8- mavzu: O’rta osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg’onish davri. Reja



Download 21,88 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi21,88 Kb.
#563281
Bog'liq
8-мавзу


8- MAVZU: O’RTA OSIYO XALQLARI TARIXIDA IX-XII ASRLARDA YUZ BERGAN UYG’ONISH DAVRI.
Reja:

  1. Xorazm - o’rta asr Sharqning qadimgi madaniyat o’chog’i.

  2. Xorazm Ma’mun akademiyasi va u erda faoliyat yuritgan olimlar

  3. Ijtimoiy fanlar va tarix

  4. Ma’mun akademiyasining qayta tuzilishi.



1. Xorazm - Amudaryoning quyi oqimi va Orol havzasidan janubda joylashgan, aholisining kundalik hayoti sug’orma dehqonchilikka asoslangan qadimgi madaniy o’lkadir. Yozma manbalarning guvohlik berishi, arxeologik qazishlar va hozirgi tadqiqotlarning tasdiqlashicha, Xorazm davlatchiligi kamida 2500-3000 yillik tarixga ega.
Xorazm etnosi ham qadim davrlarda, mil. avv.II mingyillik oxirlarida shakllangan. U paytlardagi Xorazm ancha janub va g’arbdagi erlarni ham qamragan, hatto hozirgi Xirot atroflari, Kaspiy va Qora dengizi oralig’i Xorazmning ta’sir doirasida bo’lgan. Turli tarixiy davrlarda Xorazmning geografik o’rni va mavqei ko’p jihatdan Amudaryoga bog’liq bo’lgan. Buyuk Xorazmlik olim Abu Rayhon Beruniy aytganidek, huddi Misr Nilning mahsuli bo’lgani kabi Xorazm ham Amudaryoning mahsuli bo’lgan. Amudaryoning oqimi va o’zanining o’zgarishiga qarab Xorazm aholisining ham qandaydir bir qismi yashash joylarini o’zgartirib turgan. Yana o’Sha olimning guvohlik beriShicha, milod boshlarida Amudaryoning bir o’zani Kaspiy dengiziga qo’Shilgan paytlarda daryoning atrofida Xorazmliklarning 300 dan ortiq shahar va qishloqlari joylashgan. O’Sha davrlarning sadosi sifatida yana bir Xorazmlik buyuk olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) Kaspiyning Xorazm dengizi degan. Bu nom rus solnomasida ham akslangan. Qadimgi ruslar Xorazmni «XValissm» va Shu dengizni «XValisskoe More» deganlar. Eng qadimgi dinlardan bo’lmiSh zarduShtiylik (zoroastrizM) dinining ibtidosi ham Xorazm bilan bog’lanadi. Olimlarning tadqiqotiga ko’ra bu dinning payg’ambari bo’lmiSh Zarduaht (yunonchada Zoroastr) miloddan avvalgi 1500-1200 yillar oralig’ida Volgadan Sharqdagi chorvachilik bilan dehqonchilik madaniyati uzviy bog’langan mintaqada, demak, Xorazm madaniyati hududida paydo bo’lgan.
Qadimgi Xorazmda dunyoviy fanlar ham ma’lum darajada rivojlangan bo’lgan. Qadimgi Xorazmning shahar-xarobalari qo’y qirilgan qal’a, Tuproq qal’a va boShqalarda yuksak darajadagi Shaharsozlik madaniyatidan va ilm-fan izlaridan dalolat beruvchi ashyoviy dalillar topilgan. Xususan, qo’y qirilgan qal’adan astronomik kuzatiShga moslaShtirilgan qurilma va uskunalarning qismlari topilgan.
Islomgacha Xorazmda astronomiya ilmining yuqori darajada rivojlanganligi haqida Beruniy ham dalillar keltiradi. Olim u paytlar Xorazmliklar astronomiyani «axtarvenik» deganlari va ularning astronomik bilimlari arablarnikidan chuqur va aniq bo’lganligini aytgan.
Qadimgi Xorazmda tasviriy san’at va haykaltaroshlik san’ati ham yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beruvchi, kiShini hayratga soluvchi namunalar saqlangan.
Xorazmliklar aramiy alifbosiga asoslangan o’z yozuvlariga ega bo’lganlar. Bu yozuvning mil.avv.IV asrga taalluqli namunalari saqlangan. Xorazmni qadimdan Shohlar boshqargan va ular o’z nomlari bilan tanga pullar zarb qilganlar. Bunday pullarning mil.avv.II asrdan boshlab zarb qilingan namunalari mavjud. Uni (Xorazmni) milodiy I asrdan boShlab to 995 yilgacha bir sulola boShqarganligi fanda aniqlangan. Odatda bu sulolani Afrig’iylar sulolasi deyiladi. Afrig’iylar davrida Xorazmning poytaxti 305 yil barpo qilingan Kat Shahri bo’lgan. O’Sha yili XorazmShoh o’z saroyi Fir (yoki Fil) ni barpo etgan. Bu saroy Beruniyning davrigacha saqlangan. 995 yili Gurganch amiri Abu Ali Ma’mun Katni zabt etib, Afrig’iylarning so’nggi vakili XorazmShoh Abu Abdulloh Muhammadni qatl qiladi va poytaxtni Gurganchga ko’chirib, o’zini XorazmShoh deb e’lon qiladi. Xorazmning bundan keyingi tarixi endi Shu poytaxt bilan bog’lanadi.
2. Islom davrida odat bo’lgan bir an’anaga ko’ra ulamo va fozil kishilar odatda podshoh va sultonlarning saroylarida to’planganlar. Bu an’anani Xalifa al-Ma’mun (813-819) boshlab bergan. U IX asr boShlarida hali Marvda Xalifaning Sharqiy erlaridagi noibi bo’lib turgan paytidayoq o’z atrofiga Xuroson, Movarounnahr va Xorazmdan ilm ahlini to’plagan. Xorazmshohlar ham ma’lum darajada mazkur an’anaga amal qilganlar. XorazmShohlar taxtiga Abul Xasan Ali ibn Ma’mun (997-1009) o’tirganidan keyin Xorazmda Sharoit bir muncha mo’tadillaShadi. Bu erdagi siyosiy osoyiShtalik, Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy turmuShidagi yuksaliSh hamda XorazmShoh Ali ibn Ma’munning (999-1009) ilm ahliga bo’lgan hurmat-e’tibori o’rtaosiyolik ko’pgina Mashhur va ko’zga ko’ringan olimlarning Gurganjda (hozirgi Urganch) to’planiShiga sabab bo’ldi.
Ali ibn Ma’munning vafotidan keyin Xorazm taxtiga o’tirgan Ma’mun IIbn Ma’mun (1009-1017) ham akasining siyosatini davom ettirib, zamonasining olimlariga e’tibor bilan qaraydi va ilmiy izlaniShlarga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Natijada Ma’muniylar davrida Gurganjda Matematika, astronomiya, tabobat va boShqa fanlar bo’yicha qator izlaniShlar amalga oShiriladi.
Ma’muniy XorazmShohlar davridagi ilmiy muassasani XX asr tadqiqotchilari Bag’dod, Afina, Nisibin, GundiShopur va boshqa qadimgi akademiyalar bilan solishtirib, u ham o’ziga yarasha akademiya bo’lgan, degan xulosaga kelganlar. Manbalarda Xorazm Ma’mun akademiyasining qachon taShkil topgani haqidagi aniq ma’lumotlar uchramaydi. Lekin uni 1004 yil deb taxmin qiliSh mumkin. Ma’mun akademiyasi qisqa bir muddat, ya’ni 1017 yilgacha faoliyat ko’rsatgan bo’lsa-da, bu erda dunyoviy ilmlar, xususan matematika, kimyo, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, doriShunoslik, tarix, siyosat, til va adabiyot, falsafa, mantiq, huquq kabi fanlar yuksak bosqichga ko’tarildi.
Xususan, astronomiya sohasida olib borilgan kuzatiShlar natijasida Mutaqaddim olimlar tomonidan tuzilgan astronomik jadvallarga tuzatiShlar kiritilgan; astronomik asboblar yasaSh, yulduzlar koordinatlarini hisoblaSh bo’yicha iShlar olib borilgan. Xozirgi geologiya, minerologiya, fizika va kimyo sohalari uchun nihoyatda muhim va iShonchli bo’lgan moddalar diagnostikasining usuli, ya’ni moddalar soliShtirma og’irligini aniqlaSh ham ilk bor Xorazmda Beruniy tomonidan kaShf etilgan.
1017 yilda Mahmud G’aznaviy tomonidan Xorazmning bosib oliniShi bilan Ma’mun akademiyasi o’z faoliyatini to’xtatdi. Unda faoliyat ko’rsatgan olimlarning ayrimlari G’aznaga olib ketildi, qolganlari turli Mamlakatlarga tarqab ketib, o’z faoliyatlarini yakka tartibda davom ettirdilar. Qisqa muddat faoliyat ko’rsatgan Ma’mun akademiyasi mamlakatimizda, jumladan, Xorazmda ilm-fanning rivojida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Keyinchalik, Xorazmda Mahmud Zamaxshariy, Ismoil Jurjoniy, SulayMon Boqirg’oniy, Chag’Miniy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud kabi allomalarning etishib chiqishida Ma’mun akademiyasining munosib o’rni bor.
Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat yuritgan yirik olimlardan biri Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq (980-1030) edi. U– zamonasining etuk olimi, Beruniyning ustozi, Xorazm da Matematika va astronomiya bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarga boshchilik qilgan. O’zining Mashhur astronomik asari – «Shoh Almagesti»ni µaM 997-1010 yillarda Xorazm da yozib, Ma’mun IIbn Ma’mun ga taqdim etgan.
O’rta Osiyoning buyuk entsiklopedistlari – Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar ham Shu vaqtda Gurganjda Ibn Iroq bilan hamkorlikda aniq fanlar sohasida ilmiy izlaniShlar olib boradilar. Jumladan, Beruniy (973-1048) hayotining Gurganjda kechgan davri (1004-1017 yillar) mobaynida mutaqaddim olimlarning astronomik jadvallariga tuzatiShlar kiritiSh maqsadida ko’plab astronomik kuzatiShlar olib boradi va ularning natijasi o’laroq, Xorazmiy va XabaSh al-Xosiblarning zijlariga tuzatiShlar kiritadi; 1004 yilning iyun oyida oy tutiliShini kuzatadi. Undan taShqari, Beruniy Xorazmning tabiatini o’rganiShga, fizika va mineralogiyaning ayrim masalalariga ham alohida e’tibor beradi. Olimning moddalarning soliShtirma og’irligi bilan ularning xossalari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi haqidagi fikrlari bayon etilgan risolasi ham Gurganjda yozilgan.
Beruniy singari Ibn Sino (980-1037) ham Xorazmda yaShagan davrida (1004-1010) Ibn Iroq va boShqa olimlar bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilgari faqat xat orqali taniSh bo’lgan Beruniy bilan Shu erda uchraShadi. Bu uchraShuvlar keyinchalik Ibn Sinoning matematika va astronomiya bo’yicha bilimlari va dunyoqaraShining ShakllaniShida Muhim rol o’ynaydi. Ibn Sino Xorazmda yaShagan davrida falsafa, tabobat, kimyo va astronomiyaga oid risolalar yozgan.
Xorazm Ma’mun akademiyasida tabobat bo’yicha olib borilgan iShlarga Abu Sahl Masihiy (vafoti 1010 y.) boshchilik qilgan olim edi. Abu Sahl Iso ibn Yahyo al- Masihiy bilim doirasi keng olim bo’lsa ham, ko’proq tabib sifatida tanilgan. Xorazmda tabobat bo’yicha Ma’ruzalar o’qigan. Ibn Sino ham Shu darslarni tinglagani haqidagi ma’lumotlar bor. U Ibn Sinoning yaqin do’sti va tib sohasidagi ustozi bo’lgan. «Tib qonunlari»ni yoziShda Ibn Sino Masihiyning «Kutub al-Mi’a fi sino’at at-tibbiyya» nomli tibbiy asaridan keng foydalangan. Masihiy ham Ibn Sino kabi Sulton Mahmudning taklifini rad etib, u bilan birga Xurosonga qochib ketayotgan vaqtda, yo’lda vafot etadi. Masihiy Ibn Sinodan avval Beruniy bilan ham yaxShi taniSh bo’lib, uni olim sifatida juda hurmat qilgan va unga atab 12 ta asar yozgan. Bu asarlarning yaratiliSh davri 1004 yilning boShlariga, ya’ni Beruniyning Jurjonda bo’lgan davriga t’g’ri keladi. Masihiy bu asarlarni Beruniyga Xorazmdan xat orqali j’natgan.
Xorazmdagi ilmiy Markazda faoliyat ko’rsatgan olimlardan yana biri Abu-l-Xayr ibn al-Xammordir (942-1030). U Bag’dodda tug’ilib, o’Sha davrda Forobiyning Shogirdi bo’lmiSh Yahyo ibn Alining (vafoti 973 y.) qo’lida falsafa va mantiqdan ta’lim olgan. Keyinchalik Ma’mun IIbn Ma’mun huzuriga Gurganjga kelib, Shu erda ilmiy faoliyatini davom ettirgan.
Al-Xammor suryon tilini yaxshi bilgan va Shu tilda yozilgan bir qancha kitoblarni arab tiliga tarjima qilgan. Undan taShqari o’zi ham falsafa va tabobatga oid bir qancha asarlar yozgan, lekin ular bizgacha etib kelmagan.
Al-Xammor ko’proq, tibning nazariy masalalari bilan qiziqqan, uning asarlarida anatomiya, qariyalarning parxezi, tabiblarni sinaSh, oziq Moddalar va epilepsiya Masalalari bayon etilgan. ZamondoShlari uni «ikkinchi Gippokrat» deb ataShar edi.
Beruniy o’zining doriShunoslikka oid «Kitob as-saydana fi-t-tibb» asarida al-Xammorning ikkita asaridan iqtiboslar keltiradi.
Bu olim ham keyinchalik Beruniy bilan birgalikda Sulton Mahmud saroyiga, G’aznaga ketadi.
Yuqorida nomlari zikr qilingan olimlar Xorazm Ma’mun akademiyasidagi ilmlar rivojiga ulkan hissa qo’Shdilar va bu zaminda keyingi davrlarda etiShib chiqqan olimlar ijodiga katta ta’sir ko’rsatdilar.
3. Oxrgi o’n yilliklardagi tadqiqotlarning ko’rsatishicha, Xorazmda ancha eski tarixnavislik an’anasi Mavjud bo’lgan va Ma’mun akademiyasi faoliyat olib borgan yillarda va undan biroz avval bu an’anani Beruniy davom ettirgan. Gap shundaki, algebra fanining otasi sifatida Mashhur bo’lgan buyuk olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tarixnavislik sohasida ham Xalifalikning eng ilg’or va peShvo olimlaridan bo’lgan va «Kitob at-tarix» nomli asar yozgan. Buyuk olimning bu asari yaxlit holda saqlanMay, bizgacha turli Mualliflarning asarlari tarkibida etib kelgan.
Saqlangan parchalardan ko’riniShicha, asar solnoma tarzida yozilgan, ya’ni unda har bir yildagi voqealar alohida bayon qilingan. Bu parchalar t’qqizta Muallifning asarlarida etib kelgan. Ular: Abu Rayhon Beruniy, Yoqut al-Xamaviy (1119-1229), al-Yoqubiy (vaf. 900), suryoniy olim Elias Bar Shinaya (975-1050), Xamza al-Isfahoniy (893-970), Abu Ja’far at-Tabariy (839-923), AhMad ibn Abu Tohir Tayfur (819-893), «Tarixi Xulofo» (XII asr) nomli Muallifi noma’lum asar va Ibn Badrun (XII-XIII asr).
Beruniy «Kitob at-tarix»dan ikki parchani keltirgan. Bulardan biri uning «Yodgorliklar» asarida bo’lib, al-Xorazmiy asarining boShlang’ich qismidan bo’liShi ehtimol. Parchada aytilgan: «Payg’ambar alayhissalomning tiriklik vaqtidagi ahvoli va af’oli. Payg’ambar alayhissalom «Ashobi fil» Makkaga kelganidan ellik kun keyin tug’ildi. Bu voqea Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning «Kitob at-tarix» asaridagi s’ziga ko’ra dushanba kechasiday Mohning o’n ettinchisi, Anu Shervon podshohligining qirq ikkinchi yilda yoki Iskandar tarixining sakkiz yuz sakson ikkinchi yili, naysonning yigirManchi kunida edi». Bu erda keltirilgan sana 571 yil 20 aprelga t’g’ri keladi. Bu parcha Beruniy al-Xorazmiyning «Kitob at-tarix»ini o’z q’li bilan ushlagan va undan foydalanganini ko’rsatadi.
Beruniy qalamiga Mansub haqiqiy tarixiy Mavzudagi asar «Xorazmning Mashhur kishilari» yoki «Xorazm tarixi»dir. Asar t’lik holda saqlanMagan, faqat uning yirik bir parchasi Abul Fazl Bayhaqiyning Sulton Mas’ud G’aznaviyga bag’ishlangan. «Tarixi Mas’udiy» asarida etib kelgan.
Demak, izlaniShlar ko’rsatadiki, al-Xorazmiyning «Kitob at-tarix» kitobi Xalifalikdagi eng ilk tarixiy asarlardan bo’lib, tarix fani sohasida an’anaga asos soldi va ko’plab Musulmon Muarrihlarining ijodiga salmoqli ta’sir ko’rsatdi. U olimlar qatorida Beruniy ham bo’lib, uning «Yogorliklar» asaridagi «Payg’ambar alayhissalom hodisalarining yil hisoblari» va «Xalifalar va imomlarning ismlari, ularning davrlaridagi fathlar» jadvallari al-Xorazmiy asarining bevosita ta’siri deb qaraliShi Mumkin. Shu bilan birga «Yodgorliklar»ning to’la MazMuni va «Qonuni Mas’udiy»ning ikki Maqolasi turli Xalqlar tarixidagi bir Xususiy Masala – Xronologiyaning bayonidan iborat. Albatta, bu asarlar tavsifiy, voqeiy tarix bo’lmasa-da, Mazkur tarixiy Masala bo’yicha Muhim hujjat hisoblanadi. Xuddi Shu aytilganlar «Tafhim»ning oltinchi bobi – «Xronologiya»ga ham taalluqlidir.
4. X asrning oxirlariga kelib O’rta Osiyoda saroylarga ilm ahlini yig’ish, ma’rifat-ma’naviyat masalalarini davlat siyosati darajasida tutish odat tusiga kirib qoladi. Bu borada Xorazmning hukmdorlari – Xorazmshohlar alohida o’rin tutadi. Xorazmda, uning qadimiy poytaxti Katda (hozirgi Beruniy) 305 yildan to 995 yilgacha afrig’iylar sulolasi hukm suradi. Arablar istilosi-712 yildan boshlab Xorazmning ikkinchi qadimiy shahri Gurganch arablar tomonidan qo’yilgan amirning qarorgohi vazifasini bajargan. 995 yili Gurganch amiri Ma’mun IIbn Muhammad ibn Iroq Afrig’iylar sulolasiga barham beradi. Kat shahrini bosib oladi va poytaxtni Gurganchga ko’chirib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qiladi. O’sha davrning eng mashhur matematiki va astronomi Abu Nosir Mansur ibn Ali ibn Iroq qo’lida tarbiyalanib, Kat shahrida tug’ilib o’sgan iste’dodli yosh olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy yurtini tark etib, Eronning Ray shahriga ketishga majbur bo’lgan. Bu erda u ko’p olimlar bilan muloqotda bo’ladi, Abu Mahmud Xo’jandiy bilan uchrashadi. 998 yili Jurjon viloyatining amiri Qobus ibn Vashimgir Beruniyni o’z saroyiga taklif qiladi. Amir uning ilmiy ishlariga homiylik qiladi. Bu erda Beruniy mashhur olim Abu Sahil Masihiy bilan do’stlashadi va undan matematika va astronomiyadan ko’p narsa o’rganadi. Beruniy o’sha yillarda buxorolik yosh olim Ibn Sino bilan xat orqali tanishib, ilmiy muloqotda bo’lgan. 998 yili Ma’mun 1 vafot etib, taxtga Ali ibn Ma’mun o’tirgandan so’ng Xorazmdagi siyosiy ahvol biroz barqarorlashadi. Shuni ham aytish kerakki, Beruniy ma’lumotlariga qaraganda, o’sha davrlarda Xorazm aytarlik katta davlat bo’lmagan, lekin boy mamlakat edi. Shuning uchun ham o’sha davrning yirik imperiyalari-G’aznaviylar va Qoraxoniylar davlatlari Xorazmni o’z ta’sir doirasiga o’tkazishga urinar edilar. Ali ibn Ma’mun ana shunday og’ir siyosiy muhitda dono va zukko maslahatchilarga muhtoj bo’lgan. Uning baxtiga tog’asi, Beruniyning ustozi Abu Nasr ibn Iroq o’z davrining o’ta bilimdon olimi edi. U tirikligidayoq «o’z zamonasining Ptolomeyi» degan laqabni olgan edi. 1004 yilning boshida Ibn Iroqning taklifiga ko’ra Beruniy Gurganchga qaytib keladi va Ma’mun saroyida ilm ahli uchun etarli sharoit yaratiladi. Bu ikki shaxs yaqin va o’rta sharqdagi ko’plab olimlar bilan ilmiy aloqa qilganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan ko’plab olimlar Gurganchga ko’chib keladilar. Shular qatorida mashhur tabib va faylasuf Abu Ali Ibn Sino, Abu Sahl Masihiy, Al-Xo’jandiy, kimyogar olim Abduhakim Muhammad ibn Abdumalik as-Saolibiy va boshqalar bor edi. Shu tariqa 1004 yildan boshlab Gurganchda «Dorul hikma va Maorif» (ba’zi bir manbalarda «Majlisi ulamo») nomini olgan ilmiy muassasa to’la shakllanadi. Bu ilmiy muassasada, xuddi Afinadagi Platon akademiyasi, Bag’doddagi «Baytul hikma» akademiyasi faoliyatiga o’xshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda ko’p manbalar to’plangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan; hind, yunon, arab olimlarining ishlari o’rganilgan; al-Xorazmiy, al-Farg’oniylarning ilmiy ishlaridan foydalanilgan, turli sohalarda tadqiqotlar amalga oshirilgan. XVIII-XX asr tarixchi olimlari tomonidan bu ilmiy muassasa har tomonlama o’rganildi va o’z faoliyati nuqtai nazaridan o’z davrining akademiyasi bo’lganligi isbotlandi va Xorazm Ma’mun akademiyasi nomi bilan tarixga kirdi. Akademiya rahbari Abu Rayxon Beruniy 152 ta asar yozgan. Shulardan 30 tasigina bizgacha etib kelgan. Beruniy asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiyaga va geodeziyaga, qolganlari fizika, mineralogiya, tarix, adabiyot, falsafa, etnografiya va boshqa fanlarga bag’ishlangan. Geodeziya va matematika sohasida uning ilmiy asarlari, uslubiyotlari hozirgacha o’z kuchini yo’qotmagan. Er sharining hajmini aniqlash uslubi, quyosh va oyning hajmi, erdan ulargacha masofani aniqlash uslublari juda sodda va aniq bo’lib, olimning kuchli analitik idrok qilish va tahlil qilish qobiliyati bo’lganligini ko’rsatadi. Beruniy 80 bobdan iborat «Hindiston» asari uchun «birinchi hindshunos» degan nomga sazovor ham bo’lgan. Bu asarni yozish maqsadida Beruniy sanskrit tilini o’rganadi, ko’p yillar mobaynida Hindistonda zarur ma’lumotlar to’playdi. Olimning bu asarida Hindistonning tabiati, tarixi, xalqning urf-odatlari, dini, falsafasi, adabiyoti haqida juda boy ma’lumotlar berilgan. Bu asar hozirda ham qadimgi Hindiston tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi. Ali ibn Ma’mun vafotidan keyin (1009) uning ukasi Abul Abbos Ma’mun IIbn Ma’mun Xorazmshohlar taxtini egallagan. U Beruniyni saroyga yaqinlashtiradi va 1017 yilgacha xorazmshohning eng yaqin maslahatchi bo’lib xizmat qiladi. Ma’mun akademiyasi faoliyati uchun yanada ko’proq imkoniyatlar yaratiladi. Xorazmshoh Ma’mun II saroyidagi olimlarning shuhrati tez orada uzoq erlarga tarqaladi. Bu esa shuhratparast Mahmud G’aznaviyning g’ashiga tegmay qolmas edi. U uyushtirgan fitna natijasida 1017 yilning bahorida Abul Abbos Ma’mun II o’ldiriladi va o’sha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi bilan Mahmud G’aznaviy Xorazmga bostirib kiradi. Katta qirg’inlar, talon-tarojlik natijasida Ma’mun akademiyasining faoliyati tugatiladi va bu erdagi olimlar tarqalib ketadilar
O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimovning 1997 yil 11 noyabrdagi PF-1880 sonli Farmoniga asosan Hiva shahrida Xorazm Ma’mun Akademiyasi qaytadan tashkil etildi.
Akademiyaning tarkibida «Arheologiya, tarih va falsafa», «Til va adabiyot», «Biologiya muammolari» bo’limlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu bo’yicha 26 ilmiy hodim, shu jumladan, 5 fan doktorlari va 9 fan nomzodlari ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. «Arheologiya, tarih va falsafa» bo’limining hodimlari «Xorazmda qadimgi va o’rta asrlar o’zbek davlatchiligi tarihi», «O’zbek xalqining etnik tarihida Xorazm vohasining o’rni», «Xorazm viloyati arheologik yodgorliklarini tadqiq qilish» mavzulari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. 2000 yilda olib borilgan arheologik qazish ishlari natijasida Olma-otishgan-2 yodgorligidan olingan sopol buyumlar ilmiy muomalaga olib kirildi. 2001 yil mart oyida Yangiariqdagi arxeologik qazishmalarda, ikki uy honasi va yo`lakning bir tomoni topildi. Uy honalaridan hum, kosa, turli idishlar topildi. Ular er.av. IV-II asr boshlariga oidligi aniqlandi. Olma-otishgan-2 yodgorligining topografik tuzilishi, mudofaa tuzilishiga oid olingan ashyolar Xorazm vohasida shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tarihini o’rganishdagi o’rni katta. Olma-otishgan-2 yodgorligi antik va o’rta asrlarda iqtisodiy, madaniy va diniy markaz ekanligi aniqlandi. «O’zbek xalqining etnik tarihida Xorazm vohasining o’rni» mavzusi bo’yicha Xorazm vohasida mavjud bo’lgan ayrim etnik guruhlar va elatlarning joylashuvi aniqlandi.


Download 21,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish