O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
45-sonli Ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktab-internatning biologiya fani o’qituvchisi
DJABBAROV ULUG`BEKNING
7-sinflar uchun
“Pardaqanotlilar turkumi. Asalari va chumolilar”
mavzusida yozgan
BIR SOATLIK
Mavzu: Pardaqanotlilar turkumi. Asalarilar va chumolilar .
Sinf: 7-A
Sana: 27.09.2021
Maqsad:
Ta`limiy maqsad: o`quvchiga hashoratlar sinfining pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi asalarilar va chumolilarni tuzilishi , yashash muhiti, haqidagi bilimlarni berish;
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchiga asalarilar va chumolilarni tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni o`rgatish,;
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchini hayvonlarni o`rgatuvchi –zoologiya fanini rivojlanishiga, zoologiya fanining bir qismi bo`lgan entomologiya –hasharotlarni o`rganuvchi bo`limni rivojlanishiga hissa qo`shishga o`rgatish.
Darsning jihozi: tangachaqanotlilar, pardaqanotlilar turkularining vakillari tasviri tushirilgan plakatlar, tarqatmali PIZA testlari , tarqatmali rasmlar,”Asalari va chumolilar” mavzusidagi o`quv filmi, 7x7 o`yini uchun so`zlar yozilgan qog`ozlar, 2 ta A4 hajmdagi oq qog`oz va 2ta marker.
Darsda foydalaniladigan usullar: Aqlni charxlash o`yinlaridan ”7x7”, Didaktik o`yinlar (“Men nomim nima?” ), yangi mavzuni bayoni uchun qisqa ma`ruza, o`quv film namoyishi.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism;
Salomlashish;
O`quvchilar davomatini aniqlash va xona tozaligini baholash;
Fanga oid yangiliklarni o`quvchilardan so`rash va uni to`ldirish.
II. O`tilgan mavzularnini mustahkamlash: Har bir topshiriqda javoblarga tegishli ballar berib boriladi va yakunida jamlanadi, 1-TOPSHIRIQ.
o`quvchilar 2 ta guruhga bo`linadi va ularga teng miqdordagi “7x7” jadvali tarqatiladi. Undagi katakchalarga berilgan harflardan boshlanuvchi hayvonlar nomini yozish lozim.
1-guruxga
2-guruxga
Topshiriq bajarib bo`lingandan so`ng tekshirilib ballar beriladi.
2- TOPSHIRIQ. Quyidagi PIZA testlari ekran orqali ko`rsatiladi va har bir o`quvchi o`zi belgilaydi va ball oladi..
1.Quyidagilardan qaysi birining qoni kislorot tashishda ishtirok etmaydi?
A B C
D
2.Quyidagilar orasidan chala o`zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotni belgilang:
A B C D
3.Tangachaqanotlilar turkumi vakilini belgilang:
A. B C D
4.Eng qadimgi hasharotni ko`rsating:
A. B C D
5.Quydagilar orasida o`pka bilan nafas oluvchi bo`g`imoyoqlini belgilang:
A. B C D
Yuqoridagi test sxema asosida baholanadi. O`quvchilar testni bajarishdan oldin quyidagi szemani chizib, shu sxemaga belgilaydi, To`g`ri javobni ustini bo`yab qo`yadi.
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
3-TOPSHIRIQ. “Mening nomim nima?” Guruhlarda bittadan o`quvchi tanlanib , unga ko`rsatilmasdann orqasiga rasm ilinadi, guruhi a`zolari shu rasmga ta`rif beriladi, o`quvchi shu hayvon nomini topishi kerak.
Yangi mavzu bayoni:
Mavzu: Pardaqanotlilar turkumi. Asalari va chumolilar oilasi.
Foydalaniladigan rasmlar:
Pardaqanotlilarga asalari, sariq ari, qovog'ari, yaydoqchilar, chumolilar kiradi.
Asalari oilasi. Asalari oilasida 10000 - 50000, ba'zan 100000 tagacha ishchi arilar, bitta ona ari, bir necha yuz erkak arilar bo’ladi. Asalarilar yog'ochdan yasalgan maxsus qutilarda boqiladi. Quti ichida ular mumdan olti qirrali katakchalarda yashaydi.
Asalarilarning tuzilishi. Ona, ishchi va erkak asalarilar tashqi ko'rinishi bir-biridan farq qiladi. Ona ari va erkak arilar ishchi arilarga nisbatan ancha yirik bo’ladi. Urg'ochi va ishchi arilar qorin boTimining uchida nishtari bo’ladi. Erkak arilarning mo'ylovlari va ko'zi yaxshi rivojlangan; nishtari bo’lmaydi.
Ishchi arilar — voyaga yetmagan urg'ochilar. Boshining yon tomonida ikkita murakkab ko'zlari, ularning orasida uchta oddiy ko'zchalar joylashgan. Boshi oldingi tomonida joylashgan ikkita mo'ylovi hid bilish organi hisoblanadi (51-rasm). Arilar gulning hidi va rangini yaxshi farq qiladi. Ularning ko'zi sariq va ko'k ranglarni hamda bizning ko'zimiz ilg'ay olmaydigan ultrabinafsha nurlarni yaxshi farq qiladi, lekin qizil rangni sezmaydi. Ishchi arilar yuqori jag’lari yordamida mumdan kataklar yasaydi va changdonlardan gul changini oladi. Pastki lab va jagTari o'zgarib naysimon xartum hosil qiladi. Ari xartumi bilan gul nektarini so'radi. Shu sababli arining og’iz organlari kemiruvchi-so'ruvchi deyiladi.
Ishchi ari orqa oyoqlaridagi maxsus savatcha va tukchalar yordamida gul changini yig’ib oladi. Ari chaqqanda uning nishtari teri ichida uzilib qoladi; mayib bo’lgan ari esa halok boTadi.
Asalarilar oilasining hayoti. Erkak va ona arilar og’iz organlari yaxshi rivojlanmaganligidan mustaqil oziqlanolmaydi. Ishchi arilar uyani tozalash, qo'riqlash, ona va erkak arilar hamda qurtlarni oziqlantirish, gul changi va nektar yig’ish kabi ishlarni bajaradi. Arilar yig'gan nektar katakchalarda asalga aylanadi. Ishchi arilar tuxumdan chiqqan qurtlarni gul changi va asal bilan boqadi.
Yangi asalari oilasi may — iyun oylarida g'ujlanish, ya'ni ko'chib chiqish orqali paydo bo'ladi. Oziq mo'l bo'lganida ona ari urugTangan va biroz urug’lanmagan tuxum qo'yadi. Urug'lanmagan tuxumlardan erkak arilar, urug’langan tuxumlardan esa ishchi arilar chiqadi. Qurtlardan birini ishchi arilar alohida yirik katakda tarbiyalab, ona ari yetishtiradi. Eski ona ari bir to'da ishchi arilar bilan birga uyadan chiqadi va biron daraxt shoxiga g'uj bo’lib o'tiradi. Ular boshqa qutilarga joylanadi. Sovuq kunlar tushishi bilan ishchi arilar erkaklarini uyadan quvib chiqaradi.
Asalarilar «tili». Uyadagi ishchi arilarning turli harakatlar yordamida axborot almashinishi «asalarilar tili» deb ataladi. Ari nektarga boy gulni topganda qornini likillatib aylanib, raqsga tushayotgandek harakatlar qiladi. Bu harakatlar nektar yig’ish uchun qaysi tomonga borish kerakligini bildiradi.
Asalarilar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ko'pchilik o'simliklar asalarilar yordamida changlanadi. Asalarilar changlatgan o'simliklar mo’l hosil beradi. Asal qimmatbaho va shifobaxsh oziq hisoblanadi. Uning tarkibida oson hazm bo’ladigan shakar moddalar, organizm uchun juda zarur bo’lgan har xil minerallar mavjud. Shifokorlar darmonsiz kishilar uchun asal iste'mol qilishni tavsiya etishadi. Asalari zaharidan tibbiyotda dorivor moddalar tayyorlanadi; mumi esa texnikada ishlatiladi.
Chumolilar ham asalarilar singari oila bo‘lib yashaydigan pardaqanotlilardir. Ular qorin bo‘limining ikki bo‘g‘imli ingichka bel orqali ko‘krakka qo‘shilishi, boshining yirik va jag‘larining kuchli rivojlanganligi bilan boshqa pardaqanotlilardan farq qiladi.
Chumolilar oilasi bir nеcha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Individlari orasida bir nеcha ona, o‘nlab erkak va bir nеcha minglab ishchi chumolilar bo‘ladi. Ishchi chumolilar ko‘payish qobiliyatini yo‘qotgan urg‘ochilardan iborat. Ular chala hazm bo‘lgan oziq bilan qurtlar, navkarlar va ona chumolini boqishadi. Chumolilar tuproqda murakkab, ko‘p kamеrali in quradi. Ko‘pchilik chumolilar foydali hasharotlar hisoblanadi. Kеng bargli va nina bargli o‘rmonlarda yashaydigan sariq o‘rmon chumolisi zararkunanda hasharotlarni qirib, daraxtlarni himoya qiladi. O‘rta Osiyo cho‘llarida tarqalgan chopqir faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, o‘simliklar doni va mevasi bilan oziqlanadi. Cho‘l va sahrolarda uchraydigan qir chumoli o‘simliklar doni bilan oziqlanadi. Xonadonlarda yashaydigan sariq fir’avn chumolisisara shirinliklarni xush ko‘radi. Bog‘ qora chumolisi shira bitlari ajratgan suyuqlikni yalab, ularni yirtqich hasharotlardan himoya qiladi.
Pardaqanotlilar qanotlari pardasimon. Bir qancha pardaqanotlilar qorni uchida nishtari va zahar bezi bo'ladi. Ko'pchilik pardaqanotlilar jamoa bo'lib yashaydi. Asalarilar jamoasida bitta ona ari, juda ko'p ishchi arilar va bir qancha erkaklari bo'ladi. Ishchi arilar uyadagi barcha ishlarni bajaradi. Ishchi arilar gullardan jig'ildonida nektar yig'adi. Nektar kataklarda asalga aylanadi.
ASALARI VA CHUMOLILARNING AHAMIYATI HAQIDAGI MA`LUMOTLAR BERILADI.
Foydali maslahatlar: asalarilar haqidagi foydali maslahatlar eshittiriladi.
MUSTAHKAMLASH: Guruhlarga idishcha rasmi tushirilgan A4 o`lchamdagi qog`ozglar tarqatiladi, 1-gurux asalari haqidagi ma`lumotni, 2-guruh chumolilar haqidagi ma`lumotni yozishi kerak . Kim birinchi idishchani xatosiz to`ldirsa to`ldirsa o`sha qator g`olib bo`ladi.
1-guruh 2-guruh
UYGA VAZIFA: Mavzuni o`qib, rasmlarni chizib, savol-javobga tayyorgarlik ko`rish.
DARSDA FOYDALANILGAN SLAYDLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |