7mavzu. Madaniyat sohasidagi globallashuvning mohiyati. Reja: Madaniyat sohasidagi globallashuv jarayonlarining mazmun-mohiyati. «Ommaviy madaniyat»



Download 266,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.05.2020
Hajmi266,91 Kb.
#57210
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.Madaniyat sohasidagi globallashuvning mohiyati.

qo`zg`atib yuborish osonroq. Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday 

fil`mlardan  ko`pincha  turli  yovuzlik,  yirtqichlik,  shafqatsizliklarni  o`rganadi,  xolos.  Natijada 

ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag`irlik, zo`ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini 

o`zi  ham  sezmay qoladi. Hatto  shunday  tomosha va  fil`mlarning  qahramonlariga ko`r -ko`rona 

taqlid qilishni istaydigan yigitqizlar ham topiladi. CHunki ular bunday uydirma talqinlar ta`sirida 

qo`l  urayotgan  ishi  qanday  ayanchli  oqibatlarga  olib  kelishini  tushunib  etmaydi.‖

2[130]

  SHu 


ma`noda amerikalik ruhshunos M. Bell uni tavsif etib, ―Bu demokratik madaniyat. U sinfingiz, 

millatingiz,  kambag`al  yoki  boy  ekaningizdan  qat`iy  nazar  siz  odamlarga  atalgandir.  Bundan 

tashqari, hozirgi ommaviy kommunikatsiya vositalari tufayli yuqori badiiy qimmatga ega bo`lgan 

juda  ko`p  asarlar  kishi  hayotiga  kirib  keldi‖  deganida  bu  madaniyatni  biryoqlama, 

mutaassiblarcha baholagani ko`rinadi.  

Vaholanki, endilikda ommaviy madaniyatning hamma yoqqa erkin kirib kelishi  

imkoniyatlari juda ortib bormoqda. Bu madaniyatga qarshi tura olish, kurash olib borish uchun 

bu  imkoniyatlarni  yaxshi  tasavvur  etishning  zarurati  katta.  Ular  avvalo  inson  onging 

xususiyatlaridan foydalanishga tayangan bo`lib, asosan quyidagilardan iborat:  

Individning ruhan va aqlan ijtimoiy jayonda faol ishtirok etishni istamasligi. Boshqacha  

aytganda,  jamiyat  a`zolarining  ko`pchiligiga  xos  bo`lgan  inertlik  (loqaydlik,  passivlik, 

dangasalik).  

Kundalik muammolardan, doimo takrorlanishdan iborat bo`lib qolgan zerikarli, odatiy  

va mutaasiblik kayfiyatidan chetlashish hoxishi.  

- O`z muammolarining boshqa insonlar va jamiyat tomonidan ham tushunilishi va his  

etilish istagi.  

Ommaviy madaniyat inson ongining shu xususiyatlaridan foydalanadi. U odatda avvalo  

o`z  bo`sh  vaqtini  qanday  o`tkazishni  bilmaydiganlar  diqqatini  o`ziga  tortadi.  U  engil  qabul 

qilinadigan, inson ko`nglini  xushlaydigan  hayollar,  go`zal  manzaralar  va  sarob dunyosiga  olib 

kiradi, unga dam beradigan, unga shaxsan yo`naltirilgan jihatlari bilan kishiga yoqadi. Boz ustiga 

kundalik  muammolarga  original  va  juda  engil  hozirjavobligi  bilan  hali  chiniqmagan  katta 

                                                   

2

 

[130]



 Karimov I.A.Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz.9-jild.- T.:O`zbekistоn, 2001. B.74-75.  


ko`pchilik  ongini  zabt  etadi.  ―Ommaviy  madaniyat‖ning  ―vaqtichog`lik  qilish  san`ati‖, 

―charchoqqa qarshi‖ san`at yoki yarim madaniyat kabi nomlarni olgani ham shuning tufaylidir.  

Ommaviy madaniyatning negativ jixatlari sanab o`tilarkan, uning mazmunida turli  

darajalar borligini ham e`tiborga olish kerak, albatta. Unda juda sayoz va zararli maxsulotlar bilan 

birga A.Kristining detektivlari yoki boshqa janrlardagi arzirli asarlar ham uchraydi. Lekin ko`p 

xollarda  asarlarni  hammaga  yoqimli  qilishga  bo`lgan  intilish  ko`pincha  bu  asarlarning  ham 

umummadaniy saviyasi darajasini tushiradi. CHunki ommaviy kommunikatsiya o`z nomi bilan 

ommalashuv uchun mo`ljallangan. SHuning uchun ular saviyasi o`rtadan past kishilar intellektul 

ehtiyojlarini  qanoatlantirishi  etarli.  Boshqa  tomondan  qaralsa,  ayrim  tadqiqotchilar  nuqtai 

nazariga ko`ra, ayni ommaviyligi tufayli madaniyatning muayyan mazmunidan jamiyatning eng 

quyi qatlamlari ham o`zlariga keragini olish imkoniga ega bo`ldi. Bizningcha, bu keyingi masala 

xali to`liq va uzil-kesil echimga ega bo`lmagan murakkab masalalar qatoriga kiradi.   

XX asr o`rtalariga kelib, elitar madaniyat mazmunida o`zgarish sodir bo`ldi. CHin  

san`at asarlaridan judo bo`lgan omma o`zi uchun ishlab chiqilgan ―maxsulot‖ bilan qanoatlanib 

yurgan  esada,  ommadan  ajralib  qolgan  elita  o`zining  ommadan  mutlaqo  chetlashib  ketganiga 

ortiq  befarq  qola  olmadi.  Buning  natijasi  o`laroq  elitar  madaniyat  namoyandalari  ikki 

madaniyatni bir biriga yaqinlashtiradigan asarlar yarata boshladilar. Masalan, italiyalik faylasuf 

U.Eko  dedektiv  janrida  maktab  o`quvchilari,  uy  bekalaridan  tortib  to  faylasuflar  va 

iloxiyotchilarning ham qiziqishlarini qondirishni mo`ljallagan oliy madaniyat asarini yozdi. Bu 

kitobning ro`yxatda o`n yildan ortiq bestseller sifatida turgani uning maqsadi amalga oshganini 

ko`rsatadi. Endilikda shu asar bilan insoniyat G`arb madaniyatida postmodernizm davriga qadam 

qo`ydi deb qaralmoqda.  

Postmodernizmda  elitar  madaniyat  kontekstiga  ommaviy  madaniyat  elementlari  kiritilmoqda 

yoki  ikkisi  ham  kesatiqli  kontekst  vositasida  bir  mazmunga  kiritilmoqda.  Postmodernizm  ikki 

madaniyatni bir-biriga yaqinlashtirishda oxir oqibatda nimaga erishishi hozircha juda qorong`u.   

 

Ushbu   muammoni   yoritishda   hozirgi   rus   faylasuflaridan   ko`pchiligi 



 

SHarq  


donishmandlari,  xususan,  hinduizm  va  b.  ezoterik  ta`limotlarni  hozirgi  davrga  tatbiqan  qayta 

onglash  asosida  (Maxatmalar,  Rerixlar  tomonidan)  qayta  ishlab  chiqilgan  Hayotiy  Axloq 

Ta`limot  paradigmasiga  tayanish  maqsadga  muvofiqdir.  Hayotiy  Axloq  paradigmasiga  ko`ra, 

ommaviy  madaniyat  yolg`on  madaniyatdir,  zero  uning  ko`pchilik  shakllari  chin  (ya`ni  oliy) 

madaniyatdan  farqli  o`laroq,  insonparvar  ijtimoiy  tamoyillar  taraqqiyotiga  va  inson  ruhiy 

evolyutsiyasiga  olib  kelmaydi.  CHinakam  madaniyatning  vazifasi  va  maqsadi  -  insonni  tuban 

nafs  xohishlaridan  poklanib  borishi  orqali  ma`naviy  yuksaltirish  va  barkamollashtirishdan 

iboratdir.  Ommaviy  madaniyat  esa  bunga  mutlaqo  qarama  qarshi  keladigan  ishlarni  amalga 

oshirmoqda  –  u  inson  ongi  va  instinktlarining  (nafsining)  tuban  mazmunini  zo`r  berib 

qo`g`otmoqda, shaxsni axloqiy va intellektual inqirozga olib kelmoqda.   

Vaholanki, bu g`oyalar bizning ―madaniyat inson va insoniyat hayotining ma`no va  

maqsadini  to`g`ri  ko`rsatib  bera  oladigan  hamda  uning  faoliyatini  shunga  muvofiq  yo`naltira 

oladigan g`oyalar, tasavvurlar va his-tuyg`ularning organik birligidan iboratdir‖ degan ta`rifimiz 

bilan ham, Aurobindo Gxoshning ―Madaniyat ruh, intellekt va vujud (tana) orasida uyg`unlikka 

erishuv  demakdir‖,  degan  ta`rifi  bilan  ham  va,  eng  muhimi,  xalqimizning  yuksak  metafizik 

qadriyati bo`lgan tasavvuf ta`limotining ―Komil inson‖ kontseptsiyasi bilan ham uyg`undir.   

SHunday  qilib,  ommaviy  madaniyat,  o`z  kelib  chiqishiga  ko`ra,  G`arb  madaniyati 

―taraqqiyoti‖ning  qonuniy  maxsulidir.  Uning  keng  tarqalishida  aholi  sonining  ortishi, 

hammaning ma`lumotga ega bo`lishi, fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan ommaviy elektron 

axborot  vositalarining  rivojlanishi,  ―madaniyat  industriyasi‖ning  vujudga  kelishi  katta  rol 

o`ynadi.  U  endilikda  go`yo  jamiyat  ijtimoiy  strukturalari  va  mafkura  bilan  hech  bog`liq 

bo`lmagan,  geografik  chegaralarni  olib  tashlagan  (kosmopolitik)  ―umumbashariy  madaniyat‖ 

ekani  da`vosi  bilan  chiqmoqda.  Bu esa mazkur  ma`naviy inqirozning ko`lami  va  xavfi  mislsiz 

kattaligini  va  unga  qarshi  chiqish  uchun  naqadar  katta  safarbarlik  talab  qilinayotganini 

ko`rsatmoqda.   



Ommaviy  madaniyatning  paydo bo‗lishi  va rivojlana boshlashi  XIX asr oxiri va XX asr  

boshlariga to‗g‗ri keladi. ―Ommaviy madaniyat‖ an‘anaviy madaniyatning ma‘lum yo‗nalishi 

sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‗zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy 

axborot  va  kommunikatsiya  (radio,  kino,  televidenie,  ko‗p  nusxali  gazetalar,  suratli  jurnallar, 

internet)  vositalarining  keskin  rivoji  va  tarqatilishi  bunga  sabab  bo‗ldi.  Ma‘naviy  boyliklarni 

industrial  tijorat  ishlab  chiqarish  va  tarqatish,  madaniyatni  demokratlashtirish,    aholi  bilim 

darajasi o‗sishi bilan birga uning ma‘naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi.  

Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli XIX asrning 30-yillarida  

adabiyotda  paydo  bo‗lgan va  ommalashib ketgan  sarguzasht janrini ko‗rsatishadi.  Asr  oxirida 

haftalik  ommaviy axborot vositalari ana  shunday asarlarni  tinimsiz  chop  eta boshladilar.  Vaqt 

o‗tishi  bilan ushbu jarayonga ―YUrak matbuoti‖ yoki ―Qalb industriyasi‖ deb nom berdilar. 

Asr oxirida Amerika Qo‗shma SHtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli paydo bo‗la 

boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo‗ljallangan bo‗lsa, bora-bora kattalar hayotining 

ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog‗i, ―Ommaviy madaniyat‖ning keskin rivoji XX asrning 

o‗rtalariga to‗g‗ri keladi.  SHu  vaqtdan  boshlab u keng  qamrov  va    xujumkorlik  bilan  tarqala 

boshladi.  

 

An‘anaviy madaniyatda bo‗lganidek, ommaviy madaniyatning ham  



universal  

xarakteristikasi  hamon  mavjud  emas.  Buni  shunday  tushuntirish  mumkin.  Gap  shundaki, 

―Ommaviy  madaniyat‖  ilmiy-falsafiy  kategoriya  sifatida  o‗ziga  yakdil  uchta  tushunchani 

qamraydi.  

Birinchidan,  “madaniyat”  –  alohida  xarakterdagi  mahsulot.  Ikkinchidan,  “ommaviylik”  – 


Download 266,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish