Reja: Me’da osti bezi tuzilishi va joylashishi



Download 15,83 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi15,83 Kb.
#795387
Bog'liq
me\'da osti va jinsiy bez


Mavzu: Me’da osti bezi va jinsiy bezlar tuzilishi,joylashishi
Reja:
1.Me’da osti bezi tuzilishi va joylashishi
2.Jinsiy bezlar tuzilishi va funksiyasi

Me’da osti bezining endokrin qismi (pars endocrinica pancreatis) epiteliy hujayralaridan tashkil topgan pankreatik (langergans) orolchalaridan iborat. Ular bezning ekzokrin qismidan biriktiruvchi to'qimali qatlamlar vositasida ajralgan. Orolchalar bezning hamma qismida bo‘lsada, dum qismida ko‘p bo ladi. Bu orolchalaming soni bir millionga yaqin, kattaligi 0,1- 0,3 mm bo'lib, umumiy massasi bez og'irligining 1— 2 % ini tashkil qiladi. Pankreatik orolchalar alfa va beta hujayralardan iborat. (beta hujayralar insulin gormoni ishlab chiqaradi. Uning ta’sirida qonda qand moddasi kamayib jigar va mushaklarda glikogen holida to‘planadi. U glukozadan yog‘ hosil bolishini kuchaytirib, yog'ning parchalanishini sekinlatadi. Insulin oqsil hosil bo'lishini faollashtiradi. Uning yetishmovchiligi qandli diabet kasalligiga olib keladi. Alfa hujayralar glukagon gormoni ishlab chiqaradi. Glukagon gormoni ta’sirida jigarda glikogen glukozaga parchalanadi. Uning miqdorini ko‘payishi qonda qand miqdorining oshishiga, giperglikemiyaga olib keladi. Undan tashqari, glukagon yog'ni yog‘ to‘qimasiga parchalanishini kuchaytiradi.


Yangi tug‘ilgan chaqaloqda orolchalar soni 120 ming bo'lib, ular me’da osti bezi hajmining 3,5% ini tashkil qiladi. Bola hayoti davomida ularning soni ko'payib 800 mingdan oshadi va bez massasining 1—2% ini tashkil qiladi. Orolchalar qon tomirlarga boy.
Jinsiy bezlarning endokrin qismi. Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralardan tashqari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo'ladi. Moyakning endokrin qismi buralma urug‘ naychalarining o'rtasidagi qon va limfa kapillariari yonidagi interstitsial to‘qimada joylashgan o‘ziga xos Leydig hujayralaridan iborat. Bu hujayialar,erkaklar jinsiy gormoni testosteron ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, kamroq ta’sir kuchiga ega gormonal moddalar va oz miqdorda ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab chiqariladi. Androgenlar jigar, buyrak, ayniqsa, mushaklarda oqsil moddalar sintezini kuchaytiradi va oliy nerv faoliyatiga ta’sir qiladi.
Erkaklarning jinsiy gormoni — androgenlarni homila davrida o‘sayotgan moyaklar ishlab chiqaradi. Ular erkaklar ichki va tashqi jinsiy a’zolarining takomillashuvini ta’minlab, ayollar jinsiy naylarining o‘sishini to‘xtatadi.
Ayollar jinsiy bezlari follikulalarining donador qavati va tuxumdon interstitsial to‘qimasi hujayralari estrogen gormonlar va oz miqdorda testosteron ishlab chiqaradi. Sariq tana esa progesteron ishlab chiqaradi. Ayollarning jinsiy gormonlari asosan qiz bola balog‘atga yetganidan keyin ishlab chiqarila boshlaydi.
Estrogenlar ayollar organizmi jinsiy a’zolarining taraqqiyoti va o'sishiga, progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taraqqiyotiga ta’sir qiladi.
Download 15,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish