8- ma’ruza. Sedimentatsiya reja



Download 80,73 Kb.
bet1/4
Sana21.09.2021
Hajmi80,73 Kb.
#181432
  1   2   3   4
Bog'liq
8 MARUZA


8- MA’RUZA. SEDIMENTATSIYA

REJA

1. Suspenziya va emul’siyalarda sedimentatsiya xodisasi.

2. Sedimentatsion analiz.

3. Sedimentatsion analiz egri chiziqlari.



Tayanch iboralar: suspenziya va emul’siyalar, sedimentatsiya, Figurovskiy tarozisi.

1. Suspenziya va emul’siyalarda sedimentatsiya xodisasi

Dispers fazasi qattiq va dispersion muhiti suyuq bo`lgan dag’al dispers sistemalar suspenziya deb ataladi. Suspenziyalar zarrachalarining katta kichikligini mikroskop ostida ko`rish mumkin. Shuning uchun ularni mikrogeterogen sistemalar deb ataladi. Kolloid sistemalari esa ul’tramikrogeterogen sistemalar. Suspenziya zarrachalari tez cho`kishi mumkin. Agar sistema suspenziyadan iborat bo`lsa, bu sistema tindirilgan vaqtda og’ir modda idish tubiga cho`kadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning cho`kish jarayoni - sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya xodisasi dag’al dispers sistemalar-emul’siya va suspenziyalarga xosdir.

Dag’al dispers sistemalarning dispers faza zarrachalarining o`lchami katta bo`lganligi uchun sedimentatsion barqarorligi juda kam. Dispers faza zarrachasi qancha katta bo`lsa, shuncha tez cho`kadi. Shuning uchun polidispers suspenziyalarni sedimentatsion analiz qilish bilan, ularning zarrachalarini o`lchami bo`yicha fraktsiyalarga ajratish mumkin.

Suspenziya zarrachalarining o‘lchamlarini aniqlash uchun sedimentatsion analiz usulidan foydalaniladi. Sedimentatsion analiz turli usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan,

1) xarakatsiz suyuqlik ichida zarrachalarning cho‘kish tezligini aniqlash;

2) suspenziyani chayqatib yuborib, xarakatdagi suyuqlik ichida dispers fazani fraktsiyalar shaklida ketma-ket cho‘ktirish;

3) suspenziya zarrachalarini havo oqimi ta’sirida bir-biridan ajratish;

4) markazdan qochuvchi kuch maydonida dispers faza zarrachalarini cho‘ktirish.

Bu usullardan eng ko‘p ko‘llaniladigani birinchi usuldir.

Sedimentatsion analizda N.A. Figurovskiyning sedimentatsion tarozisidan foydalaniladi.

Rasmda ko‘rsatilganidek, qurilma juda oddiy tuzilgan. Kvartsdan yasalgan (yoki, shisha) shayn (tayoqcha) (1) bir tomondan metall shtativga o‘rnatiladi; uning ikkinchi uchida ilmoqchasi bo‘lib, unga shisha ip (2) va tarozi pallachasi (3) ilinadi; pallacha dispers sistema (suyuqlik) ichiga tushurilgan bo‘ladi.

Buning natijasida pallacha massasi o‘zgaradi, shaynning vaziyati ham o‘zgaradi. Uning o‘zgarishini mikroskop yordamida bilib olish mumkin. Shaynning o‘zgarishdan foydalanib pallachaga tushgan cho‘kma massasi hisoblab topiladi.






Download 80,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish