biznesingni o‘zing boshla», «Biznes bilan tanishuv» va boshqa maxsus kurslari faoliyat yurgizmoqda. Natijada, ayollar o‘rtasida faol tadbirkorlikni rivojlantirish, ulaming oiladan, farzand tarbiyasidan ajralmagan holda kasanachilik, tomorqachilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
O‘zbekistonda raqobatbardosh bo‘lmagan xotin qizlarning ish bilan band­ ligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi «Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi qarorida aholi ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha har yili tasdiqlanadigan Dasturlarni amalga oshirish, raqabotbardosh bo‘lmagan xotin qizlar uchun bo‘sh va kvotalanadigan yangi ish o‘rinlariga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zini o‘zi ish bilan band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora- tadbirlar ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, ushbu qarorda xotin-qizlarning ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va ularning ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi belgilab berildi. Bunday hujjatlaming qabul qilinishi Respublika hududlarida va qishloq joylardagi mehnat bozorida xotin-qizlar, kam ta’minlangan oila a’zolarining ish bilan bandligini tartibga solish masalalariga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda «Har bir oila - tadbirkor» dasturi asosida hududiy mehnat bozorlarida raqobatbardosh bo’lmagan xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilik va boshqa mehnat turlarini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka hamda oilaviy tadbirkorlikka mikrokreditlar ajratilmoqda. Bunday mikrokreditlar, asosan, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oilalaming a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga «garov ta’minoti»siz eng kam ish haqining 100 baravaridan oshmagan miqdorda ajratiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan kasb-hunar ta’limi muassasalariga grantlar ajratilishini ta’min­ laydi.
Soliq kodeksida 10 yoki undan ortiq farzandi bo’lgan ayollarga, ikki yoki undan ortiq farzandi bo’lgan yolg‘iz onalarga, xavfli (og‘ir) va zararli sharoitlarda ishlayotgan ayollarga soliq to’lashda imtiyozlar ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston ishbilarmon ayollari tomonidan «Tadbirkor ayol» uyushmasi tashkil etilgan. Uyushma ayollarni tadbirkorlik faoliyatini olib borishga jalb etish, ayniqsa, qishloq xotin-qizlari uchun mikrokreditlaming imtiyozli turlaridan foydalanish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Uning viloyat bolimlarida tashkil etilgan resurs markazlari xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etishga, hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ayollar ish bilan bandligini oshirish jarayoni bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida tadbirkorlikni rivojlantirish yoilaridan biri hisoblanadi.



Download 54,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish