7-sinflar Zakovat 2021 bellashuvi Saralash bosqichi



Download 19,97 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19,97 Kb.
#312332

7-sinflar Zakovat 2021 bellashuvi - Saralash bosqichi

1. Ularning aniq atash ma'nosi bo'lmaydi. Uning qaysi ma'noda kelayotgani matnda qaysi so'z yoki gap o'rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi. Ushbu so'z turkumi ma'nosiga ko'ra 7 ta turga bo'linadi. Diqqat gap qaysi so'z turkumi haqida ketmoqda ?

Javob : Olmosh so'z turkumi. (Ona tili 7-sinf 18-bet)

2. Atomning absolut massasi deb nimaga aytiladi ?

Javob : Atomning absolut massasi - element atomining haqiqiy massasi bo'lib, u juda ham kichik massa birligiga teng. (Kimyo 7-sinf 19-bet)

3. U to'kilgan barglar xascho'plar bilan ifloslangan ko'lmak suvlar tubida hayot kechiradi. Tanasining kattaligi 0.2-0.5 mm shaffof bo'ladi. Hujayrasining shakli tez-tez o'zgarib turadi. U ikkiga bo'linish yo'li bilan jinssiz ko'payadi. Diqqat gap nima haqida ketmoqda ?

Javob : Oddiy Amyoba

4. Buyuk Ipak Yo'li qaysi davrlarda asosiy savdo yo'li hisoblangan ?

Javob : Buyuk Ipak Yo'li miloddan avvalgi II asrdan milodiy XVI asrgacha asosiy savdo yo'li hisoblangan. (Geografiya 7-sinf 11-bet)

5. Adib 1889-yilning 6-martida Qo'qon shahrida tug'ilgan hamda 1929-yilning 18-martida u johil odamlar tomonidan vaxshiyona tarzda o'ldirildi. U 1914-yillarning oxirlarida Marg'ilonda maktab ochgan. Ammo 8 oyga bormay Andreyev maorif rahbari tomonidan uning maktabi majburiy yopilgan. Sho'ro hukumati davrida uni bironta ham asari chop etilmadi. Hamma bitganlari qo'lyozma shaklida matbuotda qo'lib ketdi. Diqqat gap kim haqida ketmoqda ?

Javob : Hamza Hakimzoda Niyoziy (Adabiyot 7-sinf 14-bet)

6. Modda hosil qilish jarayoni nima deb ataladi ?

Javob : Sintez (Kimyo 7-sinf 27-bet)

7. Infuzoriyalar sinfining tipik vakili hisoblangan tufelkaning tuzilishini ketma-ket sanab bering ?!

Javob : Hujayra qobig'i, kiprikchalar, og'iz, hazm vakuolalari, qisqaruvchi vakuola, chiqarish teshikchasi, katta yadro, kichik yadro, otiluvchi tanachalar. (Zoologiya 7-sinf 18-bet)

8. O'rta Osiyoning tub aholisiga qaysi xalqlar kiradi ?

Javob : O'zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qirg'izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, afg'onlar, forslar. (Geografiya 7-sinf 11-bet)

9. Jahon mening bag'rimdami yo men jahon bag'rida,

Yuz bahorning yellarimi sochlarimni sillagan ?

Ming gulshanning gullaridan rohat baxsh bu qo'lchalar,

Baxtga ko'mib yuragimni, yuzlarim erkalagan.

Ushbu she'rni nomi nima va kim tomonidan yozilgan ?

Javob : Saida Zunnunova "Qizimga". (Adabiyot 7-sinf 25-bet)

10. Sublimatlanish deb nimaga aytiladi ?

Javob : Sublimatlanish deb qattiq holatdan to'g'ridan to'g'ri gaz holatiga o'tish hodisasiga aytiladi. (Kimyo 7-sinf 29-bet)

11. Dengiz boshliqichlilarga 5 ta misol keltiring ?!

Javob : 1-ildizog'iz meduza, 2-qutb meduzasi, 3-aktiniyalar, 4-aureliya, 5-qizill korall poliplar. (Zoologiya 7-sinf 28-bet)

12. Hozirgi paytda O'rta Osiyo aholisi qancha ?

Javob : 75 million kishidan ortiq. (Geografiya 7-sinf 11-bet)

13. Olmoshlar ma'nosiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi ?

Javob : Kishilik olmoshlari, o'zlik olmoshi, ko'rsatish olmoshlari, so'roq olmoshlari, belgilash olmoshlari, bo'lishsizlik olmoshlari, gumon olmoshlari. (Ona tili 7-sinf 18-bet)

14. Tarkibning doimiylik qonuni qachon va kim tomonidan kashf qilingan ?

Javob : 1808-yilda Fransuz olimi Jozef Prust tomonidan kashf qilingan. (Kimyo 7-sinf 40-bet)

15. Yassi chuvalchanglar tipi qanday sinflarga bo'linadi ?

Javob : Kiprikli chuvalchanglar, so'rg'ichli chuvalchanglar hamda tasmasimon chuvalchanglar. (Zoologiya 7-sinf 31-bet)

16. Yer yuzasi bir qismining samolyot va boshqa uchuvchi asboblar yordamida olingan tasviri nima deb ataladi ?

Javob : Aerosurat (Geografiya 7-sinf 15-bet)

17. Mashhur shoir Shuhratning "Mardlik afsonasi" balladasidan parcha keltiring ?!

Javob : Uzoq-uzoq o'tmishlar tarixin titsam,

Massagetlar shonidan bir qissa bitsam,

Afsona deb, kitobxon, qo'limni tutma !

Shonli uzoq o'tmishdan ko'zing berkitma ! (Adabiyot 7-sinf 32-bet)

Sarvarbek, [15.11.2021 10:40]

18. Kimyoviy energiya deb nimaga aytiladi ?

Javob : Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya kimyoviy energiya deyiladi. (Kimyo 7-sinf 46-bet)

19. Odam askaridasini ta'riflab bering ?!

Javob : Odam askaridasi ingichka ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda. Urg'ochisining uzunligi 20-40 sm, erkagi 15-25 sm bo'ladi. (Zoologiya 7-sinf 38-bet)

20. Taqvimlar nimalar harakati bilan bog'langan ? Biz bugungi kunda qaysi taqvimdan foydalanamiz ?

Javob : Taqvimlar yer, quyosh va oy harakatlari bilan bog'langan. Biz bugungi kunda Grigoriy taqvimidan foydalanamiz. (Geografiya 7-sinf 29-bet)

21. Dunyodagi birinchi she'r kim tomonidan nima sababdan aytilgan ?

Javob : Dunyodagi birinchi she'r hazrati Odam Ato tomonidan o'g'li Hobilning o'ldirilishi munosabati bilan aytilgan. (Adabiyot 7-sinf 11-bet)

22. Moddada kimyoviy o'zgarishlar yuz berganda qanday holatlar kuzatiladi ?

Javob : Kimyoviy o'zgarishlarda modda sifati o'zgaradi hamda yangi moddalar hosil bo'ladi. (Kimyo 7-sinf 36-bet)

23. To'garak chuvalchanglar tipiga mansub parazit hayvon. Tropik va subtropik o'lkalarda keng tarqalgan. Tanasi ipga o'xshash, uzunligi 32 sm dan 100 sm gacha bo'ladi. U oyoq ba'zan qo'l terisi ostidagi biriktiruvchi to'qimada parazitlik qiladi. Terining u bilan zararlangan qismida ho'l yara paydo bo'ladi. Diqqat gap haysi parazit chuvalchang haqida ketmoqda ?

Javob : Rishta (Zoologiya 7-sinf 42-bet)

24. Ko'rsatish olmoshlari deb nimaga aytiladi ?

Javob : Oldingi gap, gapdagi biron-bir so'z, so'z birikmasi o'rnida qo'llanib, unga ishora qiluvchi yoki biror so'zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko'rsatish olmoshlari deyiladi. (Ona tili 7-sinf 20-bet)

25. O'rta Osiyoning Pomir va Tyanshan to'g'lari hududida juda ko'p zilzilalar sodir bo'lishini asosiy sababi nimada ?

Javob : Buning asosiy sababi Pomir va Tyanshan to'g'larining ikkita litosfera plitalari : Yevrosiyo va Hindiston-Avstraliya plitalari to'qnashgan chegarada joylashganligi va bu to'g'larning to'xtovsiz ko'tarilishda davom etayotganligidir. (Zoologiya 7-sinf 34-bet)

26. She'riyat, mazlumga homiylik qilding,

Qaroli bo'lmading zo'ravonlarning.

Olding panohingga notavonlarni,

Zolimlarni esa dushman deb bilding.

Ushbu to'rtlik kim tomonidan yozilgan ?

Javob : Rasul Hamzatov. (Adabiyot 7-sinf 39-bet)

27. Kislorod qanday element tarkibiga kiradi ?

Javob : Kislorod - Yer sharida eng ko'p tarqalgan kimyoviy element hisoblanadi. (Kimyo 7-sinf 54-bet)

28. Parazit chuvalchanglarga 5 ta misol keltiring ?!

Javob : Exinokokk, cho'chqa tasmasimon chuvalchangi, bolalar gijjasi, rishta, bo'rtma nematoda. (Zoologiya 7-sinf 41-bet)

29. Kishilik olmoshlari qatnashgan 5 ta gap tuzib bering ?!

Javob : 1-Men kitob o'qiyapman. 2-U teatrga boradi. 3-Sen bugun maktabda nechchi baho olding. 4-Koronavirusni biz birgalikda yengamiz. 5-Ular qo'shiq tinglashyabdi. (Ona tili 7-sinf 23-bet)

30. O'rta Osiyo hududida sodir bo'lgan kuchli va falokatli zilzilalardan 3 ta misol keltiring hamda bu zilzilalarning qachon va qayerda sodir bo'lganligini ayting ?

Javob : 1930-yilda Tojikistonning Dushanbe shahri atrofida, 1948-yilda Tojikistonning Ashxabod shahrida hamda 1966-yilda O'zbekistonning Toshkent shahrida. (Geografiya 7-sinf

Sarvarbek, [15.11.2021 10:40]

8-sinflar Zakovat 2021 bellashuvi - Saralash bosqichi

1. Adabiy nutq qanday uslublarga bo'linadi ?

Javob : So'zlashuv uslubi, badiiy uslub, publisistik uslub, ilmiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub. (Ona tili 8-sinf 5-bet)

2. Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon esa uvillashdan to'xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar va ohular yashin tezligida ko'zdan g'oyib bo'ladi, podada marayotgan qo'y, echkilarning ovozi o'chadi, tuyalar arqonni uzib qochadi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, berkinish uchun joy axtaradi. O'ylab ko'rinchi bu qanday ovoz bo'lishi mumkin ?

Javob : Sher nar'asi.

3. Hujayra tarkibidagi organoidlarni to'liq ayting ?!

Javob : Hujayra membranasi, yadro, sitoplazma, endoplazmatik tor, golji majmuasi, ribosomalar, lizosomalar, mitoxondriyalar, vakuola va xromosomalar. (Biologiya 8-sinf 10-bet)

4. Turklar uni "shayton ovozi", nemis dengizchilari "musson shamoli", inglizlar "eng baxtsiz kishilar ovozi" deya ta'riflashadi. Bizda ham bu narsani yaxshilikka olib kelmaydi deyishadi. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob : Hushtak chalish.

5. Kimyoviy formula deb nimaga aytiladi hamda kimyoviy formulaga qarab moddaning nimasini bilib olish mumkin ?

Javob : Kimyoviy formula - modda tarkibining kimyoviy belgilar va indekslar yordamida ifodalanishidir. Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tarkibini bilib olish mumkin. (Kimyo 8-sinf 7-bet)

6. U narsani biz deyarli har kuni ko'ramiz. U haqidagi birinchi ma'lumotlar 1254-yilda ma'lum bo'la boshlagan. Uning ilk ko'rinishlari metaldan bo'lgan u bronzaga sayqal berish yo'li bilan tayyorlagan. Diqqat gap nima haqida ketmoqda ?

Javob : Kozgu

7. Mamlakatimizda nechta shahar, nechta shaharcha hamda qancha qishloq va ovullar bor ?

Javob : Mamlakatimizda 119 ta shahar, 1071 ta shaharcha hamda 11.000 dan ortiq qishloq va ovullar bor. (Geografiya 8-sinf 22-bet)

8. Sovet haykaltaroshi Kuratov bir mashhur kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o'sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g'oz kabi bir necha hayvonlarni ham joylashtiradi. Savol haykaltarosh kimning haykalini yasagan ?

Javob : Mashhur masalchi Ivan Krilov.

9. Federativ davlat bu...?

Javob : Federativ davlat - bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo'lgan murakkab, Ittifoqdosh davlat. (Huquq 8-sinf 36-bet)

10. Moviy ko'llari va daryolarining betakror go'zal manzarasi, bu davlat qarag'ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan "Tong musaffolik mamlakati" deb atashadi. Diqqat bu qaysi mamlakat ?

Javob : Koreya.

11. Insho deb nimaga aytiladi hamda insholar mazmun-mohiyatiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi ?

Javob : Insho - o'quvchi ijodiy mehnatining oliy ko'rinishi, uning aqliy mehnati mahsuli. Insho mazmun-mohiyatiga ko'ra 3 turga bo'linadi : 1) adabiy mavzudagi insho, 2) erkin mavzudagi insho, 3) ilmiy insho. (Ona tili 8-sinf 17-19 bet)

12. Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqlarning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi kun ko'rish uchun zarur narsalarga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi Kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o'tab kelmoqda. Diqqat bu qaysi mevali daraxt ?

Javob : Xurmo daraxti.

13. Gormonlar deb nimaga aytiladi hamda kopchilik organlar funksiyasiga ta'sir ko'rsatadigan gormonlarga misollar keltiring ?!

Javob : Ichki va aralash sekretsiya bezlarining qonga ishlab chiqaradigan biologik faol moddalar gormonlar deyiladi. Buyrakusti bezi gormoni, adrenalin gormoni. (Biologiya 8-sinf 17-bet)

14. Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg'alari do'konidan bir kishi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko'zi tushadi va judayam xafa bo'ladi. Xo'sh Eyfel minorasi maketiga nima deb yozilgan edi siz buni aniq qilib ayting ?

Javob : "Made in China" ya'ni "Xitoyda ishlab chiqarilgan".

Sarvarbek, [15.11.2021 10:40]

15. Molekulasi tarkibida metallarga o'z o'rnini bera oladigan vodorod atomlaridan va qoldig'lardan tashkil topgan murakkab moddalar nima deyiladi ?

Javob : Kislotalar. (Kimyo 8-sinf 13-bet)

16. Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to'ldirishingizni so'rayman.

"Loboratoriyada yangi dangasa robot yaratildi. Imtixonlar a'lo darajada o'tdi ya'ni robot...". Gapni bitta so'z bilan tugating ?

Javob : Robot ishlamadi.

17. Ekstensiv va intensiv xo'jalik yuritish deb nimaga aytiladi ?

Javob : Ekstensiv xo'jalik yuritish - ishlab chiqarishni fan-texnika yutuqlari va zamonaviy mexanizatsiya imkoniyatlari o'rniga tabiiy boyliklarni jadal o'zlashtirish hisobiga yuksaltirish usuli.

Intensiv xo'jalik yuritish - fan va texnika yutuqlarini iqtisodiyotga tezkor joriy etuvchi, xomashyo va boyliklarni tejab-tergab chiqindi chiqarmay to'liq foydalanish usuli. (Geografiya 8-sinf 29-bet)

18. Bu taom nomi turkchada "tovada pishiriladigan ovqat" degan ma'noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste'mol qilamiz. Bu taom qanday nomlanadi ?

Javob : Tabaka.

19. Suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biror bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqiga nima deyiladi ?

Javob : Konfederatsiya. (Huquq 8-sinf 37-bet)



20. "Fil sichqondan qo'rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmush" deyishadi. Bu noto'g'ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo'rqmaydi. Mobodo sichqon filning hartumiga kirgudek bo'lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin "fil sichqondan qo'rqadi" degan iboraning zamirida haqiqat bor. Diqqat xo'sh mantiqan o'ylab ko'ringchi nima uchun fil sichqondan qo'rqadi ?

Javob : Sichqonning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asabiylashtirib jazavaga soladi. Shuning uchun ham fil sichqondan qo'rqadi ya'ni sichqon bor joydan qochishga harakat qiladi.
Download 19,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish