7 Mavzu: olimpiya o’yinlari yozgi Olimpiya o’yinlarining


XXVIII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi



Download 334,5 Kb.
bet18/21
Sana01.06.2022
Hajmi334,5 Kb.
#624252
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2 5386315938997998969

XXVIII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi


O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

35

38

29

102

2

Rossiya

27

27

38

92

3

Xitoy

32

17

14

63



XXIX Olimpiya o’yinlari 2008 yilda Pekin shahrida (Xitoy) bo’lib o’tgan. Olimpiada o’yinlarida jahonning 204 davlatidan 11500 nafar sportchi 28 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etgan.
Olimpiada-2008 ramziy timsoli “Fuva” – omad farzandlari, deb nomlangan. Ular beshta bo’lib, nomlari xitoy ierogliflarida bey-bey –baliq, tsin-tsin – panda, xuan-xuan – olov, in-in – kiyik, ni-ni– qaldirg’och ma’nolarini bildiradi. Bu so’zlarni qo’shib o’qiganda “Beyjinga hush kelibsiz” jumlasi kelb chiqadi (30-rasm).

XXIX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi


O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

Xitoy

51

21

28

100

2

AQSH

36

38

36

110

3

Rossiya

23

21

28

72




30-rasm. XXIX Olimpiya o’yinlarining rasmiy timsollari


XXX Olimpiya o’yinlari 2012 yilda London shahrida (Angliya) bo’lib o’tgan. Olimpiada o’yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar sportchi 302 komplekt medallari uchun 26 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etgan. Olimpiada o’yinlari davomida jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya rekordlari o’rnatilgan.

XXX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi


O’rin

Davlat

oltin

kumush

bronza

Jami

1

AQSH

46

29

29

104

2

Xitoy

38

27

22

87

3

Angliya

29

17

19

65

4

Rossiya

24

25

33

82



1992-2012 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlarining
asosiy xususiyatlari:

  • Olimpiya harakati safiga sobiq Ittifoq tarkibidan ajralqan yangi Mustaqil davlatlar qo’shilgan.

  • “Sovuq urush” davri barham topib, sport va siyosat muammosi bartaraf etildi.

  • Xalqaro olimpiya harakatida Paralimpiya va Paraosiyo o’yinlarining mavqei oshdi.

  • Yoshlar olimpiya o’yinlari joriy qilindi va ular umumjahon ahamiyatga ega bo’ldi.

  • Olimpiya sporti tayyorgarligining ilmiy-nazariy asoslari, texnik-taktik usullari, tibbiy-biologik ta’minoti, moddiy-texnik bazasi yanada takomillashdi.



Olimpiya o’yinlarining dasturi


Olimpiya o’yinlari dasturi – bu XOQ tomonidan tasdiqlangan Olimpiya o’yinlari uchun sport turlari va sport musobaqalarining ro’yxati. Dastur olimpiya sportining muhim jihatlaridan biri bo’lib, uning tuzilishi Olimpiya o’yinlari ommaviyligining o’sishiga ta’sir etadi va jahonda sport rivojining strategiyasini belgilab beradi.
Olimpiya o’yinlari dasturining rivojlanishi turli omillarning ta’siri bo’yicha to’rtta asosiy davrdan iborat:

  1. 1896-1912 yillarda olimpiya dasturi Tashkiliy qo’mita tomonidan tuzilgan va barqaror bo’lmagan. Olimpiya dasturining o’zgarishiga P'yer de Kubertenning fikri va shaxsiy pozitsiyasi o’z ta’sirini ko’rsatgan.

  2. 1912-1952 yillarda olimpiya dasturining shakllanish jarayoniga XOQ faoliyatining ta’siri kuchli bo’lgan. XOQ mustaqil ravishda olimpiya dasturlari mazmunini belgilagan.

  3. 1952-1980 yillarda olimpiya dasturi siyosiy va mafkuraviy omillar ta’sirida shakllangan.

  4. 1980 yillardan - hozirgi davrgacha olimpiya dasturining mazmuniga siyosiy omillar bilan bir qatorda iqtisodiy omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.

Olimpiya dasturi bilan bog’liq masalalar 1907 yil XOQning 7- sessiyasida ilk bor muhokama qilingan va bunda Londonda o’tkaziladigan Olimpiya o’yinlarining dasturi tasdiqlangan. 1909 yilda XOQning 11- sessiyasida olimpiya dasturini tuzish jarayonida Olimpiya o’yinlari xalqaro sport musobaqa ekanligi va ular tashkilotchi mamlakatlarga qulay sport musobaqalaridan iborat bo’lishiga e’tibor berish kerakligi ta’kidlangan. 1912 yilda XOQning 15-sessiyasida sport turi 6 ta mamlakatda keng rivojlangan bo’lsa dasturga kiritilishi mumkinligi to’g’risida qaror qabul qilingan.
1920 yildan boshlab olimpiya dasturiga sport turlarini kiritish faqat XOQ tomonidan amalga oshirilgan. Sport turlariga qo’yilgan talablar ham yildan-yilga o’zgarib borgan va qiziqishi kamaygan sport turlari dasturga kiritilmagan.
Xalqaro olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki yillarida olimpiya dasturiga faqat sportning xavaskor turlari kiritilgan. Shuning uchun 1928 yilda dasturdan tennis chiqarilgan. 1979 yildan esa dastur sport turlarining kontinentlarda keng rivojlanganlik mezonlariga ko’ra tuzilgan. Hozirgi davrda Olimpiya xartiyasiga binoan olimpiya dasturiga XOQ tomonidan tan olingan, yozgi sport turlari erkaklar uchun jahonning 75 ta mamlakatlar va to’rtta kontinentida, ayollar uchun 40 ta mamlakatlar va uchta kontinentda keng ommalashgan bo’lishi shart. Qishki Olimpiya o’yinlari dasturiga jahonning 25 ta mamlakatlari va uchta kontinentida keng rivojlangan qishki sport turlari kiritiladi.
Olimpiya o’yinlari dasturiga sport turlarining kiritish va ularni dasturdan chiqarish huquqi faqat Xalqaro Olimpiya qo’mitasiga berilgan. Olimpiya dasturiga oid barcha masalalar XOQ Sessiyasi, Ijroiya qo’mitasi tomonidan muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. 1968 yilda XOQning 67-sessiyasida olimpiya dasturi bo’yicha doimiy Xay’at tuzilgan. Xay’at olimpiya dasturini tuzish bo’yicha amaliy tavsiyalarni tasdiqlagan, dasturning mazmuni va aniq mezonlarini belgilab bergan.
Olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki davrida, 1896 yilda olimpiya dasturiga 9 ta sport turlari va 43 ta sport musobaqalari kiritilgan bo’lsa, 2014 yilda ularning soni 37 ta sport turlari va 301 ta sport musobaqa turlarini tashkil etdi. 1924 yilda qishki olimpiya sport turlarining soni 7 ta va qishki sport musobaqa turlari 39 ta bo’lgan. 2014 yilda esa qishki Olimpiya o’yinlari dasturiga 15 ta sport turlari va 80 ta sport musobaqa turlari kiritilgan.

Download 334,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish