7-Sinfda qo’llaniladigan sinfdan tashqari ishlar Reja



Download 79,9 Kb.
bet1/15
Sana23.04.2022
Hajmi79,9 Kb.
#576045
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kimyoda sinfdan tashqari ishlar mustaqil ish


7-Sinfda qo’llaniladigan sinfdan tashqari ishlar

Reja:

1. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati
2.Anоrganik Kimyo to’garagi ishi bilan
3. To‘garakda kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari
4. To‘garakda agrokimyodan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar

1.Kimyodan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar talabalabalar ehtiyojidan va ijodiy ishga bo’lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o’tkaziladigan dastur materialining kamini to’ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Bunda, o’qituvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish ham kerak. Sinfdan tashqari ishlarga- fakultativ mashg’ulotlar, ijodiy kechalar, to’garaklar, mustaqil ilmiy izlanish, kurs ishi, diplom ishi, referat, olimpiyadada, ko’rik -tanlovlarda qatnashish; ilmiy konferensiyada qatnashish; pedagogik amaliyot, kitobxonlar uyushmasi, bayramlar, mustaqillik bayrami, konsitutsiya kuni, har –xil mavzudagi qiziqarli kechalar; talabalarning sevimli mashgulotlari ustida estafetalar shular jumlasidandir.
Ta’lim metodlarini qo’llashni quydagicha ko’rsatish mumkun; talabalarda tashkilotchilik, boshqaruvchilik, mustaqil ilmiy izlanish, o’z fikrini himoya qila olish, bahs yuritish ko’nikmalarini shakillantirishda guruhlar tashkil etib ijodiy topshiriqlar berish, guruhlararo bahs yuritish, aqliy hujum metodi, ebristik metod, klaster metodi kabilardan foydalaniladi. Talabalarda ijrochilik, boshqaruvchilik ular bilimlarini sinab ko’rishda ma’ruza bilan chiqish, muammo qo’yish, muammoli ma’ruza qilish ham yaxshi natija beradi. Talabalarda malaka oshirish, kasbiy qobilyatlarini rivojlantirish uchun rollar ijro etish orqali erishish mumkun.
Ularni yangi g’oya yechimini yaratish, ularni shaxsiy tajribaga yoki vaziyatga bog’lash, bahsli g’oyalarni ma’qullashga o’rgatish uchun esa guruhli bahslar, ma’lum bir hoiatlar tahlili, savol –javoblar, so’rovnomalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bu boradagi qiziqish quydagi pedagogik talablarga amal qilinganda samarali natijalar beradi; ta’lim jarayonining puxta loyihalanganligi; maqsadlaring aniqligi; talabalarni birlashtira olish, vazifani to’g’ri bilib berish, ishni to’g’ri rivojlantirish; didaktiv talablar, o’quv materialini saralash va tayyorlash, ko’rgazmali qurollar, jihozlar, o’quv materiallarini aniq ishonarli, tarzda yetkazib berish, perispektiv talablar: talabalar ma’naviy dunyosiga kira olish, ularning emotsional holatlarini ob’ektiv kuzata olish, tadqiqotchilik qobiliyati. Pedagogik holatlarini aniqlash va ob’ektiv baholay olish: yuksak pedagogik texnologiyalaridan foydalana olish va h.z.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning 3 shakli: guruh bo’lib ishlash, yalpi ishlash va yakkama-yakka bo’lib ishlash shakllaridan foydalanish.
Guruh bo’lib ishlash shakli kimyo to’garagi, o’rta maktabda o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotning asosiy shaklidir. Faqat bir sinf o’quvchilaridan iborat to’garak eng samarali ishlaydi. Yalpi mashg’ulot: kino ko’rsatish , kimyo kechasi , kimyoviy ekskursiyalar , ijodiy konferensiya , olimpiada va hokazo.
Yakkama-yakka ayrim bolalar uchun olib boriladi.
Sinfdan tashqari kimyodan ishlashning shakl va turlari



Sinfdan tashqari kimyodan ishlash shakllari

Sinfdan tashqari ishlarning turlari.



Yakka

Adabiyot bilan ishlash, ma’ruzalar, referatlar yozish, kichik ilmiy izlanish, kimyo kabinetini jihozlash;

Guruh

Kimyoviy to’garak, devoriy ro’znomalar chiqarish, stendlar tayyorlash.

Umumiy

Kimyoviy kecha, olimpiada, kimyoviy haftalik, viktorina, kimyo soati, konferensiya, ekskursiya, kimyoviy jamiyat.

O’quvchilar ekskursiyalarga juda qiziqadilar. Ma’lumki, o’quvchilarni maktab matbuoti bilan tarbiyalash DTM larning muhim yo’nalishidir. U maktab gazetalari mazmuni va o’quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir, redkollegiya sifatida faol qatnashish ta’siri ostida amalga oshiriladi. O’quvchilar a mustaqil gazeta chiqarishlari uchun, ularni mavzu va grafik redaktorlari bilan ishlashga o’rgatish kerak.


Kecha va konkurslar o’quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Ular o’quvchilarni ishlashga bo’lgan qiziqishlarini yanada shakllantiradi. Kecha dasturi turli bo’lishi, hamda fan bilan bog’liq bo’lishi kerak.
O’quvchilarda har xil konkurslarga qiziqish uyg’otadi. Kimyo fani bo’yicha konkurs sifatida "Nima? Qayerda? Qachon?", "Mo’jizalar maydoni" o’yini musobaqasi" konkurslarini taklif etish mumkin.
Kimyo fani bo’yicha olimpiada boshqa fanlar kabi faqat darslardan tashqari tadbirlar butun kompleksning oxirgi etapi bo’lsa, uning foydasi bor. Agar olimpiada o’tilgan mavzularini qaytarmasa, ular o’quvchilarni qiziqtirolmaydi. Olimpiada butun yil yakuni bo’lib qolmay o’tilganlarni rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. O’z oldiga kimyo fani bo’yicha olimpiadaga qatnashish maqsadini qo’yib, o’quvchi kimyo fani bo’yicha olimpiada masalalarini yechishga to’garakka katta xoxish bilan boradi.
Olimpiadaning tarbiyaviy vazifalari ham bor: uyushqoqlikka, intizomlilikka, irodani muvstahkamlashga va alohida o’quv jarayonida o’zini tekshirishga o’rgatadi.
Kimyo fani bo’yicha olimpiada paydo bo’lgandan beri 2 turda o’tkaziladi.: nazariy va amaliy. Nazariy va hisobli masalalarni yechadilar. Birinchi turning eng yaxshi qatnashchilari, masala yechganlari, natija oladilar. Amaliy turda o’quvchilardan anorganik, analitik va organik kimyo fanlaridan tajriba o’tkazishadi.


Download 79,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish